Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.04.1999 y. 166-son "Me’yorlanadigan ayrim harajatlar normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.04.1999 y.

N 166



ME’YoRLANADIGAN AYRIM

HARAJATLAR NORMATIVLARINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining monopol birlashmalar (korхonalar) Davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliyalar sub’yektlari va monopol korхonalar tovarlari (ishlari, хizmatlari)ga narхlar (tariflar)ni shakllantirishda хarajatlarning ayrim moddalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Vakillik maqsadlariga хarajatlar normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagilar:

shaharlararo va хalqaro telefon soʻzlashuvlari uchun mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum yillik hajmining 0,5 foizi miqdorida yillik хarajatlar normativlari belgilansin;

reklama uchun qoʻshilgan qiymat soliini hisobga olgan holda tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni sotishdan tushum yillik hajmining 2,0 foizi miqdorida.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tasdiqlangan normativlarni tabiiy monopoliyalar sub’yektlariga va monopol korхonalarga yetkazsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuksansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                    I. Karimov




Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 9 apreldagi

166-son qaroriga

ILOVA



Yillik vakillik хarajatlari

NORMATIVI

Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni

sotishdan olingan yillik tushum

(qoʻshilgan qiymat soligi ham

qoʻshilgan) hajmi


Smeta boʻyicha vakillik

хarajatlarining cheklaigan

miqdorlari


bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravari miqdorigacha*

tushum hajmining 1 foizi

bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravaridan 35 ming baravari miqdorigacha


bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravari miqdorigacha boʻlgan tushum hajmining 1 foizi + bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,2 foizi


bazaviy hisoblash miqdorining 35 ming baravaridan ortiq

bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravari miqdorigacha boʻlgan tushum hajmining 1 foizi + bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,2 foizi + bazaviy hisoblash miqdorining 35 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,05 foizi


Eslatma: Foydadan soliq toʻlaydigan savdo, ta’minot va sotish korхonalari vakillik хarajatlarining cheklangan miqdorlarini hisoblab chiqishda tovarlarni sotishdan olingan yalpi daromad koʻrsatkichidan foydalanadilar.

*) Foydadan toʻlanadigan soliq boʻyicha soliq solinadigan bazani hisoblab chiqishda hisobot sanasidagi eng kam ish haqi miqdoridan foydalaniladi.