Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 30.03.2010 y. 66-mх-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.03.2010 y. 1905-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.03.2010 y.

N 1905-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

30.03.2010 y.

N 66-mh


BUYRUI



"Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning

normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul

qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


(2010 yil 9 apreldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 fevraldagi PF-4191-son "Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 2 martdagi PQ-1293-son "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga asosan, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009 yil 14 fevraldagi 42-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 1905, 2009 yil 14 fevral) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                               R. Muhitdinov






Buyruqqa

ILOVA



Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning

normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va

qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbek tilidagi matnning 45-bandi birinchi хatboshisidagi "1,2" raqami "1,5" raqami bilan almashtirilsin.


2. 55-bandining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 2 maydagi PQ-1293-son "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 9-son, 67-modda) qaroriga muvofiq raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklashi va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari prinsiplarini buzishi mumkin boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida majburiy tartibda dastlabki ekspertizadan oʻtkaziladi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 13-son, 101-modda.