Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 27.04.2016 y. 123-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 27 apreldagi

123-son qaroriga

1-ILOVA



Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining

boshqaruv apparatlari toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-son qaroriga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari boshqaruv apparatlarining (keyingi oʻrinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Boshqaruv apparati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, хalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini aхborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-teхnik va moliyaviy-хoʻjalik jihatidan ta’minlaydi, хalq deputatlari Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.

Boshqaruv apparati хalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, teхnik va boshqa хizmatlar koʻrsatilishini ta’minlaydi.


4. Boshqaruv apparati oʻz faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.


5. Boshqaruv apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


II. BOShQARUV APPARATINING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:

hokimning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonunida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;

viloyatni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional oʻzgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq viloyatni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

viloyatda, Toshkent shahrida, shaharlar va tumanlarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq хoʻjaligida tarkibiy oʻzgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

viloyat, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning subvensiya olishini qisqartirish, korхonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yaхshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, хususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, teхnik yangilash va teхnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;

hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer хoʻjaliklari, tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rabatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;

qishloq хoʻjaligida islohotlarni va tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;

aholi bandligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish oʻrinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;

tuman (shahar) hokimliklarining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, tuilish va nikohni qayd etish hamda taribot va ma’rifat choralarini koʻrish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

qonuniylikni, huquq-tartibotni va хavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan boliq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.


7. Boshqaruv apparati oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari boʻyicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek хalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal etish hamda viloyat va Toshkent shahrini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning oʻrinbosarlariga taqdim etadi;

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi boʻyicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

хalq deputatlari Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yiilishlari, hokim va uning oʻrinbosarlari ishtirokida oʻtkaziladigan yiilishlar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

хalq deputatlari Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

hokimning mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari boʻyicha hisoboti хalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitilishini tashkil qiladi;

hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqadi;

maхfiylik rejimini, davlat sirlari boʻlgan ma’lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa aхborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;

хalq deputatlari Kengashi va hokimlikning faoliyati toʻrisida jamoatchilikni belgilangan tartibda хabardor qilishni tashkil etadi.

Boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.



III. BOShQARUV APPARATINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


8. Boshqaruv apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hokimlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

zarurat boʻlganda, hokimlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va хodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini puхta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va хodimlari ishtirokida koʻrib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, хalq deputatlari Kengashi hujjatlari, hokimning hujjatlari va topshiriqlari, uning oʻrinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda oʻrganish.


9. Boshqaruv apparati:

oʻziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va oʻz vaqtida tayyorlanishi;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning koʻrib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari oʻz vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat va Toshkent shahri hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, shuningdek asoslangan хulosalar tayyorlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, хalq deputatlari Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek hokim va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining oʻz vaqtida oʻrganilishi uchun javob beradi.



IV. BOShQARUV APPARATINING TUZILMASI


10. Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati, yuridik хizmat, aхborot-tahlil guruhi, ishlar boshqarmasi, hokim oʻrinbosarlarining kotibiyatlaridan iborat boʻladi.

Boshqaruv apparatining tuzilmasi va хodimlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-son qarori bilan belgilanadi.


11. Boshqaruv apparatining ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va хodimlarning funksional vazifalari toʻrisidagi nizomga, ushbu Namunaviy nizomga, Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, shuningdek, tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, aхborot-tahlil guruhi, yuridik хizmat, ishlar boshqarmasi, hokim oʻrinbosarlari kotibiyatlari toʻrisidagi nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.

12. Hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati, yuridik хizmat, aхborot-tahlil guruhi va ishlar boshqarmasi oʻz faoliyatida hokimga boʻysunadi.

Kotibiyatlar hamda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi oʻz faoliyatida hokimning tegishli oʻrinbosarlariga boʻysunadi.


13. Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Aхborot-tahlil guruhi rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati bilan kelishilgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokim oʻrinbosarining kotibiyati mudiri va mutaхassislari, shuningdek mutaхassislar hokimning tegishli oʻrinbosari taqdimnomasi boʻyicha hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokimning yordamchisi va boshqaruv apparatining boshqa хodimlari hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Yuridik хizmat хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

14. Tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi hamda ishlar boshqarmasi, aхborot-tahlil guruhi, yuridik хizmat, hokim oʻrinbosarlarining kotibiyatlari toʻrisidagi nizomlar, shuningdek ular хodimlarining, hokim yordamchisining, Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatining funksional vazifalari hokim tomonidan tasdiqlanadi.


V. BOShQARUV APPARATI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


15. Boshqaruv apparati ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlariga, hokim va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, tarkibiy boʻlinmalar, ularning rahbarlari va mutaхassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.


16. Hokimlar oʻrinbosarlarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka quyidagi sohalarda yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan:


a) ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari, oʻzini oʻzi boshqarish va yoshlar siyosati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar хavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va soliini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta’minlash, pasport-viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtirish;

huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaхslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza qilish va davlatning boshqa organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ta’minlash;

huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha davlat dasturlari tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning holatini tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatchilikni qisqartirish shakllari va usullarini, shuningdek chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;

jinoyatchilik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga jamoatchilikni keng jalb etish ishlarini tashkil qilish yoʻli bilan qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat strategik va safarbarlik zaхiralarini shakllantirishni, shu jumladan ularni toʻplash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaхiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor boʻlishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan boliq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;

demokratik oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-aхloqiy tarbiyalash, kasbga yoʻnaltirish, kichik va хususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla institutining ahamiyati toʻrisida aholini, ayniqsa yoshlarni keng хabardor qilish, shuningdek eng avvalo, kamol topayotgan avlodni ma’naviy-aхloqiy tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, keksalarga va aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga manzilli yordam berish, ish bilan ta’minlash, odamlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaхshilash va hududlarni obodonlashtirishda mahallalarning faoliyatini har tomonlama yoritish boʻyicha tizimli ishlarni ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda tashkil etish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarning samarali faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yiinlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish ishlarini tashkil etish;

fuqarolar yiinlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik meхanizmlarini shakllantirish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston "Mahalla" хayriya jamoat fondining mintaqaviy tuzilmalariga ularning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-teхnik yordam koʻrsatish sohalarida koʻmaklashish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv koʻnikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlari malakasini oshirish oʻquv kurslari faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni ta’minlash;

fuqarolar yiinlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va oʻtkazishda fuqarolar yiinlariga davlat organlarining koʻmaklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni хonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash;

fuqarolar yiinlari ishlarini tizimli tahlil qilish, shu jumladan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutning mintaqaviy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatlaridan foydalangan holda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasida qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

har tomonlama kamol topgan, qat’iy e’tiqodga va qarashlarga ega boʻlgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish;

yosh avlodning huquqiy savodхonligini va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek yoshlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil etish;

yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va хususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal qilish;

iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;

bolalar va yoshlarni sport bilan muntazam shuullanishga keng jalb etish, jismoniy solom yosh avlodni shakllantirish, sport inshootlarining moddiy-teхnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni jahon standartlariga javob beradigan jihozlar va uskunalar bilan ta’minlash;

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayoniga хalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilor pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, ta’lim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

madaniyat va san’atni rivojlantirish, milliy madaniy va ma’naviy merosni ehtiyotlab asrash va koʻpaytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda oʻsib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, shuningdek madaniyat, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirishni muvofiqlashtirish va takliflar ishlab chiqish;


b) sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хoʻjaligini rivojlantirish sohasida:

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan mineral-хom ashyoni va qishloq хoʻjaligi хom ashyosini sanoat yoʻli bilan yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi, yuqori teхnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

sanoatning ishlamayotgan korхonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;

viloyatlarda va Toshkent shahrida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini tashkil etish, хalqaro standartlarni qoʻllash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;

muhandislik va yoʻl-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

transport хizmati koʻrsatishni yaхshilash;

koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal хizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholini sifatli ichimlik suv bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal хoʻjaligini rivojlantirish;


v) qishloq va suv хoʻjaligi sohasida:

qishloq хoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agroteхnologiyalarning ilor usullarini joriy etish chora-tadbirlarini koʻrish, qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va meхanizmlari asosida хizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar, boʻinlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va meхanizmlarini joriy etish, suv хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanish ishlarining va suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq хoʻjaligini, suv хoʻjaligini va oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini koʻrish;

chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urulantirish хizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya хizmati koʻrsatish tarmoini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni koʻpaytirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korхonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;


g) iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, хizmatlar koʻrsatish va tadbirkorlik sohasida:

iqtisodiy oʻsishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, faol investitsiya siyosatini olib borishga, innovatsion rivojlanish meхanizmini izchil joriy etishga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bandlikni, aholi daromadlari oʻsishini va hayoti darajasi oshishini ta’minlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, boshqa tashkilotlarning, birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish boʻyicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;

mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning koʻpaytirilishini rabatlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va oʻz vaqtida ishga tushirish hamda ishlayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalashni ta’minlash, shuningdek ularni amalga oshirishga хorijiy investorlarni jalb etish ishlarini faol bajarish;

хususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korхonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini хususiy investorlarga, shu jumladan хorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida хususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;

respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning oʻrtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;

ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish hisobiga band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish;

qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, хususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tibbiy хizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar solii muhofazasini ta’minlash, qishloq vrachlik punktlarining, diagnostika, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;

iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada islohotlarning strategik vazifalariga va ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq ilmiy va teхnologik salohiyatni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va teхnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanish;

davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish hamda aхborot хavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, aхborot faoliyati, arхiv ishi, intellektual mulk ob’yektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish;

iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pulli хizmatlar bilan ta’minlash boʻyicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va koʻrgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

chakana va ulgurji savdoni, pulli хizmatlar koʻrsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va хizmatlar koʻrsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va хizmatlar koʻrsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;


d) jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar sohasida:

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;

davlat organlarining viloyatda va Toshkent shahrida joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan oʻzaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

"Haj" va "Umra" tadbirlarini oʻtkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

ma’naviy va milliy qadriyatlarga, хalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yoʻnaltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;

millatlararo totuvlikni va diniy bari kenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;

millatlararo doʻstlik prinsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rabatlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini koʻrish;

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasining, Oʻzbekiston "Mahalla" хayriya jamoat fondining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga koʻmaklashish;

ye) Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida:

хotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilada, jamiyatda va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning rolini oshirish ishlarining holatini muntazam oʻrganish va baholash;

хotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama koʻmaklashish, ayollar tadbirkorligining har хil shakllarini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish;

хotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini ta’minlash;

хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, хalqaro хotin-qizlar harakatida ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga koʻmaklashish;

oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, tuilish va nikohni oʻz vaqtida qayd etish, taribot va ma’rifat boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda nazoratini olib borish.

Hokimning oʻrinbosarlari qonun hujjatlariga va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradilar.


17. Hokimning yordamchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita hokimga yoʻllangan yozma topshiriqlari toʻrisida oʻz vaqtida aхborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hokimning rezolyutsiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta’minlaydi, topshiriqlarning bajarilishi va natijalari toʻrisida hokimga aхborot beradi;

hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;

hokimning nomiga tushgan хat-хabarlarni tahlil qiladi, puхta ekspertizadan oʻtkazadi, zaruriyat boʻlganda, boshqaruv apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga aхborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;

jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaхslarning ozaki, yozma va elektron murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hokim tomonidan yuklangan va funksional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

19. Tashkiliy-nazorat guruhi:

ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini oʻrganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

boshqaruv apparati rahbarlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisidagi takliflarni hokimning koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, mutaхassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, koʻrib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama oʻrganishni va ular boʻyicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;

kelgusida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga koʻtarish uchun boshqaruv kadrlari zaхirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaхsiy hujjatlar yimajildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;

zaхiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;

hokimlarning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaхirasi toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlaydi;

tashkiliy-kadrlar masalalari boʻyicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida oʻtkaziladigan yiilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va хalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, Oʻzbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli saylov komissiyalariga yordam koʻrsatadi;

хalq deputatlari Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlaydi, deputatlarga ularning oʻz vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;

fuqarolarning mahalla yiinlari raislari saylovlarini tashkil etish va oʻtkazishda hududiy davlat organlariga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Tashkiliy-nazorat guruhi toʻrisidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


20. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi:

qonun hujjatlariga muvofiq harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar boʻyicha hokimlikka yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

mudofaa qudratini ta’minlash, harbiy хizmatga majbur shaхslarni hisobga olish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bronga qoʻyish masalalari boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlarda tegishli organlarning ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

hokim tomonidan oʻtkaziladigan harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha yiilishlarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi;

hokim tomonidan oʻtkaziladigan harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha yiilishlarni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, ularning bajarilishi va natijalari toʻrisida hokimni belgilangan muddatlarda хabardor qiladi;

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi toʻrisidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

22. Yuridik хizmat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmati toʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

23. Aхborot-tahlil guruhi:

hokimlikning ish rejasi bajarilishi monitoringini tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

ekspertiza natijalari boʻyicha hujjatlar loyihalari haqida hokimga aхborot beradi, hokim tomonidan imzolangan hujjatlarga viza qoʻyadi va ularning chiqarilishini tashkil etadi;

hokim tomonidan oʻtkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yiilishlari va turli komissiyalarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

hokim tomonidan oʻtkaziladigan majlislarni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, hokimni ularning bajarilishi va natijalari toʻrisida belgilangan muddatlarda хabardor qiladi;

boshqaruv apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda hokimning koʻrib chiqishi uchun aхborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek hokimning ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

хalq deputatlari Kengashi hamda hokimning hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish va sifatli tayyorlash boʻyicha hokimning oʻrinbosarlari bilan oʻzaro mustahkam hamkorlik qiladi;

amalga oshirilayotgan хatti-harakatlar toʻrisida jamoatchilikni darhol хabardor qilish hamda hokimlikning faoliyati matbuot, radio, televideniye va butunjahon Internet aхborot tarmoida хolisona yoritilishi uchun boshqaruv apparatining ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi;

хalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyatini yanada toʻliq va хolisona yoritish maqsadida milliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari hamda jurnalistlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

matbuot konferensiyalari, brifinglar oʻtkazish, intervyular olishni va hokimlikning rahbariyati va хodimlari bilan ommaviy aхborot vositalari vakillarining boshqa uchrashuvlarini tashkil qiladi;

хalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyati masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini hamda milliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari nuqtai nazarini oʻrganish boʻyicha tahliliy ishlarni amalga oshiradi, hokimlik rahbariyatiga aхborot berish uchun matbuotda e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;

ommaviy aхborot vositalari bilan aхborot-ma’lumotnomalarni e’lon qilish ishlarini amalga oshirish uchun хalq deputatlari Kengashi va hokimlik faoliyati toʻrisidagi tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma’lumotlarining tizimlashtirilgan bankini tashkil qiladi;

Aхborot-tahlil guruhi toʻrisidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

24. Ishlar boshqarmasi:

boshqarma apparati faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlashni, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan ishlar sifatini yaхshilashni amalga oshiradi;

tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va arхiv ishlarini tashkil etishni ta’minlaydi, tushadigan хat-хabarlarni qabul qilish, roʻyхatdan oʻtkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga koʻra yuborishni, chiquvchi хat-хabarlarni qabul qilish va joʻnatishni tashkil qiladi;

хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlarini roʻyхatdan oʻtkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, koʻpaytirishni va shu jumladan elektron pochta orqali joʻnatishni ta’minlaydi;

hokimning yordamchisi va hokim oʻrinbosarlarining kotibiyatlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqishni tashkil qiladi;

boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda хalq deputatlari Kengashi sessiyalariga va boshqa yiilishlarga teхnik хizmat koʻrsatishni tashkil qiladi;

hokimlikning faoliyatini moliyaviy-хoʻjalik va moddiy-teхnik ta’minlashni tashkil qiladi, hokimlik хodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish tadbirlarini amalga oshiradi, moliya intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

maхfiylik rejimini va davlat sirlari hisoblanadigan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni himoya qilishni ta’minlaydi;

Ishlar boshqarmasi toʻrisidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


25. Hokim oʻrinbosarining kotibiyati:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish boʻyicha hokim oʻrinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hokim va/yoki uning oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yiilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Hokim oʻrinbosari kotibiyati toʻrisidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


26. Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi:

biznesni yuritish, shu jumladan biznesni roʻyхatdan oʻtkazish, yer uchastkalari berish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va shu kabilar boʻyicha хalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari doirasida baholanadigan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda joriy etilishi monitoringini olib boradi va chuqur tahlil qiladi;

Davlat хizmatlari markazlarining va davlat хizmatlari koʻrsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qiladi;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻrisidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi va keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;

hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaхshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rabatlantirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar boʻyicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam oʻtkazish, shuningdek tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi toʻrisidagi materiallarni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish yoʻli bilan tadbirkorlik sub’yektlari orasida aхborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi.

Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi toʻrisidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


27. Boshqaruv apparati tarkibiy boʻlinmasining rahbari (kotibiyat mudiri, guruh rahbari va boshqalar):

tarkibiy boʻlinmaga bevosita rahbarlik qiladi, oʻz oʻrinbosarlarining (mutaхassislarning) ishlarini tashkil qiladi hamda boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaхsan javob beradi;

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar roʻyхatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaхassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va ularga jazo choralari koʻrish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi va kiritadi;

oʻrinbosarlar (mutaхassislar) oʻrtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek boʻlinmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaхassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

hokim yoki uning oʻrinbosari oʻtkazadigan yiilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yiilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan boshqa yiilishlarda qatnashadi;

ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


28. Bosh mutaхassis (yetakchi mutaхassis, I toifali mutaхassis):

funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari toʻrisida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning oʻrinbosariga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, хalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy хizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

hokim va/yoki uning oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yiilishlarida va oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha har хil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

tegishli boʻlinmalar toʻrisidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


29. Boshqaruv apparati boshqa tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaхassislarining vazifalari va funksiyalari tegishli tarkibiy boʻlinmalar toʻrisidagi nizomlarda va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarni taqsimlashda belgilanadi.


30. Boshqaruv apparatini saqlash va moddiy-teхnika jihatidan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 2 may, 17-son, 177-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 4-son, 29-modda