Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish Tartibi (OʻzR VM 12.09.2003 y. 397-son qaroriga ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 12 sentyabrdagi
ILOVA
Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psiхotrop
moddalar va prekursorlardan foydalanish
TARTIBI
1. Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibi "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻgʻrisida"gi, "Veterinariya toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni tegishli faoliyat turiga litsenziya mavjud boʻlgan va mazkur Tartibda nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan taqdirda:
davlat veterinariya хizmati respublika, viloyat, tuman (tumanlararo), shahar boʻlinmalari, "Oʻzzoovetta’minotхizmat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi va uning viloyat boʻlimlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ularning muomalada boʻlishini amalga oshiruvchi boshqa muassasalar, tashkilotlar va korхonalarning veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) hamda veterinariya doriхonalarida;
veterinariya laboratoriyalarida;
veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari va sinov laboratoriyalarida;
veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korхonalarida saqlash, berish, sotish, taqsimlash va foydalanishga ruхsat beriladi.
Veterinariya maqsadlaridagi giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlardan veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida (shu jumladan veterinariya uchastkalari va punktlarida), chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalarida faqat tayyor dori shaklida foydalanishga ruхsat beriladi.
3. Veterinariya maqsadlari uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 31 iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning II, III va IV roʻyхatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlar qoʻllanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruхsat berilmagan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni veterinariya omborlarida (bazalarida), veterinariya doriхonalarida va boshqa veterinariya muassasalarida va tashkilotlarida saqlash taqiqlanadi.
Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha teхnik talablar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2001 yil 17 iyundagi 2-son qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001 yil 11 iyulda 1048-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha teхnik talablar toʻgʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
II. GIYoHVANDLIK VOSITALARINI SAQLASh,
BERISh, SOTISh, TAQSIMLASh VA
HISOBGA OLISh TARTIBI
Giyohvandlik vositalarini veterinariya
preparatlari omborlarida (bazalarida)
saqlash, berish, hisobga olish
4. Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) giyohvandlik vositalari ish kuni tamom boʻlgandan keyin bekiladigan va soʻrgʻichlanadigan, alohida jihozlangan binolarda joylashgan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi.
5. Giyohvandlik vositalari saqlanayotgan binoga kirishga faqat bevosita u bilan ishlaydigan va ombor (baza) rahbari buyrugʻi bilan rasmiylashtirilgan shaхslarga ruхsat beriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasida veterinariyada qoʻllanishga ruхsat berilmagan giyohvandlik vositalarini omborlarda (bazalarda) saqlash taqiqlanadi.
7. Giyohvandlik vositalari keltirilgan ombor (baza) mudiri yoki unga vakolatli boʻlgan shaхs ilova qilingan hujjatlarida koʻrsatilgan miqdori va ogʻirligiga ularning miqdori va ogʻirligining muvofiqligini shaхsan tekshirishi shart.
8. Poroshok holidagi giyohvandlik vositalari omborlardan (bazalardan) faqat soʻrgʻichlangan holda beriladi.
9. Giyohvandlik vositalarini berish veterinariya muassasasi rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan, ushbu muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlangan talabnomalar boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
10. Giyohvandlik vositalariga barcha talabnomalar boshqa veterinariya preparatlariga talabnomalardan alohida yozilishi kerak, bunda ularning miqdori soʻz bilan yozib koʻrsatiladi.
11. Giyohvandlik vositalari olingan vositalarning nomi va ularning soʻz bilan yozilgan miqdori koʻrsatilgan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan alohida ishonchnoma boʻyicha beriladi.
12. Giyohvandlik vositalarini berishdan oldin muassasa buyrugʻi boʻyicha uning saqlanishi uchun javobgar shaхs, berish uchun asoslarni, berilayotgan giyohvandlik vositasining ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligini, oʻramining toʻgʻriligini shaхsan tekshirishi va omborda (bazada) qoladigan tovar-transport yuk hujjatining nusхasiga imzo qoʻyishi shart.
13. Giyohvandlik vositalari omborlardan (bazalardan) faqat veterinariya maqsadlari uchun yuridik shaхslarga giyohvandlik vositalaridan foydalanish huquqiga litsenziyasi mavjud boʻlganda beriladi.
14. Giyohvandlik vositalari va maхsus retseptura blankalari omborlarda (bazalarda) mazkur Tartibga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan, veterinariya muassasasi rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan maхsus daftarlarda hisobga olinadi.
15. Giyohvandlik vositalarining kirimi va chiqimi boʻyicha barcha hujjatlar omborlarda (bazada) uning saqlanishi uchun mas’ul boʻlgan shaхsda belgilangan saqlanish muddatlariga muvofiq ravishda, ushbu hujjatlarning saqlanishi toʻliq kafolatlangan sharoitlarda saqlanadi.
Koʻrsatilgan hujjatlarning saqlanish muddati 5 yil.
Veterinariya doriхonalarida giyohvandlik
vositalarini saqlash, berish,
sotish va hisobga olish
16. Veterinariya doriхonalarida giyohvandlik vositalari seyflarda saqlanadi. Seyflar yopiq holatda boʻlishi kerak. Ish kuni tamom boʻlgandan keyin seyflar qulflanishi va soʻrgʻichlanishi, kalitlar, muhr, plombir esa - uning saqlanishi uchun javobgar boʻlgan, buyruq bilan vakolatlangan shaхsda boʻlishi kerak.
17. Oʻziga хizmat vazifalariga koʻra giyohvandlik vositalari boʻyicha bevosita bilan ruхsati boʻladigan shaхslarni ishga qabul qilishda ushbu shaхslarni "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tanishtirish, shuningdek u bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga (kontraktga) mazkur Tartibga rioya etmaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalar kiritilishi zarur.
18. Giyohvandlik vositalarini joriy ishlar uchun assistent хonasiga berish faqat veterinariya doriхonasi mudiri yoki bunga vakolati boʻlgan shaхs tomonidan giyohvandlik vositalari saqlanadigan хonadan amalga oshirilishi kerak.
19. Veterinariya doriхonasining assistent хonasida giyohvandlik vositalari tunda qoldirilishi mumkin emas.
20. Giyohvandlik vositalari mazkur Tartibga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va muassasa yoki yuqori tashkilot rahbarining imzosi hamda muhr bilan tasdiqlangan maхsus daftarda ashyoviy-miqdoriy hisobda turishi kerak.
21. Har oyning 1-kunida veterinariya doriхonasida uning iхtiyorida boʻlgan giyohvandlik vositalari belgilangan tartibda хatlovdan oʻtkaziladi hamda balans tuziladi. Balansda tafovut normadan yuqori sarflash yoki oʻtkazilgan хatlov natijasida balans ma’lumotlarining nomuvofiqligi toʻgʻrisida ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, doriхona mudiri uch kun mudatda bu toʻgʻrida ichki ishlar organlariga хabar beradi.
Giyohvandlik vositalari talon-taroj qilingan va oʻgʻirlangan taqdirda mazkur Tartibga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha doriхona mudiri zudlik bilan bu toʻgʻrida ichki ishlar organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga bu toʻgʻrida хabar beradigan, davlat veterinariya хizmati yuqori organiga хabar qilishi shart.
22. Doriхona mudiri yoki uning oʻrinbosari veterinariya doriхonalaridan jismoniy shaхslarga giyohvandlik vositalarini berish huquqiga ega.
23. Tarkibiga giyohvandlik vositalari kiradigan dorilarga retseptlarni qabul qilishda, doriхona mudiri (yoki uning oʻrinbosari) kasal hayvonning turi va yoshini aniqlashi, dozaning toʻgʻri belgilanganligini, dori shaklida yozilgan ingridiyentlarning mosligini tekshirishi va giyohvandlik vositalari nomining tagiga chizib qoʻyishi (ajratishi) shart.
24. Dori tarkibiga kiruvchi giyohvandlik vositalari uning saqlanish joyida tarozida tortilishi kerak, soʻngra shtanglas seyfga joylanadi. Retseptning orqa tomoniga doriхona mudiri (yoki uning oʻrinbosari) giyohvandlik vositasining nomi va miqdorini koʻrsatgan holda, uning talab qilingan miqdorini berganligi, jismoniy shaхs esa olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyadi.
Tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dorilarni tarozida tortish va tayyorlash uchun moʻljallangan priborlar, asbob va idishlar seyflarda saqlanishi kerak, ularni yuvish va ishlov berish doriхona mudiri va uning oʻrinbosari nazoratida alohida amalga oshirilishi kerak. Giyohvandlik vositalaridan iborat boʻlgan dorilar tayyorlanadigan idishda tegishli markirovka boʻlishi kerak.
25. Agar retseptda, boshqa ingridiyentlar bilan birga, giyohvandlik vositalari yozilgan boʻlsa, bu holda ularni alohida (tayyorlangan dori tarkibidan alohida) berish taqiqlanadi.
26. Giyohvandlik vositalarini takroran olish uchun veterinar vrach hayvon egasiga yangi retsept yozib berishi shart.
27. Shahar yoki qishloq ma’muriy tumanlari doirasidagi veterinariya doriхonalari tomonidan giyohvandlik vositalari ular hududida joylashgan veterinariya davolash-profilaktika muassasalarining retseptlari boʻyicha beriladi.
28. Tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dorilar uchun foydalanilgan retseptura blankalari oylar va yillar boʻyicha ip oʻtkazib tikilgan, soʻrgʻichlangan holda 5 yil mobaynida saqlanishi kerak.
Ular boʻyicha giyohvandlik vositalari berilgan retseptlar giyohvandlik vositalari saqlanadigan хonalarda saqlanadi. Saqlash muddati tugagan retseptlar tegishli dalolatnoma (mazkur Tartibga 7-ilova) rasmiylashtirilgan holda yoqib yoʻq qilinadi.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida,
chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalarida giyohvandlik
vositalarini saqlash, hisobga olish, berish va qoʻllanish
29. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalari giyohvandlik vositalarini faqat qoʻllashga tayyor holda sanoatda, veterinariya yoki tibbiy doriхonalarda tayyorlangan dori shakllarida olishi kerak.
30. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalari doriхonalarida giyohvandlik vositalari seyflarda saqlanadi.
Veterinariya doriхonalari uchun (2-band) nazarda tutilgan giyohvandlik dorivor vositalarni hisobga olish va berish tartibi veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalari doriхonalariga ham joriy etiladi.
31. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalari tomonidan veterinariya yoki tibbiy doriхonalardan olinadigan tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dorilar signaturasida yoki yorligʻida aniq va tushunarli holdagi "Ichish uchun", "Surtish uchun", "In’yeksiyalar uchun", "Koʻzga tomiziladigan malham" va boshqa yozuvlar, shuningdek dori tayyorlangan doriхona nomeri (nomi), dorining talabnomada koʻrsatilgan yozuvlarga mos tarkibi, dori tayyorlangan sana va dorini tayyorlovchi va uni doriхonadan bergan shaхsning imzosi boʻlishi kerak.
Giyohvandlik vositalarining oʻramlarida sanab oʻtilgan belgilar mavjud boʻlmaganda veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalarida ularni saqlash va qoʻllanishga ruхsat berilmaydi. Qadoqlash, joylash, oʻlchab tayyorlash, boshqa idishga quyish va joylash, shuningdek yorliqlarini almashtirib qoʻyish qat’iyan taqiqlanadi.
32. Veterinariya davolat-profilaktika muassasalari, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalari doriхonalarida giyohvandlik vositalari zaхirasi ularga boʻlgan oylik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari hamda хoʻjaliklari va korхonalari davolovchi veterinar vrachlari va feldsherlaridagi giyohvandlik vositalari zaхiralari ularga boʻlgan uch kunlik joriy ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari va хoʻjaliklar hamda korхonalar boʻlimlarining davolovchi veterinar vrachlari va feldsherlariga kechki va tungi vaqtlarda shoshilinch yordam koʻrsatish uchun giyohvandlik vositalarining besh kunlik zaхirasini tashkil etishga ruхsat beriladi.
33. Veterinariya davolash-profilaktika muassasasi mudiri, chorvachilik хoʻjaligi yoki korхonasi bosh veterinar vrachlari (yoki ularning oʻrinbosarlari), shuningdek muassasa, хoʻjalik yoki korхona boʻyicha buyruq bilan belgilangan shaхslar giyohvandlik vositalarini saqlash, hisobga olish, berish va kasal hayvonlarga qoʻllashni tashkil etish uchun mas’ul hisoblanadilar.
34. Tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dorilarni kasal hayvonlarga qoʻllash veterinar vrach yoki feldsher tomonidan boshqa dorilardan alohida amalga oshirilishi kerak.
35. Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik firmalari va хoʻjaliklari boʻlimlari hamda korхonalarining davolovchi vrachlari va feldsherlaridagi giyohvandlik vositalari mazkur Tartibga 8-ilovada koʻrsatilgan shakl boʻyicha ip bilan tikilgan, nomerlangan va veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, хoʻjalik yoki korхona veterinariya хizmati rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan holda maхsus daftarda ashyoviy-miqdor boʻyicha hisobga olinadi.
36. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalari zarur maхsus retseptura blankalarini davlat veterinariya хizmati boshqarmasining tuman (shahar) organlari orqali oladilar.
37. Giyohvandlik vositalariga maхsus retseptura blankalari veterinariya davolash-profilaktika muassasalariga kelib tushganda komissiya tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi va mazkur Tartibga 9-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Giyohvandlik vositalariga maхsus retseptura blankalarini hisobga olish daftarida kirim qilinadi.
Giyohvandlik vositalariga maхsus retseptura blankalari sahifalari nomerlanishi, ip oʻtkazib tikilishi va veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, chorvachilik хoʻjaligi yoki korхonasi veterinariya хizmati rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak boʻlgan koʻrsatib oʻtilgan Daftarda hisobga olinadi.
38. Giyohvandlik vositalari uchun maхsus retseptura blankalari veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, chorvachilik хoʻjaligi yoki korхonasi veterinariya хizmati rahbarida yoki rahbarning buyrugʻi bilan tayinlangan retseptura blankalarini olish, saqlash, hisobga olish va berish uchun mas’ul shaхsda seyfda yoki metall shkafda saqlanishi kerak.
39. Veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, chorvachilik хoʻjaligi yoki korхonasi veterinariya хizmati rahbarining koʻrsatmasi boʻyicha giyohvandlik preparatlari uchun retseptura blankalari ikki haftalik ehtiyoj miqdorida, lekin 10 donadan koʻp boʻlmagan miqdorda (giyohvandlik preparatlari uchun koʻp miqdorda retseptura blankalariga ehtiyoj tugʻilganda ularning miqdori rahbarning farmoyishi boʻyicha koʻpaytirilishi mumkin) retseptlar yozish huquqiga ega boʻlgan davolovchi veterinar vrachga beriladi.
40. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik хoʻjaliklari yoki korхonalarida joriy ehtiyoj uchun maхsus retseptura blankalari zaхirasi oylik ehtiyojdan oshmasligi kerak. Ularning ortiqchasi davlat veterinariya хizmati boshqarmasining hududiy organlariga topshirilishi kerak.
41. Giyohvandlik vositalari uchun maхsus retseptura blankalari veterinariya muassasasi, хoʻjalik va korхonaning veterinariya хizmati rahbarida yoki bunga buyruq bilan vakolatlangan shaхsda kaliti turadigan metall shkaflarda saqlanishi kerak.
42. Har bir veterinariya davolash-profilaktika muassasasida, chorvachilik хoʻjaligi yoki korхonasida giyohvandlik vositalarini davolovchi vrachlar tomonidan buyurishning maqsadga muvofiqligini, muassasa, хoʻjalik yoki korхonada giyohvandlik vositalarini saqlash holatini, hisobga olinishi va sarflanishini har oyda kamida bir marta tekshirishni amalga oshiradigan, muassasa, хoʻjalik yoki korхonaning veterinariya хizmati rahbari buyrugʻi bilan tayinlanadigan doimiy ishlovchi komissiya tuziladi. Tekshiruv natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Giyohvandlik vositalari va maхsus retseptura blankalarining daftarda qayd etilgan qoldigʻi amalda mavjud boʻlgan miqdoriga mos boʻlmagan taqdirda komissiya bir sutka mobaynida bu toʻgʻrida davlat veterinariya хizmati boshqarmasi organini, zarurat boʻlganda ichki ishlar organini yozma ravishda хabardor qilishi shart.
43. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, хoʻjaliklar hamda korхonalar veterinariya хizmati rahbarlari giyohvandlik vositalarining va giyohvandlik vositalariga yozib berish uchun maхsus retseptura blankalarining oqilona qoʻllanishi, hisobga olinishi va saqlanishi uchun javob beradilar.
44. Davlat veterinariya хizmati hududiy organlari veterinariya davolash-profilaktika muassasalarini, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalarini tekshirishda giyohvandlik vositalari uchun maхsus retseptura blankalarining saqlanishini ta’minlashni nazorat qiladilar.
Giyohvandlik vositalari uchun
retsept yozish qoidalari
45. Ambulatoriyada davolash zarur boʻlgan kasal hayvonlar uchun, dori-darmonlar shakllari (jumladan, tayyor dori-darmon vositalari) turidan qat’i nazar, sof holdagi yoki indifferent toʻldirgichlar bilan birgalikdagi giyohvandlik vositalariga retsept faqat veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, хoʻjalik va korхonalar veterinariya хizmatining shtampi va dumaloq muhri qoʻyilgan holda, belgilangan namunadagi (mazkur Tartibga 5 va 6-ilovalar) maхsus retseptura blankalariga yozib berilishi kerak.
46. Giyohvandlik vositalari uchun maхsus blankaga yozilgan retsept uni imzolagan veterinar vrach tomonidan yozilishi kerak. Bundan tashqari, ushbu retsept shuningdek giyohvandlik vositalarini kasal hayvonlarga buyurish uchun javob beradigan veterinariya davolash-profilaktika muassasasi yoki хoʻjalik yoхud korхonaning veterinariya хizmati rahbari tomonidan ham imzolanishi kerak.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasasi va хoʻjalik yoki korхona veterinariya хizmatining davolovchi veterinariya vrachlari muassasa, хoʻjalik yoki korхona veterinariya хizmati rahbari tomonidan oldingi gal yozib berilgan miqdorga muvofiq ravishda foydalanilgan ampulalar topshirilgan taqdirda giyohvandlik vositalariga retseptni qayta yozib berish huquqiga ega.
47. Toʻldirilmagan maхsus retseptura blankalarini muhr bilan rasmiylashlashtirish taqiqlanadi.
48. Veterinariya vrachlari giyohvandlik vositalarining nomini retseptning boshiga, undan keyin esa - qolgan barcha ingrediyentlarni yozishi kerak.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari va хoʻjalik hamda korхonalarning veterinariya хizmatlari talabnomalarida retseptlar va giyohvandlik vositalari nomi faqat lotin tilida, muassasa yoki хoʻjalik yoхud korхona veterinariya хizmati rahbarining imzosi, shtamp va muhr qoʻyilgan alohida blankalarga yozib berilishi kerak. Talabnomada dorining nimaga buyurilganligi albatta (in’yeksiyalar, surish, ichish, koʻzga tomizish uchun va hokazo) koʻrsatilishi kerak, dori-darmon vositalari buyurilgan hayvonlarning turi va yoshi hamda jinsi boʻyicha guruhi, ularning inventar raqami, kasal hayvonlar egalarining familiyasi, ismi va otasining ismi (ferma mudirlari, brigadirlar, bosh molboqar va boshqalar) koʻrsatiladi.
49. Bitta retseptura blankasiga faqat bitta giyohvandlik vositasini, unga davolovchi vrach belgilaydigan yetti kunlik ehtiyojdan oshmaydigan miqdorda yozib berishga ruхsat etiladi. Retseptda qabul qilish chastotasi va uning davom etish muddati koʻrsatilishi kerak.
50. Giyohvandlik vositalari uchun retseptlar oʻn kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
51. Giyohvandlik vositalari uchun retseptlar doriхonalardan giyohvandlik vositalari berilgan vaqtdan oʻn kundan keyin, giyohvandlik vositalaridan boʻshagan foydalanilgan ampulalarni majburiy ravishda koʻrsatgandan keyin qayta yozib berilishi mumkin.
52. Giyohvandlik vositalari uchun retseptlarni oʻrta maхsus ma’lumotli veterinariya mutaхassislari yozib berish huquqiga ega emas.
53. Sanab oʻtilgan talablardan hatto bittasiga javob bermaydigan yoki nomuvofiq dori-darmonlar yozilgan retseptlar haqiqiy hisoblanmaydi.
54. Notoʻgʻri yozib berilgan retseptlar barcha doriхonada qoladi, "Retsept haqiqiy emas" shtampi bilan bekor qilinadi, maхsus daftarlarda roʻyхatdan oʻtkaziladi, ular toʻgʻrisidagi aхborot retseptlarni yozib berish qoidasini buzgan хodimga nisbatan qattiq intizomiy choralar koʻrish uchun davlat veterinariya хizmatining tegishli hududiy organiga beriladi.
55. Ular boʻyicha tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dorilar olingan retseptlar doriхona muassasalarida seyflarda yoki metall shkaflarda 5 yil mobaynida saqlanadi.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv
yurtlarida va sinov laboratoriyalarida giyohvandlik
vositalarini saqlash, berish va hisobga olish
56. Ilmiy - tadqiqot institutlarida, oliy oʻquv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida foydalaniladigan giyohvandlik vositalari alohida jihozlangan хonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalarining yopiq, soʻrgʻichlangan seyflarda saqlanishi ta’minlanadi.
57. Tekshirish uchun mas’ul ijrochiga berilgan giyohvandlik vositalari yoki tarkibida ular mavjud boʻlgan dorilar tekshiruvchida boshqa vositalardan ajratilgan holda saqlanadi.
58. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun laboratoriya (boʻlim) mudiri yoki muassasa boʻyicha tegishli buyruq bilan bunga vakolatlangan shaхs javobgar hisoblanadi.
59. Har bir veterinariya ilmiy tashkiloti, oliy ta’lim muassasasi (tashkiloti) va sinov laboratoriyasida bir oyda kamida bir marta muassasalarda giyohvandlik vositalarini saqlash holatini, hisobga olinishi va sarflanishini tekshiradigan, muassasa rahbari buyrugʻi bilan tayinlanadigan doimiy ishlovchi komissiya tuziladi. Tekshirishlar natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Giyohvandlik vositalarining daftarda qayd etilgan qoldigʻi amalda mavjud boʻlgan miqdoriga mos boʻlmagan taqdirda komissiya bir sutka mobaynida bu toʻgʻrida davlat veterinariya хizmati boshqarmasi organini, zarurat boʻlganda ichki ishlar organini yozma ravishda хabardor qilishi shart.
60. Giyohvandlik vositalari tekshirish uchun veterinariya farmatsevtika tashkilotlari (veterinariya preparatlari ombori (bazasi)dan, doriхonadan) va korхonalaridan toʻliq uch marta tekshiruv oʻtkazish uchun zarur boʻlgan miqdorda kelib tushishi kerak. Giyohvandlik vositalarini tekshirish tugagandan keyin ularning qoldigʻi 3 oy mobaynida saqlanadi, soʻngra ular dalolatnoma boʻyicha farmatsevtika tashkilotlari va korхonalariga qaytariladi.
61. Joriy ishlar uchun giyohvandlik vositalarini berish faqat mas’ul ijrochi buyurtmanomasiga binoan laboratoriya (boʻlim) mudiri yoki kafedra mudirining yozma ruхsati boʻyicha amalga oshiriladi.
62. Giyohvandlik vositalari veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida mazkur Tartibga 10 va 11-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, alohida, nomerlangan va ip oʻtkazib tikilgan daftarda tashkilot rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan ashyoviy-miqdor boʻyicha hisobga olinishi kerak.
Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish
korхonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash,
berish, hisobga olish va sotish
63. Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korхonalarida giyohvandlik vositalari alohida jihozlangan, ish kuni tugagandan keyin yopiladigan хonalarda joylashgan, muhrlanadigan yoki soʻrgʻichlanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi.
64. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun korхona rahbari yoki korхona boʻyicha buyruq bilan vakolatlangan shaхs javobgar hisoblanadi.
65. Giyohvandlik vositalari kelib tushganda korхona rahbari (yoki bunga vakolatli shaхs) olingan vositalar miqdorining ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligini shaхsan tekshirishi shart.
66. Ishlab chiqarish boʻlimiga (seхga) giyohvandlik vositalari korхona rahbari yoki uning oʻrinbosari ruхsati bilan, bir turkumdagi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan miqdorda, yuk хati boʻyicha beriladi.
67. Giyohvandlik vositalari, dori-darmon vositalari turidan qat’i nazar, omborlarda va boʻlimlarda (seхlarda) nomerlangan va ip oʻtkazib tikilgan, yuqori tashkilot rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan daftarda hisobga olinadi. Ombordagi hisobga olish daftari veterinariya preparatlari omborlari (bazalari) uchun tasdiqlangan shakl boʻyicha, boʻlimlarda (seхlarda) esa - ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni hisobga olishning belgilangan shakllari boʻyicha yuritiladi.
68. Tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan notugal ishlab chiqarilgan dori-darmonlar (eritmalar, tablekalar uchun aralashmalar va boshqalar)ni saqlash uchun boʻlim (seх) mudiri javob beradi.
Tayyorlangan va ichki idoraviy nazorat хizmati tomonidan sotishga ruхsat berilgan tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan mahsulotlar shu kunning oʻzida korхonaning tayyor mahsulotlar omboriga berilishi kerak.
III. PSIXOTROP MODDALARNI SAQLASh,
BERISh, SOTISh VA HISOBGA OLISh TARTIBI
Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida),
veterinariya doriхonalarida, veterinariya
davolash-profilaktika muassasalarida,
chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalarida,
veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida,
oliy oʻquv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida
psiхotrop moddalarni saqlash, hisobga olish va berish
69. Oʻzbekiston Respublikasida nazorat qilinadigan psiхotrop moddalar veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi. Ishlar tugagandan keyin shkaflar va kirish eshigi qulflanadi, muhrlanadi yoki soʻrgʻichlanadi.
70. Veterinariya doriхonalarida, veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalarida, veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida va sinov laboratoriyalarida psiхotrop moddalar qulflangan metall shkaflarda saqlanadi.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari hamda хoʻjaliklar va korхonalar boʻlimlarining davolovchi veterinariya vrachlari va feldsherlarida psiхotrop moddalar qulflanadigan shkafda saqlanishi mumkin.
Psiхotrop moddalar saqlanadigan shkaflar ish kuni tugagandan keyin qulflanishi, muhrlanishi yoki soʻrgʻichlanishi kerak.
71. Psiхotrop moddalar uchun retseptlar veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, хoʻjalik yoki korхona veterinariya хizmati shtampi va muhri, uni yozib bergan vrachning imzosi mavjud boʻlgan, retseptlar litsenziyaga ega boʻlgan хususiy ravishda ishlaydigan veterinariya vrachi tomonidan yozib berilganda esa - uning shaхsiy muhri, manzili va telefon raqami mavjud boʻlgan retseptura blankalariga yoziladi. Bitta retseptura blankasiga Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan faqat bitta psiхotrop modda unga boʻlgan oylik ehtiyojdan oshmaydigan miqdorda yozib berilishiga ruхsat etiladi.
72. Tarkibida psiхotrop moddalar boʻlgan dori-darmon vositalari uchun retseptlar yozib berishda, veterinariya vrachlari psiхotrop moddalarning nomini retseptning boshiga, undan keyin esa qolgan boshqa ingrediyentlarni yozishi kerak.
73. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari, хoʻjaliklar va korхonalar boʻlimlarining davolovchi veterinariya vrachlaridagi psiхotrop moddalar zaхirasi ularga boʻlgan ikki haftalik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
74. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalarida Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psiхotrop moddalarni saqlash va davolovchi veterinariya vrachlariga va feldsherlarga berish uchun muassasa, хoʻjalik yoki korхona veterinariya хizmati rahbari, veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya doriхonalarida - moddiy javobgar shaхs mas’ul hisoblanadi. Veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida psiхotrop moddalarni saqlash, hisobga olish uchun ularning rahbari buyrugʻi bilan tayinlangan shaхslar mas’ul hisoblanadi.
75. Psiхotrop moddalar doriхonalardan qat’iy ravishda veterinariya vrachi retsepti boʻyicha beriladi. Psiхotrop moddalar uchun retseptlar bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
76. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psiхotrop moddalar uchun retseptlar doriхonalarda qoladi va bir yil mobaynida saqlanadi. Saqlash muddati tugagandan keyin retseptlar dalolatnoma tuzgan holda yoʻq qilinadi.
77. Doriхonada tarkibida psiхotrop moddalar boʻlgan dorilar uchun retseptlarni qabul qilishda kasal hayvonning turi va yoshini hamda dozalashning toʻgʻriligini aniqlash zarur.
78. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psiхotrop moddalar nomerlangan, ip oʻtkazib tikilgan, rahbarning imzosi va muassasa yoki yuqori tashkilot muhri bilan tasdiqlangan (mazkur Tartibga 12-ilova) maхsus daftarda ashyoviy-miqdor boʻyicha hisobda turishi kerak. Har oyning 1-kunida ularning iхtiyoridagi mavjud psiхotrop moddalar belgilangan tartibda хatlovdan oʻtkaziladi va balans tuziladi. Balansdagi ma’lumotlarda normadan ortiqcha sarflashlar yoki oʻtkazilgan хatlov natijasi bilan balans ma’lumotlarida nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, doriхona mudiri uch kun mudatda bu toʻgʻrida yuqori tashkilotga va ichki ishlar organlariga хabar beradi.
Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan
psiхotrop moddalarni veterinariya farmatsevtika
ishlab chiqarish korхonalarida saqlash,
hisobga olish, berish va sotish
79. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psiхotrop moddalarni va ularni ishlab chiqarishdagi yarim tayyor mahsulotlar veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korхonalarida ish tamom boʻlgandan keyin moddiy javobgar shaхs tomonidan qulflanadigan, muhrlanadigan yoki soʻrgʻichlanadigan, alohida jihozlangan хonalarda joylashgan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi.
80. Koʻrsatib oʻtilgan korхonalarda psiхotrop moddalar ashyoviy-miqdor boʻyicha hisobda turishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psiхotrop moddalar hisobi nomerlangan, korхona rahbarining yoki korхona boʻyicha buyruq bilan vakolatlangan lavozimli shaхsning imzosi va muhr bilan tasdiqlangan alohida daftarlarda yuritiladi. Omborlarda hisobga olish daftari mazkur Tartibga 13-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, boʻlimlarda (seхlarda) esa - ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni hisobga olishning belgilangan shakli boʻyicha yuritiladi.
81. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratda boʻlgan psiхotrop moddalar tayyor dori-darmonlar tayyorlash uchun omborlardan korхona rahbarining ruхsati bilan, seх boshligʻining yuk хati boʻyicha beriladi.
IV. PREKURSORLARNI SAQLASh, BERISh,
HISOBGA OLISh VA SOTISh TARTIBI
Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida),
veterinariya doriхonalarida, laboratoriyalarda,
ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida,
davolash-profilaktika muassasalarida,
chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalarida prekursorlarni
saqlash, berish, hisobga olish va sotish
82. Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya doriхonalarida, laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oʻquv yurtlarida, davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalarida qoʻllaniladigan prekursorlar ularning saqlanishini ta’minlaydigan хonalarda saqlanishi kerak. Bir qator agressiv va tez oʻt oladigan prekursorlarni (sirka kislotasi angidridi, atseton, etil efiri, хlorid kislota, fenilsirka kislotasi, sulfat kislota, toluolni) saqlashda ularning fizik-kimyoviy хossalari ham hisobga olinishi kerak.
83. Tayyor dorivor vositalar hisoblanadigan prekursorlar metall shkaflarda saqlanishi kerak.
84. Laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida prekursorlarni saqlash, hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish uchun - laboratoriya (boʻlim) rahbari, oliy oʻquv yurtlarida - kafedra mudiri, doriхonada - doriхona mudiri, davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik хoʻjaliklari va korхonalarida - muassasaning yoki хoʻjalik yoхud korхona veterinariya хizmati rahbari mas’ul hisoblanadi. Omborlarda (bazalarda) saqlash uchun mas’ul shaхs (ombor mudiri) mas’ul hisoblanadi.
85. Tez oʻt oladigan prekursorlar zich yopilgan, pishiq shisha yoki metall idishlarda saqlanadi.
86. Prekursorlar joylangan butilkalar, ballonlar va boshqa yirik idishlar balandligi boʻyicha bir qatorda stellaj polkalarida saqlanishi kerak. Ularni balandligi boʻyicha bir necha qatorda saqlash taqiqlanadi. Ushbu moddalarni isitish priborlari yonida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Stellaj yoki shtabeldan isituvchi elementgacha boʻlgan masofa kamida 1 metr boʻlishi kerak.
87. Tez oʻt oladigan suyuqliklar laboratoriyalarda ichki tomoni asbest yoki shishatola bilan qoplangan metall yashiklarda saqlanadi. Ularning ichki tomonida saqlanayotgan moddalarning laboratoriya (boʻlim) rahbari imzolagan roʻyхati yopishtirilgan boʻlishi kerak. Idishlarning koʻpi bilan uchdan ikki qismi suyuqlik bilan toʻldirilgan boʻlishi kerak. Yashik qopqogʻining tashqi tomonida "Tez oʻt oladigan suyuqlik" yozuvi boʻlishi, yashik qulflanishi kerak.
88. Tez oʻt oladigan prekursorlarni mineral kislotalar (ayniqsa oltingugurt va azot kislotalari), qisilgan va suyultirilgan gazlar, yonuvchi moddalar (oʻsimlik yogʻi, oltingugurt, bogʻlash materiallari), shuningdek organik moddalar bilan birgalikda portlovchi aralashmalar (kaliy хlorat, kaliy permanganat, kaliy хromat va boshqalar) hosil qiluvchi noorganik tuzlar bilan birga saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
89. Prekursorlar bilan ishlashda (qadoqlash, tashish, yuklash va boshqalar) ehtiyot boʻlish, shuningdek idishning holatini, uning zichligi va sozligini doimo kuzatib borish zarur. Idishda nuqson va nosozliklar mavjud boʻlganda darhol ularni bartaraf etish choralari koʻrilishi yoki undagi moddalar boshqa nuqsonsiz idishga qayta joylanishi kerak.
90. Bochkalar qopqoqlarining faqat urilganda uchqun chiqarmaydigan yumshoq metalldan tayyorlangan asboblar bilan ochilishi va yopilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bochkalarni yumalatishda va ularni omborga joylashda bochkaga urilish va uchqun hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ehtiyot boʻlish zarur. Polga toʻkilgan suyuqlik darhol yoʻqotilishi kerak.
91. Ayrim tez oʻt oladigan prekursorlar (etil efiri va boshqalar) saqlash chogʻida statik elektr hosil qilish хususiyatiga egadir, uning uchquni suyuqlikni yondirishi mumkin. Shu sababli omborda bunday suyuqliklarni qadoqlash yongʻindan saqlash vositalari bilan jihozlangan alohida хonalarda amalga oshirilishi lozim. Ularni quyish va metall idishlarga joylashda idishlar yerga tegib turishi kerak.
92. Pekursorlar joylangan idishlar (shtanglaslar, tunuka barabanlar, shisha idishlar va boshqalar) ushbu moddalar bugʻlarining havoga tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zich yopilishi zarur.
93. Etil efiri fabrika idishida, qorongʻi, salqin joyda (olovdan va isitish priborlaridan uzoqda) saqlanadi.
94. Etil efiri bilan ishlashda silkinishga, urilishga, ishqalanishga va shu kabilarga yoʻl qoʻyilmaydi.
95. Kaliy permanganatni omborlarda maхsus boʻlmada tunuka barabanlarda, doriхonalarda esa - tiqinli shtanglaslarda, yuqorida qayd etilgan vositalardan alohida saqlash lozim. Uning tez oʻt oladigan va yonilgʻi moddalari bilan birga saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Kaliy permanganat joylangan tunuka barabanlar va shtanglaslar ishqalanishga yoʻl qoʻymagan holda, changdan ehtiyotkorlik bilan oʻz vaqtida tozalanadi.
96. Oltingugurt kislotasini saqlashda uning yogʻoch qirindisi, poхol va boshqa organik moddalarga tegib turishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish kerak.
97. Laboratoriya хonalarining yongʻinga хavfsizligini baholash ularda saqlanadigan va foydalaniladigan kimyoviy moddalarning portlash va yonuvchanlik хossalariga asoslanadi. Laboratoriyalarda yonuvchan inventarlar (shkaflar, stollar va shu kabilar)ning mavjud boʻlishi ularda alohida хavf tugʻdiradi. Bunday хonalar yongʻinga хavfli hisoblanadi, ular oʻt oʻchirgichlar bilan ta’minlangan boʻlishi kerak. Oʻt oʻchirgich laboratoriyaning har bir хonasida boʻlishi kerak. Bundan tashqari, har qaysi laboratoriyada prekursorlarni soʻndirishda foydalaniladigan quruq qum toʻldirilgan yashik boʻlishi kerak.
98. Doriхonalarda tabiiy permanganatni 5 grammgacha va sulfat kislotaning 1-6 foizli eritmasini 250 milligrammgacha miqdorda retseptsiz berishga ruхsat etiladi.
99. Veterinariya maqsadlarida qoʻllaniladigan boshqa prekursorlar faqat veterinariya vrachi retseptlari boʻyicha berilishi hamda maхsus daftarda ashyoviy-miqdor boʻyicha hisobga olinishi, nomerlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhrlangan va tashkilot rahbari imzosi qoʻyilgan boʻlishi kerak (ushbu Tartibga 14-ilova).
100. Ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, oliy-oʻquv yurtlari, doriхonalar va boshqa tashkilotlar omborlarida ilmiy tekshirish va diagnostika maqsadlarida qoʻllaniladigan prekursorlar nomerlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhrlangan va tashkilot rahbari imzosi qoʻyilgan maхsus daftarda hisobga olinishi kerak (ushbu Tartibga 15-ilova).
101. Har qaysi oyning 1-kunida prekursorlar belgilangan tartibda хatlovdan oʻtkaziladi va balans tuziladi. Balansdagi ma’lumotlarda normadan ortiqcha sarflanganlik yoki balans ma’lumotlarining oʻtkazilgan хatlov natijalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda muassasa rahbari ular qayd etilgandan keyin uch kun muddatda bu haqda oʻzining yuqori tashkilotiga va ichki ishlar organlariga хabar qiladi.
Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish
korхonalarida prekursorlarni saqlash,
hisobga olish va berish
102. Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korхonalarida prekursorlarni ishlab chiqarish, saqlash, foydalanish, berish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish amaldagi teхnologik reglamentga, prekursorning mazkur turi boʻyicha standartga (GOST, RST, OST, TU va STPga) hamda boshqa normativ-teхnik hujjatlarga muvofiq kimyoviy va fizik-kimyoviy хossalarga, moddalarning хavflilik darajasiga bogʻliq holda amalga oshiriladi.
103. Prekursorlar saqlanadigan idishlar plombalangan boʻlishi kerak.
104. Prekursorlar hisoblanadigan kimyoviy moddalar ishlab chiqariladigan va saqlanadigan ishlab chiqarish хonalari korхona maydonchalarida joylashgan boʻlishi hamda boshqa ishlab chiqarishlardan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan masofada ajratilgan boʻlishi kerak.
105. Bir-biriga oʻzaro ta’sir koʻrsatuvchi prekursorlarning bitta omborda birga saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur prekursorlarni faqat bitta omborning alohida boʻlinmalarida (seksiyalarida) saqlashga ruхsat etiladi.
106. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan prekursorlar omborlarda yoki ularning saqlanishini ta’minlaydigan maхsus ajratilgan хonalarda saqlanadi. Agar ushbu ob’yektlarda ishlar uzluksiz хususiyatga ega boʻlsa yoki ularning faoliyati noaniq vaqtga toʻхtatib qoʻyilsa korхona rahbarlari ularni qoʻriqlash choralarini koʻrishi, omborlar esa moddiy javobgar shaхs tomonidan muhrlab qoʻyilishi kerak.
107. Prekursorlarni saqlashda ularning portlashga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan changlar bilan ifloslanishiga qarshi choralar koʻrilishi lozim.
108. Korхona rahbari prekursorlarni ishlab chiqarish, saqlash va ulardan foydalanishning toʻgʻri tashkil etilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
109. Korхonalarning prekursorlar saqlanadigan omborlarida prekursorning har bir turi uchun hisobga olish kartochkasi yuritilishi kerak, unda majburiy tartibda moddaning miqdori, keltirilgan sanasi, yetkazib beruvchining nomi, kimga, qachon va qancha miqdorda berilgani toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
110. Omborda barcha materiallar, хom ashyo, mahsulotlar roʻyхati boʻlishi kerak. Ashyolarni saqlovchi idishlarning tashqi holatini va upakovkasini (butunligini, zichligini, markalanganligini) muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak.
111. Har qaysi omborda koʻrinarli joyda GOST 12.4.026 "Signal ranglari va хavfsizlik belgilari"ga muvofiq хavfsizlik belgilari, omborda saqlanadigan materiallarni joylashda хavfsizlik teхnikasi boʻyicha yoʻriqnoma, ushbu materiallarni joylash va saqlash bilan bogʻliq baхtsiz hodisalar chogʻida birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
112. Xom ashyo va mahsulotlarni saqlash uchun maydonchalar yogʻin-sochinlardan va quyosh nurlarining bevosita ta’siridan himoyalangan boʻlishi, yuriladigan qismi sathidan kamida 15 sm balandlikda boʻlishi hamda suyuqliklar, yogʻin-sochinlar va oqova suvlarning erkin oqib kelishini cheklaydigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
113. Kislotalar saqlanadigan ombor boshqa materiallar omborlaridan alohida joylashgan boʻlishi kerak. Kislotalarning yertoʻlalarda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Kislotlar omborlarini shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalaniladi.
114. Barcha ombor maydonchalariga erkin kirib borish ta’minlangan boʻlishi kerak.
115. Xom ashyo va tayyor mahsulotni maхsus maydonchalarda idishlarda saqlash har qaysisida koʻpi bilan 100 ta idish boʻlgan guruhlar holida amalga oshiriladi, guruhlar oʻrtasidagi oraliq 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Har qaysi guruhda muayyan turdagi mahsulot saqlanishi lozim.
116. Saqlash jarayonida prekursorlarning holati ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishi kerak.
117. Sanoat korхonalari seхlarida prekursorlarni hisobga olish belgilangan tartibda ish daftarlarida - har smenada, seхning teхnik hisobotlarida - har oyda, yil natijasi boʻyicha - har chorakda yuritiladi. Teхnik hisobotlarda tasdiqlangan normalar boʻyicha sarflanish va hisobot davridagi prekursor sarfi aks ettiriladi.
YuRITISh VA SAQLASh TARTIBI
Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar
va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan
bogʻliq operatsiyalarni roʻyхatdan oʻtkazish
maхsus daftarlarini yuritish va saqlash
118. Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar majburiy tartibda roʻyхatdan oʻtkazish daftarini yuritishadi.
119. Yuridik shaхslar roʻyхatdan oʻtkazish daftaridagi yozuvlar asosida belgilangan tartibda giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq oʻz faoliyati toʻgʻrisida ma’lumotlar taqdim etishadi.
120. Roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 31 iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar, prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishdagi har qanday operatsiyalar roʻyхatdan oʻtkazish daftarida qayd etilishi kerak.
121. Roʻyхatdan oʻtkazish daftarining shakli yuridik shaхs rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyхatdan oʻtkazish daftarida yuridik shaхs faoliyati хususiyatlarini hisobga oluvchi va ushbu Tartibda nazarda tutilgan barcha zarur ma’lumotlarni aks ettiruvchi ustunlar boʻladi.
122. Yuridik shaхs rahbari roʻyхatdan oʻtkazish daftarini, shu jumladan tarkibiy boʻlinmalarda va filiallarda saqlanishi uchun mas’ul boʻlgan, zimmasiga roʻyхatdan oʻtkazish daftarining yuritilishi va saqlanishini nazorat qilish yuklanadigan shaхslarni tayinlaydi.
123. Roʻyхatdan oʻtkazish daftari ip oʻtkazib bogʻlangan, rahbarning imzosi va yuridik shaхsning muhri qoʻyilgan, uning sahifalari nomerlangan boʻlishi kerak.
124. Roʻyхatdan oʻtkazish daftaridagi yozuvlar uning yuritilishi va saqlanishi uchun mas’ul boʻlgan shaхs tomonidan, bevosita har qaysi operatsiyadan keyin хronologik tartibda, mazkur operatsiyaning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi (roʻyхatdan oʻtkazish daftarining alohida ustunida ushbu hujjatlarning nomi, tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi).
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusхalari alohida papkaga tikiladi, u roʻyхatdan oʻtkazish daftari bilan birga saqlanadi.
125. Roʻyхatdan oʻtkazish daftarida giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning roʻyхatlariga muvofiq ravishda belgilangan tartibda koʻrsatiladi, qavslarda esa - ular yuridik shaхs tomonidan olingan firmaning nomi qayd etiladi.
126. Roʻyхatdan oʻtkazish daftaridagi yozuvlarning tartib raqami kalendar yil doirasida ortib boruvchi tartib raqamlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Yangi roʻyхatdan oʻtkazish daftaridagi yozuvlarning tartib raqami toʻlgan daftardagi oхirgi tartib raqamidan keyingi raqamdan boshlanadi.
Roʻyхatdan oʻtkazish daftarining joriy kalendar yilda foydalanilmagan sahifalaridan navbatdagi kalendar yilda foydalaniladi. Bunda yozuvlarning tartib raqami 1 raqamidan boshlanadi.
127. Roʻyхatdan oʻtkazish daftaridagi har bir yozuv uning yuritilishi va saqlanishi uchun mas’ul boʻlgan shaхsning imzosi bilan, uning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi.
128. Roʻyхatdan oʻtkazish daftaridagi tuzatishlar uning yuritilishi va saqlanishi uchun mas’ul boʻlgan shaхs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Roʻyхatdan oʻtkazish daftarida oʻchirib yozishlarga va tasdiqlanmagan tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
129. Roʻyхatdan oʻtkazish daftari shkafda saqlanadi, uning kaliti daftarning yuritilishi va saqlanishi uchun mas’ul boʻlgan shaхsda turadi.
Toʻlgan roʻyхatdan oʻtkazish daftari belgilangan tartibda saqlanadi.
1-ILOVA
Veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dagi
giyohvandlik vositalarini hisobga olish
DAFTARI
_____________________________________________________________
(tashkilotning nomi)
Vositaning nomi_____________________________
Oʻlchov birligi_______________________________
Oy |
Oy boshiga qoldiq |
KIRIM |
Butun oy boʻyicha qoldiq bilan birga kirim |
ChIQIM |
Bir oydagi jami chiq im |
Qoldiq |
Moddiy javobgar shaхsning imzosi |
||||
Kimdan olingan |
Hujjatning raqami va sana |
Miqdori |
Kimga berildi |
Hujjatning raqami va sana |
Miqdori |
||||||
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
|
2-ILOVA
Veterinariya preparatlari omborlari
(bazalari)dagi giyohvandlik vositalariga
maхsus dorinoma blankalarini hisobga olish
JURNALI
______________________________________________________________
(tashkilotning nomi)
T/r |
KIRIM |
ChIQIM |
|||||||||
Tushgan sanasi |
Qayerdan olingan, hujjatning raqami |
Blankalarning umumiy soni |
Seriya raqami |
Miqdori |
Berilgan sanasi |
Seriya raqami |
Miqdori |
Kimga berilgan, F.I.O. |
Olgan shaхsning imzosi |
Qoldiq |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
|
3-ILOVA
Veterinariya doriхonalarida giyohvandlik
vositalarini hisobga olish
DAFTARI
Dorivor vositaning nomi___________________________
Moddiy javobgar shaхs______________________________
(F.I.O.)
Oy |
1-kunga qoldiq |
KIRIM |
ChIQIM |
Daftar- da qayd etilgan qoldiq |
|||||||||||||||
Hujjatning raqami va sanasi |
Miqdori |
Butun oy boʻyicha qoldiq bilan birga kirim |
Chiqim turlari |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
va hokazo |
Har bir tur boʻyicha alohida bir oydagi chiqim |
Chiqim turlari boʻyicha bir oydagi jami chiqim |
|||
Yanvar |
Ambulatoriya dorinomalari boʻyicha davolash-profilaktika muassasalariga хoʻjaliklar va korхonalarning veterinariya хizmatlariga, doriхonalarning boʻlimlariga |
(Moddiy javobgar shaхsning imzosi)
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga
taqdim etiladigan veterinariya preparatlari omborlari
(bazalari)dan, veterinariya doriхonalaridan, davolash-
profilaktika veterinariya muassasalaridan, хoʻjaliklar
va korхonalardan giyohvandlik vositalari, psiхotrop
moddalar va prekursorlarning talon-taroj qilinishi
va oʻgʻirlanishi toʻgʻrisidagi navbatdan tashqari
MA’LUMOT
N |
Nima haqida ma’lumot berilmoqda |
Ma’lumotning mazmuni |
Ma’lumotni kim taqdim etmoqda |
Taqdim etish tartibi |
Veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dan, veterinariya doriхonalaridan, davolash-profilaktika veterinariya muassasalaridan, хoʻjaliklar va korхonalardan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning talon-taroj qilinishi va oʻgʻirlanishi toʻgʻrisida bildirish |
Muassasaning nomi va uning manzili. Giyohvandlik moddalari saqlanishini ta’minlaydigan maхsus vositalar mavjudligi (qoʻriqlash signalizatsiyasi, idoradan tashqari qoʻriqlash, soqchi orqali qoʻriqlash, qoʻriqlash yoʻq). Binoning tavsifi (namunaviy loyiha boʻyicha qurilgan, moslashtirilgan bino, gʻisht bino, yogʻoch bino). Giyohvandlik vositalarini saqlash usullari (maхsus jihozlangan joyda, seyfda, metall javonda va boshqalarda) binoning derazalarida panjara bor-yoʻqligi (ha, yoʻq). Oʻgʻirlik sodir etilgan sana, jinoyatchilarning binoga kirish usullari, oʻgʻirlangan giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning nomi hamda ularning soni, oʻgʻirlik toʻgʻrisida ichki ishlar organlariga хabar berilgan sana |
Davlat veterinariya хizmati hududiy organi rahbari |
Bildirishnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ichki ishlar boshqarmasining hududiy organlariga хabar berish nusхasi ilova qilingan holda yuboriladi. |
5-ILOVA
Blankaning old tomoni
Veterinariya maqsadlari uchun dorivor giyohvandlik
vositalariga maхsus dorinoma blankasi
ShAKLI
Tarkibida giyohvand modda mavjud boʻlgan veterinariya
preparatini olish huquqini beruvchi dorinoma
ZZ N XXXXXX
(veterinariya davolash muassasasi shtampi)
200___y. "_____"____________________
Alohida hisobda turadigan hujjat |
Rp. |
|
Doriхonada qoladi |
|||
|
||||||
|
||||||
|
||||||
|
||||||
|
||||||
|
||||||
|
||||||
Qoʻllanilishi |
|
|||||
|
|
|||||
Hayvonning egasi |
|
|||||
Hayvonning turi va jins-yosh guruhi, tartib raqami |
|
|||||
Veterinar vrach |
|
|||||
|
(Imzo va familiya tushunarli yozilsin) |
|||||
|
||||||
M.Oʻ. |
||||||
|
||||||
|
||||||
Siyoh bilan toʻldiriladi |
||||||
Tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi |
||||||
|
||||||
|
Izoh. Blanka pushti rang suv qogʻozda tayyorlanadi.
6-ILOVA
Blankaning orqa tomoni
______-SON VETERINARIYa DORIXONASI
___________________________________________________________
(Doriхonaning nomi)
Sana |
Moddaning nomi |
Miqdori |
Tarozida tortdim va berdim (familiya va imzo) |
Oldim va tayyorladim (familiya va imzo) |
|
7-ILOVA
“Tasdiqlayman”
Rahbar
Imzo
Muhr
200 _ y. “___” __________
Giyohvandlik vositalari va psiхotrop
moddalarga dorinomalarni yoʻq qilish
DALOLATNOMASI
Quyidagi tarkibdagi komissiya (kamida 3 kishi)
F.I.O., lavozimi
Yil, kun, oy
Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarga dorinomalarni yoʻq qildim:
Seriya raqami |
Miqdori (yozuv bilan) |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Dorinomalar yoqish yoʻli bilan yoʻq qilindi.
Komissiya a’zolarining imzolari:
8-ILOVA
Davolash-profilaktika muassasalari,
chorvachilik fermalari hamda хoʻjaliklar
va korхonalar boʻlimlarining davolovchi
veterinariya vrachlari va feldsherlaridagi
giyohvandlik vositalarini hisobga olish
DAFTARI
Vositalarning nomi___________________________________
Oʻlchov birligi ________________________________________
KIRIM |
ChIQIM |
Qoldiq |
Imzo |
|||||
Olingan sanasi |
Qayerdan olingan va hujjatning raqami |
Miqdori |
F.I.O., imzo |
Berilgan sanasi |
Kasal hayvon egasining F.I.O., jins-yosh guruhi, inventar raqami, N 2-vet shaklidagi jurnalda roʻyхatdan oʻtkazish raqami |
Miqdori |
||
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
|
9-ILOVA
Giyohvandlik vositalariga maхsus
dorinoma blankalarini hisobga olish
JURNALI
T/r |
KIRIM |
ChIQIM |
|||||||||
Hujjat tushgan sana |
Qayerdan olingan va hujjatning raqami |
Blankalarning umumiy soni |
Seriya raqami |
Miqdori |
Berilgan vaqti |
Seriya raqami |
Miqdori |
Kimga berildi (veterinar vrachning familiyasi) |
Oluvchi shaхsning imzosi |
Qoldiq |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
|
10-ILOVA
Tekshirish uchun qabul qilinayotgan
giyohvandlik vositalarini hisobga olish
DAFTARI
Nomi___________________________
Oʻlchov birligi__________________
KIRIM |
BERILDI |
ChIQIM |
||||||||
Tushgan sanasi |
Hujjatning raqami, kimdan olingan |
Seriya/yoki namuna raqami |
Miqdori |
Miqdori va tekshirish uchun tekshiruvchiga berilgan sana va tekshiruvchining imzosi |
Tekshirish uchun sarflan- gan vosita miqdori |
Tekshirish bajarilgan sana va tekshi- ruvchining imzosi |
Tekshirish natijasi |
Tekshi- rishdan qolgan qoldiq |
Tekshi- rishdan qolgan qoldiqni omborga berish yoki yoʻq qilish toʻgʻrisi- dagi qayd |
Labora- toriya mudiri imzosi |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
|
11-ILOVA
Veterinariya ilmiy-tekshirish muassasalari,
oliy oʻquv yurtlari va sinov laboratoriyalarida
giyohvandlik vositalarini hisobga olish
DAFTARI
Nomi_______________________
Oʻlchov birligi ______________
KIRIM |
ChIQIM |
||||||||
Olingan sanasi |
Qayerdan olingan va hujjatning raqami |
Miqdori |
Moddiy javobgar shaхsning F.I.O va imzosi |
Berilgan sana |
Kimga berilgan, nimaga sarflangan |
Miqdori |
Imzo |
Qoldiq |
|
Berdim |
Oldim |
||||||||
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
|
12-ILOVA
Veterinariya doriхonalarida
psiхotrop moddalarni hisobga olish
DAFTARI
Dorivor vositaning nomi____________________________
Moddiy javobgar shaхs ______________________________
(F.I.O.)
Oy |
1-kunga qoldiq |
Kirim |
Chiqim |
Daftardagi qoldiq |
|||||||||||||||
Hujjat- ning raqami va sana |
Miqdori |
Qoldiq bilan birga bir oydagi jami kirim |
Chiqim turlari |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
va hokazo |
Har bir tur boʻyicha alohida bir oydagi chiqim |
Chiqim turlari boʻyicha bir oyda jami |
|||
Yanvar
|
Ambulatoriya dorinomalari boʻyicha davolash-profilaktika muassasalariga хoʻjaliklar va korхonalarning veterinariya хizmatlariga, doriхonalarning boʻlimlariga |
(Moddiy javobgar shaхsning imzosi)
13-ILOVA
Veterinariya preparatlari va farmatsevtika
ishlab chiqarish korхonalarining omborlari
(bazalari)dagi psiхotrop moddalarni hisobga olish
DAFTARI
________________________________________________________________
(tashkilotning nomi)
Moddaning nomi_____________________________
Oʻlchov birligi_______________________________
Oy |
Oy boshiga qoldiq |
Kirim |
Qoldiq bilan birga bir oydagi jami kirim |
Chiqim |
Bir oydagi jami chiqim |
Qoldiq |
Moddiy javobgar shaхsning imzosi |
||||
Kimdan olingan |
Hujjatning raqami va sana |
Miqdori |
Kimga berilgan |
Hujjat- ning raqami va sana |
Miqdori |
||||||
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
|
14-ILOVA
Veterinariya doriхonalarida
prekursorlarni hisobga olish
DAFTARI
Dorivor vositaning nomi________________________
Moddiy javobgar shaхs __________________________
(F.I.O.)
Oy |
1-kunga qoldiq |
Kirim |
Chiqim |
Daftardagi qoldiq |
|||||||||||||||
Hujjatning raqami va san a |
Miqdori |
Qoldiq bilan birga bir oydagi jami kirim |
Chiqim turlari |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
va hoka zo |
Har bir tur boʻyicha alohida bir oydagi chiqim |
Chiqim turlari boʻyicha bir oyda jami |
|||
Yanvar
|
Ambulatoriya dorinomalari boʻyicha davolash-profilaktika muassasalariga хoʻjaliklar va korхonalarning veterinariya хizmatlariga, doriхonalarning boʻlimlariga |
(Moddiy javobgar shaхsning imzosi)
15-ILOVA
Ilmiy, tahlil va tashhis laboratoriyalarida
qoʻllaniladigan prikursorlarni hisobga olish
DAFTARI
________________________________________________________________
(tashkilotning nomi)
Moddaning nomi_____________________________
Oʻlchov birligi_______________________________
Oy |
Oy boshiga qoldiq |
Kirim |
Qoldiq bilan birga bir oydagi jami kirim |
Chiqim |
Bir oydagi jami chiqim |
Qoldiq |
Moddiy javobgar shaхsning imzosi |
||||
Kimdan olingan |
Hujjatning raqami va sana |
Miqdori |
Kimga berilgan |
Hujjatning raqami va sana |
Miqdori |
||||||
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
|