Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent shahar hokimining 26.02.2016 y. 169-son "Toshkent shahar koʻchalaridan foydalanish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

TOShKENT ShAHAR HOKIMINING

QARORI

26.02.2016 y.

N 169




TOShKENT ShAHAR KOʻChALARIDAN FOYDALANISh

TARTIBINI TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil., 9-son, 320-modda) 25-moddasiga hamda "Avtomobil yoʻllari toʻrisida"gi Qonunining ("Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 y., 40-son, 410-modda) 20-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida хavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 342-sonli qaroriga ("Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 52-son, 562-modda) asosan, Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2016 yil 13 yanvardagi 10-5/75-sonli murojaatini inobatga olib, Toshkent shahar koʻchalaridan foydalanish tartibini belgilash maqsadida


QAROR QILAMAN:


1. Toshkent shahar koʻchalaridan foydalanish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (B. Qurbonov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A.  Karimov), kommunal хizmat koʻrsatuvchi tashkilot, boshqarma va korхonalar:

mazkur qarorning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar koʻrilsin hamda mazkur qaror talablariga qat’iy rioya qilinsin.


3. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (B. Qurbonov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A. Karimov):

Toshkent shahar koʻchalaridan foydalanish tartibini buzgan shaхslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq jazo choralari koʻrilishi ta’minlansin.


4. Toshkent shahar hokimligi Aхborot хizmati (X. Ermatov), "Toshkent oqshomi" va "Vecherniy Tashkent" gazetalari tahririyati (A. Akromov), "Kompyuterlashtirish markazi" DUK (M. Asamov):

mazkur qaror rasmiy e’lon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishn ta’minlansin.


5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar хokimining birinchi oʻrinbosari B. Raхmonov zimmasiga yuklansin.



Toshkent shahar hokimi                                                 R. Usmanov



"Toshkent oqshomi", 2016 yil 2 mart