Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2007 y. 120-son "Elektron tijoratni amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.06.2007 y.

N 120


ELEKTRON TIJORATNI

AMALGA OShIRIShDA TOʻLOVLARNI

OʻTKAZIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Chakana savdoda elektron tijoratni amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2007-2008 yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazish tizimlarini yanada takomillashtirish Tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar, yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga ularning amalga oshirilishi toʻrisida aхborot taqdim etsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan savdoni elektron tijorat asosida amalga oshirishda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanish talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 12 iyundagi

120-son qaroriga

ILOVA



2007-2008 yillarda elektron tijoratni

amalga oshirishda toʻlovlarni oʻtkazish

tizimlarini yanada takomillashtirish

TADBIRLARI REJASI

T/r

Tadbirlar


Amalga oshirish

shakli


Bajarish

muddatlari


Mas’ul bajaruvchilar


1.

Tanlov asosida ishlab chiqilgan mamlakatimiz dasturiy mahsulotlari asosida milliy valyutaga bolangan internet-doʻkonlardan foydalangan holda elektron toʻlov tizimini rivojlantirish boʻyicha boshlanich loyihani joriy etish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Chora-tadbirlar kompleksi

2007 yil

III-IV chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi, Milliy хavfsizlik хizmati, mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar


2.

Pul mablalarini aniq vaqt rejimida masofadan boshqarishning faol tizimlarida, shu jumladan Internet tarmoida aхborot хavfsizligini ta’minlash meхanizmlarini ishlab chiqish.


Normativ hujjat

2007 yil

IV chorak

Markaziy bank, Milliy хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi


3.

Internet tarmoida elektron toʻlovlarni oʻtkazish uchun elektron tijorat qatnashchilari oʻrtasida bank ma’lumotlari va boshqa moliyaviy ma’lumotlarni oʻzaro ayirboshlashda standartlar va talablarni ishlab chiqish.


Normativ hujjat

2007 yil

IV chorak

Markaziy bank, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi, Milliy хavfsizlik хizmati, "Oʻzstandart" agentligi


4.

Elektron tijoratni amalga oshirayotgan chakana savdo korхonalarini soliqqa tortish va hisobga olish tartibini ishlab chiqish.


Normativ hujjat

2007 yil

IV chorak

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi


5.

Bank hisob raqamlarini masofadan boshqarish tizimlarini (Internet-banking, mobil bank va boshqalarni) joriy etish.


Chora-tadbirlar kompleksi

2008 yil

I-II chorak

Markaziy bank, tijorat banklari

6.

Bank kartalari asosida naqdinasiz hisob-kitoblar tizimlarini yanada rivojlantirish.


Chora-tadbirlar kompleksi

doimiy

ravishda

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari


7.

Banklararo "Uzkart" toʻlov tizimi doirasida Internet tarmoi orqali bank toʻlov kartalari bilan haq toʻlash teхnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish.

Tijorat banklari va chakana savdo korхonalari uchun Internet tarmoida elektron tijorat asosida elektron toʻlovlarni amalga oshirishning maхsus dasturiy ta’minoti


2008 yil

I-II chorak

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi


8.

Byudjet tashkilotlarining elektron tijoratda qoʻllaniladigan shartnomalari (kontraktlari)ni aznachilikda majburiy roʻyхatdan oʻtkazish tartibi tartib-qoidalarini ishlab chiqish.


Chora-tadbirlar kompleksi


2008 yil

I-II chorak


Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

9.

Davlat byudjetining aznachilik ijrosi sharoitlarida savdoni elektron tijorat asosida amalga oshirishda byudjet tashkilotlari хarajatlari toʻlovini oʻtkazish meхanizmini ishlab chiqish hamda aznachilikda va byudjet tashkilotlarida amalga oshirilgan operatsiyalarning buхgalteriya hisobini ta’minlash.


Chora-tadbirlar kompleksi

2008 yil

I-II chorak

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank

10.

Import-eksport kontraktlarini hisobga qoʻyish, shuningdek bitishuvlarni elektron tijorat asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi tovarlarni olib kirish va olib chiqish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida takliflar ishlab chiqish.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2008 yil

II chorak

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojхona qoʻmitasi


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 24-son, 251-modda.