Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.03.2016 y. PF-4786-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida" 1998 yil 31 dekabrdagi PF-2165-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

28.03.2016 y.

N PF-4786



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "DAVLAT EHTIYoJLARI

UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIK

MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMARMASINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA" 1998 YIL 31 DEKABRDAGI

PF-2165-SON FARMONIGA QOʻShIMChA

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 1998 yil 31 dekabrdagi PF-2165-son Farmonining 9-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Jamarmaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida olingan Jamarma daromadlari soliqlarga hamda davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar toʻlovlariga tortilmaydi".


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 4 aprel, 13-son, 116-modda