Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2012 y. 23-son "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.01.2012 y.

N 23




ZULFIYa NOMIDAGI DAVLAT

MUKOFOTI KOMISSIYaSINING

YaNGI TARKIBINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi faoliyatini takomillashtirish, iste’dodli qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, madaniy-ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirishdagi ibratli tajribani qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlarni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi (E. Basitхanova)ga komissiya a’zolari tomonidan iqtidorli qizlarning imkoniyatlarini namoyon qilish, ularning bilim va salohiyatlarini hayotga keng tatbiq etish borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish, ushbu yoʻnalishda hududiy Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyalariga amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.


3. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2006 yil 1 fevraldagi 12-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy oya tariboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻrisida" 2006 yil 25 avgustdagi PQ-451-son qarori)" 2006 yil 7 noyabrdagi 230-son qaroriga ilovaning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.I. Basitхanova zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



*) Ilova berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 5-son, 46-modda