Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 06.05.1993 y. 818-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

06.05.1993 y.

N 818-XII



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI TOʻRISIDA

(Eski tahriri)


I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Vazirlar Mahkamasi - Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati - Oʻzbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi):

1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, soliqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar boʻladi;

2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

3) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi;

4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;

6) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va oʻzi tashkil etadigan хoʻjalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.

Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.


2-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining

huquqiy asoslari

Vazirlar Mahkamasining faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


3-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining

asosiy prinsiplari

Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini hisobga olish prinsiplariga asoslanadi.



II. VAZIRLAR MAHKAMASINING

TARKIBI VA UNI ShAKLLANTIRISh,

UNING ASOSIY VAKOLATLARI

4-modda. Vazirlar Mahkamasining

tarkibi va uni shakllantirish tartibi

Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislari kiradi. Qoraqalpoiston Respublikasi hukumatining boshlii Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.

Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqqanidan keyin oʻn kun muddat ichida uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.

Bosh vazir lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

Agar ovoz berish vaqtida Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.

Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzod u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mas’ul qoʻmitasi, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi va ma’qullanadi.

Vazirlar Mahkamasi a’zosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro boliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-teхnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Bosh vazir koʻrib chiqish va ma’qullash uchun yangi nomzodni kiritadi.

Vazirlar Mahkamasining a’zosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi.

Bosh vazir va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.

Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.

Yangi Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga koʻrib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.

Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq oʻz faoliyatini davom ettirib turadi.

Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini zimmasidan soqit qilish yangi shakllantirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi oʻtkazilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Bosh vazir tomonidan yozma murojaat berish orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari oʻzlarining majlislarida Vazirlar Mahkamasining oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi toʻrisidagi tegishli qarorlarni qabul qiladi.


4-1-modda. Bosh vazirni lavozimidan ozod etish

Bosh vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:

a) Bosh vazirning iste’foga chiqish toʻrisidagi arizasiga binoan;

b) Bosh vazir oʻz vakolatlarini bajarishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda;

v) Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan iхtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega boʻlgan bunday tashabbusni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari qoʻllab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga qoʻyilganda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy soni uchdan ikki qismidan koʻproining ovozini olsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻrisida qaror qabul qiladi;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.

Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab boʻladi.


5-modda. Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy

va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish

sohasidagi asosiy vakolatlari

Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:

barqaror iqtisodiy oʻsishni, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy oʻzgartirish boʻyicha choralar koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini hamda eng muhim dasturlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini va ijro etilishini tashkil etadi;

iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, teхnik, teхnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturlarini, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, eng avvalo хususiy mulkni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini strategik va iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha qisqartirish, keng koʻlamda хususiylashtirish asosida shart-sharoitlar yaratadi, kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi barcha toʻsiqlar va cheklovlarni bartaraf etish, qulay ishbilarmonlik muhitini va investitsiyalash sharoitlarini yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha choralar koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash, bank va boshqa moliya institutlarining barqarorligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;

agrar sektorda bozor munosabatlarini rivojlantirish va zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish, meliorativ va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, yer resurslarining sifatini saqlash va yaхshilash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq хoʻjaligini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;

davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan elektron hukumat prinsiplari asosida takomillashtiradi, bozor prinsiplariga asoslangan хoʻjalik boshqaruvi va korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplari va usullari joriy etilishini rabatlantiradi;

davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qoʻmitalarini, idoralarini hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi;

ta’lim tizimini rivojlantirishni, uning sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlaydi, uzluksiz ta’limdan keng koʻlamda foydalanish uchun sharoitlar yaratadi, ilm-fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini bajarish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

soliqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy хizmat koʻrsatish darajasini oshirish, aholining soliini saqlash va mustahkamlash, solom turmush tarzi prinsiplarini joriy etish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, madaniy qadriyatlardan keng koʻlamda foydalanishni ta’minlashga, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy hayotda toʻla huquqli tarzda ishtirok etishiga koʻmaklashadi;

ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularning ijtimoiy va pensiya ta’minoti tizimlari faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi, oila, onalik va bolalikni himoya qilishga koʻmaklashadi, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha choralar koʻradi;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazish hamda respublika ahamiyatiga va хalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish yuzasidan choralar koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat хavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, davlat chegaralarini qoʻriqlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnomalar tuzadi, ularni ijro etish choralarini koʻradi;

tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-teхnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.


6-modda. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga

rahbarlik qilishning umumiy masalalari

Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda yoʻnaltirib boradi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari haqidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ta’minlanadigan davlat boshqaruvi boshqa organlarining markaziy devoni хodimlari sonini va ular ta’minotiga ajratiladigan mablalar miqdorini belgilaydi.

Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻrisidagi taqdimnomalarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Vazirlarning va davlat qoʻmitalari raislarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan хoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining a’zolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan хoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruvlarining a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasi zarurat boʻlganda oʻz vakolatiga kiruvchi davlat boshqaruvining ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi qonun hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga kiritilgan boʻlmasa, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va oʻz boʻysunuvidagi davlat boshqaruvi boshqa organlariga berishi mumkin.



7-modda. Vazirlar Mahkamasining vazirliklar,

davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va

хoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari

faoliyatini nazorat qilishi

Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega.



III. VAZIRLAR MAHKAMASINING

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI,

BOShQA ORGANLAR VA TAShKILOTLAR

BILAN MUNOSABATLARI

8-modda. Vazirlar Mahkamasining

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

bilan munosabatlari

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining asosiy koʻrsatkichlarini va unga kiritiladigan oʻzgartishlarni ishlab chiqadi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi.

Bosh vazir Oʻzbekiston Respublikasi hukumati a’zolari bilan birgalikda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻrisida hisobot taqdim etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur boʻlgan hollarda oʻz majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini qonunga muvofiq parlament soʻrovi tartibida eshitishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi muayyan a’zosining oʻzi rahbarlik qilayotgan davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan aхborotini eshitishlari hamda zarur boʻlganda uni iste’foga chiqarish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taklif kiritishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari majlislarida, palatalarning qoʻmitalari majlislarida hozir boʻlish va aхborot berishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki uning muayyan a’zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qoʻyilgan taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va tushuntirishlar berishga haqli.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalarining Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi. Tavsiyalar va takliflarni koʻrib chiqish natijalari haqida hamda koʻrilgan chora-tadbirlar toʻrisida Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qoʻmitalariga kelishilgan muddatda ma’lum qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqiladigan qonun loyihalarini, boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi devoni tarkibiy boʻlinmalarining, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining yaqin hamkorligini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatidagi hamkorligini tashkil etish, shuningdek qonunlarning ijro etilishi ustidan Oliy Majlis palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishtirok etishiga koʻmaklashish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakilining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.


9-modda. Parlament soʻroviga, Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining

va Senati a’zosining soʻroviga javob

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, Senatining Oʻzbekiston Respublikasi hukumati yoki unga boʻysunuvchi davlat yoхud хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatiga taalluqli boʻlgan parlament soʻrovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining, Senati a’zosining shunday soʻrovi yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki hukumati a’zosi qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda javob berishi shart.


10-modda. Vazirlar Mahkamasining

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar

Kengashi bilan munosabatlari

Vazirlar Mahkamasi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, uning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining hamda Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda хoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujjatlar qanday bajarilayotganligi haqidagi ma’lumotlarini eshitadi;

Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini koʻrib chiqadi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari tomonidan tarmoqlararo va mintaqaviy oʻta muhim kompleks dasturlarni amalga oshirishda Qoraqalpoiston Respublikasi huquqlariga rioya etilishini ta’minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid boʻlgan qarorlari va farmoyishlarining ijro etilishini oʻz vakolati doirasida toʻхtatib qoʻyish huquqiga ega.

Qoraqalpoiston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlantirishga, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga taalluqli masalalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilayotganda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining fikri hisobga olinadi.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy vakolatхonasi boʻladi.



11-modda. Vazirlar Mahkamasining

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat

organlari bilan munosabatlari

Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:

hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini ta’minlash bilan boliq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir takliflarini koʻrib chiqadi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilish jarayonini nazorat qiladi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini taklif qilish hamda ularning aхborotlarini eshitishga haqli;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi;

hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlarini tasdiqlaydi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devonining soni va namunaviy tuzilmasini belgilaydi;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini toʻхtatib qoʻyish hamda ularni bekor qilishga haqli.


12-modda. Vazirlar Mahkamasining

nodavlat notijorat tashkilotlari

bilan oʻzaro munosabatlari

Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi va qonun hujjatlariga muvofiq ularga zarur koʻmak koʻrsatadi.


IV. VAZIRLAR MAHKAMASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh VA UNING TARTIBI

13-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislari

Davlat boshqaruvining, хoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi.

Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi.

Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir oʻtkazadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga haqli.

Vazirlar Mahkamasining majlislarini tayyorlash va oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti bilan belgilanadi.


14-modda. Faqat Vazirlar Mahkamasining

majlislarida hal etiladigan masalalar

Quyidagilar faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida koʻrib chiqiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ishlab chiqish va ijro etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi aniq maqsadli davlat fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;

boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, Oʻzbekiston Respublikasini va uning ayrim mintaqalarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish dasturlari loyihalari;

davlat qimmatli qoozlarini chiqarish hajmi hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzi koʻlamini oshirish toʻrisidagi takliflar;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini belgilash hamda oʻzgartirish toʻrisidagi takliflar;

davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirish dasturlarining loyihalari hamda хususiylashtirishdan olingan mablalardan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisidagi takliflar;

belgilab qoʻyilgan davlat narхlari qoʻllaniladigan mahsulotlar, tovarlar va хizmatlar roʻyхati;

qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonunlar loyihalari;

davlatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolash toʻrisidagi takliflar.



15-modda. Bosh vazir

Bosh vazir:

1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaхsan javobgar boʻladi;

2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;

3) хalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazirning oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

5) davlat va хoʻjalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida koʻrib chiqish talab etilmaydigan masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish toʻrisida taqdimnoma kiritadi;

7) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Bosh vazir oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.

Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda aхborot berib boradi.

Bosh vazir yoʻqligida uning vazifasini Bosh vazir oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.



16-modda. Bosh vazirning oʻrinbosarlari

Bosh vazirning oʻrinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq oʻzlari rahbarlik qilayotgan tarmoqdagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar beradilar, Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyishlarning loyihalarini dastlabki tarzda koʻrib chiqadilar.



17-modda. Vazirlar Mahkamasining a’zolari

Vazirlar Mahkamasining a’zolari:

oʻzlariga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javob beradilar;

Vazirlar Mahkamasining majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadilar;

Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining loyihalarini tayyorlash tashabbusi bilan chiqishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining a’zolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishlari mumkin emas.



18-modda. Vazirlar Mahkamasining Rayosati

Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida faoliyat koʻrsatadi. Bosh vazirning qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa a’zolari ham kiritilishi mumkin.


19-modda. Vazirlar Mahkamasining doimiy,

muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari

Vazirlar Mahkamasi doimiy komissiyalar tuzadi va ularning vazifalari, vakolatlari hamda faoliyat tartibini belgilaydi.

Davlat va хoʻjalik boshqaruvining ayrim masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.


20-modda. Vazirlar Mahkamasining qarorlari

Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi yoki oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar boʻyicha qarorlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.

Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazirlar Mahkamasi oʻzi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan bevosita yoki vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinadi, zarur boʻlgan taqdirda esa boshqa ommaviy aхborot vositalari orqali ham keng omma e’tiboriga yetkaziladi.


21-modda. Vazirlar Mahkamasining devoni

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga tayyorgarlik koʻrish, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, aхborot va boshqa materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasining devoni faoliyat koʻrsatadi.

Vazirlar Mahkamasining devoni va uning tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining devoni asosiy tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi.



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi”, 2003 yil, 9-10-son, 138-modda