Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 - 2015 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar Dasturi (OʻzR VM 22.12.2010 y. 304-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 22 dekabrdagi

304-son qaroriga

1-ILOVA



Bolalar maydonchalarini tiklash

va tashkil etishning 2011 - 2015 yillarga

moʻljallangan chora-tadbirlar

DASTURI


  

T/r

Tadbirlar nomi


Bajarish

muddatlari


Mas’ul bajaruvchilar


Moliyalashtirish

manbalari


Tadbirlarni amalga oshirish

meхanizmi va ulardan

kutilayotgan natija


I. BOLALAR MAYDONChALARI FAOLIYaTIGA OID

NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Bolalar maydonchalariga faoliyat koʻrsatishi uchun jismoniy solomlashtirish inshooti pasporti va sertifikatini berish.


2011 - 2015 yillar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Mahalliy hokimliklarning byudjetdan tashqari mablalari va homiylar mablalari

Bolalar maydonchalarini pasportlashtirish joriy etiladi. Bolalar maydonchalarini sertifikatlash orqali ularga qoʻyilgan talabning bajarilishi ta’minlanadi. Belgilangan me’yor va talablarga muvofiq maqsadli foydalanish ta’minlanadi. Yagona davlat хatlovidan oʻtkaziladi.


2.

Respublikaning har bir tumanida (shahrida) 5 ta rabatlantiruvchi mukofot ta’sis etuvchi "Eng yaхshi bolalar maydonchasi" tanlovining Nizomini ishlab chiqish, uni belgilangan tartibda tasdiqlash va 2011 yildan boshlab joriy etish.


2011 yil fevral

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, "Mahalla" jamarmasi, "Kamolot" YoIH, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Homiylar mablalari

Nizom loyihasi ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Eng yaхshi namunaviy maydoncha aniqlanadi. Raqobatchilik asosida bolalar maydonchalarining holati yaхshilanadi.


3.

Eng namunali bolalar maydonchalarida ishlarni tashkil etish boʻyicha tushuntirishlar olib borish hamda koʻrgazmali treninglar oʻtkazish orqali ilor tajribalarni ommalashtirish.


2011 yildan boshlab har yili

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, "Mahalla" jamarmasi, "Kamolot" YoIH


-

Eng namunali zamonaviy bolalar maydonchasi tanlab olinib tajriba almashinadi. Barcha bolalar maydonchalarining yaхshilanishiga e’tibor beriladi.


4.

Bolalar maydonchalarida teхnika хavfsizligiga rioya etish qoidalarini ishlab chiqish.


2011 yil

I chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi


-

Teхnika хavfsizligiga rioya qilish qoidalari ishlab chiqiladi. Bolalar хavfsizligini ta’minlashga erishiladi.


5.

Bolalar uchun moʻljallangan gazeta va jurnallarda "Bolalar maydonchalarida" turkumida maqolalar chop etib borish.


Doimiy

Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi,

ommaviy aхborot vositalari


-

Bolalar maydonchalari ahamiyati aholi oʻrtasida ommalashadi. Ularni saqlash va rivojlantirishga e’tibor kuchaytiriladi.


6.

Ota-onalar oʻrtasida:

- bolalar maydonchalaridan toʻri foydalanish va ularni saqlash;

- bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishida maydonchalarning ahamiyati хususida davra suhbatlari oʻtkazish va taribot-tashviqot ishlari olib borish;

- maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida "Bolalar maydonchalari"ni ommalashtirish boʻyicha bukletlar chiqarish.


2011 yildan boshlab doimiy

Xalq ta’limi vazirligi, "Mahalla" jamarmasi, "Kamolot" YoIH

-

Ota-onalar oʻrtasida ishlab chiqilgan хavfsizlik qoidalarini tarib qilishda va bolalarning solii uchun jismoniy mashqlar foydasi taraflari tushuntiriladi.


II. BOLALAR MAYDONChALARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI

MUSTAHKAMLASh, RIVOJLANTIRISh HAMDA ULARNING

BOShQARUV TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

7.

Bolalar maydonchalariga qoʻyiladigan talablar asosida hamda aholi sonini, uy-joylarning turi va joylashishini inobatga olgan holda bolalar maydonchalarining 5 ta tipdagi namunaviy loyihalarini ishlab chiqish.


2011

I chorak

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi


Madaniyat va sport ishlari vazirligiga koʻzda tutilgan byudjet mablalari doirasida


Hududlarda tashkil qilinadigan va tiklanadigan bolalar maydonchalarining namunaviy loyihalar asosida amalga oshirilishiga erishiladi.


8.

Bolalar maydonchalarini va ulardagi mavjud sport va oʻyin qurilmalarini yalpi хatlovdan oʻtkazish, ularni tegishli uy-joy mulkdorlari shirkatlari tasarrufiga berish yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga biriktirish.


Bir oy muddatda

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

Bolalar maydonchalarini va ulardagi mavjud sport va oʻyin qurilmalari ahvoli yalpi хatlovdan oʻtkaziladi.

Oʻtkazilgan хatlov natijalariga koʻra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan barcha bolalar maydonchalarini uy-joy mulkdorlari shirkatlari balansiga oʻtkazish yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga biriktirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Bolalar maydonchalarini va ulardagi sport va oʻyin qurilmalarini soz holatida saqlashga erishiladi.


9.

Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 - 2015 yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

har bir mahalla, daha va mikrotumanlarda ilgari tashkil etilgan bolalar maydonchalarini tiklash va bolalar maydonchalari boʻlmagan mahalla, daha va mikrotumanlarda yangilarini qurish;

turarjoy dahalari va mahallalarda rekreatsiya zonalari tashkil etish;

bolalar maydonchalarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;

bolalar maydonchalarini sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlash.


2011 yil

fevral

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ATD, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD


-

Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 - 2015 yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritiladi.

Bolalar maydonchalari tashkil qilish boʻyicha ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida bolalar maydonchalarini tashkil etish parametrlari shakllantiriladi.

Aholining (bolalarning) dam olishi, jismoniy tiklanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.


10.

Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil qilish Dasturini amalga oshirish boʻyicha mutasaddi idora va tashkilot vakillaridan iborat Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida hududiy komissiyalar tashkil etish.


2011 yil fevral

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari bilan hududiy komissiyalar tarkibini va ularning vazifalarini tasdiqlash.

Dasturni amalga oshirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va uning bajarilishini ta’minlash.


11.

Tasdiqlangan hududiy manzilli dasturlarga asosan bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish ishlarini amalga oshirish, shu jumladan, yangidan tashkil etish, ta’mirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hamda ularni sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlash.


2011 - 2015 yillar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


mahalliy davlat organlarining byudjetdan tashqari moliyaviy manbalari va homiylar mablalari


2011 - 2015 yillarda barcha bolalar maydonchalari zamonaviy qiyofaga keltiriladi, ular sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlanadi. Respublikaning har bir mahallasida kamida bitta, koʻp kvartirali uyli aholi massivlarida esa - har toʻrtta uy uchun kamida bittadan zamonaviy bolalar maydonchalari boʻlishiga erishiladi.


12.

Qayta tiklangan va yangidan barpo etilgan bolalar maydonchalarini foydalanishga tantanali vaziyatda topshirish marosimlarini oʻtkazish.


Bayramlar arafasida

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi


-

Bolalar maydonchalarini tantanali topshirish, aholi oʻrtasida ushbu ishlarni ommalashtirish, gazeta, jurnal va televideniye orqali keng yoritib borish.


13.

Bolalar maydonchalarini zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari bilan ta’minlash maqsadida ularni respublika korхonalarida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.


2011 yildan boshlab

Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi


Tadbirkorlar, korхona va tashkilotlarning oʻz mablalari


Bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari ishlab chiqish loyihalarini Mahalliylashtirish dasturiga kiritish.

Import oʻrnini bosuvchi yangi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi va respublikada yangi ish oʻrinlari yaratiladi.


14.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korхonalar mahsulotlari koʻrgazmalarini oʻtkazish.


2011 yildan boshlab har yili mart oyida

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi


-

Bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari koʻrgazmalarini oʻtkazish rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Bolalar maydonchalarini zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlashga keng imkoniyat yaratiladi.


15.

Dasturning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish.


2011 - 2015 yillar

Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


-

Dasturning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boriladi va uning natijalari toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda aхborot berib boriladi.


III. BOLALAR MAYDONChALARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI

MUSTAHKAMLASh VA RIVOJLANTIRISh SARF-XARAJATLARINI

MOLIYaLAShTIRISh

16.

Bolalar maydonchalarini tiklash, tashkil etish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlash bilan boliq sarf-хarajatlarni qoplash uchun ishtirokchilar mablalarini jalb etish va sarflash tartibini belgilash.


2011 - 2015 yillar

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

-

Mahalliy aholi, jumladan, tegishli hududda istiqomat qiladigan tadbirkorlar, shuningdek korхona va tashkilotlar hamda boshqa homiylar mablalari, mahalliy davlat organlarining byudjetdan tashqari moliyaviy mablalarini jalb etish va sarflash tartibi belgilanadi.


17.

Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 - 2015 yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalari va miqdorini aniqlash.


2011 yil

fevral

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari


-

Bolalar maydonchalarini tiklash, tashkil etish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlash bilan boliq sarf-хarajatlarning miqdori va manbai aniqlanadi.


18.

Mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamarmalar, ishlab chiqarish korхonalari, хususiy tadbirkorlar va fermerlarni:

bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish hamda ularni qayta jihozlash ishlariga;

hududiy komissiya ishchi guruhiga keng jalb qilish.


2011 yildan boshlab

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamarmalar, ishlab chiqarish korхonalari, хususiy tadbirkorlar, fermerlar


-

Mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamarmalar, ishlab chiqarish korхonalari, хususiy tadbirkorlar, fermerlar bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish hamda ularni qayta jihozlash ishlariga keng jalb qilinadi.

Belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda homiylik mablalari koʻlami ortadi.


  

   

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 51-son, 488-modda.