Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 25.05.2016 y. 1-son "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 03.06.2016 y. 1712-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.06.2016 y.

N 1712-6




NAZORAT QILUVChI ORGANLAR

FAOLIYaTINI MUVOFIQLAShTIRUVChI

RESPUBLIKA KENGAShINING

25.05.2016 y.

N 1


QARORI



Nazorat qiluvchi organlar tomonidan

yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini

tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida


[Koʻchirma]


Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasidan kelib chiqqan holda Respublika kengashi QAROR QILADI:


11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016 yil 12 martdagi 15/1-5430-sonli хatiga asosan Kengashning 2007 yil 3 sentyabrdagi 01-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1712, 2007 yil 3 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 35-36-son, 370-modda) 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh vaziri, Kengash raisi                                         Sh. Mirziyoyev






Qarorga

1-ILOVA



Nazorat qiluvchi organlar tomonidan

yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini

tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 13-banddagi "rejasini" va "rejalarining" degan soʻzlar tegishlicha "dasturini" va "dasturlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 16-banddagi "rejasi" degan soʻz "dasturi" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3. 1-ilova quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tugatilgandan keyingi davrda aniqlangan, u faoliyat koʻrsatgan vaqtda yoʻl qoʻyilgan qonun hujjatlari talablari buzilganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni nazorat qilish.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 6 iyun, 22-son, 262-modda