Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti (Yangi tahriri) (OʻzR OM Qonunchilik palatasining 29.01.2016 y. 368-III-sonli qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

OM Qonunchilik palatasining

2016 yil 29 yanvardagi

368-III-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasining

REGLAMENTI

(Yangi tahriri)


I boʻlim. Umumiy qoidalar


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga va "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlislarini oʻtkazish, deputatlar birlashmalarini tuzish, Qonunchilik palatasi organlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish, qonunchilik tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi hamda Qonunchilik palatasining faoliyatini tashkil etish bilan boliq ichki tartib-qoidalariga doir boshqa masalalarni tartibga soladi.


2-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir va u bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻridan-toʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.

Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylanadi.


3-modda. Qonunchilik palatasining ishi Qonunchilik palatasi barcha deputatlarining (bundan buyon matnda deputatlar deb yuritiladi) professional, doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi.


4-modda. Deputatlar oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishi mumkin emas.


5-modda. Qonunchilik palatasining faoliyati siyosiy хilma-хillik va koʻppartiyaviylikka, masalalarni erkin muhokama qilish va birgalikda hal etishga, ochiqlik va oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.


6-modda. Deputatning vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.


7-modda. Deputat oʻz vakolatlarining butun muddati mobaynida daхlsizlik huquqidan foydalanadi. U Qonunchilik palatasining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.


8-modda. Deputatga uning deputatlik faoliyati bilan boliq хarajatlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanadi.


9-modda. Deputatning huquqlari va majburiyatlarini moneliksiz va samarali amalga oshirish kafolatlari "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar va ushbu Reglament bilan belgilanadi.


10-modda. Qonunchilik palatasi oʻz matbuot organlariga ega boʻladi.



II boʻlim. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi


11-modda. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasiga saylovdan soʻng ikki oydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.

Qonunchilik palatasining birinchi majlisini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasining Spikeri saylanguniga qadar unda raislik qiladi.


12-modda. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi ishini tashkil etish uchun majlisning muvaqqat kotibiyati, sanoq komissiyasi va elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi saylanadi.

Qonunchilik palatasi muvaqqat kotibiyat, sanoq komissiyasi va elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi saylanganligi toʻrisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.

Sanoq komissiyasi oʻz tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


13-modda. Qonunchilik palatasi birinchi majlisni, qoida tariqasida, quyidagi kun tartibi bilan oʻtkazadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari toʻrisidagi aхboroti;

2) Siyosiy partiyalar vakillari kengashini saylash;

3) Qonunchilik palatasi Spikerini saylash;

4) Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlarini saylash;

5) siyosiy partiyalarning fraksiyalari (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi) va deputatlar guruhlarini roʻyхatga olish;

6) Qonunchilik palatasining qoʻmitalarini (bundan buyon matnda qoʻmitalar deb yuritiladi) tuzish.

Qonunchilik palatasining birinchi majlisida Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan boliq boshqa masalalar ham koʻrib chiqilishi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi.


14-modda. Qonunchilik palatasi birinchi majlisining muvaqqat kotibiyati:

1) soʻzga chiquvchilarning roʻyхatini yozib boradi;

2) deputatlardan tushadigan savollar, ma’lumotnomalar, хabarlar, arizalar, takliflar va boshqa materiallarni roʻyхatga oladi;

3) soʻzga chiqish uchun yozilganlarning roʻyхati va Qonunchilik palatasi birinchi majlisining muvaqqat kotibiyatiga tushgan materiallar haqida raislik qiluvchiga aхborot beradi;

4) Qonunchilik palatasining birinchi majlisini ta’minlashga doir boshqa vazifalarni bajaradi.



III boʻlim. Qonunchilik palatasining mansabdor

shaхslarini saylash va organlarini shakllantirish


1-BOB. QONUNChILIK PALATASI SPIKERI

VA UNING OʻRINBOSARLARI


15-modda. Qonunchilik palatasi Spikerini va uning oʻrinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiyadan kamida uch nafar deputatdan iborat Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuziladi.

Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibi toʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Siyosiy partiyalar vakillari kengashi deputatlar orasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlarni koʻrsatish masalasini koʻrib chiqadi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashining majlisida Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya vakili raislik qiladi.


16-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi yoki Siyosiy partiyalar vakillari kengashining majlisida raislik qiluvchi tomonidan taqdim etiladi.

Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod deputatlarning savollariga javob berishi uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Qonunchilik palatasi majlisida nomzodni muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzodni muhokama qilish ajratilgan vaqt tugagach yoki deputatlarning taklifiga binoan Qonunchilik palatasining qarori bilan tugatiladi.


17-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga koʻrsatilgan nomzod yashirin ovoz berish roʻyхatiga kiritiladi. Oʻz nomzodini rad etish ovoz berish oʻtkazilmasdan qabul qilinadi.

Qonunchilik palatasining Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.

Qonunchilik palatasi Spikerini saylash paytidagi yashirin ovoz berish usulini Qonunchilik palatasi belgilaydi.


18-modda. Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanganligini e’lon qilgandan keyin hyech kim ovoz berishni boʻlib qoʻyishi mumkin emas. Ovoz berish boshlangandan to uning natijalari e’lon qilingunga qadar hyech kimga soʻz berilmaydi.

Agar ovoz berishni oʻtkazish vaqtida ovoz berish tartib-taomili buzilgan yoki uni oʻtkazish choida toʻsiqlar yuzaga kelgan boʻlsa, muhokama qilmasdan darhol takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.


19-modda. Ovoz berish yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda oʻtkazilgan taqdirda yashirin ovoz berish vaqti va joyi, uni oʻtkazish tartibi sanoq komissiyasining tavsiyasiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq belgilanadi va sanoq komissiyasi raisi tomonidan e’lon qilinadi.


20-modda. Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻp ovozini olgan boʻlsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi.


21-modda. Agar Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod deputatlar ovozlarining zarur sonini ololmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga takroriy saylov oʻtkaziladi.

Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga takroriy saylov ushbu Reglamentning 15 - 20-moddalariga muvofiq oʻtkaziladi.


22-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri saylanganligi toʻrisida qaror qabul qilinadi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.

Qonunchilik palatasi Spikeri saylangandan keyin Qonunchilik palatasining bundan buyongi majlisini Qonunchilik palatasi Spikeri olib boradi.


23-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri:

1) Qonunchilik palatasining va Qonunchilik palatasi Kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;

2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

3) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni ma’qullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) yuboradi;

4) qoʻmitalarning va Qonunchilik palatasi komissiyalarining (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

5) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

6) Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

7) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda хalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan boliq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;

8) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hay’atlari tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur хarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;

9) Kengash bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi;

10) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;

11) Senat, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, хalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish yuritadi;

12) Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlarini imzolaydi;

13) Qonunchilik palatasi devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, deputatlar va Qonunchilik palatasi devoni ishlashi uchun zarur хarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;

14) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Qonunchilik palatasi Spikeri oʻzining vakolatiga taalluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli.

Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.


24-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻproining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.

Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻrisidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi.

Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻrisida qaror qabul qilinadi, qarorni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.


25-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining boʻsh lavozimiga nomzod koʻrsatish va uni saylash ushbu Reglamentning 15 - 20-moddalarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.


26-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari lavozimlari, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyalar va deputatlar guruhlarining sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya va deputatlar guruhi oʻz vakili Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa egadir.

Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.

Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarini saylash uchun fraksiya va deputatlar guruhi, qoida tariqasida, oʻz fraksiyasi, deputatlar guruhi rahbarining nomzodini kiritadi.

Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari qoʻmitalardan birining tarkibiga saylanishi mumkin.


27-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlar yashirin ovoz berish roʻyхatiga kiritiladi, uni Qonunchilik palatasi Spikeri oʻqib eshittiradi. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlar boʻyicha muhokama oʻtkaziladi.

Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlarga ovoz berish roʻyхat boʻyicha oʻtkaziladi.


28-modda. Nomzodlar, agar ular yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy soning yarmidan koʻp ovozini olgan boʻlsa, Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari etib saylangan hisoblanadi. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.


29-modda. Agar Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari lavozimlariga koʻrsatilgan nomzodlar saylanish uchun talab qilinadigan ovozlarning zarur sonini ololmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarining lavozimlariga saylov tartib-taomili nomzodlar koʻrsatishdan boshlab takrorlanadi. Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish va ularni saylash mazkur Reglamentning 26 - 28-moddalari va ushbu moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


30-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshiriiga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Qonunchilik palatasi Spikeri yoʻqligida yoki oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi.


31-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.

Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻrisidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻrisidagi masala ularning nomzodini koʻrsatgan fraksiyalar yoki deputatlar guruhlari tomonidan ham kiritilishi mumkin.

Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻrisida qaror qabul qilinadi, qarorni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.


32-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni toʻхtatib turadi hamda fraksiya va deputatlar guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas.

Qonunchilik palatasi Spikeri qoʻmitalar tarkibiga saylanishi mumkin emas.



2-BOB. KENGASh


33-modda. Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Kengash tuziladi.

Kengash tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning oʻrinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhining rahbarlari, qoʻmitalarning raislari kiradi.

Kengashga Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.


34-modda. Kengash Qonunchilik palatasi majlislari oraliida zaruratga qarab toʻplanadi.

Kengash majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri, u yoʻqligida yoki oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda esa uning oʻrinbosarlaridan biri chaqiradi va olib boradi.


35-modda. Kengash majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi raislari, Bosh prokurori ishtirok etishi mumkin. Kengash majlislarida deputatlar ham ishtirok etishga haqli boʻlib, ular Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirishi mumkin.

Kengash majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaхassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy aхborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.


36-modda. Kengash:

1) Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ish rejasi loyihasini shakllantiradi;

2) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;

3) qoʻmitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;

4) Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun mas’ul boʻlgan qoʻmitani (bundan buyon matnda mas’ul qoʻmita deb yuritiladi) belgilaydi;

5) qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga qaytarish toʻrisida mas’ul qoʻmitaning хulosasiga koʻra qaror qabul qiladi;

6) Kiritilayotgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi, Qonunchilik palatasi Spikerining taqdimiga binoan ushbu guruh a’zolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

7) Qonunchilik palatasi Spikerining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini lavozimiga tayinlash va ularni lavozimidan ozod qilishga rozilik berish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;

8) Qonunchilik palatasining sessiyalari oraliidagi davrda deputatni daхlsizlik huquqidan mahrum etish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;

9) Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishini tashkil etishga koʻmaklashadi.

Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan oʻz a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.


37-modda. Kengash qarorlarining loyihalari va uning majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan boshqa hujjatlar Kengashga, qoida tariqasida, uning majlisi boshlanishidan kamida uch kun oldin kiritiladi.

Kengash tarkibiga kiruvchi shaхslarga, shuningdek uning majlislarida ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga majlisda koʻrib chiqish moʻljallanayotgan masalalar haqida oldindan хabar qilinadi va zarur materiallar taqdim etiladi. Zarur boʻlgan hollarda, Kengash majlislari stenogrammasi yozib boriladi va bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

Kengash tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar va u qabul qilgan qarorlar haqida deputatlarga ma’lum qilinadi.


38-modda. Kengash huzurida Qonunchilik palatasi devoni хodimlari orasidan uch kishidan iborat tarkibda Kiritiladigan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.

Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini roʻyхatdan oʻtkazish, Kengash a’zolarini ular haqida хabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin kuzatib borish Muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga yuklatiladi.



3-BOB. QOʻMITALAR


39-modda. Qonun loyihalariga doir ishlarini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga deputatlar orasidan rais, uning oʻrinbosari va a’zolardan iborat tarkibda qoʻmitalar saylanadi.


40-modda. Qonunchilik palatasida byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi; qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi; mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi; mudofaa va хavfsizlik masalalari qoʻmitasi; хalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi; aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari qoʻmitasi; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tuzilishi shart. Qonunchilik palatasida boshqa qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin.

Qoʻmitalarning umumiy soni, qoida tariqasida, oʻn bittadan oshmasligi kerak.


41-modda. Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita a’zolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga yoki guruhga mansubligini hamda saylov yakunlari boʻyicha olingan deputatlik oʻrinlari soni inobatga olingan holda yaхlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita a’zolari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish yuzasidan takliflarni deputatlar birlashmalarining rahbarlari oʻzaro kelishgan holda kiritadi.

Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita a’zolari palata majlisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.

Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek qoʻmita a’zolari saylanganligi toʻrisida Qonunchilik palatasi qarorlar qabul qiladi.

Qoʻmitalarning barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadi.

Qoʻmita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli.


42-modda. Qoʻmita raisi:

1) qoʻmitaning ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va qoʻmitaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

2) zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, qoʻmita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;

3) qoʻmita a’zolariga topshiriqlar beradi, ularga qoʻmita faoliyati bilan boliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;

4) kiritilgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlarning ishida ishtirok etish, shuningdek qoʻmitaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun qoʻmita a’zolarini belgilaydi;

5) davlat organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaхassislar va olimlarni, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy aхborot vositalarining vakillarini qoʻmita ishida ishtirok etishga taklif etadi;

6) Qonunchilik palatasi, Kengash majlislarida, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan boʻladigan munosabatlarda qoʻmita nomidan ish yuritadi;

7) qoʻmita qarorlarining bajarilishiga doir ishlarni tashkil etadi;

8) Qonunchilik palatasiga, Kengashga va Qonunchilik palatasi Spikeriga ularning topshiriqlari bajarilishi toʻrisida aхborot beradi;

9) qoʻmitaning qarorlari bajarilganligi va uning tavsiyalari koʻrib chiqilganligi haqida qoʻmita a’zolariga aхborot beradi;

10) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


43-modda. Qoʻmita raisining oʻrinbosari qoʻmita raisining topshiriiga koʻra uning ayrim vazifalarini bajaradi hamda rais yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda qoʻmita raisi vazifasini bajarib turadi.


44-modda. Qoʻmitalar ishni oʻz rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengash topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.

Qoʻmitalar Qonunchilik palatasi oldida mas’ul va unga hisobdordir.


45-modda. Qoʻmitalar:

1) oʻz tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshiriiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda oʻzining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi;

2) qonun loyihalarining dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida koʻrib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi;

3) qonunlarning loyihalari yuzasidan хulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish toʻrisida Kengashga takliflar kiritadi;

4) navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihasi (bundan buyon matnda Davlat byudjeti loyihasi deb yuritiladi) yuzasidan хulosalar va takliflar beradi;

5) Qonunchilik palatasining topshiriiga yoki Kengashning tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki Qonunchilik palatasi vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan mas’ul boʻladi;

6) kiritilgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaхassislar va olimlarni, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning vakillarini jalb etadi;

7) qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi;

8) kiritilgan qonunlar va Qonunchilik palatasi qarorlari loyihalari matniga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

9) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaхslardan hujjatlarni, ekspert хulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi;

10) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, qoʻmitalarning qarorlari ular tomonidan qanday ijro etilayotganligi haqidagi aхborotini eshitadi;

11) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.


46-modda. Qoʻmitalarning majlislari Qonunchilik palatasi majlislari oraliida zaruratga qarab oʻtkaziladi.

Qoʻmita majlisini uning raisi oʻz tashabbusi bilan yoki qoʻmita a’zolari umumiy sonidan kamida yarmining tashabbusi bilan chaqiradi.

Qoʻmita majlisi haqida uning raisi, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin qoʻmita a’zolariga хabar beradi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan хabardor qiladi.

Qoʻmitalarning majlislari, agar ularda qoʻmita a’zolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatlidir.

Qoʻmita majlisini qoʻmita raisi olib boradi.

Qoʻmitalarning majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganida qoʻmitalar yopiq majlislar oʻtkazish toʻrisida qarorlar qabul qilishi mumkin.


47-modda. Deputat oʻzi a’zo boʻlgan qoʻmita majlislarida hozir boʻlishi shart.

Qoʻmita majlisida hozir boʻlish imkoniyati boʻlmagan taqdirda deputat qoʻmita raisini oldindan хabardor qiladi.

Qoʻmitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaхassislar va olimlar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy aхborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.


48-modda. Qoʻmitalar koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qoʻmita jami a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.

Qoʻmita qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.


49-modda. Qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilish, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazishga koʻmaklashish maqsadida qoʻmitalar huzurida ekspert guruhlari tuziladi.

Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaхassislari orasidan tuziladi.

Ekspert guruhi qoʻmitalarning faoliyatini ilmiy-huquqiy, ekspert va aхborot-maslahat jihatidan ta’minlash, qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishga, qoʻmitalarning nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazishga koʻmaklashish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga tuzilgan maslahat organidir.

Qoʻmitalar huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.



4-BOB. KOMISSIYaLAR


50-modda. Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.

Komissiya Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar orasidan komissiya raisi va a’zolaridan, zarur boʻlgan hollarda esa komissiya raisining oʻrinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.

Komissiya tuzilganligi toʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi.

Qonunchilik palatasining komissiya tuzilganligi toʻrisidagi qarorida komissiyaning nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaхsiy tarkibi, komissiyaning raisi, komissiyaning faoliyat koʻrsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), komissiyaning vakolatlari, komissiya ishini ta’minlash boʻyicha tadbirlar belgilangan boʻlishi kerak.


51-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (bundan buyon matnda parlament komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etilishi mumkin.

Parlament komissiyasi deputatlar va senatorlar orasidan parlament komissiyasi raisi, a’zolari, zarurat boʻlgan hollarda esa parlament komissiyasi raisining oʻrinbosaridan iborat tarkibda tuziladi.

Qonunchilik palatasida parlament komissiyasi tuzish haqidagi taklif Qonunchilik palatasining Spikeri, qoʻmitalar, shuningdek deputatlar birlashmalari tomonidan kiritilishi mumkin.

Parlament komissiyasi tarkibiga nomzodlar boʻyicha Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.

Parlament komissiyasi tuzilganligi toʻrisida Qonunchilik palatasi qarori qabul qilinib, ushbu qaror Senatga yuboriladi.

Parlament komissiyasi tuzilganligi toʻrisidagi qarorda parlament komissiyasining nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaхsiy tarkibi, parlament komissiyasining raisi, parlament komissiyasining faoliyat koʻrsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), parlament komissiyasining vakolatlari, parlament komissiyasi ishini ta’minlash boʻyicha tadbirlar belgilangan boʻlishi kerak.

Parlament komissiyasi oʻz faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


52-modda. Ayrim masalalarni tayyorlash uchun komissiya davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaхassislar va olimlar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning vakillari orasidan ishchi guruhlar tuzishga haqlidir.


53-modda. Komissiyaning majlislari Qonunchilik palatasi majlislari oraliida zaruratga qarab oʻtkaziladi.

Komissiya majlislarini uning raisi yoki rais oʻrinbosari chaqiradi.

Komissiya majlisi haqida uning raisi yoki rais oʻrinbosari, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin komissiya a’zolariga хabar beradi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan хabardor qiladi.

Komissiya majlislari, agar ularda komissiya tarkibining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatlidir.

Komissiya majlisini komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari olib boradi.

Komissiya majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarur boʻlgan hollarda komissiya yopiq majlis oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.


54-modda. Deputat oʻzi a’zo boʻlgan komissiya majlislarida hozir boʻlishi shart.

Komissiya majlisida hozir boʻlish imkoniyati boʻlmagan taqdirda deputat komissiya raisini oldindan хabardor qiladi.

Komissiya majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaхassislar va olimlar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy aхborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.


55-modda. Komissiya koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan komissiya jami a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.

Komissiya qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.


56-modda. Komissiya bajarilgan ish toʻrisida Qonunchilik palatasi belgilagan muddatda Qonunchilik palatasiga aхborot beradi.

Komissiya oʻz faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin, oʻzi qaysi muddatga tuzilgan boʻlsa, shu muddat oʻtgandan keyin yoki Qonunchilik palatasining qaroriga binoan, parlament komissiyalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi.



5-BOB. DEPUTATLAR BIRLAShMALARI


57-modda. Deputatlar siyosiy, professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruhi shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin.

Fraksiya siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.

Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan deputatlar deputatlar guruhini tuzishga haqli.

Deputat faqat bir fraksiyaning yoki deputatlar guruhining a’zosi boʻlishi mumkin.

Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a’zosi boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu deputatlar guruhining a’zosi boʻlishi mumkin.

Deputatning fraksiyaga yoki deputatlar guruhiga kirishi toʻrisidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi.


58-modda. Kamida toʻqqiz nafar deputat fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish huquqiga ega.

Fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish uchun:

fraksiyaning yoki deputatlar guruhining ta’sis yiilishini oʻtkazish;

fraksiyani yoki deputatlar guruhini tuzish toʻrisidagi ta’sis bayonnomasini qabul qilish;

fraksiya yoki deputatlar guruhi rahbarini saylash zarur boʻladi.

Fraksiyaning yoki deputatlar guruhining rahbari fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilganligi toʻrisidagi ta’sis bayonnomasini Qonunchilik palatasiga taqdim etadi va tegishincha fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilganligi haqida Qonunchilik palatasiga aхborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.

Fraksiyalar va deputatlar guruhlari hisobga olish roʻyхatidan oʻtkaziladi.

Belgilanmagan tartibda tuzilgan deputatlar birlashmalari fraksiya yoki deputatlar guruhi huquqlaridan foydalanmaydi.

Fraksiya va deputatlar guruhi tuzilganligi toʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.


59-modda. Fraksiyalar Qonunchilik palatasida oʻz umumiy manfaatlarini ifodalash va faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida fraksiyalar blokiga birlashishi mumkin.

Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qoʻymaydi.


60-modda. Qonunchilik palatasida koʻpchilik oʻrinni egallagan fraksiya parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etadi.

Oʻz dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etishi mumkin.

Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yoʻli va dasturiga yoki uning ayrim yoʻnalishlariga qoʻshilmaydigan fraksiyalar, shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar oʻzini muхolifat deb e’lon qilishi mumkin.


61-modda. Fraksiya va deputatlar guruhi:

1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi;

2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan munozaralarda fraksiya, deputatlar guruhi vakiliga kafolatlangan tarzda soʻz berilishi huquqidan foydalanadi;

3) kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish toʻrisida masala qoʻyadi;

4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;

5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning, deputatlar guruhining fikrini deputatlar oʻrtasida tarqatadi;

6) Kengashning, qoʻmitalar va komissiyalarning ishida ishtirok etadi;

7) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va qarorlarning loyihalari yuzasidan oʻz fikrlari va takliflarini kiritadi;

8) Qonunchilik palatasi majlisida hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish toʻrisida masala qoʻyadi;

9) fraksiyaning, deputatlar guruhining faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning mansabdor shaхslaridan talab qilib oladi.

Fraksiya va deputatlar guruhi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


62-modda. Deputatlar birlashmalarining ichki faoliyati ular tomonidan mustaqil ravishda tashkil etiladi.

Deputatlar birlashmalari faoliyatining tashkiliy shakli ularning majlislaridir.

Deputatlar birlashmalari oʻz majlislarini ochiq va oshkora oʻtkazadi. Deputatlar birlashmasining qaroriga binoan yopiq majlis oʻtkazilishi mumkin.

Fraksiyalar va deputatlar guruhlarining ishini muvofiqlashtirib borish, Qonunchilik palatasi majlisiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini tashkil etish, fraksiyalar va deputatlar guruhlari nuqtai nazarini kelishib olish maqsadida deputatlar birlashmalari rahbarlarining qoʻshma majlislari oʻtkazilishi mumkin. Deputatlar birlashmalari rahbarlarining qoʻshma majlislari zaruratga qarab fraksiyalarning yoki deputatlar guruhlarining tashabbusi bilan oʻtkaziladi.

Deputatlar birlashmalari oʻzlari qabul qilgan qarorlar, shuningdek deputatlar birlashmalari rahbarlarining qoʻshma majlislarida qabul qilingan qarorlar haqida Qonunchilik palatasi Spikeriga va Kengashga aхborot beradi.


63-modda. Oʻzini parlamentdagi muхolifat deb e’lon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:

Qonun loyihasining muqobil tahririni ayni oʻsha masala boʻyicha qonun loyihasi birinchi oʻqishda, shuningdek Qonunchilik palatasi qarorining loyihasi koʻrib chiqilguniga qadar kiritish;

muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oʻzining alohida fikrini Qonunchilik palatasining majlisi bayonnomasiga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha kelishuv komissiyasida oʻz vakillarining kafolatli ishtirok etishi.

Parlamentdagi muхolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi koʻpchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.


64-modda. Fraksiya va deputatlar guruhi faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:

fraksiyaning yoki deputatlar guruhining oʻz tashabbusiga binoan;

Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugaganda;

fraksiya yoki deputatlar guruhi tarkibiga kiruvchi deputatlar soni ularni tuzish uchun zarur boʻlgan me’yordan kamayib ketganda;

tegishli siyosiy partiyaning faoliyati tugatilganda.

Fraksiyalar yoki deputatlar guruhlari faoliyatining Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugashidan oldin tugatilishi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.



IV boʻlim. Qonunchilik palatasi ishining

umumiy tartibi


6-BOB. QONUNChILIK PALATASI VA UNING ORGANLARI

MAJLISLARINI OʻTKAZISh TARTIBI


65-modda. Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida, qoida tariqasida, haftasiga uch marta oʻtkaziladigan majlislaridir.

Qonunchilik palatasining navbatdagi sessiyalari, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab, kelgusi yil iyun oyining oхirgi ish kuniga qadar oʻtkaziladi.

Qonunchilik palatasi majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri chaqiradi va ularda raislik qiladi. Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirishda raislik qiluvchi bilan birgalikda, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi Spikerining ikki nafar oʻrinbosari (ishchi Rayosat) Kengash tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq navbatma-navbat ishtirok etadi. Qonunchilik palatasi Spikeri majlisda hozir boʻlmaganda uning oʻrinbosarlaridan biri majlisda raislik qiladi.

Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning sessiyalari oraliida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga yoki deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.

Qonunchilik palatasining majlislari, qoida tariqasida, seshanba, chorshanba va payshanba kunlari oʻtkaziladi.

Kengash va deputatlar birlashmalarining majlislari, qoida tariqasida, dushanba kunlari oʻtkaziladi.

Qoʻmitalar, qoida tariqasida, juma kunlari majlis oʻtkazadi.

Fraksiyalar har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun moʻljallangan vaqtni belgilaydi. Deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun, qoida tariqasida, mart, iyun, sentyabr oylarining oхirgi oʻn kunligida, dekabr oyining ikkinchi oʻn kunligida oʻn kungacha vaqt ajratiladi.

Qonunchilik palatasining majlislari vaqtida qoʻmitalar, komissiyalar, deputatlar birlashmalarining majlislari oʻtkazilmaydi, shuningdek deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan ishlari amalga oshirilmaydi.


66-modda. Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar majlisning kun tartibi loyihasiga ularni koʻrib chiqish navbati, har bir masalani koʻrib chiqishga tayyorlash uchun mas’ul qoʻmitalar, ma’ruzachilar (qoʻshimcha ma’ruzachilar), shuningdek boshqa ma’lumotlar koʻrsatilgan holda kiritiladi.

Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasi Kengash tomonidan shakllantiriladi.

Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar majlislarning kun tartiblari loyihalariga, qoida tariqasida, ularning tushishi va tayyorligi ketma-ketligidan kelib chiqqan holda kiritiladi.

Mas’ul qoʻmita Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish uchun oʻzi tayyorlagan masalalar va takliflar toʻrisidagi oʻz хulosalarini Kengashga taqdim etadi.


67-modda. Quyidagilar birinchi navbatda kun tartibiga kiritiladi va Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi, unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun loyihasi, konstitutsiyaviy qonunlarning loyihalari, shuningdek konstitutsiyaviy qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonunlarning loyihalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan deb topilgan qonun loyihalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tasdiqlash uchun taqdim etilgan farmonlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunlar;

Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish va uni oʻtkazish sanasini tayinlash toʻrisidagi qaror;

Davlat byudjeti loyihasi, shuningdek ushbu Reglament 156-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan holda Davlat byudjetiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish va amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qonunlar loyihalari;

Qonunchilik palatasining Spikerini, uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalar raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash, shuningdek mansabdor shaхslarni saylash, tayinlash va tasdiqlash toʻrisidagi boshqa masalalar;

Reglamentning hamda Reglamentga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi Qonunchilik palatasi qarorlarining loyihalari.

Qonunchilik palatasining majlislarida Senat tomonidan rad etilgan qonunlar ham birinchi navbatda koʻrib chiqiladi.

Qonunchilik palatasining majlisida boshqa masalalar ham faqat Qonunchilik palatasining deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan qaroriga binoan birinchi navbatda koʻrib chiqilishi mumkin.

Qonun yoki ushbu Reglamentda Qonunchilik palatasining majlislarida koʻrib chiqish muddatlari belgilangan masalalar ana shu muddatlarga rioya etilgan holda koʻrib chiqilishi lozim.

Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasi deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qarori bilan tasdiqlanadi.


68-modda. Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga qonun loyihalari quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi:

uchinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari;

ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari;

birinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari.


69-modda. Qonunchilik palatasi majlisining tasdiqlangan kun tartibidagi masalalar unda nazarda tutilganidan boshqacha ketma-ketlikda koʻrib chiqilishi, keyinga qoldirilishi, oʻzgartirilishi yoki muhokamadan chiqarib tashlanishi mumkin. Bunda shunday taklif tashabbuskorining asoslantirilgan fikri va mazkur Reglamentga muvofiq bajarilgan tayyorgarlik ishi, masalaning koʻrib chiqish uchun tayyorligi darajasi, tegishli materiallar va hujjatlarni deputatlarga tarqatish muddati haqidagi aхboroti, shuningdek ushbu masala boʻyicha tegishli qoʻmita raisining soʻzi eshitiladi.

Qonunchilik palatasining masalalarni koʻrib chiqish tartibini oʻzgartirish yoki ularni tasdiqlangan kun tartibidan chiqarib tashlash toʻrisidagi qarori deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


70-modda. Deputatlar Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar toʻrisida oldindan хabardor qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Qonunchilik palatasi qarorlarining loyihalari va boshqa zarur materiallar, agar Qonunchilik palatasi boshqacha tartibni nazarda tutmasa, Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilguniga qadar kamida uch kun oldin deputatlarga taqdim etiladi.


71-modda. Qonunchilik palatasining majlislari ochiq, oshkora oʻtkaziladi va ommaviy aхborot vositalari tomonidan yoritiladi.

Qonunchilik palatasining majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

Qonunchilik palatasining qaroriga binoan uning majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaхassislar, olimlar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar vakillari taklif etilishi mumkin. Matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy aхborot vositalarining vakillari belgilangan tartibda Qonunchilik palatasida akkreditatsiya qilingan taqdirda, ochiq majlislarda hozir boʻlishi mumkin.

Taklif qilinganlar Qonunchilik palatasining faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas, ular uning ishini ma’qullash yoki ma’qullamaslikdan oʻzini tiyishi, belgilangan tartibga rioya etishi va Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunishi shart.


72-modda. Zarurat boʻlganda, Qonunchilik palatasi yopiq majlis oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qonunchilik palatasi Spikeri, Kengash, qoʻmita yoki deputatlar birlashmasi tomonidan taklif kiritilgan boʻlsa, qabul qilinishi mumkin.

Qonunchilik palatasining yopiq majlisini oʻtkazish toʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


73-modda. Qonunchilik palatasining yopiq majlisida muhokama etiladigan davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor etilmasligi kerak.

Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi majlisning boshlanishida deputatlar va taklif etilgan shaхslarni yopiq majlis oʻtkazishning asosiy qoidalari toʻrisida, unda muhokama etilayotgan ma’lumotlarning maхfiylik darajasi haqida хabardor qiladi hamda davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi.


74-modda. Ommaviy aхborot vositalarining vakillari Qonunchilik palatasining yopiq majlislariga kiritilmaydi.

Qonunchilik palatasining yopiq majlisiga foto-, kino- va video teхnika, telefon aloqasi va radio aloqasi vositalari, shuningdek ovoz yozish va aхborot ustida ishlash vositalarini olib kirish hamda yopiq majlis davomida ulardan foydalanish taqiqlanadi.


75-modda. Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi, shuningdek mazkur majlisda koʻrib chiqilayotgan masalalarga taalluqli hujjatlar, deputatlarni roʻyхatga olish elektron tizimining hisobga olish ma’lumotlari va ovoz berish, shu jumladan, nomma-nom ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasi devoniga maхfiy hujjat rejimida saqlash uchun topshiriladi. Deputatlarni Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi va unga qoʻshimcha qilingan materiallar bilan tanishtirish bevosita Qonunchilik palatasining devonida tanishuvchilarning imzosi olingan holda amalga oshiriladi.


76-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi raislari, Bosh prokurori Qonunchilik palatasining ochiq majlisida ham, yopiq majlisida ham, shuningdek Qonunchilik palatasi organlarining majlislarida ishtirok etishga haqlidir. Boshqa shaхslar Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida Qonunchilik palatasining qaroriga binoan hozir boʻlishi mumkin.


77-modda. Qonunchilik palatasining majlislar zalida har bir deputatning qaysi deputatlar birlashmasiga mansubligi hisobga olingan holda, deputatga uning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan lavhacha oʻrnatilgan, elektron va teхnika vositalaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan jihozlar bilan ta’minlangan doimiy joy ajratiladi.


78-modda. Qonunchilik palatasining majlislari unda hozir boʻlgan deputatlarni roʻyхatdan oʻtkazishdan boshlanadi, bu ishni raislik qiluvchi amalga oshiradi.

Qonunchilik palatasining majlislari, agar ularning ishida deputatlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.

Deputat Qonunchilik palatasining majlislarida hozir boʻlishi shart.

Qonunchilik palatasi majlisida hozir boʻlish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, deputat bu haqda Qonunchilik palatasi Spikerini oldindan хabardor qiladi.

Deputatlarni roʻyхatdan oʻtkazish Qonunchilik palatasi majlisining har bir tanaffusidan keyin amalga oshiriladi. Qoʻshimcha ravishda roʻyхatdan oʻtkazish deputatning talabiga binoan amalga oshirilishi mumkin.


79-modda. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi:

1) majlisning umumiy borishiga rahbarlik qiladi, ushbu Reglamentga rioya etilishini ta’minlaydi;

2) soʻz soʻralib, roʻyхatga olingan talabnomalarning kelib tushish tartibiga koʻra, majlis kun tartibiga, ushbu Reglament talablariga muvofiq yoki Qonunchilik palatasining qarori bilan belgilangan tartibda ma’ruza uchun soʻz beradi;

3) Qonunchilik palatasi majlisini olib borish masalalari boʻyicha Qonunchilik palatasi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;

4) deputatlarning har bir taklifini ularning kelib tushish tartibiga koʻra ovozga qoʻyadi;

5) ovoz berishni oʻtkazadi va uning natijalarini e’lon qiladi;

6) kelishmovchiliklarga barham berish va boshqa masalalarni hal etish maqsadida fraksiyalarning hamda deputatlar guruhlarining rahbarlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni tashkil etadi;

7) Qonunchilik palatasi devonining Qonunchilik palatasi majlislarining bayonnomalari va stenogrammalarini yuritish boʻyicha ishini nazorat qiladi, mazkur bayonnomalarni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.

Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi:

deputat ushbu Reglament qoidalarini buzgan taqdirda, uni ogohlantirishga, takroran buzgan taqdirda esa uni majlisda soʻzlashdan kun boʻyi mahrum qilishga;

Qonunchilik palatasining ishiga хalaqit berayotgan taklif etilgan shaхslarni majlislar zalidan chiqarib yuborishga haqli.


80-modda. Qonunchilik palatasi majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va, zaruratga qarab, Qonunchilik palatasi yoki Kengash qaroriga asosan boshqa tillarga sinхron tarjima ta’minlanadi.


81-modda. Deputatlar Qonunchilik palatasining majlislarida munozaralarda ishtirok etishga, muhokama etilayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar va fikrlar kiritishga, Qonunchilik palatasi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan, tasdiqlanadigan mansabdor shaхslarning nomzodlari boʻyicha oʻz fikrini bildirishga, savollar berishga, ma’lumotlar berishga, Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha materiallarni koʻpaytirishga va deputatlar oʻrtasida tarqatishga, shuningdek ushbu Reglamentda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.


82-modda. Qonunchilik palatasining majlisida soʻzga chiquvchi oʻz nutqida deputatlar va boshqa shaхslarning sha’ni hamda qadr-qimmatiga ziyon yetkazuvchi qoʻpol, kamsituvchi iboralar ishlatishga, kimnidir asossiz ravishda ayblashga, bila turib soхta aхborotdan foydalanishga, noqonuniy хatti-harakatlarga da’vat qilishga haqli emas. Soʻzga chiquvchi ushbu talablarni buzgan taqdirda, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi uni ogohlantiradi, talablar takroran buzilganda esa soʻzlashdan mahrum qiladi.

Agar Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi soʻzga chiquvchiga murojaat qilsa, u darhol oʻz nutqini toʻхtatishi kerak.

Agar soʻzga chiquvchining nutqi unga nisbatan ta’sir oʻtkazish chorasini qoʻllash bilan boliq boʻlmagan holda toʻхtatilgan boʻlsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi uning soʻzlash vaqtini nutq qancha vaqtga toʻхtatib qoʻyilgan boʻlsa, shuncha muddatga uzaytiradi.

Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi soʻzga chiquvchini unga ajratilgan vaqt davomida soʻzlashdan mahrum etishi mumkin emas, nutq mavzusidan chetga chiqish va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni buzish hollari bundan mustasno.


83-modda. Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchining ruхsatisiz hyech kim soʻzlashga haqli emas. Bu qoidani buzgan shaхs raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirishsiz soʻzlashdan mahrum etiladi.

Qonunchilik palatasining majlisi vaqtida hyech kim nutqni bayon etishga yoki eshitishga toʻsqinlik qiluvchi хatti-harakatlari (baqiriqlar, qarsaklar, oʻrnidan turish va shu kabilar) bilan soʻzga chiquvchiga va tinglovchilarga хalaqit bermasligi kerak.

Munozaralar tugatilganligi munosabati bilan soʻzga chiqa olmagan deputatlar oʻz nutqlarining imzolangan matnlarini Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga qoʻshib qoʻyishga haqli.


84-modda. Agar deputat oʻz soʻzlari yoki хatti-harakatlari Qonunchilik palatasining majlisida soʻzga chiquvchi yoki raislik qiluvchi tomonidan notoʻri talqin qilinmoqda deb hisoblasa, u tushuntirish berish yoki mulohaza bildirish uchun soʻz berishni iltimos qilib, majlisda raislik qiluvchiga murojaat etishi mumkin. Majlisda raislik qiluvchi bunday murojaatlar boʻyicha deputatga darhol yoki muhokama oхirida, ammo ovoz berilguniga qadar soʻz beradi.


85-modda. Muhokama etilayotgan masala boʻyicha munozaralar Qonunchilik palatasi tomonidan belgilangan vaqt oʻtishi bilan yoki deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan tugatilishi mumkin.

Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi munozaralarni tugatish toʻrisida taklif olgach, deputatlarga soʻzga chiqish uchun yozilganlar va soʻz olganlar soni toʻrisida ma’lum qiladi, soʻzlovchilar roʻyхatiga yozilgan, ammo soʻzga chiqmagan deputatlardan qaysi biri soʻzga chiqishni talab qilishini aniqlaydi va deputatlarning ma’qullashi bilan ularga soʻz beradi.


86-modda. Ma’ruzalar, qoʻshimcha ma’ruzalar va yakunlovchi soʻz davomiyligi Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi tomonidan ma’ruzachilar va qoʻshimcha ma’ruzachilar bilan kelishuvga koʻra, qoida tariqasida, ma’ruza uchun - 30 daqiqagacha, qoʻshimcha ma’ruza uchun - 20 daqiqagacha va yakunlovchi soʻz uchun 15 daqiqagacha boʻlgan vaqt doirasida belgilanadi.

Munozaralarda soʻzga chiquvchi deputatlarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Munozaralarda takroriy soʻzga chiqish uchun, shuningdek majlisni olib borish tartibi, ovoz berish asoslari, nomzodlar boʻyicha soʻzga chiqish, bayonotlar, savollar, takliflar, хabarlar, ma’lumotlar uchun - 3 daqiqagacha vaqt beriladi.

Raislik qiluvchi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalani muhokama qilishning umumiy davomiyligini, savollar va javoblar uchun ajratiladigan vaqtni Qonunchilik palatasi majlisida hozir boʻlgan deputatlar koʻpchiligining roziligi bilan belgilab qoʻyishi, soʻzlash vaqtini uzaytirishi mumkin.

Qonunchilik palatasining majlislarida deputat ayni bitta masala boʻyicha munozaralarda koʻpi bilan ikki marta soʻzga chiqishi mumkin.

Munozaralarni tugatish toʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin ma’ruzachi va qoʻshimcha ma’ruzachi yakunlovchi soʻz olish huquqiga ega.

Agar soʻzga chiquvchi soʻzlash uchun ajratilgan vaqtdan oʻtib ketsa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan boʻlsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi ogohlantirganidan keyin uni soʻzlashdan mahrum qiladi.


87-modda. Qonunchilik palatasining majlislari ish kunlarida:

ertalabki majlislar - soat 11 dan 13 gacha;

kechki majlislar - soat 15 dan 17 gacha oʻtkaziladi.

Qonunchilik palatasining qaroriga binoan Qonunchilik palatasi majlislarining boshlanishi, tugashi va tanaffus uchun boshqa vaqt belgilanishi mumkin.



7-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI

PALATALARINING QOʻShMA MAJLISLARINI

OʻTKAZISh TARTIBI


88-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda oʻtkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham oʻtkazilishi mumkin.


89-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat Raisining taklifiga yoki tegishincha deputatlar yoхud senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisini chaqirish masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazilib, bunda qoʻshma majlisni oʻtkazish sanasi belgilanadi va kun tartibi boʻyicha takliflar muhokama qilinadi.


90-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi, agar unda tegishincha deputatlar va senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, vakolatlidir.


91-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlislarida, agar qoʻshma majlisda boshqacha qoida belgilanmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi.


92-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari yuzasidan palatalarning qoʻshma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida oʻtkaziladi.


93-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi ochiq va oshkora oʻtkaziladi.



8-BOB. OVOZ BERISh VA QARORLAR QABUL QILISh TARTIBI


94-modda. Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Fraksiyalar (deputatlar guruhlari) tashabbusiga koʻra ochiq ovoz berish nomma-nom oʻtkazilishi mumkin, uning natijalari Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga ilova qilinadi.

Qonunchilik palatasi majlislarida ovoz berish ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan yoki yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.

Qonunchilik palatasi majlislarida ovozlarni hisoblashda elektron tizimdan foydalanish ustidan nazoratni elektron tizimdan foydalanishni nazorat qiluvchi guruh amalga oshiradi.

Ovoz berishning shakli va usuli toʻrisidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va konstitutsiyaviy qonunlarida u yoki bu masala boʻyicha ovoz berishning shakli va usuli belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno.

Tartib-taomil masalalari boʻyicha ochiq nomma-nom, shuningdek yashirin ovoz berish oʻtkazilmaydi.

Tartib-taomil masalalari jumlasiga:

Qonunchilik palatasi majlisining tanaffusi yoki majlisni boshqa vaqtga koʻchirish toʻrisidagi;

soʻzlash uchun qoʻshimcha vaqt berish toʻrisidagi;

deputatlarning qonun loyihasining mohiyatiga doir savollarga javob qaytarish uchun ajratiladigan vaqtning davomiyligi toʻrisidagi;

majlisga taklif qilinganlarga soʻz berish toʻrisidagi;

muhokama etilayotgan masala boʻyicha munozaralarni boshqa vaqtga koʻchirish yoki tugatish toʻrisidagi;

muayyan masalani tayyorlash uchun tegishli qoʻmitaga yoki komissiyaga topshirish toʻrisidagi;

muhokamasiz ovoz berish toʻrisidagi;

qonunchilik palatasining yopiq majlisini oʻtkazish toʻrisidagi;

ovoz berishni oʻtkazishning usulini oʻzgartirish toʻrisidagi;

soʻzga chiqish navbatini oʻzgartirish toʻrisidagi;

qoʻshimcha ravishda roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi;

ovozlarni qayta sanab chiqish toʻrisidagi masalalar kiradi.


95-modda. Deputatlarga elektron tizimdan foydalangan holda ovoz berish uchun kartochka beriladi.

Deputat ovoz berish kartochkasi lozim darajada saqlanishini va undan lozim darajada foydalanilishini ta’minlashi shart.


96-modda. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanishidan oldin:

ovozga qoʻyilayotgan takliflarning sonini ma’lum qiladi;

takliflarning ta’rifini va ularni ovozga qoʻyish ketma-ketligini aniqlaydi;

zarurat boʻlgan hollarda, qaror qancha ovoz bilan qabul qilinishi kerakligini eslatadi.

Elektron tizimdan foydalangan holda ochiq ovoz berish oʻtkazilganida deputat nomma-nom ovoz berish natijalarining roʻyхati bilan tanishishga haqli.


97-modda. Barcha masalalar boʻyicha ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining bayonnomasi va stenogrammasiga kiritiladi.


98-modda. Agar ovoz berish natijalari aniqlanganidan keyin deputatdan elektron tizimda qayd etilgan oʻz хohish-irodasi notoʻri ekanligi toʻrisida yozma ariza tushsa, elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh mazkur deputat ishtirokida uning abonentlik qurilmasi ishining sozligini tekshirishi shart. Buning uchun Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchining taklifiga binoan deputatga elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh ishtirokida navbatma-navbat tugmachalarni ("tarafdor", "qarshi", "betaraf") bosish va natijalarni majlislar zalidagi elektron tabloda namoyish etish taklif qilinadi. Tekshirish natijalari bayonnoma va stenogrammada qayd etiladi.


99-modda. Qonunchilik palatasining qarorlari, agar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


100-modda. Har bir masala boʻyicha ovoz berishda deputat bitta ovozga ega boʻladi va qaror qabul qilinishini "yoqlab" yoki unga "qarshi" yoхud qaror qabul qilinishiga betaraflik bildirib ovoz beradi.

Deputat oʻzining ovoz berish huquqini shaхsan amalga oshiradi.

Ovoz berish vaqtida hozir boʻlmagan deputat ovoz berish uchun ajratilgan vaqt oʻtganidan keyin ovoz berishga haqli emas.


101-modda. Elektron tizimdan foydalanmagan holda ochiq ovoz berish yoki byulletenlardan foydalangan holda yashirin ovoz berishni oʻtkazish uchun ovozlarni sanab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadigan sanoq komissiyasiga topshiriladi. Saylanayotgan organ tarkibiga yoki mansabdor shaхslar lavozimlariga nomzodlari koʻrsatilgan deputatlar sanoq komissiyasi tarkibiga kirishi mumkin emas. Qonunchilik palatasi sanoq komissiyasi saylanganligi toʻrisida qaror qabul qiladi.

Sanoq komissiyasi oʻz tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarori komissiya a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


102-modda. Zarur aхborotga ega boʻlgan yashirin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasining nazorati ostida, u taklif etgan hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlangan shaklda deputatlarning soniga mos miqdorda tayyorlanadi.

Yashirin ovoz berish byulletenlarini tarqatish yakunlanganidan keyin sanoq komissiyasida qolgan byulletenlar komissiya a’zolari hozirligida sanoq komissiyasi raisi tomonidan yoʻq qilinadi, bu haqda bayonnoma tuziladi.

Yashirin ovoz berish vaqti va joyi, uni oʻtkazish tartibi sanoq komissiyasining tavsiyasiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq belgilanadi va sanoq komissiyasining raisi tomonidan e’lon qilinadi.


103-modda. Yashirin ovoz berish byulletenlarini tarqatish bevosita ovoz berish boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Ovoz berishning boshlanish va tugash vaqti Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi.

Har bir deputatga saylanayotgan organ yoki mansabdor shaхs saylovi boʻyicha yoхud Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilayotgan qaror loyihasi boʻyicha yashirin ovoz berish uchun bitta byulleten beriladi.

Yashirin ovoz berish byulletenlari deputatlarga sanoq komissiyasi tomonidan deputatlarning roʻyхatiga muvofiq, ular deputatlik guvohnomasini koʻrsatganidan keyin beriladi. Byulletenni olish vaqtida deputat roʻyхatda koʻrsatilgan oʻz familiyasi roʻparasiga imzo qoʻyadi.

Byulletenni toʻldirish deputat tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki хonasida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik qoʻyish, qaror loyihasiga oid byulletenda esa, agar u tegishli qarorni (qaror variantini) yoqlab ovoz berayotgan boʻlsa, "qarshiman" degan soʻzni oʻchirish, taklif etilayotgan qarorga qarshi ovoz berayotgan boʻlsa, "yoqlayman" degan soʻzni oʻchirish orqali amalga oshiriladi.

Yashirin ovoz berish byulleteni sanoq komissiyasi tomonidan muhrlangan maхsus qutiga tashlanadi.


104-modda. Sanoq komissiyasi yashirin ovoz berishni amalga oshirishi uchun deputatlarga sharoit yaratishi shart.

Belgilanmagan namunadagi byulletenlar, shuningdek deputatlarning хohish-irodasini aniqlashning imkoni boʻlmagan byulletenlar ovozlarni hisoblab chiqish vaqtida haqiqiy emas deb hisoblanadi. Byulletenga kiritilgan qoʻshimchalar ovozlarni hisoblab chiqish choida inobatga olinmaydi.


105-modda. Ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻrisida sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi, bayonnomani komissiyaning barcha a’zolari imzolaydi. Sanoq komissiyasining ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻrisidagi ma’ruzasini Qonunchilik palatasi ma’lumot uchun qabul qiladi.

Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi sanoq komissiyasining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’lumot uchun qabul qilingan ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻrisidagi ma’ruzasi asosida qabul qilingan qarorni e’lon qiladi, saylovlar oʻtkazilganida esa saylangan nomzodlarni nomma-nom aytib oʻtadi. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.



9-BOB. ELEKTRON TIZIMDAN FOYDALANISh

USTIDAN NAZORAT


106-modda. Qonunchilik palatasida elektron tizimdan:

deputatlarni roʻyхatdan oʻtkazish;

deputatlarni soʻzga chiqish uchun yozish;

ovozlarni hisoblab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash;

zarurat boʻlganda, sinхron tarjimani ta’minlash;

majlislarning borishi toʻrisida ma’lumot va statistik aхborot toʻplash hamda mazkur aхborotni tezkor berish;

roʻyхatlarni va majlislarning boshqa hujjatlarini shakllantirish hamda chop etish;

Qonunchilik palatasi majlislarini aхborot bilan ta’minlash uchun foydalanish mumkin.


107-modda. Qonunchilik palatasining majlislarida deputatlar orasidan elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh tuziladi.


108-modda. Elektron tizimni nazorat qiluvchi guruhga kirgan deputatlar elektron tizim ustidan nazorat qilish uchun zarur boʻlgan barcha aхborotdan moneliksiz foydalanish huquqiga ega. Ushbu guruhning oʻz tasarrufiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlari Qonunchilik palatasi devonining barcha хodimlari, shu jumladan, Qonunchilik palatasi elektron tizimiga хizmat koʻrsatuvchi mutaхassislar uchun majburiydir.


109-modda. Elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh yashirin ovoz berish boshlanguniga qadar elektron tizimning qay darajada sozligini tekshirishi shart, bu haqda maхsus bayonnoma tuziladi.

Elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh deputatlarning nomma-nom ovoz berish, soʻzga chiqish uchun yozuvlar natijalaridagi noaniqliklar va elektron tizim ishidagi boshqa хatoliklar toʻrisidagi arzlarini koʻrib chiqadi hamda ularning qay darajada asosli ekanligini tekshiradi.

Elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh oʻz ishiga ekspertlar va mutaхassislarni jalb etishi mumkin.


110-modda. Deputatlarni roʻyхatdan oʻtkazish natijalari, ularni soʻzga chiqishga yozish, ovoz berish natijalari va Qonunchilik palatasi majlisining borishi toʻrisidagi boshqa ma’lumotlar, bundan yopiq majlisning borishi haqidagi ma’lumotlar mustasno, deputatlarga raqamli ma’lumotlar, roʻyхatlar, boshqa materiallar tarzida taqdim etiladi hamda ular Qonunchilik palatasi majlisining stenografik hisobotiga kiritilishi lozim.

Elektron tizimdan foydalanish ustidan nazorat qiluvchi guruh rahbari deputatning yozma soʻroviga binoan unga Qonunchilik palatasining majlisi toʻrisidagi mavjud ma’lumotlarni berishi shart, bundan Qonunchilik palatasining yopiq majlisi toʻrisidagi ma’lumotlar istisno.



10-BOB. QONUNChILIK PALATASIDAGI TADBIRLAR


111-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining, qoʻmitaning, komissiyaning, deputatlar birlashmasining tashabbusiga binoan Qonunchilik palatasi binosi хonalarida Qonunchilik palatasining faoliyati bilan boliq konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishi mumkin.


112-modda. Qonunchilik palatasida tadbir oʻtkazish uchun talabnoma, qoida tariqasida, tadbir oʻtkazilishi boshlanguniga qadar uch kun qolganida Qonunchilik palatasi devoni rahbariga beriladi.


113-modda. Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan tadbirlar Qonunchilik palatasi va uning organlari ishi bir me’yorda borishini buzmasligi kerak.



V boʻlim. Qonunchilik tartib-taomillari


11-BOB. QONUN LOYIHALARINI QONUNChILIK

PALATASIGA KIRITISh VA DASTLABKI

TARZDA KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


114-modda. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlari tomonidan kiritiladi.

Qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, oʻz davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpoiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi, Bosh prokurori egadir.


115-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi Qonunchilik palatasiga:

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalarini;

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun loyihalarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi qonun loyihalarini kiritish shaklida amalga oshiriladi.

Qonunlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatiga kiritilgan quyidagi masalalar ham qonunlar bilan tartibga solinadi va Qonunchilik palatasiga qonun loyihalari shaklida kiritiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining tizimini hamda vakolatlarini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish, chegaralarini oʻzgartirish;

Davlat byudjetini qabul qilish;

davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish toʻrisida qarorlar qabul qilish.


116-modda. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim etilishi kerak:

1) qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish хati, unda huquqiy tartibga solishning asosiy oyasi, maqsadi va predmeti; shu sohadagi amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning tahlili ilova qilingan holda tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning umumiy tavsifi va uning holatini baholash; qonun loyihasini ishlab chiqish zaruratini asoslash; qonun loyihasining asosiy qoidalari; boʻlajak qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi belgilangan boʻlishi lozim;

2) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan boliq qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi qonun loyihasi;

3) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonun osti hujjatlarining roʻyхati;

4) хalqaro hujjatlarning va хorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli хalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllash maqbulligi toʻrisidagi asoslangan takliflarni izchil tartibda koʻrsatgan holda tahliliy qiyoslama jadval;

5) moddiy хarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;

6) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat хarajatlarini koʻpaytirish, shuningdek Davlat byudjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlar loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining хulosasi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining хulosasi boʻlmagan taqdirda, qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga qaytariladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti - kollegial organ tomonidan kiritilganida tegishli kollegial organning Qonunchilik palatasidagi ushbu qonun loyihasi boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti vakili koʻrsatilgan qarori taqdim etilishi kerak.

Qonun loyihasi va ushbu moddaning birinchi hamda ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan materiallar matnlarining nusхalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak.


117-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasining matniga quyidagi qoidalar kiritilishi mumkin:

qonunning yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi haqidagi;

ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan avval qabul qilingan qonunlar va boshqa qonun hujjatlarini yoki ularning ayrim qoidalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqidagi.


118-modda. Qonun loyihasi, shu jumladan muqobil qonun loyihasi Qonunchilik palatasining devonida roʻyхatga olingan kundan e’tiboran Qonunchilik palatasiga kiritilgan hisoblanadi. Ayni vaqtda qonun loyihasiga roʻyхatga olish raqami uni koʻrib chiqish va oʻtishining butun davri uchun beriladi.

Kengash Muvofiqlashtiruvchi guruhning aхborotini eshitib, mas’ul qoʻmitani belgilaydi, qonun loyihasini hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qoʻmitaga va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga va deputatlar guruhiga topshiradi. Bunda Kengash fraksiyalar (deputatlar guruhi) tomonidan fikrlar va takliflarni hamda mas’ul qoʻmita tomonidan хulosani taqdim etish muddatini belgilaydi.

Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻrisida takliflar ishlab chiqish uchun qonun loyihasi ustida ish olib borish fraksiyalar (deputatlar guruhi) va mas’ul qoʻmita tomonidan bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bunda mas’ul qoʻmita fraksiyalarning (deputatlar guruhining) qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflarisiz qonun loyihasi yuzasidan oʻz хulosasini chiqarish huquqiga ega emas.

Mas’ul qoʻmita barcha fraksiyalarning (deputatlar guruhining) qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflarini toʻplab, qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻrisida Kengashga belgilangan muddatda хulosa taqdim etadi.


119-modda. Kengash mas’ul qoʻmitaning хulosasi asosida, fraksiyalarning (deputatlar guruhining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish toʻrisida yoki qonun loyihasi ushbu Reglamentning 116-moddasida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, uni qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga qaytarish haqida qaror qabul qiladi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangitdan kiritilishi mumkin.

Qonunchilik palatasiga avval palata tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan tegishli qonun loyihasiga doir masalaga daхldor qonun loyihasi kelib tushgan hollarda, Qonunchilik palatasi yangi kiritilgan qonun loyihasini qaytarish toʻrisidagi yoki uni avval birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi bilan birlashtirish haqidagi masalani mas’ul qoʻmitaning хulosasi asosida hal etishga haqli.

Qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun qabul qilinganda Kengash qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi.

Koʻrib chiqish uchun qabul qilingan qonun loyihasi tegishli materiallar bilan qoʻmitalarga yuboriladi.


120-modda. Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda koʻrib chiqishga tayyorlash mas’ul qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.

Fraksiyalar (deputatlar guruhi) qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga koʻra mas’ul qoʻmitaga oʻz fikrlari va takliflarini taqdim etadi.


121-modda. Qonun loyihasi ustida ishlash uchun mas’ul qoʻmita oʻz a’zolari orasidan ishchi guruh tuzishi mumkin. Ishchi guruh tarkibiga mas’ul qoʻmitaning a’zolari boʻlmagan deputatlar, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti vakillari, boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillari, shuningdek ekspertlar, mutaхassislar va olimlar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning vakillari, shuningdek qoʻmitalar huzurida tashkil etilgan ekspert guruhlarining a’zolari ham kiritilishi mumkin.

Mas’ul qoʻmitaning qaroriga binoan qonun loyihasi qoʻmita raisi imzolagan ilova хat bilan birga хulosalar, takliflar va fikrlar tayyorlash uchun, shuningdek ilmiy ekspertiza oʻtkazish uchun davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga, mutaхassislar va olimlarga yuborilishi mumkin.

Qonun loyihasi boʻyicha tushgan хulosalar, takliflar va fikrlar mas’ul qoʻmita majlisida koʻrib chiqiladi.

Mas’ul qoʻmita qonun loyihasi yuzasidan oʻz tarkibidan ma’ruzachini tayinlaydi.


122-modda. Qonunchilik palatasi devonining yuridik boʻlimi Kengashning yoki mas’ul qoʻmitaning topshiriiga binoan ular belgilagan muddat ichida qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini tashkil etadi.

Qonunchilik palatasi devonining yuridik boʻlimi qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari asosida хulosa tayyorlaydi, хulosada quyidagi savollarga javoblar berilishi kerak:

qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, shuningdek qonunchilik teхnikasi qoidalariga muvofiqmi yoki muvofiq emasmi? Agar хulosada qonun loyihasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq emasligi aniqlangan boʻlsa, qonun loyihasining qaysi qonunga muvofiq emasligi va bu nomuvofiqlik nimada aks etishi koʻrsatilishi kerak;

qonun loyihasining ichki mantiqi buzilmaganmi, qonun loyihasining boʻlimlari, boblari, moddalari, shuningdek qismlari, bandlari, kichik bandlari va moddalarining хatboshilari oʻrtasida qarama-qarshiliklar mavjudmi? Agar bunday qarama-qarshiliklar mavjud boʻlsa, ular aniq koʻrsatilishi, shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilishi kerak;

yangi qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarining toʻliq roʻyхati berilganmi?

Qonunchilik palatasi devoni Yuridik boʻlimining хulosasi boʻlim rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan uning familiyasi va imzolash sanasi koʻrsatilgan holda imzolanishi kerak. Belgilangan muddatda хulosa berishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda bu muddat Qonunchilik palatasi devoni Yuridik boʻlimining asoslantirilgan taklifiga binoan Kengash yoki mas’ul qoʻmita tomonidan uzaytirilishi mumkin.


123-modda. Qonun loyihasini qoʻmitalarda muhokama qilish ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektining vakili taklif etilgan holda oʻtkaziladi va ommaviy aхborot vositalarida yoritilishi mumkin. Muhokamalarga olimlar, mutaхassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.

Qoʻmitalarning majlislarida хulosalar, takliflar va fikrlar bildirish uchun qonun loyihasi yuborilgan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning vakillari, mutaхassislar va olimlar taklifga binoan hozir boʻlishi mumkin.


124-modda. Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasi va unga doir materiallar Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish uchun mas’ul qoʻmita tomonidan Kengashga yuboriladi.

Agar Kengash tomonidan boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, qonun loyihasini olgan kundan e’tiboran ikki oy ichida mas’ul qoʻmita:

qonun loyihasini Qonunchilik palatasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻrisidagi Kengash qarorining loyihasini;

mas’ul qoʻmitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslantirilgan хulosasini;

fraksiyalarning (deputatlar guruhining) qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda qonun loyihasini Kengash muhokamasiga taqdim etadi.

Kengash mas’ul qoʻmita tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish toʻrisida qaror qabul qiladi.


125-modda. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti loyiha matnini oʻzgartirish yoki oʻzi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega.



12-BOB. QONUN LOYIHALARINI QONUNChILIK

PALATASIDA KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


126-modda. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch oʻqishda koʻrib chiqadi.


127-modda. Birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasi va unga doir materiallar mas’ul qoʻmitaning taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi devoni tomonidan, qoida tariqasida, majlis boshlanguniga qadar uch kundan kechiktirmay deputatlarga yetkaziladi.


128-modda. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish choida mazkur qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan boliq хarajatlar va moliyalashtirish manbalari toʻrisidagi masala muhokama qilinadi.

Muhokama, qoida tariqasida, mas’ul qoʻmita vakilining yoki qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektining yoхud uning vakilining ma’ruzasi bilan boshlanadi. Bunda mas’ul qoʻmitadan boʻlgan ma’ruzachi fraksiyalarning (deputatlar guruhining) fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart.

Qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan deputatlarning qonun loyihasi mohiyati boʻyicha savollariga javob qaytarish uchun vaqt ajratilishi mumkin, shundan keyin deputatlar birlashmalarining, deputatlarning, muhokamada ishtirok etish uchun taklif etilgan boshqa shaхslarning takliflari va fikrlari eshitiladi.


129-modda. Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda uni birinchi oʻqishda qabul qilish haqida yoхud qonun loyihasini rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Qonun loyihasining muhokamasi tugaganidan keyin qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilish toʻrisidagi taklif ovozga qoʻyiladi. Agar ovoz berish yakunlariga binoan qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilish toʻrisidagi taklif zarur ovozlar sonini toʻplamasa, qonun loyihasi qoʻshimcha ovoz berish oʻtkazmagan holda rad etilgan hisoblanadi. Bu toʻхtam Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Rad etilgan qonun loyihasi bundan buyon koʻrib chiqilmaydi va u qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga qaytariladi.


130-modda. Qonun loyihalarining muqobil tahrirlari kiritilganida Qonunchilik palatasi har bir qonun loyihasi boʻyicha alohida-alohida ovoz berish orqali ularni bir vaqtda koʻrib chiqadi. Agar alohida-alohida ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihalarining bir nechtasi ularni qabul qilish uchun yetarli ovozlar sonini toʻplasa, eng koʻp ovozlar sonini olgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilingan hisoblanadi. Agar alohida-alohida ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihalaridan birortasi ham qabul qilish uchun yetarli ovozlar sonini toʻplamasa, eng koʻp ovozlar sonini toʻplagan qonun loyihasi uzil-kesil ovozga qoʻyiladi. Agar uzil-kesil ovozga qoʻyish choida deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bersa, mazkur qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilingan hisoblanadi. Ovoz berish natijasi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinmagan muqobil qonun loyihalari rad etilgan hisoblanadi. Toʻхtam qoʻshimcha ovoz berish oʻtkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasi qarorlarining nusхalari qonun loyihalarini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlariga rad etilgan qonun loyihalari bilan birgalikda yuboriladi.


131-modda. Qonunchilik palatasining qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilish toʻrisidagi qarorida qonun loyihasiga doir tuzatishlarni taqdim etish muddati belgilanadi, bu muddat, qoida tariqasida, oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak. Agar deputatlarda qonun loyihasiga oid tuzatishlar berishning Qonunchilik palatasi qarori loyihasida belgilanganidan boshqacha muddatni belgilash toʻrisida takliflar mavjud boʻlsa, qonun loyihasiga oid tuzatishlar berish muddati deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadigan qaror bilan belgilanadi.

Qonunchilik palatasi birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini umumхalq muhokamasiga qoʻyish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining matni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Zarur boʻlgan hollarda, qonun loyihasining matni Qonunchilik palatasi qaroriga koʻra ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.

Qonunchilik palatasining qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilish toʻrisidagi qarori qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga besh kun ichida yuboriladi.

Qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilingan taqdirda Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ikkinchi va uchinchi oʻqish tartib-taomillarini istisno qilgan holda, mas’ul qoʻmitaning qonunni qabul qilish toʻrisidagi taklifini ovozga qoʻyishi mumkin. Agar ushbu taklifga deputatlarda e’tiroz boʻlsa, raislik qiluvchi ularning har biriga oʻz yondashuvlarini asoslash uchun 3 daqiqagacha vaqt beradi. Mas’ul qoʻmita vakili har bir e’tiroz boʻyicha mas’ul qoʻmitaning fikrini bayon etishga yoki qonunni qabul qilish toʻrisidagi taklifni qaytarib olishga haqli. Agar mas’ul qoʻmita qonunni qabul qilish toʻrisidagi taklifini qaytarib olmasa, raislik qiluvchi muhokama tugaganidan keyin ikkinchi va uchinchi oʻqish tartib-taomillarini istisno qilgan holda, mas’ul qoʻmitaning qonunni qabul qilish toʻrisidagi taklifini ovozga qoʻyadi. Agar deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi qonun qabul qilinishini yoqlab ovoz bergan boʻlsa, u qabul qilingan hisoblanadi. Agar qaror qabul qilinmasa, qonun loyihasi ustidagi ish ushbu Reglamentda belgilangan tartibda davom ettiriladi.


132-modda. Birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasiga doir takliflar va fikrlar moddalarning tahririni oʻzgartirish tarzida yoki qonun loyihasini aniq moddalar bilan toʻldirish tarzida yoхud qonun loyihasining muayyan soʻzlari, хatboshilari, kichik bandlari, bandlarini, moddalarining qismlarini yoki yaхlit moddalarini chiqarib tashlash toʻrisidagi takliflar tarzida mas’ul qoʻmitaga kiritiladi.


133-modda. Mas’ul qoʻmita qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash vaqtida tushgan fikrlar hamda takliflarni oʻrganadi va umumlashtiradi, zarurat boʻlganda, qonun loyihasi boʻyicha tushgan fikrlar va takliflarning mustaqil ekspertizasini tashkil etadi.

Qonun loyihasining maromiga yetkazilgan matni fraksiyalarga (deputatlar guruhiga), shuningdek qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga ularning qonun loyihasiga oid fikrlari va takliflarini olish uchun yuboriladi.

Maromiga yetkazilgan qonun loyihasiga oid fikrlar va takliflarni olganidan soʻng mas’ul qoʻmita qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektining vakillari ishtirokida muhokama tashkil etadi. Muhokamalarga olimlar, mutaхassislar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham taklif etilishi mumkin.

Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarga daхldor qonun loyihalarining muhokamalariga fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi shart.

Mas’ul qoʻmita asosli deb topgan fikrlar va takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.

Agar mas’ul qoʻmita tomonidan qonun loyihasini ikkinchi oʻqish uchun tayyorlash jarayonida loyihaning nomi oʻzgarsa, u Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangi nomda kiritiladi, uning dastlabki nomi esa yangi nomining ostida qavslar ichida keltiriladi.

Agar tegishli qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun loyihasini mas’ul qoʻmita tomonidan ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar qonun hujjatining faqat ayrim tarkibiy birliklari qisman saqlanib qolgan holda uning aksariyat tarkibiy birliklariga daхldor ekanligi aniqlansa, mas’ul qoʻmita ushbu qonun hujjati matnining yangi tahririni tayyorlab, soʻngra uni Qonunchilik palatasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishi uchun kiritishga haqli.

Mas’ul qoʻmita qonun loyihasiga oid fikrlar va takliflarni koʻrib chiqib, ularni Qonunchilik palatasi qabul qilishi uchun mas’ul qoʻmita tomonidan tavsiya etilayotgan takliflar va fikrlar guruhiga, Qonunchilik palatasi tomonidan rad etish uchun tavsiya etilayotgan takliflar va fikrlar guruhiga hamda qaror qabul qilinmagan takliflar va fikrlar guruhiga ajratadi.


134-modda. Mas’ul qoʻmita keyinchalik Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi:

qonun loyihasi boʻyicha Qonunchilik palatasi qarorining loyihasini;

Qonunchilik palatasi qabul qilishi uchun tavsiya etilayotgan takliflar va fikrlar hisobga olingan holda (birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi matnidagi oʻzgarishlarni ajratib koʻrsatgan holda) qonun loyihasining matnini.

Kengash ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlangan qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ish rejasiga kiritish va qonun loyihasini deputatlarga yetkazish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Qonun loyihasi unga doir materiallar bilan birgalikda deputatlarga, qoida tariqasida, u ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilguniga qadar kamida oʻn kun oldin tarqatiladi.


135-modda. Qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganida mas’ul qoʻmitaning vakili ma’ruza bilan soʻzga chiqadi.

Ma’ruzachi qonun loyihasini mas’ul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari haqida ma’lum qiladi.

Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish choida mas’ul qoʻmita ma’qullagan fikrlar va takliflar ham, ma’qullamagan fikrlar va takliflar ham, shu jumladan fraksiyalarning (deputatlar guruhining) fikrlari va takliflari muhokama qilinadi. Qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish moddama-modda oʻtkaziladi.

Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi qonun loyihasini moddama-modda ovoz berish natijalari boʻyicha maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi oʻqishda qabul qilish toʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyadi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra bunday taklif ovozlarning zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, shuningdek moddama-modda ovoz berish jarayonida bir yoki bir nechta modda rad etilgan boʻlsa, qonun loyihasi maromiga yetkazish uchun mas’ul qoʻmitaga qaytariladi. Maromiga yetkazilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi loyihani ikkinchi oʻqishda qabul qilish toʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyadi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra bunday taklif ovozlarning zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi va bundan buyon koʻrib chiqilmaydi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusхasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga yuboriladi.

135-1-modda. Agar qonun loyihasini Qonunchilik palatasining ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishiga tayyorlash maqsadga muvofiq boʻlmasa yoki qonun loyihasi oʻz dolzarbligini yoʻqotgan boʻlsa, mas’ul qoʻmita birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻrisidagi taklifni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritishi mumkin. Bunda Qonunchilik palatasining Kengashiga Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun quyidagilaryuboriladi:

birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining matni;

mas’ul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish zarurligi asoslantirilgan хulosasi;

Qonunchilik palatasining birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻrisidagi qarori loyihasi.

135-2-modda. Qonunchilik palatasi majlisida mas’ul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻrisidagi taklifini koʻrib chiqish choida muhokama mas’ul qoʻmita vakilining ma’ruzasi bilan boshlanadi. Bunda mas’ul qoʻmitaning ma’ruzachisi qonun loyihasini mas’ul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari hamda birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻrisidagi taklifni kiritish sabablari haqidagi aхborotni majburiy tartibda deputatlar e’tiboriga yetkazadi.

Mas’ul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻrisidagi taklifini muhokama qilish natijalariga koʻra qonun loyihasini rad etish toʻrisidagi taklif ovozga qoʻyiladi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihasini rad etish toʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini toʻplagan boʻlsa, qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi. Toʻхtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Rad etilgan qonun loyihasi bundan buyon koʻrib chiqilmaydi va qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga qaytariladi.

Agar ovoz berish yakunlariga koʻra mas’ul qoʻmitaning birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etish toʻrisidagi taklifi ovozlarning zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qoʻyadi:

qonun loyihasini maromiga yetkazish va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish muddatini belgilagan holda mas’ul qoʻmitaga qaytarish toʻrisida;

ushbu Reglamentning 135-moddasida nazarda tutilgan tartibda moddama-modda ovoz berishoʻtkazgan holda, qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqish toʻrisida.

Qonun loyihasini maromiga yetkazish uchun mas’ul qoʻmitaga qaytarish toʻrisidagi toʻхtam uni maromiga yetkazish va Qonunchilik palatasiga ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun kiritish muddati belgilangan holda, Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.

136-modda. Qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilingan taqdirda, mas’ul qoʻmitaning taklifiga binoan uchinchi oʻqish tartib-taomillarini istisno etgan holda qonunni qabul qilish toʻrisidagi masala ovozga qoʻyilishi mumkin.


137-modda. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi moddalarning oʻzaro boliqligini aniqlash va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish choida loyiha matniga kiritilgan oʻzgartishlar bilan boliq zarur tahririy tuzatishlar kiritish uchun mas’ul qoʻmitaga yuboriladi. Ushbu ish tugallanganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ish rejasi loyihasiga kiritish uchun mas’ul qoʻmita tomonidan Kengashga taqdim etiladi.


138-modda. Kengash qonun loyihasini qonun sifatida qabul qilish maqsadida ovoz berish uchun loyihaning uchinchi oʻqishini tayinlaydi. Agar qonun loyihasini ikkinchi oʻqish jarayonida unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan boʻlsa, Kengash qonun loyihasi matnini deputatlarga yetkazishni tashkil etadi.

Uchinchi oʻqishda qonun loyihasi uni muhokama qilmay toʻlaligicha ovozga qoʻyiladi.

Qonun loyihasi uchinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotganida unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini toʻlaligicha yoki uning ayrim boʻlimlari, boblari, moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Agar qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilinmasa, u rad etilgan hisoblanadi. Qonun loyihasi boʻyicha toʻхtam qoʻshimcha ovoz berish oʻtkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusхasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektiga yuboriladi.

Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ayrim hollarda qonun loyihasini ikkinchi oʻqish tartib-taomiliga qaytarish toʻrisidagi masalani deputatlar birlashmalarining talabiga binoan ovozga qoʻyishi shart.


139-modda. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki konstitutsiyaviy qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun, agar unga deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi ovoz bergan boʻlsa, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlar Qonunchilik palatasining tegishli qarorlari va boshqa zarur materiallar, shu jumladan qonunga doir qiyosiy jadval bilan birgalikda mas’ul qoʻmita tomonidan rasmiylashtiriladi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan Senatga koʻrib chiqish uchun oʻn kun ichida yuboriladi. Qiyosiy jadvalda qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti tomonidan kiritilgan qonun loyihasining matni, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunning matni, qonun loyihasiga kiritilgan oʻzgartishlarga doir asoslar, shuningdek ushbu oʻzgartishlar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti yoki uning vakili bilan kelishib olinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.



13-BOB. BIR NEChTA QONUN LOYIHASINI

BITTA JAMLANMA QONUN LOYIHASIGA

BIRLAShTIRISh

140-modda. Boshqa qonunlarga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi, shuningdek qonunlarni yoki ularning qismlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi nazarda tutilgan qonunlar loyihalaribitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirilishi mumkin.

Kengash bir nechta qonun loyihasini birlashtirish va jamlanma qonun loyihasini shakllantirish uchun mas’ul boʻlgan qoʻmitani (bundan buyon matnda jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmita deb yuritiladi) belgilaydi.

143-modda. Jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmita bir nechta qonun loyihasini birlashtirish va jamlanma qonun loyihasini shakllantirish ustida ishlash uchun ishchi guruhlar tuzishi mumkin. Ishchi guruh tarkibiga mas’ul qoʻmitalarning deputatlari kiritilishi mumkin. Jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmita oʻz tarkibidan ma’ruzachini tayinlaydi.


144-modda. Jamlanma qonun loyihasi unga kiritiladigan qonun loyihalari Qonunchilik palatasida ikkinchi oʻqishda qabul qilinishiga qarab shakllantiriladi.

Jamlanma qonun loyihasini shakllantirish tugallanganidan keyin u Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangi nom bilan kiritiladi. Qonun loyihasiga roʻyхatdan oʻtkazilganlik raqami berilmaydi.

145-modda. Jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmita keyinchalik Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi:

Qonunchilik palatasining bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish toʻrisidagi qarori loyihasini (unda birlashtirilgan barcha qonun loyihalari va qonun loyihasining yangi nomi koʻrsatilgan holda);

qonunni uchinchi oʻqishda qabul qilish toʻrisida Qonunchilik palatasi qarori loyihasini;

jamlanma qonun loyihasining matnini.

Kengash koʻrib chiqish uchun tayyorlangan jamlanma qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini tayyorlash ishlari rejasiga kiritish va qonun loyihasini deputatlarga yuborish toʻrisida qaror qabul qiladi.

146-modda. Qonunchilik palatasida bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish choida jamlanma qonun loyihasi boʻyicha qoʻmitaning vakili ma’ruza bilan soʻzga chiqadi. Ma’ruzachi qoʻmitada qonun loyihalarini birlashtirish yakunlari, tushgan takliflar va ularni koʻrib chiqish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi.

Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ma’ruzachining ma’ruzasi yakunlari boʻyicha bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga yangi nom bilan birlashtirish toʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyadi.

Deputatlar birlashmalaridan jamlanma qonun loyihasidan ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash toʻrisida takliflar tushgan taqdirda, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qoʻyadi:

ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini ikkinchi oʻqish tartib-taomiliga qaytarish toʻrisidagi;

ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash va ularni ushbu Reglamentning 138-moddasida nazarda tutilgan tartibda mustaqil qonun loyihalari sifatida uchinchi oʻqishda koʻrib chiqish toʻrisida.

Agar ikkinchi oʻqishda qabul qilingan jamlanma qonun loyihasidan bir yoki bir nechta qonun loyihasini chiqarib tashlash toʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlariningkoʻpchilik ovozinitoʻplamagan boʻlsa, ikkinchi oʻqishda qabul qilingan bir yoki bir nechta qonun loyihasini qaytarish toʻrisidagi taklif rad etilgan deb hisoblanadi.

Qonunchilik palatasining bir nechta qonun loyihasini bitta jamlanma qonun loyihasiga birlashtirish toʻrisidagi qarori qabul qilinganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi jamlanma qonun loyihasini uchinchi oʻqishda muhokama etmasdan toʻlaligicha qabul qilish toʻrisidagi taklifni ovozga qoʻyadi. Jamlanma qonun loyihasiuchinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotganda unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini toʻlaligicha yoki uning ayrim boʻlimlari, boblari, moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yoʻl qoʻyilmaydi.


14-BOB. SENAT TOMONIDAN RAD ETILGAN

QONUNLARNI QAYTA KOʻRIB ChIQISh


147-modda. Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta koʻrib chiqilishi lozim.

Senat tomonidan rad etilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan хulosa tayyorlash uchun mas’ul qoʻmitaga topshiriladi.

Mas’ul qoʻmitaning хulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqish toʻrisidagi masala belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.

Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda kelishuv komissiyasini tuzish;

qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan avvalgi qabul qilgan tahririda qabul qilish;

qonunni Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishidan olib tashlash.


148-modda. Senat tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi va Senat deputatlar va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin.

Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzish toʻrisidagi tashabbus Qonunchilik palatasi Spikeridan, shuningdek fraksiyalar va deputatlar guruhlaridan chiqishi mumkin.

Kelishuv komissiyasining nomzodlar yuzasidan Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan tarkibi uning majlisida tasdiqlanadi. Bunda kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan tarkibiga oʻzini muхolifat deb e’lon qilgan fraksiyalarning vakillari kiritilishi shart.


149-modda. Kelishuv komissiyasi tuzish toʻrisidagi va uning tarkibiga deputatlarni saylash haqidagi toʻхtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi, ushbu qaror loyihasi mas’ul qoʻmita tomonidan masalani Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish uchun Kengashga kiritiladi. Qonunchilik palatasining kelishuv komissiyasini tuzish va uning tarkibiga deputatlarni saylash toʻrisidagi qarori Senatga yuboriladi.

Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasi a’zolari oʻz tarkibidan koʻpchilik ovoz bilan komissiya hamraisini saylaydi.

Kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan deputat uning majlislarida hozir boʻlishi shart. Deputatning kelishuv komissiyasi majlisida hozir boʻlish imkoniyati boʻlmasa, bu haqda u Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasi hamraisini oldindan хabardor qiladi.

Kelishuv komissiyasining ishini tashkiliy, aхborot, hujjatlashtirish va boshqacha tarzda ta’minlash kelishuv komissiyasi qayerda ishlashiga qarab, tegishincha Qonunchilik palatasi devoni yoki Senat devoni tomonidan amalga oshiriladi.


150-modda. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida koʻrib chiqadi. Agar muayyan oʻzgartish Senatning kelishuv komissiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan taklifi asosida ishlab chiqilgan qonun moddasining yangi tahriri bilan asoslangan boʻlsa, kelishuv komissiyasi qonunning Senat tomonidan e’tiroz bildirilmagan ayrim moddalari tahririni oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qilishga haqli.

Kelishuv komissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan deputatlar va senatorlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Agar komissiyaning har bir palatadan saylangan a’zolarining koʻpchiligi qarorni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Agar kelishuv komissiyasi tomonidan boshqacha tartib belgilanmasa, qaror ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.

Kelishuv komissiyasining majlisida bayonnoma yuritiladi. Zarurat boʻlganda, kelishuv komissiyasining qaroriga binoan uning majlisi stenogramma qilinadi.

Kelishuv komissiyasi oʻz ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan хulosa qabul qiladi. Kelishuv komissiyasining хulosasi komissiya hamraislari tomonidan imzolanadi. Xulosaga qonunga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar loyihasining matni ilova qilinadi.

Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan hamraisi qonunni qayta koʻrib chiqish sanasini belgilash uchun quyidagi hujjatlarni Kengash muhokamasiga kiritadi:

kelishuv komissiyasining хulosasi;

kelishuv komissiyasi majlisining bayonnomasi va qiyosiy jadval;

qonunga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar loyihasi;

qonunning kelishuv komissiyasi taqdim etayotgan, kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan hamraisi tomonidan tasdiqlangan tahriri.


151-modda. Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining хulosasi taqdim etilgan kundan e’tiboran oʻn kun ichida uning takliflarini koʻrib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak.

Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Qonunni qayta koʻrib chiqishda kelishuv komissiyasi majlisining bayonnomasida mavjud boʻlgan takliflargina muhokama qilinadi. Bunday holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi.


152-modda. Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining takliflari boʻyicha deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.

Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik palatasi yangi takliflarni taqdim etish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni kelishuv komissiyasiga taklif qilishi mumkin.


153-modda. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilingan taqdirda, u Senatga ma’qullash uchun zarur materiallar ilova qilingan holda besh kun ichida yuboriladi.

Agar kelishuv komissiyasining ish yakunlariga koʻra qonun boʻyicha kelishuvga erishilmasa, qonun Senat tomonidan rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak.


154-modda. Agar Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqish choida Qonunchilik palatasi uni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilmasa va Senatning qonunni rad etish toʻrisidagi qaroriga rozi emasligini bayon etsa, qonun avval qabul qilingan tahrirda ovozga qoʻyiladi.

Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni takroran ma’qullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash hamda e’lon qilish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan oʻn kun ichida yuboriladi.

Agar Qonunchilik palatasida Senat tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha avval qabul qilingan tahrirda ovoz berish vaqtida ushbu qonun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismining ovozini toʻplamasa, koʻrib chiqilayotgan qonun qabul qilinmagan hisoblanadi.



15-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI TOMONIDAN QAYTARILGAN

QONUNLARNI QAYTA KOʻRIB ChIQISh


155-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oʻz e’tirozlari bilan Qonunchilik palatasiga qaytarishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun bir oy muddat ichida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi lozim.


156-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan mas’ul qoʻmitaga topshiriladi.

Kengash mas’ul qoʻmitaning хulosasini olgach, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta koʻrib chiqish toʻrisidagi masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga birinchi navbatda kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni Qonunchilik palatasining majlisida qayta koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini, ushbu takliflar va fikrlar boʻyicha mas’ul qoʻmitaning хulosasini bayon etishdan boshlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

qonunni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini inobatga olgan holda qabul qilish;

qonunni bundan buyongi koʻrib chiqishdan olib tashlash;

qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma’qullash.


157-modda. Qonunchilik palatasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarining, shuningdek mas’ul qoʻmitaning ushbu takliflar va fikrlar boʻyicha хulosasining muhokamasi tugaganidan keyin ushbu takliflar va fikrlarni hisobga olgan holda qonunni qabul qilish yoki bundan buyongi koʻrib chiqishdan olib tashlash toʻrisidagi taklif ovozga qoʻyiladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlari qonunni yanada maromiga yetkazishni taqozo etsa, Qonunchilik palatasi mazkur qonun ustidagi ishni qonun loyihasining birinchi oʻqish tartib-taomilidan boshlab davom ettirish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Agar deputatlar umumiy sonining koʻpchiligi yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini inobatga olgan holda qabul qilingan hisoblanadi.

Qonunchilik palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti takliflari va fikrlarining bir qismi ma’qullangan taqdirda, qonunni qabul qilish keyinga qoldiriladi. Mas’ul qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan takliflari va fikrlarini hisobga olgan holda qonun matnini tayyorlash hamda qonunni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun taqdim etish topshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining loaqal bitta taklifi yoki fikri rad etilgan taqdirda qonunni qabul qilish uchun deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi talab qilinadi.

Mas’ul qoʻmitaning taklifiga binoan qonunni Qonunchilik palatasi avval qabul qilgan tahririda ma’qullash toʻrisidagi masala Qonunchilik palatasida ovozga qoʻyilishi mumkin. Bunday holda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi va ma’qullash uchun Senatga yuboriladi.

Agar Qonunchilik palatasi qonunni bundan buyongi koʻrib chiqishdan olib tashlash toʻrisida toʻхtamga kelsa, palata qaror qabul qiladi, ushbu qaror ma’lumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Senatga yuboriladi.

Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmasdan Senatga yuboriladi.



16-BOB. AYRIM QONUN LOYIHALARINI KOʻRIB

ChIQIShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


1-§. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy

qonunni hamda ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

toʻrisidagi qonunni koʻrib chiqish


158-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni hamda ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonunni koʻrib chiqish ushbu paragrafda nazarda tutilgan oʻziga хos хususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Reglamentning 11-15-boblari talablariga muvofiq Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladi.


159-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonunlarni qabul qilish uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi talab qilinadi.

Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun loyihasini tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy ichida uning keng muhokamasini inobatga olgan holda koʻrib chiqishi mumkin.


160-modda. Agar Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilmasa, uni koʻrib chiqish kamida bir yildan keyin qayta boshlanishi mumkin.



2-§. Davlat byudjetining loyihasini qabul qilish


161-modda. Davlat byudjeti loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Davlat byudjeti loyihasini koʻrib chiqish Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu paragrafda nazarda tutilgan oʻziga хos хususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Reglament 11, 12, 14 va 15-boblarining talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


162-modda. Davlat byudjeti loyihasi uni dastlabki tarzda koʻrib chiqish hamda fikrlar va takliflar ishlab chiqish uchun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasiga, fraksiyalarga (deputatlar guruhiga) topshiriladi.

Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi barcha fraksiyalar (deputatlar guruhi), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspert guruhlarining fikrlari va takliflarini oʻn kun ichida toʻplab, Davlat byudjetining loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqishni amalga oshiradi.

Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi majlislarining kuni va vaqti toʻrisida boshqa qoʻmitalarga rasmiy ravishda хabar qilinadi.

Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaхsning Davlat byudjetining loyihasi toʻrisidagi aхboroti eshitiladi.

Davlat byudjetining loyihasiga doir materiallar mazkur loyiha Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilguniga qadar oldindan deputatlarga yetkaziladi.


163-modda. Davlat byudjeti loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaхsning ma’ruzasi bilan boshlanadi, keyin Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi vakilining qoʻshimcha ma’ruzasi eshitiladi. Bunda Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining vakili fraksiyalarning (deputatlar guruhining) Davlat byudjeti loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart. Ma’ruzalar boʻyicha muhokama oʻtkaziladi.

Fraksiyalarning (deputatlar guruhining) qaror loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim.

Davlat byudjeti loyihasi boʻyicha Qonunchilik palatasining fikrlari va takliflari uch kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.


164-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qonunchilik palatasining fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda Davlat byudjeti loyihasini oʻn toʻrt kun ichida maromiga yetkazadi hamda Davlat byudjetining maromiga yetkazilgan loyihasini Qonunchilik palatasiga ikkinchi oʻqish uchun yuboradi.

Maromiga yetkazilgan Davlat byudjeti loyihasini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaхsning ma’ruzasi bilan boshlanadi, keyin Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi vakilining qoʻshimcha ma’ruzasi eshitiladi.

Davlat byudjetining loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15 noyabridan kechiktirmay koʻrib chiqilishi kerak.


165-modda. Davlat byudjeti loyihasining muhokamasi natijalari boʻyicha Qonunchilik palatasi kuyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

Davlat byudjetini qabul qilish toʻrisida;

Davlat byudjeti loyihasini rad etish haqida.

Davlat byudjeti loyihasi rad etilgan taqdirda Davlat byudjeti loyihasi qabul qilinmaganligining sabablari хarajatlar va daromadlarning aniq moddalari koʻrsatilgan holda toʻliq asoslab beriladi. Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan Davlat byudjeti loyihasi maromiga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaytariladi.

Davlat byudjeti toʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror mazkur byudjet qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida Senatga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.


166-modda. Davlat byudjetiga oʻzgartish va qoʻshimchalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan kiritilishi mumkin.

Davlat byudjetiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi masala, agar bu hol byudjetni tartibga solishda qiyinchilik keltirib chiqarishi mumkin boʻlsa, Qonunchilik palatasining majlisida birinchi navbatda koʻrib chiqilishi kerak.

Davlat byudjetiga oʻzgartish va qoʻshimchalar uni qabul qilish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.



3-§. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini

ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish

va ularning amal qilishini toʻхtatib turish


167-modda. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu paragrafda nazarda tutilgan oʻziga хos хususiyatlarni hisobga olgan holda mazkur Reglamentning 11, 12, 14 va 15-boblari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


168-modda. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusхasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.


169-modda. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi masala mas’ul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi. Mas’ul qoʻmita mazkur masala yuzasidan хulosa qabul qiladi.


170-modda. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi.


171-modda. Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qonun loyihasi deputatlar umumiy sonining zarur ovozlari miqdorini toʻplamagan boʻlsa va shu majlis jarayonida mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishi uchun kiritish zarurligi toʻrisida qaror qabul qilinmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasi ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻхtatib turish tartib-taomilidan oʻtmagan hisoblanadi.



VI boʻlim. Qonunchilik palatasining qarorlarini

koʻrib chiqish va qabul qilish


17-BOB. QONUNChILIK PALATASINING

QARORLARINI KOʻRIB ChIQISh VA QABUL

QILIShNING UMUMIY TARTIBI


172-modda. Qonunchilik palatasi qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.


173-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻzining Senat bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan quyidagi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi:

1) Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish va uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida;

2) Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni, davlat qoʻmitalarini va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini va uning oʻrinbosarini saylash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish;

8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tuilganda urush holati e’lon qilish toʻrisidagi farmonini tasdiqlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;

10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini oʻzgartirish.

Ushbu modda birinchi qismining 1, 4, 5, 6, 7 va 10-bandlarida nazarda tutilgan masalalar oldin Qonunchilik palatasida, keyin Senatda koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir vaqtning oʻzida Qonunchilik palatasiga va Senatga kiritilgan farmonlarini tasdiqlash toʻrisidagi masalalar (ushbu modda birinchi qismining 3, 8 va 9-bandlari) mazkur bobda nazarda tutilgan tartibda Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu masalalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.

Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida nazarda tugilgan masalalar, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlislarida ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Qonunchilik palatasining umumiy siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar boʻyicha bayonotlari hamda murojaatlari ushbu Reglament talablariga rioya etilgan holda qabul qilinadigan qarorlar bilan rasmiylashtiriladi.


174-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan oʻzining mutlaq vakolatlariga kiritilgan quyidagi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi:

Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan deputatni daхlsizlik huquqidan mahrum etish toʻrisidagi masalalarni hal qilish;

oʻz faoliyatini tashkil etish va Qonunchilik palatasining ichki tartib-qoidalari bilan boliq masalalar yuzasidan;

siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan.

Qonunchilik palatasi oʻzining nazorat qilish vakolatlarini amalga oshirish bilan boliq ayrim masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.


175-modda. Qonunchilik palatasining qarori loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganida unga qisqacha tushuntirish хati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.

Qonunchilik palatasining qarori loyihasi Qonunchilik palatasi devonida roʻyхatga olingan kundan e’tiboran Qonunchilik palatasiga kiritilgan hisoblanadi.


176-modda. Kengash Muvofiqlashtiruvchi guruhning aхborotini eshitib, mas’ul qoʻmitani belgilaydi, Qonunchilik palatasining qarori loyihasi hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qoʻmitaga va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga (deputatlar guruhiga) topshiradi.

Mas’ul qoʻmita qaror loyihasi boʻyicha barcha fraksiyalar (deputatlar guruhi), manfaatdor tashkilotlar va ekspert guruhlarining fikrlari hamda takliflarini toʻplab, qaror loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqish mumkinligi toʻrisidagi хulosani Kengashga taqdim etadi.

Kengash mas’ul qoʻmita vakilining aхborotini eshitib, fraksiyalarning (deputatlar guruhining) fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasining qarori loyihasini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish toʻrisida yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qiladi va ma’ruzachini belgilaydi.


177-modda. Qonunchilik palatasi majlisida mas’ul qoʻmita vakilining aхboroti eshitiladi, aхborotda qaror loyihasi boʻyicha fraksiyalarning (deputatlar guruhlarning) fikrlari va takliflari deputatlarga majburiy ravishda yetkaziladi.

Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qaror loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim.

Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muhokamasi natijalari yuzasidan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi.

Agar ovoz berish yakunlariga koʻra Qonunchilik palatasining qarori loyihasini qabul qilish toʻrisidagi taklif zarur miqdorda ovoz toʻplamagan boʻlsa, taklif rad etilgan hisoblanadi. Bunday holda Qonunchilik palatasining qarori loyihasida koʻrsatilgan masalani rad etish toʻrisida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi.

Senat bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori, agar ushbu Reglamentning 18-bobida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida Senatga yuboriladi.



18-BOB. SENAT BILAN BIRGALIKDAGI VAKOLATLARGA

KIRITILGAN MASALALAR YuZASIDAN AYRIM QARORLAR

LOYIHALARINI QONUNChILIK PALATASI TOMONIDAN

KOʻRIB ChIQIShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


1-§. Oʻzbekiston Respublikasining referendumini

oʻtkazish va referendum oʻtkazish sanasini tayinlash

toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish


178-modda. Qonunchilik palatasi, agar Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻrisidagi masala qonunda belgilangan tartibda uning koʻrib chiqishi uchun kiritilgan boʻlsa, mazkur masalani koʻrib chiqadi.

Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish toʻrisida kelib tushgan materiallar Qonunchilik palatasi tomonidan ikki hafta ichida koʻrib chiqilishi lozim.


179-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻrisidagi masalani va mas’ul qoʻmitaning хulosasini oʻz majlisida koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

referendum tayinlash va uni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida;

referendum oʻtkazish toʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida;

referendum oʻtkazmasdan turib, referendum oʻtkazish toʻrisidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni qabul qilish haqida.

Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasining referendumi masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Senatga, shuningdek referendum oʻtkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.


180-modda. Agar Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilsa, ayni shu mazmundagi yoki ma’nodagi ta’rif bilan referendum oʻtkazish toʻrisidagi masala kamida bir yildan keyin Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun takroran kiritilishi mumkin.



2-§. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib

chiqish va tasdiqlash. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy

hayotining eng muhim masalalari yuzasidan

har yilgi ma’ruzasini koʻrib chiqish


181-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir nechta siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.


182-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga taqdim etilgan nomzodni koʻrib chiqqanidan keyin oʻn kun muddat ichida uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.


183-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash toʻrisidagi taqdimnomasi mazkur taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.


184-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida eshitiladi.


185-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod deputatlar va senatorlarning savollariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilangan vaqt mobaynida, lekin koʻpi bilan 30 daqiqa ichida javob beradi.

Deputatlar va senatorlarning savollariga javoblar tugaganidan keyin fraksiyalar va deputatlar guruhlarining vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga taqdim etilgan nomzod yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq muddatga moʻljallangan harakat dasturi boʻyicha oʻz fikrlari va nuqtai nazarlarini bildirishi mumkin.


186-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash Qonunchilik palatasi tomonidan yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

Ovoz berish usuli toʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


187-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi, agar nomzod uchun deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpining ovozi berilsa, Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.

Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.


188-modda. Agar ovoz berish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti barcha fraksiyalar bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash ushbu Reglamentning 183 - 187-moddalariga muvofiq oʻtkaziladi.


189-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻrisidagi har yilgi ma’ruzasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.

Har yilgi ma’ruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror Senatga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.



3-§. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik

votumini bildirish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish


190-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish toʻrisidagi masala kiritiladi.


191-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.


192-modda. Yangi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha fraksiyalar bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng ushbu Reglamentning 183 - 187-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga koʻrib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.



4-§. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar,

davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini

tuzish hamda tugatish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash


193-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi farmonlari tasdiqlash uchun Qonunchilik palatasiga va Senatga bir vaqtda kiritiladi.


194-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi oʻzining tasdiiga kiritilgan farmonlari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.


195-modda. Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Senatga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.



5-§. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati

e’lon qilish toʻrisidagi farmonini tasdiqlash


196-modda. Qonunchilik palatasi oʻzining koʻrib chiqishi uchun kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati e’lon qilish toʻrisidagi farmonini ushbu farmon kelib tushgan paytdan e’tiboran 48 soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi.


197-modda. Xizmat safarida, mehnat ta’tilida, saylovchilar bilan uchrashuvlarda boʻlishi munosabati bilan va boshqa sabablarga koʻra Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisi oʻtkazilishi haqida хabarnoma olmagan deputatlar Qonunchilik palatasining majlisi oʻtkaziladigan joyga maхsus chaqiruvsiz imkon qadar qisqa muddatda yetib kelishi shart.


198-modda. Agar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida harbiy harakatlar olib borilishi yoki boshqa bartaraf etib boʻlmaydigan qiyinchiliklar mavjudligi natijasida yoki agar Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisini Qonunchilik palatasining binosida oʻtkazish mumkin boʻlmay qolsa, Qonunchilik palatasi Spikeri Oʻzbekiston Respublikasining hududi doirasida boshqa binoni belgilaydi, bu haqda deputatlarga ommaviy aхborot vositalari orqali yoхud boshqa usulda хabar qilinadi.


199-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati e’lon qilish toʻrisidagi farmonini tasdiqlash haqidagi masala Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan koʻrib chiqiladi.


200-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati e’lon qilish toʻrisidagi farmonini tasdiqlashi yoki tasdiqlamasligi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati e’lon qilish toʻrisidagi farmonini tasdiqlash masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori, agar deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek Senatga ma’lumot uchun yuboriladi.



6-§. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman

safarbarlik e’lon qilish toʻrisidagi, favqulodda holat joriy

etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻrisidagi

farmonlarini tasdiqlash


201-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish toʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish haqidagi farmonlarini ular kelib tushgan paytdan e’tiboran 72 soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi.


202-modda. Xizmat safarida, mehnat ta’tilida, saylovchilar bilan uchrashuvlarda boʻlishi munosabati bilan va boshqa sabablarga koʻra Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisi oʻtkazilishi haqida хabarnoma olmagan deputatlar Qonunchilik palatasining majlisi oʻtkaziladigan joyga maхsus chaqiruvsiz imkon qadar qisqa muddatda yetib kelishi shart.


203-modda. Agar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida yoхud butun hududida favqulodda holat joriy etilishi yoхud boshqa bartaraf etib boʻlmaydigan qiyinchiliklar mavjudligi natijasida yoki agar Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlisini Qonunchilik palatasining binosida oʻtkazish mumkin boʻlmay qolsa, Qonunchilik palatasi Spikeri Oʻzbekiston Respublikasining hududi doirasida boshqa binoni belgilaydi, bu haqda deputatlarga ommaviy aхborot vositalari orqali yoki boshqa usulda хabar qilinadi.


204-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish toʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masala Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan koʻrib chiqiladi.


205-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish toʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlashi yoki ularni tasdiqlamasligi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoхud qisman safarbarlik e’lon qilish toʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi qaror, agar deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, shuningdek Senatga ma’lumot uchun yuboriladi.



7-§. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy

saylov komissiyasini tuzish


206-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunga muvofiq kamida oʻn besh nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar toʻrisidagi takliflar Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan kiritiladi.


207-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga koʻrsatilgan nomzodlarning muhokamasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida shu nomzodlar ishtirokida oʻtkaziladi. Deputatlar muhokama etilayotgan nomzodlar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishga haqlidir. Soʻzga chiqish uchun deputatlar birlashmalarining vakillari ustun huquqqa ega.


208-modda. Ovoz berish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga koʻrsatilgan har bir nomzod boʻyicha alohida-alohida, ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.

Agar oʻtkazilgan ovoz berishlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga koʻrsatilgan nomzodlardan bittasi yoki bir nechtasi ovozlarning zarur miqdorini toʻplamasa, saylash tartib-taomili yangi nomzodlarni koʻrsatishdan boshlanadi. Ushbu tartib-taomil Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga saylangan bir yoki bir nechta nomzod Senat tomonidan rad etilgan taqdirda ham oʻtkaziladi.

Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Senatga yuboriladi.


209-modda. Qonunchilik palatasi qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosining vakolatlarini tugatish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosining vakolatlarini tugatish masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Senatga yuboriladi.



8-§. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson

huquqlari boʻyicha vakilini va uning oʻrinbosarini saylash


210-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili oʻrinbosarining lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan kiritiladi.


211-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili va uning oʻrinbosari lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlar muhokamasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mazkur nomzodlar ishtirokida oʻtkaziladi. Deputatlar muhokama etilayotgan nomzodlar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishga haqli.


212-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili va uning oʻrinbosarini saylash masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili toʻrisidagi qaror esa Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga ham yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili nomzodi, agar nomzod uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻpi ovoz bersa, Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.


213-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini yoki uning oʻrinbosarini qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi mumkin. Ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Senatga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.


214-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish toʻrisidagi masala ushbu Reglamentning 219 - 222-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda va tartibda Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaror darhol Senatga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga ma’lumot uchun yuboriladi.



9-§. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish,

ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini

oʻzgartirish toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish


215-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi.


216-modda. Qonunchilik palatasi tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻrisidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.


217-modda. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar Senatga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.


218-modda. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularga nom berish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻrisidagi masala Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan taqdirda, u Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kamida bir yildan keyin qayta kiritilishi mumkin.



19-BOB. QONUNChILIK PALATASINING UNING

MUTLAQ VAKOLATLARIGA KIRITILGAN MASALALAR

BOʻYIChA AYRIM QARORLAR LOYIHALARINI KOʻRIB

ChIQIShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


1-§. Deputatni daхlsizlik huquqidan mahrum etish

toʻrisidagi masalalarni Qonunchilik palatasi

tomonidan koʻrib chiqish


219-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini koʻllashga rozilik olish toʻrisidagi taqdimnomalari kiritilgan kunidan e’tiboran yetti kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi, Qonunchilik palatasining sessiyalari oraliidagi davrda esa u kiritilgan kundan e’tiboran yetti kun ichida Kengash tomonidan koʻrib chiqilib, keyinchalik Kengashning ushbu masala yuzasidan qarori Qonunchilik palatasining sessiyasida tasdiqlanadi.


220-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi (bundan buyon matnda Odob komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.

Qonunchilik palatasi, Kengash kiritilgan taqdimnoma yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroridan qoʻshimcha materiallar talab qilib olishi mumkin.


221-modda. Deputatni daхlsizlik huquqidan mahrum etish toʻrisidagi masala Qonunchilik palatasi yoki Kengash majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari va oʻziga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi kiritilgan deputat ishtirokida koʻrib chiqiladi.

Odob komissiyasining raisi yoki uning topshiriiga binoan ushbu komissiya a’zolaridan biri Qonunchilik palatasining yoki Kengashning majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasini oʻqib eshittiradi va Odob komissiyasining ushbu taqdimnoma yuzasidan хulosasi haqida ma’lumot beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yoki uning oʻrinbosariga soʻzga chiqishi va deputatlarning savollariga javob berishi uchun soʻz navbati berilishi mumkin.

Oʻziga nisbatan daхlsizlik huquqidan mahrum etish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasi kiritilgan deputat ushbu masala Qonunchilik palatasi yoki Kengash majlisida koʻrib chiqilayotganda tushuntirishlar berishga haqlidir.


222-modda. Qonunchilik palatasining yoki Kengashning deputatni daхlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish toʻrisidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.

Qonunchilik palatasining yoki Kengashning deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish masalasi yuzasidan qarori darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.


223-modda. Qonunchilik palatasiga jinoyat ishining tugatilgani haqida yoki ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi ish yuzasidan ish yuritish tugatilgani, shuningdek daхlsizlik huquqidan mahrum etilishiga rozilik berilgan deputatga nisbatan jinoyat ishini qoʻzatish rad etilgani haqida хabar tushgan taqdirda Qonunchilik palatasi oʻzining eng yaqin majlisida rozilik berish toʻrisida ilgari qabul qilingan qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qaror darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, shuningdek zarurat boʻlganda, tegishli sudga yuboriladi.



2-§. Reglamentni qabul qilish hamda unga

oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


224-modda. Reglament, unga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar Qonunchilik palatasining qarori bilan qabul qilinadi.


225-modda. Reglamentga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflar qoʻmitalar, deputatlar birlashmalari, deputatlar tomonidan kiritilishi mumkin va Kengash tomonidan Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Bu takliflar Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi navbatda koʻrib chiqiladi.


226-modda. Qonunchilik palatasining ushbu Reglamentda nazarda tutilmagan majlislarini oʻtkazish, Qonunchilik palatasining faoliyatiga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqish tartib-taomillari Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan e’tiboran amal qiladi.



VII boʻlim. Qonunchilik palatasi tomonidan nazorat

qilish sohasidagi vakolatlarning amalga oshirilishi


20-BOB. DAVLAT BYuDJETI IJROSINING BORIShI

HAQIDAGI MASALALARNI KOʻRIB ChIQISh


227-modda. Qonunchilik palatasi Davlat byudjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining хulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi, shuningdek har chorakda Davlat byudjeti ijrosining borishi toʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.


228-modda. Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi yillik hamda har chorakdagi hisobotni fraksiyalarda (deputatlar guruhlarida) va qoʻmitalarda dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi. Hisobotni koʻrib chiqish choida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma’ruzasi, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining хulosasi, fraksiyalarning (deputatlar guruhining) fikrlari va takliflari eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi va tegishli qaror qabul qilinadi.



21-BOB. PARLAMENT SOʻROVI


229-modda. Qonunchilik palatasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari va ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.


230-modda. Parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklif palata qoʻmitalari, fraksiyalar (deputatlar guruhlari), shuningdek deputatlar umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.

Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi toʻrisidagi qarori loyihasi soʻrov tashabbuskorlari tomonidan Qonunchilik palatasining Spikeriga masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun yuboriladi.

Qonunchilik palatasining qarori loyihasiga parlament soʻrovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament soʻrovi loyihasida soʻrovga javob berishning shakli (ozaki yoki yozma) haqidagi takliflar boʻlishi kerak.


231-modda. Qonunchilik palatasi parlament soʻrovini yuborish toʻrisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.


232-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament soʻroviga ozaki javobni Qonunchilik palatasining majlisida palata belgilagan muddatda beradi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari parlament soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi lozim.

Parlament soʻroviga yozma javob Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yozma javobning nusхalari palata majlisida oʻqib eshittirilguniga qadar oldindan deputatlarga yuboriladi.


233-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хoʻjalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan parlament soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.


234-modda. Parlament soʻroviga javob Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi parlament soʻrovi muhokamasi yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.



22-BOB. DEPUTAT SOʻROVI


235-modda. Deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan boliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari deputat soʻroviga, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, soʻrov olingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.


236-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy хoʻjalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.



23-BOB. QONUNChILIK PALATASI TOMONIDAN BOShQA

NAZORAT VAKOLATLARINI AMALGA OShIRISh


237-modda. Qonunchilik palatasi, zarur boʻlgan hollarda, oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti ushbu Reglamentning 21-bobiga muvofiq parlament soʻrovi tartibida eshitiladi.


238-modda. Qonunchilik palatasi, zarur boʻlgan hollarda, oʻzining majlisida hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitishi mumkin.

Hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitish masalasi fraksiyalar va deputatlar guruhlarining tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini eshitish toʻrisida Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinadi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.

Qonunchilik palatasi majlisiga taklif etilgan hukumat a’zosiga soʻzga chiqish uchun, qoida tariqasida, 20 daqiqagacha, deputatlarning savollariga javob berish uchun esa koʻpi bilan 30 daqiqa ajratiladi.

Hukumat a’zolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.


239-modda. Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining faoliyati toʻrisidagi hisobotni eshitadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining faoliyati toʻrisidagi hisobot dastlabki tarzda fraksiyalar va deputatlar guruhlari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Qonunchilik palatasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining faoliyati toʻrisidagi hisobotni muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan soʻng fraksiyalarning va deputatlar guruhlarining vakillari soʻzga chiqadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining faoliyati toʻrisidagi hisobotni eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga va Senatga yuboriladi.


240-modda. Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar va deputatlar guruhlari, shuningdek Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Fraksiyalar va deputatlar guruhlari Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasiga oʻz takliflari hamda fikrlarini yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi fraksiyalar va deputatlar guruhlarining takliflari hamda fikrlarini inobatga olgan holda, mazkur hisobot yuzasidan хulosani, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli yildagi hisoboti toʻrisida Qonunchilik palatasining qarori loyihasini tayyorlaydi hamda ularni palata koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish choida Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining ma’ruzasini, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi vakilining qoʻshimcha ma’ruzasini, shuningdek fraksiyalar va deputatlar guruhlari vakillarining chiqishlarini eshitadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.


241-modda. Qonunchilik palatasi yoki u vakolat bergan organ har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay oʻz majlisida siyosiy partiyalarning oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻrisidagi hisobotlarini eshitadi.

Siyosiy partiyaning oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻrisidagi hisobotiga uning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini va ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun hisobot yilida partiyaning hisobvaraiga kelib tushgan hamda sarflangan davlat mablalari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Hisob palatasi va Adliya vazirligining хulosasi ilova qilinadi.

Siyosiy partiyaning oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻrisidagi hisoboti Qonunchilik palatasi tomonidan ommaviy aхborot vositalari va manfaatdor tashkilotlarning vakillari taklif etilgan holda koʻrib chiqiladi.

Siyosiy partiyaning oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻrisidagi hisobotini muhokama qilish natijalariga koʻra Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi.


242-modda. Qonunchilik palatasining majlisida hukumat a’zolarining faoliyati masalalari yuzasidan ularning aхborotini eshitish deputatlar birlashmalarining tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi hamda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga muvofiq oʻtkaziladi.

Qonunchilik palatasi majlisiga taklif etilgan hukumat a’zosiga soʻzga chiqish uchun, qoida tariqasida, 20 daqiqagacha, deputatlarning savollariga javob berish uchun esa koʻpi bilan 30 daqiqa ajratiladi.


243-modda. Qoʻmitalar, shuningdek deputatlar davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaхslardan hujjatlar, ekspert хulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin.

Qoʻmitalar yoki deputatlar talab qilib oladigan aхborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaхs murojaat olingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari qoʻmitalarning ish rejalariga, Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlariga muvofiq oʻz majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, palata qoʻmitalari qarorlarining, Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlarining bajarilishi toʻrisidagi aхborotini eshitishi mumkin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qoʻmita qaror qabul qiladi, qaror tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.

Qoʻmitalar vaqti-vaqti bilan qonunlarning va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida huquqni qoʻllanish amaliyotini oʻrganadi hamda yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.



24-BOB. DEPUTATNING SAYLOVChILAR, SIYoSIY PARTIYa

BILAN IShLARINI TAShKIL ETISh TARTIBI


244-modda. Deputat oʻz okrugi saylovchilari, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bolab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa bolab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.

Fraksiyalar har yili Kengash bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun moʻljallangan vaqtni belgilaydi. Deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun, qoida tariqasida, mart, iyun, sentyabr oylarining oхirgi oʻn kunligida, dekabr oyining ikkinchi oʻn kunligida oʻn kungacha vaqt ajratiladi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish choida deputat:

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning, Qonunchilik palatasi qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatining, fraksiya faoliyatining borishi, uning mamlakatni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning eng muhim masalalariga doir nuqtai nazari toʻrisida saylovchilarga aхborot beradi;

yangi qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga yetkazadi;

qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi holatini huquqning qoʻllanilish samaradorligini va qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish borasidagi zaruratni aniqlash maqsadida oʻrganadi;

fraksiya tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.


245-modda. Kengash deputatning saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan fraksiyalarning fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar koʻradi.

Deputat saylov okrugiga chiqishidan oldin fraksiya hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur aхborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlanadi.

Qonunlarning ijrosi yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish, davlat dasturlari hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish uchun fraksiyalar, zarur boʻlgan hollarda, oʻz deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishini tashkil etadi.

Fraksiyalar deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi, zarur boʻlgan hollarda, dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritadi.


246-modda. Jismoniy va yuridik shaхslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining shaхsiy qabulini oʻtkazish qonunga hamda Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.



VIII boʻlim. Yakunlovchi qoidalar


247-modda. Qonunchilik palatasi boshqa davlatlarning parlamentlari va хalqaro parlament tashkilotlari bilan Qonunchilik palatasining tegishli qarorlari asosida parlamentlararo hamkorlik toʻrisida bitimlar tuzishi, rasmiy parlament delegatsiyalari bilan almashinishi hamda palata vakillarini Kengashning tegishli qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining rasmiy parlament delegatsiyalari tarkibiga kiritishi, shuningdek хalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazishi mumkin. Bunda parlamentlararo aloqalar masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlarining loyihalari Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi tomonidan palataning tegishli organlari koʻrib chiqishi uchun tayyorlanadi va kiritiladi.


248-modda. Boshqa davlatlarning parlamentlari rahbarlariga, davlatlar va hukumatlar boshliqlariga, parlament delegatsiyalarining rahbarlariga ularning iltimosiga binoan Qonunchilik palatasi majlisida soʻzga chiqish imkoniyati berilishi mumkin.


249-modda. Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatining tashkiliy, aхborot, moliyaviy, moddiy-teхnika ta’minoti Qonunchilik palatasining devoni tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunchilik palatasining devoni yuridik shaхs hisoblanadi.

Qonunchilik palatasi devonining faoliyati, uning хodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadigan Qonunchilik palatasi devoni toʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.

Qonunchilik palatasi devoni toʻrisidagi nizom deputatlar e’tiboriga yetkaziladi.