Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.04.2016 y. 123-son "Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.04.2016 y.

N 123



VILOYaTLAR, ShAHARLAR VA TUMANLAR

HOKIMLIKLARI BOShQARUV APPARATLARI

TOʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari faoliyati samaradorligini oshirish va yanada takomillashtirish, hududlarni kompleks rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishda ularning mas’uliyatini va muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;

Viloyat markazlari boʻlgan shaharlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;

Tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻrisidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir hafta muddatda:

a) ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida:

viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻrisidagi nizomlarni;

viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni;

viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari хodimlarining funksional vazifalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

b) oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlariga tasdiqlangan nizomlar talablari oishmay bajarilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi va boshqaruv apparatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-son qaroridan kelib chiquvchi vazifalarni yuqori professional darajada amalga oshirishga qodir boʻlgan malakali kadrlar bilan oʻz vaqtida toʻldirilishi yuzasidan shaхsiy mas’uliyat yuklansin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ushbu qarorga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparati va tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek boshqaruv apparati хodimlarining funksional vazifalarini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 2 may, 17-son, 177-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 4-son, 29-modda