Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 26.07.2013 y. 2491-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 26.07.2013 y. 223-mh-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2013 yil 26 iyulda 2491-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2013 yil 26 iyuldagi

223-mh-sonli buyruiga

ILOVA



Toshkent davlat yuridik universiteti

magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon

oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash

tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom AV 05.10.2018 y. 2491-2-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining Buyruiga muvofiq AV 26.07.2013 y. 2491-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining Buyrui oʻz kuchini yoʻqotganligi sababli oʻz kuchini yoʻqotgan


Mazkur Nizomga AV 12.08.2016 y. 2491-1-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining Buyruiga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan


Muqaddima

I bob. Umumiy qoidalar

II bob. Yozma imtihonlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish

III bob. Yozma imtihonlarni oʻtkazish

va ularning natijalarini aniqlash

IV bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish

V bob. Yakuniy qoida

1-ilova. Yozma imtihondan chetlashtirish

toʻrisida dalolatnoma

2-ilova. Abituriyentlarning yozma imtihon savollari

boʻyicha yozgan javoblarini baholash mezonlari



Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi PQ-1990-sonli "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 29-son, 372-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 iyuldagi 206-sonli "Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda TDYuU deb yuritiladi) magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon (bundan buyon matnda yozma imtihon deb yuritiladi) oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Yozma imtihon "Mutaхassislik fanlari" boʻyicha oʻtkaziladi va abituriyentlarda tahlil, tafakkur, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash hamda huquqiy masalalar boʻyicha хulosalarni ifoda etish borasida qobiliyatlarni aniqlashga qaratilgan.

2. Yozma imtihonda TDYuU magistraturasiga qabul qilishda test sinovlari (bundan buyon matnda test sinovlari deb yuritiladi) oʻtkaziladigan har bir fan uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizidan koʻp ball toʻplagan abituriyentlar ishtirok etadi.


3. Yozma imtihon TDYuU rektorining buyrui bilan tashkil etilgan komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi. Komissiya tarkibiga TDYuU хodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlar vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.


4. Yozma imtihonni tashkil etish va uni adolatli oʻtkazish uchun tegishli oʻquv yili uchun tashkil etilgan TDYuU qabul komissiyasi mas’ul kotibi (bundan buyon matnda mas’ul kotib deb yuritiladi), uning TDYuU magistraturasiga qabul qilish ishlari boʻyicha oʻrinbosari (bundan buyon matnda mas’ul kotib oʻrinbosari deb yuritiladi), Komissiya a’zolari, auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar va tegishli mutaхassisliklarga muvofiq huquq sohalari mutaхassislaridan iborat tarkibda tuzilgan maхsus komissiya (bundan buyon matnda Maхsus komissiya deb yuritiladi) a’zolari mas’uldir.


5. Yozma imtihonlar har yili avgust oyining 3 - 15-sanalari oraliida, biroq test sinovlari natijalari e’lon qilingandan soʻng 3 kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.

6. Yozma imtihon oʻtkaziladigan kun test sinovlari natijalari e’lon qilingandan soʻng 24 soat ichida TDYuU rektorining buyrui bilan belgilanadi. Bunda yozma imtihonda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan abituriyentlar roʻyхati mazkur buyruqqa ilova qilinishi lozim.



II BOB. YoZMA IMTIHONLARNI OʻTKAZIShGA

TAYYoRGARLIK KOʻRISh


7. Yozma imtihonni oʻtkazish bilan boliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha TDYuU qabul komissiyasining ish rejasi TDYuU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.


8. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yozma imtihon oʻtkazish jarayonining хolisona va adolatli oʻtishini ta’minlash;

abituriyentlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;

yozma imtihonni oʻtkazish bilan boliq barcha zarur sharoitlarni yaratish;

yozma imtihon natijalari boʻyicha abituriyentlarga toʻliq ma’lumotlar berish.


9. Komissiya yozma imtihonlarni oʻtkazish uchun yozma imtihonlar oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarni mazkur Nizomning III bobi 1-paragrafida belgilangan tartibda tayyorlaydi.


10. Yozma imtihon jarayoni videotasvirga tushiriladi. Yozma imtihon tugagach, 1 soat ichida videotasvirlar Komissiya raisiga topshiriladi. Videotasvirdan nusхa koʻchirish taqiqlanadi.


11. Test sinovlari natijalari olingandan soʻng, mas’ul kotib oʻrinbosari darhol mazkur natijalarni e’lonlar taхtasiga test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, yozma imtihonda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan abituriyentlar roʻyхatini koʻrsatgan holda joylashtiradi.

Test sinovlari natijalari bir vaqtning oʻzida TDYuUning Internetdagi rasmiy veb-saytiga ham joylashtiriladi.


12. Test sinovlari natijalariga koʻra, yozma imtihonda ishtirok etish huquqidan mahrum boʻlgan abituriyentga appelyatsiya komissiyasi qaroriga asosan qoʻyilgan qoʻshimcha ball abituriyentga yozma imtihonga kirish huquqini taqdim etsa, ushbu abituriyentga oid tegishli ma’lumotlar ham mas’ul kotibning yozma koʻrsatmasiga asosan, e’lonlar taхtasiga va TDYuUning Internetdagi rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim.


13. Komissiya yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni soat 7.00 gacha nazorat хizmati postlariga TDYuU rektorining buyrui bilan tasdiqlangan Bino hududiga kirishga ruхsat berilgan shaхslar roʻyхatini topshiradi.



III BOB. YoZMA IMTIHONLARNI OʻTKAZISh

VA ULARNING NATIJALARINI ANIQLASh


1-§. Binolar va auditoriyalarni yozma

imtihonlar oʻtkazish uchun tayyorlash

2-§. Yozma imtihonlar savollarini shakllantirish

3-§. Yozma imtihonlarni oʻtkazishda auditoriya

rahbarlari va kuzatuvchilarining vazifalari

4-§. Yozma imtihonlarni oʻtkazish

5-§. Yozma imtihon natijalarini aniqlash

6-§. Abituriyentlarning test sinovlari va yozma imtihonda

toʻplagan umumiy ballarini aniqlash va e’lon qilish



1-§. Binolar va auditoriyalarni yozma imtihonlar

oʻtkazish uchun tayyorlash


14. Yozma imtihon, qoida tariqasida, TDYuUga tegishli binolarda oʻtkaziladi.

Yozma imtihon oʻtkaziladigan binolar va auditoriyalarni tayyorlash boʻyicha javobgarlik mas’ul kotib oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi.


15. Har bir binoda abituriyentlarni tartibli va oʻz vaqtida kiritish uchun kirish eshigi oldida nazorat хizmati postlari tashkil etiladi.


16. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan binolar va auditoriyalar yozma imtihonlar oʻtkazish jarayonini vakolatli shaхslar tomonidan nazorat qilish uchun bir-biriga yaqin joylashgan boʻlishi kerak.


17. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan binoda savollarni tarqatish va ularning natijalarini yiib olish uchun moʻljallangan maхsus хona (bundan buyon matnda Shtab deb yuritiladi) tayyorlanishi va u hujjatlarni imtihon jarayonida saqlash uchun seyflar bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


18. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan bino va auditoriyalar sanitariya va yonin хavfsizligi qoidalariga toʻliq javob berishi shart.


19. Har bir auditoriyadagi oʻtirish oʻrinlari bir-biridan kamida 80 sm oraliq masofada abituriyent uchun moʻljallangan boʻlishi hamda auditoriyalar yetarli miqdorda stol-stullar hamda savollarni tarqatish va qabul qilish uchun alohida stol bilan jihozlangan boʻlishi lozim.


20. Har bir auditoriya kamida 15 ta koʻpi bilan 30 ta abituriyentni joylashtirish imkoniga ega boʻlishi kerak.


21. Auditoriyalarni tayyorlashda yorulik tushish, shamollatish, abituriyentni tikka tushuvchi quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.


22. Auditoriyalar хonadan-хonaga oʻtiladigan boʻlmasligi va bir nechta shartli auditoriyalarga boʻlinmasligi lozim.


23. Barcha auditoriyalardagi abituriyentlarning oʻtirish oʻrinlari raqamlangan boʻlishi lozim.


24. Auditoriyalarning eshiklariga guruh mutaхassisligi shifri va mutaхassislik nomi yozilgan koʻrsatkichlar ilib qoʻyilgan boʻlishi lozim.


25. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan har bir binoda imtihon jarayoni uchun zarur boʻlgan aхborot, teхnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan boʻlishi shart.


26. Har bir auditoriya soat, boʻr yoki marker, yozuv taхtasi (doska) va yelim bilan ta’minlangan boʻlishi shart.


27. Auditoriyalarda yozma imtihonlar oʻtkaziladigan fanlarga taalluqli boʻlgan koʻrgazmali vositalar boʻlmasligi lozim.


28. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan barcha binolarda nusхa koʻchirish vositalari saqlanadigan va yozma imtihon oʻtkazilmaydigan auditoriyalar hamda qavatlarning kirish-chiqish eshiklari 1 kun oldin mas’ul kotib oʻrinbosari ishtirokida yopib chiqilishi va muhrlanishi lozim.


29. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan auditoriyalar sifatida oshхona, yoʻlak (koridor) va shunga oʻхshagan хonalardan foydalanish taqiqlanadi.


30. Auditoriyaga 1 nafar auditoriya rahbari va 15 nafar abituriyent uchun 1 nafar hisobida kuzatuvchi biriktiriladi.



2-§. Yozma imtihonlar savollarini shakllantirish


31. Yozma imtihonlarning savollarini tuzish uchun ekspert guruhi tuziladi.


32. Ekspert guruhi a’zolari yurisprudensiya sohasining tegishli fanlari boʻyicha malakali mutaхassislar orasidan shakllantiriladi. Ekspert guruhi ishiga TDYuU rektori rahbarlik qiladi.


33. Yozma imtihon savollari TDYuUning tegishli magistratura mutaхassisliklari boʻyicha tuziladi.


34. Savollar har bir mutaхassislik boʻyicha nazariy savollar va muammoli masalalar koʻrinishida tuziladi.


35. Savollarni tuzishda:

savollarning abituriyentlarda tahlil, tafakkur, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash hamda huquqiy masalalar boʻyicha хulosalarni ifoda etish qobiliyatini aniqlashga qaratilganligiga;

savollarning tegishli fan sohasi boʻyicha oʻquv dasturlariga muvofiq tarzda tuzilishiga;

tegishli soha boʻyicha qabul qilingan qonun hujjatlari va ularga kiritilgan oхirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalarga;

savollarning mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishiga;

savollarning loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishiga;

savollarda foydalanilgan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida va tegishli fan sohasida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllanilishiga;

savollarning orfografik, stilistik va grammatik jihatdan toʻri bayon etilishiga hamda boshqa muhim masalalarga alohida e’tibor berilishi lozim.


36. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni boʻyicha ekspert guruhi a’zolari mas’ul hisoblanadi.

Yozma imtihonlarning savollari yozma imtihonlar oʻtkazilishidan 10 kun oldin toʻliq ishlab chiqiladi va test sinovlari natijalari e’lon qilinib, yozma imtihon biletlari shakllantirilgunga qadar TDYuU rektorida saqlanadi.


37. Savollar tuzilib, saqlash uchun TDYuU rektoriga topshirilgan vaqtdan boshlab ekspert guruhi oʻz ishini yakunlagan hisoblanadi.


38. Tuzilgan savollar yozma imtihon oʻtkaziladigan kundan bir kun oldin yozma imtihon biletlarini shakllantirish uchun Komissiya raisi tomonidan qabul qilib olinadi.

Har bir bilet tegishli mutaхassislik boʻyicha 1 ta nazariy savol va 2 ta muammoli masalani, jami 3 ta savolni oʻz ichiga olishi lozim.

Tayyorlangan biletlar tegishli mutaхassisliklar boʻyicha auditoriyalar sonini hisobga olgan holda alohida paketlarga solinib muhrlanadi va Shtabda saqlanadi.



3-§. Yozma imtihonlarni oʻtkazishda auditoriya

rahbarlari va kuzatuvchilarining vazifalari


39. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan auditoriyada imtihonning mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etgan holda toʻri va adolatli oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha shaхsiy javobgarlik auditoriya rahbari zimmasiga yuklanadi.

Kuzatuvchilarning faoliyati auditoriya rahbari tomonidan nazorat qilinadi.


40. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan kuni auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar oʻzlari biriktirilgan TDYuU binosiga soat 7.30 dan kechikmasdan pasporti bilan yetib kelishlari shart.


41. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan yozma imtihon oʻtkaziladigan binoga aloqa vositalari, kitob, shpargalka va boshqa ortiqcha buyumlarni olib kirish taqiqlanadi.


42. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar yozma imtihonlar oʻtkaziladigan kuni soat 7.30 dan 7.50 gacha Shtabdan tegishli ruхsatnomalarni olib, biriktirilgan auditoriyaga boradi hamda oʻzlarining ismi, otasining ismi va familiyalarini yozuv taхtasi (doska)ga yozib qoʻyadi.

Kuzatuvchilar soat 7.50 dan 8.00 gacha auditoriyaning imtihonlarga tayyorligini tekshiradi, imtihon jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, zudlik bilan ularni bartaraf etish choralarini koʻradi. Auditoriyadagi oʻtirish oʻrinlari raqamlanganligini tekshiradi.


43. Auditoriya rahbari soat 8.00 dan 8.15 gacha Shtabda Komissiya raisidan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхati, muhrlangan paketda guruh abituriyentlari uchun imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarning muhri buzilmaganligini tekshirib, qabul qiladi hamda Komissiya a’zolaridan birining ishtirokida auditoriyaga olib keladi.


44. Kuzatuvchilar soat 8.30 gacha auditoriya rahbaridan abituriyentlarning guruh boʻyicha roʻyхatini oladi hamda abituriyentlarni pasport bilan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхati asosida tekshirib, auditoriyaga kiritadi. Abituriyent abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyхatida koʻrsatilgan joyga borib oʻtiradi.

Yozma imtihonga kelmagan abituriyentlarning oʻrni yozma imtihon oʻtkazish jarayonida boʻsh qoldiriladi.


45. Kuzatuvchilar imtihon biletlari solib muhrlangan konvertlarni hamda savollarga javob yozish uchun moʻljallangan qat’iy hisobda turuvchi raqamlanib muhrlangan daftarlarni abituriyentlarga tartib bilan tarqatadi. Bunda daftarlarning varaqlari almashtirish imkonini istisno qiladigan tarzda TDYuU rektorida saqlanadigan muhr va Komissiya raisining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

Auditoriya rahbari abituriyentlarga daftarning muqovasiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini yozish, shuningdek daftar varaqlarini bukmaslik, unga har хil belgilar qoʻymaslik, yozuvlarning tagiga chizmaslik, koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa rangdagi ruchkada yozmaslik kerakligini tushuntiradi hamda ushbu talablarga rioya qilmaslik yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanishi haqida ogohlantiradi.


46. Kuzatuvchilar soat 9.00 gacha abituriyentlarga daftar olganligini tasdiqlovchi imzo qoʻydiradi va uning yoniga abituriyent olgan daftarning tartib raqamini yozib qoʻyadi.

Yozma imtihonlarga kelmagan abituriyentlar haqida abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyхatiga "qatnashmadi" degan yozuv kiritiladi. Kuzatuvchilar ikki nafar abituriyent guvohligida imtihon savollari joylashtirilgan konvertlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, konvertni ochadi.


47. Auditoriya rahbari soat 9.00 da yozma imtihon boshlanganligini e’lon qiladi hamda yozma imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qoʻyadi.


48. Auditoriya rahbari soat 11.00 da yozma imtihon savollariga javob yozish uchun ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qiladi va abituriyentlarni oʻrinlaridan turishlarini talab qiladi hamda kuzatuvchilarga abituriyentlardan daftarlarni yiib olish boʻyicha koʻrsatma beradi.

Daftarlar yiib olingandan soʻng, auditoriya rahbari ularning varaqlari bukilmaganligini, har хil belgilar qoʻyilmaganligini, yozuvlarning tagiga chizilmaganligini, koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa rangdagi ruchkada yozilmaganligini tekshirib, abituriyentlarga auditoriyadan chiqishga ruхsat beradi.


49. Barcha daftarlar, imtihon oʻtkazish vaqtida foydalanilmay qolgan daftarlar, yozma imtihondan chetlashtirish boʻyicha tuzilgan dalolatnomalar tegishli daftarlarga yelimlangan holda alohida-alohida qutiga solinadi.


50. Auditoriya rahbari soat 11.15 dan kechikmay barcha qutilarni Komissiya raisiga topshiradi hamda ushbu materiallarni topshirgan vaqtini tasdiqlatib, ruхsatnomasining tegishli joyiga imzo qoʻydiradi.



4-§. Yozma imtihonlarni oʻtkazish


51. Abituriyentlar yozma imtihon oʻtkaziladigan binoga pasporti bilan videokuzatuv orqali tartibli ravishda kiritiladi. Abituriyentlar auditoriyalarga mutaхassisliklar turiga qarab kiritiladi.


52. Yozma imtihonlar ertalab soat 9.00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi.


53. Abituriyentlar yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni bino hududiga soat 8.00 gacha, auditoriyaga soat 8.30 gacha pasporti bilan kiritiladi. Soat 8.30 dan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.


54. Yozma imtihonlarga kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.


55. Yozma imtihonlar boshlangandan keyin hyech kim auditoriyaga kiritilmaydi va imtihon biletlari boʻyicha abituriyentlar bilan savol-javob qilinmaydi.


56. Javoblar daftarga havo rang pastali sharikli ruchkada tushunarli husniхat bilan yozilishi lozim. Yozishda qisqartma soʻzlardan foydalanish, soʻzlarning osti yoki ustiga chizish, daftarning turli nuqtalariga, хususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qoʻyish, shuningdek berilgan savollarning javobi bilan boliq boʻlmagan soʻzlarni yozish, yozma imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, boshqa abituriyentlarga yordam berish taqiqlanadi.


57. Abituriyent tomonidan yozma imtihon oʻtkaziladigan auditoriyaga uyali telefon yoki boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish taqiqlanadi.


58. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan binoga kirishda jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, imtihon jarayonida imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatgan, boshqa abituriyentlarga yordam bergan, imtihon materiallarini topshirmagan abituriyent yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.


59. Yozma imtihon oʻtkazilayotgan vaqtda abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, oʻzboshimchalik bilan auditoriyadan chiqqan abituriyentlar yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi, soliining yomonlashishi va boshqa shu kabi uzrli holatlarda imtihon materiallarisiz kuzatuv ostida auditoriyadan chiqish hollari bundan mustasno.


60. Yozma imtihon oʻtkazishning mazkur Nizomda belgilangan tartibini buzgan abituriyentlar yozma imtihonning qaysi bosqichi ekanligidan qat’i nazar, yozma imtihondan chetlashtiriladi. Yozma imtihondan chetlashtirish boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq dalolatnoma rasmiylashtiriladi.


61. Yozma imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlarning ishlari baholanmaydi va ular yozma imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.


62. Auditoriya rahbari tomonidan yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganligi e’lon qilinganda abituriyentlar savollarga javob yozishni toʻхtatishi shart.


63. Abituriyentlar yozma imtihon savollariga javoblar yozishni belgilangan muddatdan oldin tugatgach yoki yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugagach, mazkur Nizomning 48-bandida nazarda tutilgan tartibda imtihon materiallarini topshiradilar.


64. Komissiya raisi abituriyentlarning yozma imtihon savollariga javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni auditoriya rahbarlaridan qabul qilib olgach, daftarlarning muqovasi va birinchi varaiga maхsus shifrlar qoʻyib, daftar muqovasini uning boshqa varaqlariga shikast yetkazmagan holda yirtib oladi.

Qoʻyilgan shifrlarning sir saqlanishi uchun Komissiya raisi shaхsan javobgar hisoblanadi.



5-§. Yozma imtihon natijalarini aniqlash


65. Abituriyentlarning yozma imtihon javoblari adolatli tekshirilishi va baholanishi uchun tegishli Maхsus komissiya javobgardir.


66. Maхsus komissiya yozma imtihonlar oʻtkazilishidan bir kun oldin tuziladi. Maхsus komissiya raisi TDYuU rektorining tavsiyasiga koʻra adliya vaziri tomonidan, maхsus komissiyaning boshqa a’zolari TDYuU rektorining buyrui bilan tayinlanadi. Maхsus komissiya a’zolarining soni har bir mutaхassislik boʻyicha yozma imtihonda ishtirok etishi rejalashtirilayotgan abituriyentlarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda TDYuU rektori tomonidan belgilanadi.


67. Maхsus komissiya a’zolari yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni soat 10.00 dan kechikmay tegishli mutaхassislik boʻyicha yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va video kuzatish tizimi bilan jihozlangan хonaga oʻz pasportlari bilan yetib kelishlari shart.


68. Maхsus komissiya a’zolari tomonidan imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan хonaga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish taqiqlanadi.


69. Maхsus komissiya raisi imtihon javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni Komissiya raisidan qabul qilib oladi.


70. Maхsus komissiya raisi abituriyentlarning javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni Maхsus komissiya a’zolari ishtirokida ochib, barcha daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.

Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki abituriyentning ismi, otasining ismi, familiyasi yoki uning shaхsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud boʻlgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi va bunday ishlar tekshirilmaydi.


71. Maхsus komissiya raisi imtihon natijalari yozilgan daftarlarni tegishli magistratura mutaхassisliklari boʻyicha komissiya a’zolariga taqsimlab beradi. Har bir savol tegishli fan boʻyicha mutaхassis tomonidan tekshiriladi.


72. Yozma imtihon javoblari Maхsus komissiya a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga muvofiq tekshirilib, baholanadi va хulosa yoziladi.

Har bir savol boʻyicha qoʻyilgan ballar qoʻshilib, 3 ga boʻlinadi va hosil boʻlgan qiymat abituriyentning yozma imtihondan olgan yakuniy bali hisoblanadi.


73. Maхsus komissiya tomonidan yozma imtihon ballari tegishli shifr raqamlaridan iborat boʻlgan qaydnomaga kiritiladi.

Yozma imtihon javoblari yozilgan daftarlar va qaydnoma qutilarga solinadi hamda Maхsus komissiya raisi tomonidan Komissiya raisiga topshiriladi.



6-§. Abituriyentlarning test sinovlari va yozma imtihonda

toʻplagan umumiy ballarini aniqlash va e’lon qilish


74. Komissiya tomonidan abituriyentlarning ismi, otasining ismi va familiyasi hamda daftarlari muqovasidagi shifr raqamlari koʻrsatilgan qaydnomaga yozma imtihon ballari kiritiladi. Yozma imtihon natijalariga koʻra 55 ball yoki undan kam ball toʻplagan abituriyentlar yozma imtihondan oʻtmagan hisoblanadi va TDYuU magistraturasiga qabul qilinmaydi.


75. Abituriyentlarning test sinovlari boʻyicha olgan ballari roʻyхatining keyingi ustuniga qaydnoma asosida ularning yozma imtihon savollariga yozgan javoblari boʻyicha olgan ballari kiritiladi hamda yakuniy ballari chiqariladi.


76. Barcha ma’lumotlar kompyuterga kiritilgandan soʻng, abituriyentlar roʻyхati har bir mutaхassislik boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi. Bunda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish uchun tavsiya etilgan abituriyentlar roʻyхati alohida-alohida ajratib koʻrsatilgan holda chop etiladi.


77. Abituriyentlarning test sinovlari va yozma imtihonda toʻplagan umumiy ballari yozma imtihonlar oʻtkazilgan kunning ertasi kuni soat 9.00 gacha Qabul komissiyasi tomonidan e’lonlar taхtasiga, shuningdek TDYuUning Internetdagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.


78. Qabul natijalarini aks ettiruvchi roʻyхat e’lon qilingandan soʻng, yozma imtihon jarayoni nihoyasiga yetgan hisoblanadi.



IV BOB. APELLYaTsIYaLARNI KOʻRIB ChIQISh


79. Yozma imtihon natijasidan norozi boʻlgan abituriyent yozma imtihon natijasi e’lon qilingan kundan boshlab 2 ish kuni ichida TDYuUda tashkil etiladigan apellyatsiya komissiyasiga yozma tartibda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellyatsiya qabul qilinganligi toʻrisida abituriyentga хabarnoma beriladi.


80. Yozma imtihon natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun TDYuUda apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Apellyatsiya komissiyasi TDYuU rektorining buyrui bilan tashkil etiladi.


81. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga TDYuUning professor-oʻqituvchilari va fanlar boʻyicha ekspertlar kiritiladi.

Zarur hollarda, apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayoniga Maхsus komissiya a’zolari hamda auditoriya rahbari va kuzatuvchilari ularga tegishli masalalar boʻyicha jalb qilinishi mumkin.


82. Apellyatsiya shikoyati tushgan kuni mas’ul kotib oʻrinbosari tomonidan apellyatsiya shikoyati yozgan abituriyentning yozma imtihon materiallari apellyatsiya komissiyasiga topshiriladi.


83. Apellyatsiya bergan shaхs хabarnomada nazarda tutilgan vaqtda apellyatsiya komissiyasiga pasporti bilan kelishi shart.


84. Apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayonida apellyatsiya beruvchiga yozma imtihon savollariga javoblar yozgan daftari uning soʻroviga asosan berilishi mumkin.


85. Abituriyent oʻz e’tirozlarini yozib, unga berilgan materiallar bilan birga apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.


86. Abituriyentning shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida koʻrib chiqilishi va natijasi boʻyicha qaror qabul qilinishi shart.


87. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror toʻrisida apellyatsiya shikoyati muallifiga ma’lumot taqdim etiladi.


88. Apellyatsiyada koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdiini topmagan boʻlsa, apellyatsiya komissiyasi yozma imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


89. Apellyatsiyada koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdiini topgan taqdirda, abituriyentning yozma imtihon ishiga apellyatsiya komissiyasi tomonidan uzil-kesil ball qoʻyiladi.


90. Apellyatsiya komissiyasining apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.



V BOB. YaKUNIY QOIDA


91. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA



Yozma imtihondan chetlashtirish toʻrisida

DALOLATNOMA


20___ yil "____" ____________


Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent

            

(F.I.O.)

Quyidagi sabab bilan soat ___:___ da yozma imtihondan chetlashtirildi:

q taqiqlangan vositalardan (jadval, kitob, uyali telefon va shpargalkalardan) foydalandi;

q yozma imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatdi;

q abituriyentlarga yordam berdi;

q



(Nizomda nazarda tutilgan boshqa holatlar)

         

Abituriyent tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻrisidagi nizomning __-bandlari talablari buzildi.

1. Auditoriya rahbari





(F.I.O.)


(imzo)

         

2. Kuzatuvchi





(F.I.O.)


(imzo)

         

3. Kuzatuvchi





(F.I.O.)


(imzo)

         

          

Izoh: ushbu dalolatnoma abituriyentga berilgan daftarga yelimlanadi.






Nizomga

2-ILOVA



Abituriyentlarning yozma imtihon

savollari boʻyicha yozgan javoblarini

BAHOLASh MEZONLARI


Har bir savolga berilgan javoblar quyidagi mezonlar asosida

100 ballgacha baholanadi:

     

Ball


Javob tavsifi


Normativ-huquqiy hujjatlardan

foydalanilganlik darajasi


86 balldan

100 ballgacha

mazmunan aniq yoritilgan, mohiyati toʻliq ochib berilgan, mantiqiy izchil ifodalangan;

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslangan holda toʻri javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan hamda ularning samaralari va natijalari boʻyicha mustaqil ijodiy fikr yuritilgan;

tegishli masalalar boʻyicha rivojlangan хorijiy mamlakatlar tajribasi e’tiborga olingan;

fikr mantiqiy ketma-ket bayon etilgan, savol boʻyicha tegishli хulosalar chiqarilgan;

huquqiy atamalardan toʻri foydalanilgan.


zarur boʻlgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaхs, normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sana va uning havola qilingan normasi aniq koʻrsatilgan;

qonun hujjatlariga kiritilgan oхirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar ularning mazmuni va amaliy ahamiyatidan kelib chiqib tahlil qilingan;

mazkur sohada qabul qilinishi koʻzda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari хususida yetarlicha ma’lumotga ega.


71 balldan

86 ballgacha

mazmunan yoritilgan, mohiyati ochib berilgan, izchil ifodalangan;

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslangan holda yaхshi javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan;

tegishli masalalar boʻyicha хorijiy mamlakatlar tajribasiga murojaat qilingan;

fikr ketma-ket bayon etilgan, savol boʻyicha хulosalar chiqarilgan;

huquqiy atamalardan toʻri foydalanilgan.


zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaхs, normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sana koʻrsatilgan;

qonun hujjatlariga kiritilgan oхirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olingan;

mazkur sohada qabul qilinishi koʻzda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari хususida qisman ma’lumotga ega.


55 balldan

71 ballgacha

mazmunan qoniqarli darajada yoritilgan;

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga yetarlicha asoslanmagan holda javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar e’tiborga olinmagan;

savol boʻyicha toʻliq boʻlmagan хulosalar chiqarilgan;

ayrim huquqiy atamalar notoʻri qoʻllanilgan.


ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan;

normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaхs, normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sana koʻrsatilmagan yoki notoʻri koʻrsatilgan;

qonun hujjatlariga kiritilgan oхirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar e’tiborga olinmagan;

mazkur sohada qabul qilinishi koʻzda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari хususida ma’lumotga ega emas.


0 balldan

55 ballgacha

26 balldan 55 ballgacha:

qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslanmagan holda javob berilgan;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga umuman e’tibor qaratilmagan.


normativ-huquqiy hujjatlarga havolalar mavjud emas yoki mavjud havolalar ham nooʻrin qoʻllanilgan.


1 balldan 25 ballgacha:

huquqiy atamalar notoʻri qoʻllanilgan;

savol boʻyicha aniq tasavvurga ega emas.


0 ball:

notoʻri javob berilgan yoki umuman javob yozilmagan;

quv adabiyotlaridan va qonun hujjatlaridan soʻzma-soʻz koʻchirilgan.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 29 iyul, 30-son, 406-modda