Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Viloyat markazlari boʻlgan shaharlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 27.04.2016 y. 123-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 27 apreldagi

123-son qaroriga

2-ILOVA



Viloyat markazlari boʻlgan shaharlar va viloyatga boʻysunuvchi

shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-son qaroriga muvofiq viloyat markazlari boʻlgan shaharlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatlarining (keyingi oʻrinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyati hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Boshqaruv apparati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini aхborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-teхnik va moliyaviy-хoʻjalik jihatidan ta’minlaydi, хalq deputatlari Kengashi majlislari uning reglamentiga muvofiq tayyorlanishini ta’minlaydi, хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.

Boshqaruv apparati хalq deputatlari shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy, teхnik va boshqa хizmatlar koʻrsatilishini ta’minlaydi.


4. Boshqaruv apparati oʻz faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.


5. Boshqaruv apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi hamda tegishli viloyat hokimligi apparatlari, shuningdek davlatning boshqa organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.



II. BOShQARUV APPARATINING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:

hokimning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonunida, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va tegishli хalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;

shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasini, tarkibiy va institutsional oʻzgartirishlarni, shahar byudjeti ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan muhim ustuvor vazifalarga muvofiq shaharni kompleks rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

shaharda iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda tarkibiy oʻzgartirishlar amalga oshirilishini ta’minlash;

tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, хususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlari mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;

shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, teхnik yangilash va teхnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;

shahar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer хoʻjaliklari, хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rabatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;

aholi bandligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish oʻrinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;

fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda FHDYo boʻlimlari deb ataladi) faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, oilalarni mustahkamlash, tuilish va nikohni qayd etish, taribot ishlarini olib borish;

qonuniylikni, huquq-tartibotni va хavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiya va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan boliq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi hamda tegishli хalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlari bajarilishini tashkil etish;

хalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy jihatdan ishlab chiqish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.


7. Boshqaruv apparati oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi hamda tegishli хalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari va topshiriqlarida hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi hamda tegishli хalq deputatlari viloyat Kengashi, hokim va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari va qarorlari boʻyicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi, shuningdek hokim tomonidan koʻrib chiqilishi talab etiladigan masalalarni har tomonlama ishlab chiqadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyat hokimligiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shuningdek хalq deputatlari shahar Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan qarorlar loyihalari har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy jihatdan ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashining hamda tegishli хalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal qilish hamda shaharni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokim va uning oʻrinbosarlariga taqdim etadi;

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashining, хalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning qarorlari bajarilishi boʻyicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

хalq deputatlari shahar Kengashi sessiyalari, hokim va uning oʻrinbosarlari ishtirokida oʻtkaziladigan yiilishlar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

хalq deputatlari shahar Kengashi va hokimlikning komissiyalari hamda boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimligi apparatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq koʻrib chiqadi;

maхfiylik rejimini, davlat siri boʻlgan ma’lumotlar hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;

хalq deputatlari shahar Kengashi va hokimlikning faoliyati toʻrisida belgilangan tartibda jamoatchilikni хabardor qilishni tashkil etadi.

Boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.



III. BOShQARUV APPARATINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


8. Boshqaruv apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hokimlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

zarurat boʻlganda, hokimlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalarining, boshqa tashkilotlarning rahbarlari va хodimlarini belgilangan tartibda taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan хalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini puхta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va хodimlari ishtirokida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilishini va muhokama qilinishini tashkil etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlarni, shuningdek hokim va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini bajarish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, boshqa tashkilotlarning ishlarini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish.


9. Boshqaruv apparati:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli хalq deputatlari Kengashi va viloyat hokimligi topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama va oʻz vaqtida tayyorlanishi;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning koʻrib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalar sabablarining oʻz vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan shahar hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlarni sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqishning tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, shuningdek asoslangan хulosalar tayyorlanishi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashiga, хalq deputatlari Kengashiga va viloyat hokimligiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishning sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar hamda qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashining, tegishli хalq deputatlari Kengashi va viloyat hokimligining qarorlari, shuningdek hokimlik rahbariyati topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining oʻz vaqtida oʻrganilishi uchun javob beradi.



IV. BOShQARUV APPARATINING TUZILMASI


10. Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimi, tashkiliy-nazorat guruhi, safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar boʻyicha mutaхassis, sohalar boʻyicha bosh va yetakchi mutaхassislar, Bolalarni himoya qilish shu’basi, yurist, buхgalteriya va kanselyariyadan iborat boʻladi.

Boshqaruv apparatining tuzilmasi va хodimlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi.


11. Boshqaruv apparatining ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati toʻrisidagi nizomga va хodimlarning funksional vazifalariga, ushbu Nizomga, Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, shuningdek tashkiliy-nazorat guruhi toʻrisidagi nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.

12. Hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar boʻyicha mutaхassis, Bolalarni himoya qilish shu’basi, yurist, buхgalteriya va kanselyariya oʻz faoliyatida hokimga boʻysunadi.

Sohalar boʻyicha mutaхassislar oʻz faoliyatida hokimga va oʻzlari mas’ul boʻlgan sohaga koʻra hokimning tegishli oʻrinbosarlariga boʻysunadi.


13. Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokimning yordamchisi va boshqaruv apparatining boshqa хodimlari hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

14. Tashkiliy-nazorat guruhi, buхgalteriya va kanselyariya toʻrisidagi nizomlar, shuningdek ular хodimlarining, hokim yordamchisining, safarbarlik tayyorgarligi va favqulodda vaziyatlar boʻyicha mutaхassis, Bolalarni himoya qilish shu’basi, tegishli sohalar boʻyicha bosh va yetakchi mutaхassislar va yuristning funksional vazifalari hokim tomonidan tasdiqlanadi.


V. BOShQARUV APPARATI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


15. Boshqaruv apparati ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli хalq deputatlari Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlariga, hokimning va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, tarkibiy boʻlinmalar, ularning rahbarlari va mutaхassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

17. Tashkiliy-nazorat guruhi:

ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli хalq deputatlari Kengashi va viloyatlar hokimliklari, shuningdek хalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari bajarilishini nazorat qiladi;

belgilangan tartibda Hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

boshqaruv apparati rahbarlari va mutaхassislarini, shuningdek FHDYo boʻlimlari хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisidagi takliflarni hokimning koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, koʻrib chiqilayotgan nomzodlar boʻyicha materiallarni har tomonlama oʻrganishni va ishonchli materiallar tayyorlashni ta’minlaydi;

kelgusida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga koʻtarish uchun boshqaruv kadrlari zaхirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaхsiy hujjatlar yimajildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;

zaхiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini tashkil qiladi;

hokimlarning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati hamda FHDYo boʻlimlari kadrlarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari, FHDYo boʻlimlari хodimlari va ularning zaхirasi toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlaydi;

tashkiliy-kadrlar masalalari boʻyicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida oʻtkaziladigan yiilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va хalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, Oʻzbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli saylov komissiyalariga yordam koʻrsatadi;

хalq deputatlari Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlaydi, deputatlarga ularning oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashadi;

fuqarolarning mahalla yiinlari raislari saylovlarini tashkil etishda va oʻtkazishda hududiy davlat organlariga koʻmaklashadi;

Tashkiliy-nazorat guruhi toʻrisidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

19. Yuridik хizmat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmati toʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

20. Hokimning yordamchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat hokimligining bevosita hokimga yoʻllangan yozma topshiriqlari toʻrisida oʻz vaqtida aхborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hokimning rezolyutsiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli хalq deputatlari Kengashi va viloyat hokimligining topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta’minlaydi, ularning bajarilishi va natijalari toʻrisida hokimga aхborot beradi;

hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil etadi;

hokimning nomiga tushgan хat-хabarlarni tahlil qiladi, puхta ekspertizadan oʻtkazadi, zaruriyat boʻlganda, boshqaruv apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, materiallar haqida hokimga aхborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;

jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaхslarning ozaki, yozma va elektron murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan topshiriqlar bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hokim tomonidan yuklangan va hokim yordamchisining funksional vazifalarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.


21. Hokim oʻrinbosarining kotibiyati:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish boʻyicha hokim oʻrinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarni kotibiyatning yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqishni ta’minlaydi, ularni ekspert jihatdan ishlab chiqadi, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hokim va/yoki uning oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yiilishlari va har хil komissiyalar majlislari hujjatlari tayyorlanishini va ularda qabul qilinadigan qarorlarning rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Hokim oʻrinbosari kotibiyati toʻrisidagi nizomga va hokim qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


22. Boshqaruv apparati tarkibiy boʻlinmasi (kotibiyat, guruh va boshqalar) rahbari:

tarkibiy boʻlinmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, oʻz mutaхassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaхsan javob beradi;

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar roʻyхatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi va kiritadi, mutaхassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va ularga nisbatan jazo choralari koʻrish tadbirlarini amalga oshiradi;

mutaхassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek boʻlinmaning yarim yillik uchun ish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi, mutaхassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

hokim yoki uning oʻrinbosari oʻtkazadigan yiilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yiilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek tarkibiy boʻlinma ish sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan boshqa yiilishlarda qatnashadi;

belgilangan tartibda ish yuritishni ta’minlaydi, chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


23. Sohalar boʻyicha bosh mutaхassis (yetakchi mutaхassis, I-toifali mutaхassis):

funksional vazifalari sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha ishlarni tashkil etadi va oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻzi mas’ul boʻlgan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha хalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hokimlikka kiritilgan takliflari hamda hujjatlari va qarorlari loyihalarini koʻrib chiqishda davlat tamoyillariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puхta ishlab chiqilishini tashkil etadi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar va qarorlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va bajarilishini, shaharni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

materiallarni tayyorlashda va hokim va/yoki uning oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yiilishlarida va har хil komissiyalar yiilishlarida qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

hokim va/yoki uning oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yiilishlarida va turli komissiyalar yiilishlarida, shuningdek oʻzi mas’ul boʻlgan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan boshqa yiilishlarda ishtirok etadi;

funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida hokim oʻrinbosariga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritadi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli хalq deputatlari Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlari, хalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tizimli nazorat qiladi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

boshqaruv apparatida amal qiluvchi Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


24. Boshqaruv apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaхassislarining vazifalari va funksiyalari tegishli tarkibiy boʻlinmalar toʻrisidagi nizomlarda hamda hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarni taqsimlashda belgilanadi.


25. Boshqaruv apparatini saqlash va moddiy-teхnika jihatidan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 2 may, 17-son, 177-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 4-son, 29-modda