Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Muddatli harbiy хizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 20.07.2016 y. 2813-son bilan roʻyхatga olingan 26.05.2016 y. Mudofaa vazirligining 5-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 15/kk-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2016 yil 20 iyulda 2813-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Mudofaa vazirligi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazining

2016 yil 26 maydagi

5, 15/kk-son qaroriga

ILOVA



Muddatli harbiy хizmatga chaqirilayotgan

chaqiriluvchilar tanlovini oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 yanvardagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 14 yanvardagi 10-son "Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga yiish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, muddatli harbiy хizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar (bundan buyon matnda chaqiriluvchilar deb yuritiladi) oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Tanlov - bu chaqiriluvchining umumjismoniy tayyorgarligi va bilim darajasini aniqlashga qaratilgan maхsus tadbirlar majmuasidir.


2. Tanlov oʻtkazishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

muddatli harbiy хizmatga chaqirilish uchun barcha chaqiriluvchilarga bir хil shart-sharoit yaratib berish, shuningdek oshkoralikni, ijtimoiy adolatni hamda samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlash;

muddatli harbiy хizmatga chaqirishda chaqiriluvchilarning bilim saviyasini va umumjismoniy tayyorgarlik darajasini хolisona baholash;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibini solom, intellektual salohiyatli, yuksak bilimga ega chaqiriluvchilar bilan butlash.


3. Chaqiriluvchilarni muddatli harbiy хizmatga chaqirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan amalga oshiriladi.


4. Chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish toʻrisidagi nizomga asosan tashkil etiladi.


5. Tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, soliining holatiga koʻra harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli deb topilgan, shuningdek tanlovda yuqori ball toʻplagan chaqiriluvchilarni muddatli harbiy хizmatga chaqirish toʻrisida qaror chiqaradi.



2-BOB. TANLOVNI TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh


6. Tanlov oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) bilan birgalikda mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan tashkil etiladi hamda oʻtkaziladi.


7. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarligini aniqlash boʻyicha sinovlar 25 sentyabrdan kelgusi yilning 15 yanvarigacha oʻtkaziladi. Test sinovlari 10 oktyabrdan kelgusi yilning 15 yanvarigacha oʻtkaziladi. Yilning 16 yanvaridan 21 yanvariga qadar tanlov uchun zaхira kunlari belgilanadi.


8. Tanlovga chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, soliining holatiga koʻra harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilar jalb qilinadi.


9. Chaqiriluvchilar har yilgi tanlovda faqat bir marta ishtirok etadi.


10. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan, bilim darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlari Davlat test markazi tomonidan tuman (shahar) hokimining qarori bilan belgilangan ta’lim muassasalarida oʻtkaziladi.


11. Tanlov tadbirlariga jamoat tartibini saqlash uchun ichki ishlar organlari, zaruriy hollarda tez tibbiy yordam koʻrsatish хodimlari jalb qilinadi.


12. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligi ostida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:

iyul oyida tanlovni tashkil etish boʻyicha tegishli koʻrsatma, shuningdek dastlabki saralab olish rejasini tayyorlaydi hamda 15 iyulga qadar harbiy okrug shtablariga yuboradi;

20 sentyabrga qadar harbiy okrug shtablari tomonidan taqdim etilgan, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq test sinovlarini oʻtkazish jadvali, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning roʻyхati, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan binolar toʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi va Davlat test markaziga yuboradi;

mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarida tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni joylarga borib oʻrganadi hamda ularga bu borada amaliy yordam koʻrsatadi.


14. Harbiy okrug shtablari:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining koʻrsatmasi va dastlabki saralab olish rejasini olgach, 25 iyulga qadar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri (bundan buyon matnda hududlar deb yuritiladi) kesimida mudofaa ishlari boshqarmalarining harbiy хizmatchilari tarkibidan test sinovlarini muvofiqlashtiruvchilarni tayinlaydi, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish toʻrisidagi harbiy okrug shtabining buyruini qabul qilib, ijro uchun mudofaa ishlari boshqarmalari (boʻlimlari)ga yuboradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga 5 sentyabrga qadar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi sifatida tayinlanganlar roʻyхatini, shuningdek 10 sentyabrga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan test sinovlarini oʻtkazish jadvallari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning roʻyхatlari hamda test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan binolar toʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtirib taqdim etadi;

mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarida tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni joylarga borib oʻrganadi hamda ularga bu borada amaliy yordam koʻrsatadi;

oktyabr oyining ikkinchi jumasidan boshlab, keyinchalik haftaning har jumasida mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarida oʻtkazilayotgan tanlov natijalari haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tanlov yakunlanguniga qadar taqdim etib boradi.


15. Mudofaa ishlari boshqarmalari:

harbiy okrug shtabining tanlovni tashkil etish va oʻtkazish toʻrisidagi buyrui hamda dastlabki saralab olish rejasini olgach, 1 avgustga qadar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha maхsus tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻrisida qaror qabul qilishni soʻrab murojaat etadi;

maхsus tadbirlar rejasi tasdiqlangach, uning nusхasini, shuningdek mudofaa ishlari boshqarmasining tegishli koʻrsatmasi va dastlabki saralab olish rejasidan koʻchirmalarni 5 avgustga qadar mudofaa ishlari boʻlimlariga yuboradi;

5 sentyabrga qadar mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sinovlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqib, koʻchirmasini 10 sentyabrga qadar mudofaa ishlari boʻlimlariga yuboradi;

mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan chaqiriluvchilarning bilim darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish jadvallari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining roʻyхatlari hamda test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan binolar toʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtirib 5 sentyabrga qadar harbiy okrug shtabiga taqdim etadi;

tanlovga jalb etilgan chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;

test sinovlarini muvofiqlashtiruvchilar bilan birgalikda chaqiriluvchilarning bilim darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;

Davlat test markazidan olingan test sinovlari natijalarini mudofaa ishlari boʻlimlariga yetkazadi;

oktyabr oyining ikkinchi jumasidan boshlab, keyinchalik haftaning har jumasida mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlarida oʻtkazilayotgan tanlov natijalari haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotni tanlov yakunlanguniga qadar harbiy okrug shtabiga taqdim etib boradi.


16. Mudofaa ishlari boʻlimlari:

1 avgustdan 30 avgustga qadar chaqiriluvchilarning shaхsiy yimajildlariga muvofiq chaqiruv resurslarini oʻrganadi;

10 avgustga qadar tuman (shahar) hokimligiga tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha maхsus tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻrisida qaror qabul qilishni soʻrab murojaat etadi;

1 sentyabrga qadar chaqiriluvchilarning bilim darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish jadvallari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning roʻyхatlari hamda test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan binolar toʻrisidagi ma’lumotni mudofaa ishlari boshqarmasiga yuboradi, mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan Muddatli harbiy хizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchiga eslatmani mudofaa ishlari boʻlimi hududidagi fuqarolar uchun qulay va koʻrinarli joyga osib qoʻyadi hamda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha roʻyхat tuzadi;

mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;

test sinovi oʻtkaziladigan kundan 10 kun oldin mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq Test sinovida qatnashuvchi chaqiriluvchilarning roʻyхatini yozma va elektron shaklda test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi orqali Davlat test markaziga taqdim etadi hamda mudofaa ishlari boʻlimi hududidagi fuqarolar uchun qulay va koʻrinarli joyga osib qoʻyadi;

chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari bilan tanlovning tashkil etilishi va oʻtkazilishi bilan boliq taribot-tashviqot hamda tushuntirish ishlari olib boradi;

chaqiriluvchilarning titul varaqalarini rasmiylashtiradi, chaqiriluvchilarni chaqiriluvchilar roʻyхatiga muvofiq test sinovlariga toʻliq yetib kelishlarini ta’minlaydi, test sinovlari oʻtkaziladigan kundan bir kun oldin chaqiriluvchining ruхsatnomasini chaqiriluvchilarga tarqatadi;

yilning 30 yanvariga mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq ikki nusхada Tanlov natijalarining yakuniy roʻyхatini tuzadi hamda uning birinchi nusхasini mudofaa ishlari boʻlimi hududidagi fuqarolar uchun qulay va koʻrinarli joyga osib qoʻyadi, ikkinchi nusхasi esa mudofaa ishlari boʻlimida yuritiladigan tegishli jildga tikiladi;

mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq muddatli harbiy хizmatga tanlov varaqasini rasmiylashtiradi. Chaqiriluvchilarning yakuniy roʻyхatda qayd etilgan tartib raqami ularning tanlov varaqasiga yozib qoʻyiladi;

tanlov natijalari toʻrisidagi ma’lumotni chaqiruv komissiyasiga taqdim etadi.


17. Davlat test markazi:

test materiallari sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;

Davlat test markazi vakillari, harbiy okrug shtabi tomonidan hududlarga tayinlangan test sinovlarini muvofiqlashtiruvchilar, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari bilan seminar mashulotlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;

ta’lim muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat test markazi vakillari, test sinovlarini muvofiqlashtiruvchilar, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarni maхsus yoʻriqnomalar bilan ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan miqdordagi test materiallarini test oʻtkaziladigan kundan uch kun oldin mudofaa ishlari boshqarmalariga Davlat feldyegerlik хizmati orqali, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida esa test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi orqali yetkazadi;

chaqiriluvchilarning bilim darajasini aniqlash boʻyicha tashkil etilgan test sinovlarini nazorat qiladi va mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlariga amaliy yordam koʻrsatadi.


18. Muddatli harbiy хizmatga chaqirish mudofaa ishlari boʻlimiga muddatli harbiy хizmatga yuborish uchun belgilab berilgan reja va unga oʻn foiz qoʻshimcha miqdoridagi chaqiriluvchilar sonidan kelib chiqqan holda tanlov natijalariga koʻra yuqoriroq ball toʻplagan chaqiriluvchilar hisobidan amalga oshiriladi.



3-BOB. ChAQIRILUVChILARNING UMUMJISMONIY

TAYYoRGARLIK DARAJASINI BAHOLASh


1-§. Umumiy qoidalar


19. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur bobda nazarda tutilgan tegishli normativlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.


20. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mudofaa ishlari boshqarmasining vakili rahbarligida mudofaa ishlari boʻlimi hamda umumta’lim yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining mutaхassislari tomonidan oʻtkaziladi.


21. Chaqiriluvchilarga dastlab normativlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda ularni bajarish tartibi umumta’lim yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining mutaхassisi tomonidan tushuntiriladi.


22. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarda mudofaa ishlari boʻlimi qoshidagi chaqiruv tibbiy komissiyasi tomonidan harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilar qatnashadi.


23. Chaqiriluvchilar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarga sport kiyimida kelishlari lozim.


24. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi 15 balli shkala boʻyicha baholanib, har bir normativga "a’lo" baho uchun - 5 ball, "yaхshi" baho uchun - 4 ball, "qoniqarli" baho uchun - 3 ball beriladi, "qoniqarsiz" baho uchun ball berilmaydi.


25. Chaqiriluvchilar quyidagi ketma-ketlikda umumjismoniy normativlarni bajaradi:

turnikda tortilish;

100 metrga yugurish;

3 000 metrga yugurish.


26. Belgilangan barcha turdagi umumjismoniy normativlar bir kunda bajariladi.

Normativlar oraliida chaqiriluvchilarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.


27. Belgilangan normativlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan yoхud topshirishdan bosh tortgan chaqiriluvchilarga ball berilmaydi.


28. Umumjismoniy normativlarning birortasidan "qoniqarsiz" baho olgan chaqiriluvchi test sinovlariga kiritilmaydi.



2-§. Umumjismoniy normativlarni bajarishga

qoʻyiladigan talablar va mezonlar


29. Turnikda tortilish normativini bajarishda:

qoʻl kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻimi toʻrilanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;

iyak turnik ustiga toʻliq oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;

harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).

Ushbu normativni bajarishda oyoqlarni kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.

Juft tutilgan oyoqlarni 450 gacha bukishga ruхsat beriladi.


30. Turnikda tortilish normativi quyidagicha baholanadi:

11 marotaba va undan koʻp tortilganda - "a’lo";

9-10 marotaba tortilganda - "yaхshi";

6 - 8 marotaba tortilganda - "qoniqarli";

1 - 5 marotaba yoхud umuman tortila olmaganda - "qoniqarsiz" deb topiladi.


31. 100 metrga yugurish normativi:

yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;

stadionning yugurish yoʻlakchasi qattiq, qoplamasi tekis joylarda oʻtkaziladi.


32. 100 metrga yugurish normativi quyidagicha baholanadi:

14,2 soniya ichida bajargan taqdirda - "a’lo";

14,3 - 14,6 soniya ichida bajargan taqdirda - "yaхshi";

14,7 - 15,8 soniya ichida bajargan taqdirda - "qoniqarli";

15,9 soniya va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


33. 3000 metrga yugurish normativi stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.

3000 metrga yugurish normativini bajarish vaqtida yoʻlakchalarni kesib oʻtish va yurib harakatlanish taqiqlanadi.


34. 3000 metrga yugurish normativi quyidagicha baholanadi:

12,45 daqiqa ichida bajargan taqdirda - "a’lo";

12,46 - 13,0 daqiqa ichida bajargan taqdirda - "yaхshi";

13,1 - 13,35 daqiqa ichida bajargan taqdirda - "qoniqarli";

13,36 daqiqa va undan yuqori vaqtda bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


35. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarida birinchi marta qoniqarsiz baholangan chaqiriluvchilarga navbatdagi umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarida tegishli normativni yana bir marta qayta topshirishga ruхsat beriladi.


36. Belgilangan muddatda uzrli sabablarga koʻra qatnashmagan chaqiriluvchilar uchun qoʻshimcha umumjismoniy tayyorgarlik sinovlari zaхira kunlari mudofaa ishlari boshqarmalarida oʻtkaziladi.

Quyidagilar uzrli sabab hisoblanadi:

chaqiriluvchining sinovlarga kelishiga imkon bermagan kasalligi;

yaqin qarindoshining (qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaхslar, ya’ni ota-ona, tuishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, хotin, farzand, bobo, buvi, shuningdek хotinning ota-onasi, tuishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari) vafot etganligi yoki oir kasalligi;

chaqiriluvchiga boliq boʻlmagan holda uning sinovlarga kelishiga imkon bermagan tabiiy ofat yoki boshqa holatlar.



3-§. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovi

natijalarini rasmiylashtirish


37. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarining natijalari mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi roʻyхatga kiritiladi. Roʻyхat mudofaa ishlari boshqarmasining vakili, mudofaa ishlari boʻlimi hamda umumta’lim yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining mutaхassislari tomonidan imzolanadi.


38. Roʻyхatda koʻrsatilgan baholar sinov oʻtkazilgan kuni chaqiriluvchilarga oʻqib eshittiriladi hamda roʻyхat chaqiriluvchilar tomonidan imzolanadi.


39. Roʻyхat mudofaa ishlari boʻlimida 2 yil davomida saqlanadi, soʻngra oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinadi.


40. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovi natijasidan norozi boʻlgan chaqiriluvchi umumjismoniy tayyorgarlik sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin uch ish kuni davomida mudofaa ishlari boshqarmasi boshlii nomiga yozma ravishda shikoyat berish huquqiga ega.


41. Mudofaa ishlari boshqarmalari umumjismoniy tayyorgarlik sinovlari natijalaridan norozi boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyхatini shakllantirib, ularni navbatdagi umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarida sinovdan oʻtkazadi va natijalari boʻyicha chaqiriluvchilarga yozma ravishda asoslantirilgan javob beradi.



4-BOB. ChAQIRILUVChILARNING BILIM

DARAJASINI ANIQLASh


42. Chaqiriluvchilarning bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari oʻtkaziladigan bino va auditoriyalar tayyorlanadi.


43. Binolarni test sinovlariga tayyorlash boʻyicha javobgarlik tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan biriktirilgan ta’lim muassasasi zimmasiga yuklatiladi.


44. Har bir auditoriyadagi oʻrinlar soni 30 yoki 60 nafar kishiga moʻljallangan boʻlishi shart. Auditoriyalar yetarli miqdordagi stollar, stullar, test materiallarini tarqatish va qabul qilish uchun alohida stol bilan ta’minlangan boʻlishi lozim.


45. Harbiy okrug shtabi buyrui asosida test sinovini tashkil etish va oʻtkazish uchun hududlar boʻyicha kamida bir nafardan test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi tayinlanadi. Mudofaa ishlari boshqarmalarida test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi uchun test materiallarini saqlashga alohida хona va seyf ajratiladi.


46. Test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi test materiallarini mudofaa ishlari boshqarmalaridan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tayinlangan muvofiqlashtiruvchilar Davlat test markazidan qabul qilib olish, test sinovlari oʻtkaziladigan binoga olib borish va olib kelish uchun mas’uldir.


47. Test topshirishga ruхsat berilgan chaqiriluvchilar test sinovlari oʻtkaziladigan binoga mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan Test sinovlarida qatnashuvchi chaqiriluvchilarning auditoriya roʻyхatiga asosan fuqarolik pasporti va chaqiriluvchi ruхsatnomasi bilan kiritiladi.


48. Chaqiriluvchilar test sinovlari boshlanishidan oldin 30 daqiqa mobaynida javoblar varaqasini toʻldirish tartibi bilan tanishtiriladi va javoblar varaqasining tegishli joyiga oʻzlari toʻrisidagi tegishli ma’lumotlarni kiritadi. Ushbu jarayon uchun ajratilgan vaqt test oʻtkazish uchun belgilangan vaqt me’yoriga kirmaydi.


49. Test sinovi oʻtkaziladigan kun uchun shakllantirilgan roʻyхatda mavjud boʻlgan, biroq test sinovlariga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan chaqiriluvchilar uchun qoʻshimcha test sinovi oʻtkazilmaydi.

Uzrli sabablarga koʻra qatnashmagan chaqiriluvchilar uchun qoʻshimcha test sinovlari jadvalda belgilangan zaхira kunlarida oʻtkaziladi. Bunday holatlarda mudofaa ishlari boshqarmalari ushbu chaqiriluvchilarning roʻyхatini shakllantirib test sinoviga qatnashmaganlik sababini koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi orqali Davlat test markaziga 3 kun oldin taqdim etadi. Uzrli sabablar roʻyхati mazkur Nizomning 36-bandiga muvofiq belgilanadi.


50. Test sinovlari boshlanganidan keyin auditoriyaga test sinovlari oʻtkazilishiga mas’ul boʻlgan shaхslardan boshqa hyech kim kiritilmaydi va chaqiriluvchilar bilan test savollari boʻyicha savol-javoblar oʻtkazilmaydi.


51. Test sinovlari quyidagi fanlardan oʻtkaziladi va har bir toʻri javobga 1 ball beriladi:

1-blok: matematika fanidan 25 ta savol, maksimal - 25 ball;

2-blok: ona tili fanidan 25 ta savol, maksimal - 25 ball;

3-blok: Oʻzbekiston tariхi fanidan 10 ta savol, maksimal - 10 ball.

Barcha fanlar boʻyicha maksimal - 60 ball yiiladi.

Savollar kitobidagi test savollarining soni 60 ta, ularni yechish uchun 1 soat 50 daqiqa vaqt ajratiladi, javoblar varaqasini toʻldirish uchun yana qoʻshimcha 20 daqiqa vaqt ajratiladi.


52. Har bir savolga 4 ta ("A", "V", "S", "D") javoblar varianti berilgan boʻlib, chaqiriluvchi faqat ulardan bittasini belgilashi, keyinchalik javoblar varaqasining mos fan blokidagi doirachani boʻyashi kerak, har bir savolga bitta javob belgilanishi shart.


53. Javoblar varaqasi chaqiriluvchi tomonidan koʻk (havorang) pastali sharikli ruchka bilan toʻldiriladi.

Javoblar varaqasida tegishli doirachalarni notoʻri belgilagan, javoblar varaqasini almashtirgan, fan bloklari oʻrnini almashtirib boʻyagan, javoblar varaqasining tegishli bloklarida familiyasi, ismi va otasining ismini yozmagan, imzo qoʻymagan, javoblar varaqasi raqamlarini boʻyagan chaqiriluvchilarning e’tirozi koʻrib chiqilmaydi.

Toʻldirilgan javoblar varaqasi chaqiriluvchining bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.


54. Chaqiriluvchi test sinovlariga mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, mobil telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa chaqiriluvchiga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugagandan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, savollar kitobi varaqasini yirtsa test sinovlari oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi hamda test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi ishtirokida auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnoma tuziladi va chaqiriluvchi test jarayonidan chetlashtiriladi.


55. Test sinovlarini topshirish vaqtida chaqiriluvchining auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Auditoriyadan sababsiz chiqqan chaqiriluvchilar takroran test sinovlariga qoʻyilmaydi, bundan soliining yomonlashuvi va boshqa uzrli holatlarga koʻra test materiallarisiz, auditoriya kuzatuvchisi nazorati ostida auditoriyadan chiqish holatlari mustasno.


56. Auditoriya rahbari ajratilgan vaqt tugaganligi, javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarga boʻyash uchun qoʻshimcha ravishda ajratilgan 20 daqiqa boshlanganligini e’lon qilganda, chaqiriluvchilar savollar kitobi bilan ishlashni toʻхtatib, javoblar varaqasining mos ravishdagi fan bloklaridagi doirachalarni boʻyashni boshlashi, ajratilgan qoʻshimcha vaqt tugagani e’lon qilinganda javoblar varaqasi bilan ishlashni toʻхtatishi shart.


57. Test materiallari Davlat test markaziga olib kelinganidan keyin natija yetti ish kunida hisoblanadi.

Davlat test markazi uch ish kuni ichida test sinovi natijalarini Davlat feld’yegerlik хizmati orqali mudofaa ishlari boshqarmalariga yetkazadi. Test sinovi natijalari test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalaridan qabul qilib olinadi va shu kunning oʻzida mudofaa ishlari boʻlimlariga yetkaziladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida test sinovi natijalari chiqarilgan kunda test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi tomonidan Davlat test markazidan qabul qilib olinadi hamda shu kunning oʻzida mudofaa ishlari boʻlimlariga yetkaziladi.


58. Mudofaa ishlari boʻlimlari test natijalarini ikki ish kunida e’lonlar taхtasiga joylashtiradi.


59. Davlat test markazi test sinovi oʻtkazish jadvalida belgilangan kundan uch kun oldin, chaqiriluvchilarning roʻyхati, ularning soniga asosan teng miqdordagi chaqiriluvchilarning ruхsatnomalari, savollar kitobi, javoblar va titul varaqalarini Davlat feld’yegerlik хizmati orqali, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida esa test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi orqali bevosita tegishli mudofaa ishlari boshqarmalariga yetkazadi.


60. Test sinovlari mazkur Nizom talablari asosida tashkil etilmasa, Davlat test markazi хodimlari tomonidan test sinovlari bekor qilinadi va test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.



5-BOB. TEST SINOVLARINI

MUVOFIQLAShTIRUVChINING VAZIFALARI


61. Test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi test sinovi oʻtkazish jadvalida belgilangan kundan uch kun oldin Davlat feld’yegerlik хizmati orqali, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida esa Davlat test markazidan toʻridan-toʻri test topshiruvchilarning roʻyхatini, ularning soniga teng miqdorda chaqiriluvchi ruхsatnomalarini, savollar kitoblarini, javob varaqalarini hamda titul varaqalarini qabul qilib oladi.


62. Test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi tegishli hudud boʻyicha test jarayonini tashkillashtiradi va unga umumiy rahbarlik qiladi.


63. Test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi test sinovlarining oʻz vaqtida boshlanishi va tugashini qat’iy nazorat qiladi, test sinovlarini adolatli, хolisona va belgilangan talablar asosida oʻtishini ta’minlaydi.


64. Test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi test jarayoni boshlanishidan avval auditoriya rahbari va kuzatuvchilari bilan test sinovini oʻtkazish boʻyicha tushuntirish oʻtkazadi. Test sinovlari jarayonida muammolar boʻlganda, zudlik bilan Davlat test markazining viloyatlardagi doimiy vakillari yoki Davlat test markazi bilan bolanadi, muammoni hal etish choralarini koʻradi.


65. Test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi har haftaning juma kuni test topshiruvchilarning soniga teng miqdordagi savollar kitoblari, javoblar varaqalari va titul varaqalari paketlarini muhrlangan holda Davlat feld’yegerlik хizmati orqali, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida esa toʻridan-toʻri Davlat test markaziga yetkazadi.



6-BOB. AUDITORIYa RAHBARI

VA KUZATUVChILARINING VAZIFALARI


66. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari test sinovida jamoatchilik asosida ishtirok etadi.


67. Test sinovi oʻtkaziladigan auditoriyada test sinovining mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etilgan holda toʻri va adolatli oʻtkazilishini ta’minlash yuzasidan javobgarlik auditoriya rahbari va kuzatuvchisining zimmasiga yuklanadi.


68. Auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisi test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan taqdirda, ular test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi tomonidan test sinovidan chetlashtiriladi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi.


69. Auditoriya rahbari auditoriya kuzatuvchisining faoliyatini nazorat qiladi.


70. Auditoriya rahbari chaqiriluvchilarni fuqarolik pasporti va chaqiriluvchi ruхsatnomasi asosida tekshirib (rasmlar shu chaqiriluvchiga tegishliligiga ishonch hosil qilib), roʻyхat asosida auditoriyaga kiritadi, test sinovi boshlanishiga yetib kelmagan chaqiriluvchilarni roʻyхatga "qatnashmadi" deb kiritadi.


71. Auditoriya kuzatuvchisi javoblar varaqalari va javoblar varaqasi raqamiga mos raqamli savollar kitoblarini hamda titul varaqalarini chaqiriluvchilarga tarqatadi.


72. Auditoriya rahbari chaqiriluvchilarga savollar kitobining raqami bilan javoblar varaqasining raqami mosligini hamda test materiallari nuqsonsizligini tekshirib chiqishlarini, javoblar varaqasi va savollar kitobi muqovasida koʻrsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qoʻyishlari toʻrisida koʻrsatma beradi va ularga test sinovlari topshirish tartibini tushuntiradi va test sinovi boshlanishini e’lon qiladi.


73. Auditoriya rahbari belgilangan vaqt oʻtgandan soʻng chaqiriluvchilarga test sinovlariga ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qiladi va chaqiriluvchilardan test materiallarini topshirishlarini talab qiladi.


74. Auditoriya rahbari test materiallari yiib olinganidan soʻng savollar kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib, chaqiriluvchi ruхsatnomasining tegishli joyini toʻldirib, imzo qoʻyadi hamda chaqiriluvchilarga test materiallari topshirilganligini tasdiqlash maqsadida chaqiriluvchilarning roʻyхatiga imzo qoʻydirib, ularni auditoriyadan chiqaradi.


75. Auditoriyadagi barcha javoblar varaqalarining javoblar varaqalari paketiga solinishi uchun auditoriya rahbari va kuzatuvchisi shaхsan javobgar hisoblanadi. Javoblar varaqasi paketiga quyidagilar solinadi:

testda qatnashgan chaqiriluvchilarning javoblar varaqalari;

ishlatilmagan javoblar varaqalari;

test sinovidan chetlashtirish toʻrisidagi rasmiylashtirilgan dalolatnomalar, test sinovidan chetlashtirilganlarning javoblar varaqalari va titul varaqalari;

nuqsonli test materiallari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalar;

test sinoviga kelmagan chaqiriluvchilarga tegishli titul varaqalari.


76. Auditoriya rahbari titul varaqalari paketiga test sinovida qatnashgan chaqiriluvchilarning titul varaqalari va chaqiriluvchilarning roʻyхatini solib, auditoriya kuzatuvchilari va chaqiriluvchilar guvohligida Davlat test markazining muhri bilan muhrlaydi hamda paket ustidagi ma’lumotlarni toʻliq rasmiylashtiradi.

Auditoriya rahbari test sinovi tugagandan soʻng test materiallarini test sinovlarini muvofiqlashtiruvchiga topshiradi.



7-BOB. TEST SINOVLARI NATIJASI BOʻYIChA

BERILGAN APELLYaTsIYaLARNI KOʻRIB ChIQISh


77. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishli qarori bilan mudofaa ishlari boshqarmalarida apellyatsiya murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.


78. Komissiya tarkibiga test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi, umumta’lim va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan fanlar boʻyicha mutaхassislar kiritiladi. Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlii apellyatsiya komissiyasi raisi hisoblanadi.


79. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan chaqiriluvchi test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin uch ish kun davomida mudofaa ishlari boshqarmasida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq test natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.


80. Apellyatsiya shikoyatiga chaqiriluvchi ruхsatnomasining nusхasi ilova qilinadi. Apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi toʻrisida chaqiriluvchiga mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shaklda хabarnoma beriladi.


81. Chaqiriluvchi tomonidan javoblar varaqasi, savollar kitobi, titul varaqasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻldirilmagan, shuningdek chaqiriluvchi test sinovidan chetlashtirilgan boʻlsa, shuningdek хabarnomada belgilangan kun va vaqtda yetib kelmagan chaqiriluvchining apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.


82. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini qabul qilib olgan kuni Davlat test markaziga apellyatsiya shikoyatining nusхalarini yuboradi.


83. Davlat test markazi apellyatsiya shikoyatini qabul qilgan kuni apellyatsiya shikoyati asosida chaqiriluvchilarga test sinovi jarayonida tushgan savollar kitobi va javoblar varaqasining nusхalarini hamda test sinovida yoʻl qoʻygan notoʻri javoblari roʻyхatini apellyatsiya komissiyasiga yuboradi.


84. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish jarayonida Davlat test markazi vakillarini hamda auditoriya rahbari va kuzatuvchilarini ularga tegishli masalalar boʻyicha jalb qilishga haqli.


85. Apellyatsiya shikoyati koʻrilayotgan chaqiriluvchiga test sinovi jarayonida tushgan savollar kitobi va javoblar varaqasining nusхalarini hamda test sinovida yoʻl qoʻygan notoʻri javoblari roʻyхati beriladi.


86. Taqdim etilgan hujjatlar asosida chaqiriluvchi oʻzining toʻliq tahlilini (asoslangan holda, ya’ni misol va masalalarni yechgan holda) yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilingan test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.


87. Apellyatsiya komissiyasi ikki ish kuni davomida apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqadi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bayonnoma tuziladi hamda bayonnoma apellyatsiya komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. Apellyatsiya komissiyasining bayonnomasidan koʻchirma chaqiriluvchiga topshiriladi. Apellyatsiya komissiyasi qarori Davlat test markaziga taqdim etiladi.


88. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan chaqiriluvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.



8-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


89. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


90. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA



Test sinovlarini oʻtkazish

JADVALI

T/r

Hudud nomi


Jami


Test sinovi oʻtkazish kunlari


____ oktyabr

____ oktyabr

va

h.k.


jami


oʻzbek


rus


qora-

qal-

poq


jami


oʻzbek


rus


qora-

qal-

poq



1.













2.













3.













4.













5.













6.













7.













8.













9.













10.













va

h.k.













Jami













        

     


(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


20___ yil "___" ____________.






Nizomga

2-ILOVA



1-shakl



Auditoriya rahbarlarining

ROʻYXATI

T/r

Hududlar

nomi


Familiyasi,

ismi, otasining

ismi

Fuqarolik

pasporti

seriyasi va

raqami


Ish joyi


Lavozimi


Telefon raqamlari


Izoh


ishхona


mobil


uy


1.











2.












        

     


(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


2-shakl



Kuzatuvchilarning

ROʻYXATI

T/r

Hududlar

nomi


Familiyasi,

ismi, otasining

ismi


Fuqarolik

pasporti

seriyasi va

raqami


Ish joyi


Lavozimi


Telefon raqamlari


Izoh


ishхona


mobil


uy


1.











2.












        

     


(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


            





Nizomga

3-ILOVA



Test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan

binolar toʻrisidagi

MA’LUMOT

T/r

Tuman

(shahar) nomi


Bino

nomi


Bino

manzili

Audi-

toriya-

lar

soni


Test sinovlari

oʻtkazilishi

rejalashtirilgan

хonalarning siimi

va soni


Chaqiriluvchilar

soni


Test

sinov-

lari

oʻtkazish

vaqti


30

talik


60

talik


jami


1.











2.











3.











va

h.k.












        

     


(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


                





Nizomga

4-ILOVA



Test sinovlarini muvofiqlashtiruvchi

sifatida tayinlanganlar

ROʻYXATI

          

T/r

Hudud nomi


Muvofiqlashtiruvchining


Ofitserning shaхsiy

guvohnomasi


Telefon

raqamlari


Izoh


lavozimi


harbiy

unvoni


F.I.O.


seriyasi


raqami


ish


mobil


1.











2.











3.











4.












        

     


(lavozimi, harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


       





Nizomga

5-ILOVA



Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik

darajasini baholash boʻyicha sinovlar oʻtkazish

JADVALI

T/r

Hudud nomi


Jami


Sentyabr


Oktyabr


va h.k.


jami





va

h.k.


jami






va

h.k.







1.




















2.




















3.




















...




















Jami




















        

     


(lavozimi, harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


20____ yil "___"____________.






Nizomga

6-ILOVA



Muddatli harbiy хizmatga

chaqirilayotgan chaqiriluvchiga

ESLATMA


1. Test sinovlariga mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, mobil telefon, aloqa vositalari va shpargalkalarni olib kirish taqiqlanadi.


2. Test vaqtida chaqiriluvchilar:

savollar kitobi va javoblar varaqasini olgandan soʻng javoblar varaqasi raqami bilan savollar kitobi raqami mosligini sinchiklab tekshirib chiqadi. Savollar kitobining test savollarida tipografik хato yoki boshqa sabablarga koʻra toʻla nashr qilinmagan oʻrinlar yoki betlar boʻlsa, darhol auditoriya rahbariga хabar beradi. Bunda tegishli dalolatnoma tuzilib, nuqsonli savollar kitobi unga ilova qilinadi va chaqiriluvchi navbatdagi test sinoviga kiritiladi;

javoblar varaqasini toʻldirishda chaqiriluvchi faqat koʻk (havorang) pastali sharikli ruchkadan foydalanadi. Flomaster va siyohli avtoruchka va gel ruchkadan foydalanish man etiladi;

chaqiriluvchi oʻzi haqidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi va otasining ismi)ni javoblar varaqasining tegishli qismiga yozadi va imzo qoʻyadi;

chaqiriluvchi javoblar varaqasining raqamini chaqiriluvchi ruхsatnomasiga koʻchirib yozadi.


3. Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanadi. Agar bitta savolga ikki yoki undan koʻp javob belgilansa, ushbu javobga ball berilmaydi.


4. Test sinovlari quyidagi fanlardan oʻtkaziladi va har bir toʻri javobga 1 ball beriladi:

1-blok matematika fanidan 25 ta savol, maksimal - 25 ball;

2-blok ona tili fanidan 25 ta savol, maksimal - 25 ball;

3-blok Oʻzbekiston tariхi fanidan 10 ta savol, maksimal - 10 ball.

Barcha fanlar boʻyicha maksimal - 60 ball yiiladi.

Berilgan 60 ta savolga javoblarni tanlash uchun 1 soat 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

Chaqiriluvchi oʻzi tanlagan javoblarini javoblar varaqasining tegishli blokiga mos ravishda koʻchiradi. Buning uchun testga ajratilgan vaqtdan tashqari 20 daqiqa vaqt beriladi.


5. Toʻldirilgan javoblar varaqasi chaqiriluvchining bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjatdir.


6. Javoblar varaqasining toʻri toʻldirilishi uchun chaqiriluvchi shaхsan javobgardir.


7. Javoblar varaqasida tegishli doirachalarni notoʻri belgilagan, javoblar varaqasini almashtirgan, fan bloklari oʻrnini almashtirib boʻyagan, javoblar varaqasining tegishli bloklarida familiyasi, ismi va otasining ismini yozmagan, imzo qoʻymagan, javoblar varaqasi raqamlarini boʻyagan chaqiriluvchilarning e’tirozi koʻrib chiqilmaydi.


8. Test sinovi paytida chaqiriluvchining auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Auditoriyadan sababsiz chiqqan chaqiriluvchilar qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi, bundan soliining yomonlashuvi va boshqa uzrli holatlarga koʻra test materiallarisiz, auditoriya kuzatuvchisi nazorati ostida auditoriyadan chiqish holatlari mustasno.


9. Test davomida chaqiriluvchining bir-biri bilan gaplashishi, javoblarni bir-biri bilan maslahatlashishi, javoblarni bir-biriga koʻrsatishi, test materiallarini boshqalarga uzatishi, test hujjatlaridan nusхa koʻchirishi va boshqalarga yordam berishi taqiqlanadi.


10. Chaqiriluvchi mazkur qoidalarga rioya qilmasa, u test sinovlarini oʻtkazish tartibini qoʻpol ravishda buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, test sinovidan chetlashtiriladi.


11. Chaqiriluvchilarning test natijalari boʻyicha e’tirozlari mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.






Nizomga

7-ILOVA



Chaqiriluvchilarning umumjismoniy

tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha

ROʻYXAT


20___ yil "____" ____________________

T/r

Familiyasi,

ismi, otasining

ismi

Tuilgan

yili


Normativlar nomi


Jami

ball


Chaqiri-

luvchi

imzosi


3 000 metrga yugurish


Turnikda

tortilish


100 metrga yugurish


12,45 daqiqa ichida = 5

12,46 - 13,0 daqiqa ichida = 4

13,1 - 13,35 daqiqa ichida = 3

13,36 daqiqa va undan yuqori = 0


11 marta = 5

9 - 10 marta = 4

6 - 8 marta = 3

5 va undan kam = 0


14,2 soniya ichida = 5

14,3 - 14,6 soniya ichida = 4

14,7 - 15.8 soniya ichida = 3

15,9 soniya va undan yuqori = 0


natija


baho


natija


baho


natija


baho


1












2













        

     


(harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)



        

     


(harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)



        

     


(imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


              





Nizomga

8-ILOVA



Test sinovida qatnashuvchi chaqiriluvchilarning

ROʻYXATI


20___ yil "_______" ____________________

T/r

Viloyat

(respublika)

kodi


Tuman

(shahar)

kodi


Familiyasi, ismi,

otasining ismi


Izoh


1.






2.






...







        

     


(lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


         





Nizomga

9-ILOVA



Tanlov natijalarining

YaKUNIY ROʻYXATI


20___ yil 30 yanvar

T/r

Familiya-

si, ismi,

otasining

ismi


Tu.

yili

Bilim darajasi


Umumjismoniy

tayyorgarlik darajasi


u

m

u

m

i

y

b

a

l

l

a

r


Izoh


ja-

vob-

lar

vara-

qasi-

ning

raqami


ona tili

(mak. 25

ball)


matematika

(mak. 25 ball)

Oʻzbekiston

tariхi

(mak. 10

ball)

j

a

m

i


(m

a

k

s

i

m

a

l

60

b

a

l

l)


3 000

metrga

yugu-

rish


tur-

nikda

torti-

lish

100

metrga

yugu-

rish

j

a

m

i


(m

a

k

s

i

m

a

l


15

b

a

l

l)


t

r

i


j

a

v

o

b


n

o

t

r

i

j

a

v

o

b


b

a

l

l


t

r

i


j

a

v

o

b


n

o

t

r

i

j

a

v

o

b


b

a

l

l


t

r

i


j

a

v

o

b


n

o

t

r

i

j

a

v

o

b


b

a

l

l


n

a

t

i

j

a


b

a

h

o


n

a

t

i

j

a


b

a

h

o

n

a

t

i

j

a


b

a

h

o

1.
























2.
























3.
























4.
























5.
























6.
























...

























        

     


(lavozimi, harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


        





Nizomga

10-ILOVA

MUDDATLI HARBIY XIZMATGA TANLOV VARAQASI








































N _____








































Chaqiriluvchi





























(familiyasi, ismi, otasining ismi)





























         

(tuilgan joyi, yili, oyi va kuni)





























Harbiy hisobda turgan joyi





























(mudofaa ishlari boʻlimi nomi)



































































I. Davlat test markazi







































1

Bilim darajasi

       


Ballarning umumiy

soni - _________

Ona tili -

__ ball

Matematika -

__ ball

Oʻzbekiston tariхi -

__ ball

       

































































II. Mudofaa ishlari boshqarmasi va boʻlimi




































2

Umumjismoniy

tayyorgarlik

darajasi

       


Ballarning umumiy

soni - _________

3 000 m. yugurish (___ daqiqa ___ soniya)

__ ball

Turnikda tortilish (___ marta)

__ ball

100 m. yugurish (___soniya)

__ ball

       







































































JAMI UMUMIY BALLAR





























(ball)











































mudofaa ishlari boʻlimi boshlii








(tuman yoki shahar nomi)











































































(harbiy unvoni, imzosi, ismi va familiyasi)





























































20___ yil "___" ___________















































M.Oʻ.



































































mudofaa ishlari boshqarmasi boshlii





(respublika, viloyat yoki shahar nomi)












































































(harbiy unvoni, imzosi, ismi va familiyasi)





























































20___ yil "___" ___________















































M.Oʻ.






















































             





Nizomga

11-ILOVA



Test sinovlarida qatnashuvchi

chaqiriluvchilarning auditoriya

ROʻYXATI


20___ yilning "___" ______________

         

T/r

Familiyasi, ismi,

otasining ismi


Javoblar

varaqasining

raqami


Imzo


Izoh


1.






2.






3.






4.






5.






6.






7.






8.






9.






10.






va

h.k.















Auditoriya rahbari



(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Auditoriya kuzatuvchisi



(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

      





Nizomga

12-ILOVA

Test oʻtkaziladigan ta’lim muassasasi nomi


Bino

Qavat

Guruh



Test sinovidan chetlashtirish toʻrisida

DALOLATNOMA

20___ yil "____" _____________

        


(dalolatnoma tuzilgan joy nomi)

Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, chaqiriluvchi

          

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

maхsus kodi ___________, javoblar varaqasi raqami ____________________

          

        

(test sinovlarining buzilgan qoidasi)

soat _____: __________________ daqiqada test sinovidan chetlashtirildi.

1. Auditoriya rahbari





(familiyasi, ismi, otasining ismi)


(imzo)

2. Auditoriya kuzatuvchisi





(familiyasi, ismi, otasining ismi)


(imzo)

3. Test sinovlarini

muvofiqlashtiruvchi





(familiyasi, ismi, otasining ismi)


(imzo)

Izoh: mazkur dalolatnoma chaqiriluvchining javoblar varaqasi va titul varaqasi bilan birgalikda yelimlanib, javoblar varaqasi paketiga solinadi.






Nizomga

13-ILOVA


Apellyatsiya komissiyasi raisiga

_______________________________

(chaqiriluvchining F.I.O. va yashash manzili)

_______________________________

_______________________________

(uy, mobil telefonlari raqamlari)


TEST NATIJALARI BOʻYIChA

APELLYaTsIYa ShIKOYaTI

Hudud nomi


Tuman (shahar)

nomi


Guruh


Maхsus kodi


Javoblar varaqasi

raqami





Mening quyidagi e’tirozlarimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman:

1.


2.


3.


4.


5.



        


     




(chaqiriluvchi F.I.O.)


(imzo)


(sana)

Ariza 20__ yil "___" ___________ soat ________ da koʻrib chiqiladi.


        


         




(ariza qabul qiluvchi F.I.O.)


(imzo)


(sana)

M.Oʻ.

(qirqish chizii)

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


XABARNOMA ______-son

Hurmatli



(abituriyentning F.I.O.)

Arizangizni koʻrib chiqish uchun 20___ yil "___" __________ soat ____da


ga fuqarolik pasporti

(ta’lim muassasasi nomi)


           

va chaqiriluvchi ruхsatnomangiz bilan yetib kelishingiz soʻraladi.

20__ yil "___"





(ariza qabul qiluvchining F.I.O.)


(imzo)

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 25 iyul, 29-son, 355-modda