Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.1995 y. 449-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasini Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.12.1995 y.

N 449



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OʻSIMLIKLAR KARANTINI DAVLAT

INSPEKSIYaSINI    QIShLOQ    VA    SUV

XOʻJALIGI     VAZIRLIGI     HUZURIDAGI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻSIMLIKLAR

KARANTINI BOSh DAVLAT INSPEKSIYaSIGA

AYLANTIRISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini Davlat inspeksiyasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga aylantirilsin.

2. Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi toʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi taqdimnomasiga binoan viloyat, tumanlararo va tuman inspeksiyalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.

4. SSSR Ministrlar Sovetining "SSSRda oʻsimliklar karantinini tashkil etishni yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 1979 yil 6 iyuldagi 656-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston KP MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979 yil 15 avgustdagi 585-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui boʻlimi (Mardonov) ga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Mutalov



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995 y., 12-son, 47-modda