Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.02.1995 y. 66-son "8 mart - Xalqaro хotin-qizlar kunini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.02.1995 y.

N 66




8 MART - XALQARO XOTIN-QIZLAR

KUNINI NIShONLASh TOʻRISIDA


8 mart - Xalqaro хotin-qizlar kunini mamlakatimizda keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar hokimligi (K.Toʻlaganov) Oʻzbekiston respublika хotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda bayramga baishlangan tantanali kechani 1995 yil 7 mart kuni "Turkiston" saroyida oʻtkazishni ta’minlasin.


2. Madaniyat ishlari vazirligi (E.Hayitboyev) Toshkent shahar hokimligiga "Turkiston" saroyida boʻladigan tantanali kechani oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari хotin-qizlar kuni munosabati bilan tegishli tadbirlar belgilasinlar hamda joylarda bayramning koʻtarinki ruhda oʻtishini ta’minlasinlar.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga Oʻzbekiston respublika хotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpoiston respublika хotin-qizlar qoʻmitasi, Toshkent shahar va viloyatlar хotin-qizlar kengashlari va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohada faol ishtirok etayotgan ayollarni bayram munosabati bilan rabatlantirish topshirilsin.


5. Bayramni oʻtkazish bilan boliq sarf-хarajatlar mahalliy byudjet hisobidan qoplanishi belgilab qoʻyilsin.


6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Saidqosimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                            I. Karimov