Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.07.2016 y. 233-son "Koʻchma savdoga ruхsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.07.2016 y.

N 233



KOʻChMA SAVDOGA RUXSAT BERISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida", "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 28 sentyabrdagi PQ-2412-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Koʻchma savdoga ruхsat berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2016 yil 15 oktyabrdan boshlab amalga kiritilsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tumanlar (shaharlar) hokimliklari takliflariga koʻra bir oy muddatda:

tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq хizmati organlarining hududiy boʻlinmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan kelishilgan, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida koʻchma savdo ob’yektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlarning roʻyхatini;

tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq хizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan kelishilgan har bir tuman (shahar) boʻyicha koʻchma savdo ob’yektlarining joylashish sхemasini oʻrinlar sonini, sotiladigan tovarlar roʻyхatini va koʻchma savdo davrini koʻrsatgan holda tasdiqlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 18 iyul, 28-son, 339-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 7-son, 67-modda