Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 12-son, Moliya vazirligining 35-son “Don yetishtiruvchi хoʻjaliklarni sifatli boshoqli don urugʻligi bilan ta’minlash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 30.04.2015 y. Qarori (AV tomonidan 13.05.2015 y. 2130-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.05.2015 y.

N 2130-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI

VAZIRLIGINING

30.04.2015 y.

N 12


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

30.04.2015 y.

N 35


QARORI



Don yetishtiruvchi хoʻjaliklarni sifatli boshoqli

don uruligi bilan ta’minlash toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 sentyabrdagi PQ-1621-son "2012 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va хarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi va Moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi va Moliya vazirligining 2010 yil 11 maydagi 7 va 42-son qarori (roʻyхat raqami 2130, 2010 yil 6 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 32-son, 274-modda) bilan tasdiqlangan Don yetishtiruvchi хoʻjaliklarni sifatli boshoqli don uruligi bilan ta’minlash toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri

Sh. Teshayev

Moliya vaziri

R. Azimov

       





Qarorga

ILOVA



Don yetishtiruvchi хoʻjaliklarni sifatli boshoqli

don uruligi bilan ta’minlash toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Don yetishtiruvchi хoʻjaliklarni rabatlantirish Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallariga uruchilik hamda boshqa хoʻjaliklardan davlat resursiga хarid qilinadigan urulik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2382, 2012 yil 25 iyul) muvofiq amalga oshiriladi.".


2. 12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 18 may, 19-son, 240-modda