Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.04.2016 y. 107-son "Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.04.2016 y.

N 107




MAKTABGAChA, UMUMIY OʻRTA, OʻRTA MAXSUS,

KASB-HUNAR VA MAKTABDAN TAShQARI DAVLAT

TA’LIM MUASSASALARI PEDAGOG KADRLARINI

ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki:

attestatsiyadan oʻtdi deb e’tirof etilgan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlari (keyingi oʻrinlarda - pedagog kadrlar) belgilangan namunadagi sertifikatlar bilan ta’minlanadi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni bilan boliq, shu jumladan test sinovlari materiallarini tayyorlash va sertifikatlarni nashr etish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etiladigan хarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20 yanvarga qadar attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksiga kiritsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda:

attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 18 aprel, 15-son, 146-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 4-son, 25-modda