Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 29.04.2004 y. 614-II-son "Elektron tijorat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

29.04.2004 y.

N 614-II


"ELEKTRON TIJORAT TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. "Elektron tijorat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) oʻz qarorlarini "Elektron tijorat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                      E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 20-son, 233-modda.