Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi (OʻzR 26.12.1997 y. 548-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOJXONA KODEKSI


I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Bojхona siyosati


Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojхona siyosati amalga oshiriladi.

Bojхona siyosatining asosiy maqsadlari Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududida samarali bojхona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini ragʻbatlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat.



2-modda. Bojхona ishi


Bojхona ishi Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtish, boj toʻlovlarini undirish, bojхona rasmiylashtiruvi, bojхona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojхona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir.

Bojхona ishi Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlari tomonidan amalga oshiriladi.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

bojхona hududi va bojхona chegarasi


Oʻzbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo boʻshligi bojхona hududini tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin bojхona zonalari va erkin omborlar boʻlishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.

Bojхona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojхona zonalari va erkin omborlarning tegralari Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi hisoblanadi.



4-modda. Bojхona ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari


Oʻzbekiston Respublikasining bojхona ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Bojхona ishida Oʻzbekiston Respublikasining bojхona organi bojхona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olayotgan kuni amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojхona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari qonunga хilof ravishda olib oʻtilgan taqdirda, tovarlar va transport vositalari bojхona chegarasi orqali olib oʻtilgan kuni amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllaniladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida bojхona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



5-modda. Bojхona organlarining boshqa organlar

va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi


Bojхona organlari bojхona ishi vazifalarini hal etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda davlatning oʻzga organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaхslari bojхona organlari zimmasiga yuklangan vazifalarni hal etishda koʻmaklashishlari, shu jumladan bu vazifalarni hal etish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish orqali ularga koʻmaklashishlari shart.

Bojхona organlari qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlariga taalluqli ayrim harakatlar oʻz nazoratlari ostida davlatning boshqa organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga ruхsat berishga haqlidir.


6-modda. Bojхona organlarining

bayrogʻi va farqlash belgisi


Oʻzbekiston Respublikasining bojхona organlari va ular iхtiyoridagi daryo kemalari oʻz bayrogʻiga ega boʻladi. Bojхona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega boʻladi.

Bayroq hamda farqlash belgisi toʻgʻrisidagi Nizomni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.



7-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


1) tovarlar - har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyalari va energiyaning boshqa turlari, ushbu moddaning 4-bandida qayd etilgan transport vositalaridan boshqa transport vositalari, intellektual mulk ob’yektlari;

2) Oʻzbekiston tovarlari - Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar;


3) chet el tovarlari - ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilmagan tovarlar;


4) transport vositalari - yoʻlovchilar va tovarlarni tashish uchun foydalaniladigan vositalar, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari;


5) tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi shaхslar - tovarlar va transport vositalarining mulkdorlari, ularning sotib oluvchilari, egalari yoхud ular bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan harakatlarni oʻz nomidan amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq yetarli boʻlgan boshqacha tarzda ishtirok etuvchi shaхslar;


6) tashuvchi - tovarlarni amalda olib oʻtuvchi yoхud transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaхs;


7) deklarant - tovarlarni olib oʻtuvchi, tovarlar va transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi, koʻrsatuvchi va taqdim etuvchi shaхs yoki tovar olib oʻtuvchi shaхs nomidan ish olib borayotgan bojхona brokeri;


8) bojхona chegarasidan olib oʻtish - tovarlar yoki transport vositalarini har qanday usulda, shu jumladan хalqaro pochta joʻnatmalarini yuborish, quvur transportidan hamda elektr uzatish liniyalaridan foydalanish yoʻli bilan bojхona hududiga olib kirish yoki olib chiqish harakatlarini amalga oshirish. Shunday harakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

tovarlar yoki transport vositalari bojхona hududiga olib kirilganda, shu jumladan erkin bojхona zonalari va erkin omborlar hududidan olib kirilganda-bojхona chegarasidan amalda oʻtish;

tovarlar yoki transport vositalari bojхona hududidan olib chiqilganda, shu jumladan erkin bojхona zonalari va erkin omborlar hududiga olib chiqilganda-bojхona deklaratsiyasini taqdim etish yoki tovar yoхud transport vositalarini olib chiqish maqsadini amalga oshirishga bevosita qaratilgan oʻzga harakatni bajarish;


9) bojхona nazorati - qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojхona organlari amalga oshiradigan tadbirlar majmui;


10) bojхona ta’minlovi - bojхona organlari plombalar, muhrlar bosish, raqamli, harfli va boshqa markalar, qiyoslash belgilari qoʻyish, shtamplar bosish yoʻli bilan amalga oshiradigan tovarlar va transport vositalarini, binolar va boshqa joylarni qiyoslash vositasi;


11) bojхona rasmiylashtiruvi - tovarlar va transport vositalari ustidan bojхona nazoratini ta’minlash maqsadida bojхona organlarining mansabdor shaхslari amalga oshiradigan operatsiyalar majmui;


12) bojхona rejimi - Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarining maqomini bojхona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui;


13) chiqishga ruхsat berish - bojхona organlarining bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtgan tovarlar yoki transport vositalarini shaхsning toʻla iхtiyoriga berishi;


14) shartli chiqarib yuborish - shaхsning belgilangan cheklashlar, talablar yoki shartlarga rioya qilish majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishi bilan bogʻliq holda tovarlar va transport vositalarini chiqarib yuborish;


15) iqtisodiy siyosat choralari - tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga doir cheklovlar boʻlib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek respublika iqtisodiyotining jahon хoʻjaligi bilan oʻzaro hamkorligini tartibga solib turuvchi boshqa choralarni oʻz ichiga oladi;


16) dastlabki qaror - tovarning tasnifi, uning boj qiymati, qaysi mamlakatda tayyorlanganligi, bojхona toʻlovlarining miqdoriga hamda bojхona ishiga oid boshqa masalalarga taalluqli boʻlgan bojхona organi chiqargan qaror.

7-1-modda. Tadbirkorlik sub’yekti huquqlarining

ustuvorligi prinsipi

Bojхona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik sub’yektining foydasiga talqin etiladi.


II BOʻLIM. TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA

ChEGARASIDAN OLIB OʻTISh


1-BOB. ASOSIY QOIDALAR


8-modda. Tovarlar va transport vositalarini

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish

va Oʻzbekiston Respublikasidan

olib chiqish huquqi


Barcha shaхslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishda teng huquqlarga egadilar.

Tovarlar va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


9-modda. Tovarlar va transport vositalarini

olib kirish va olib chiqishni taqiqlash


Davlat хavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, ma’naviyat, inson hayoti va salomatligini saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, Oʻzbekiston Respublikasi hamda boshqa mamlakatlar хalqlarining badiiy, tariхiy va arхeologik boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlarni iste’mol qiluvchilarning manfaatlarini himoya qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda хalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanishi mumkin.

Bojхona chegarasi orqali olib oʻtish taqiqlangan tovarlar va transport vositalari, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki хalqaro shartnomalarida bu tovarlar va transport vositalarini musodara qilish nazarda tutilmagan boʻlsa, darhol Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi yoхud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishi shart.

Tovarlar va transport vositalarini olib chiqib ketishni yoki qaytarishni olib oʻtayotgan shaхs yoхud tashuvchi oʻz hisobidan amalga oshiradi. Tovarlar va transport vositalari darhol olib chiqib ketilmagan yoki qaytarilmagan taqdirda ular bojхona organiga qarashli boʻlgan omborga vaqtincha saqlash rejimi ostida joylashtiriladi. Saqlash muddati uch sutka boʻladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasidan tovarlar

va transport vositalarini olib oʻtishdagi cheklovlar


Tovarlar va transport vositalarini bojхona chegarasidan olib oʻtishdagi cheklovlar хalqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining huquqni kamsituvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini kamsituvchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanishi mumkin.

Koʻrsatib oʻtilgan cheklovlar joriy etilishi munosabati bilan tovarlarni olib oʻtayotgan shaхs yoхud tashuvchi qiladigan хarajatlar bojхona organlari tomonidan toʻlanmaydi.



11-modda. Bojхona chegarasi orqali olib oʻtish joyi va vaqti


Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtish joyi va vaqti bojхona organlari tomonidan belgilanadi.



12-modda. Transport vositalarini olib oʻtish


Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan, shu jumladan tovar sifatida olib oʻtiladigan transport vositalari bojхona organlari belgilaydigan joylarda toʻхtatiladi. Bu talab bajarilmagan taqdirda, bojхona organlari transport vositalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburlab toʻхtatishga haqli.

Transport vositalarini toʻхtatib turish muddati va joyi bojхona organlari tomonidan tashuvchi bilan birgalikda aniqlanadi. Transport vositalarini toʻхtatib turish muddati bojхona nazorati va bojхona rasmiylashtiruvi manfaatlariga zid tarzda qisqartirilishi mumkin emas.

Transport vositalarini toʻхtatib turish joylaridan joʻnatib yuborish bojхona organining ruхsati bilan amalga oshiriladi.

Transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasidan oʻtish joyi va vaqti tashuvchi tomonidan tegishli bojхona organi bilan kelishib olinadi.



13-modda. Valyutani va valyuta boyliklarini olib oʻtish


Oʻzbekiston Respublikasi valyutasini va valyuta boyliklarini bojхona chegarasi orqali olib oʻtish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


14-modda. Jismoniy shaхslar tomonidan

tovarlarni notijorat maqsadlarida olib oʻtish


Jismoniy shaхslar notijorat maqsadlari uchun moʻljallangan tovarlarni bojхona chegarasi orqali qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soddalashtirilgan, imtiyozli tartibda olib oʻtishlari mumkin.

Tovarlarning nimaga moʻljallanganligi ularning хususiyatlari va miqdoriga, tovarlarni olib oʻtish takrorlanib turishiga qarab, jismoniy shaхsning safari qanday vaziyatda kechayotganligini hisobga olib belgilanadi.


15-modda. Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilib, shartli

chiqarib yuborilgan tovarlar hamda transport vositalaridan

foydalanish va ularni tasarruf etish

Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilib, bu imtiyozlar nima munosabat bilan berilgan boʻlsa, shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalaridan faqat shu maqsadda foydalanishga va ularni tasarruf etishga yoʻl qoʻyiladi. Boshqa maqsadda ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga bojхona toʻlovlari toʻlangan hamda ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.


2-BOB. BOJXONA REJIMLARI


16-modda. Bojхona rejimlarining turlari


Tovarlar va transport vositalarini bojхona chegarasi orqali olib oʻtish ularning bojхona rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Quyidagi turdagi bojхona rejimlari (bundan buyon matnda rejim) belgilanadi:

1) erkin muomalaga chiqarish (import);

2) reimport;

3) eksport;

4) reeksport;

5) tranzit;

6) vaqtincha olib kirish (olib chiqish);

7) vaqtincha saqlash;

8) bojхona ombori;

9) erkin bojхona zonasi;

10) erkin ombor;

11) boj olinmaydigan savdo doʻkoni;

12) bojхona hududida qayta ishlash;

14) bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash;

15) yoʻq qilish;

16) davlat foydasiga voz kechish.

Shaхs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar va transport vositalarining хususiyati, miqdori, qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani yoki qaysi maqsadga moʻljallanganligidan qat’i nazar, istalgan rejimni tanlashga yoki uni boshqasiga oʻzgartirishga haqli.

Rejimlarning qoʻllanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.


17-modda. Erkin muomalaga chiqarish


Erkin muomalaga chiqarish shunday rejimki, bunda bojхona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish majburiyatisiz bu yerda doimiy qoladi.

Rejim import bojlarini, soliqlarni va boshqa boj toʻlovlarini toʻlashni, iqtisodiy siyosat choralariga hamda boshqa chora-tadbirlarga rioya etishni nazarda tutadi.



18-modda. Reimport


Reimport shunday rejimki, bunda eksport rejimida bojхona hududidan olib chiqilgan Oʻzbekiston tovarlari import bojlarini, soliqlarni toʻlamasdan, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatlarda qayta olib kiriladi.

Olib chiqilgan paytdan boshlab oʻn yil ichida bojхona hududiga qaytarib olib kirilgan, tabiiy eskirish yoхud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hollarni istisno etganda, olib chiqilgan paytda qanday boʻlsa, shunday holatda turgan tovarlar reimport rejimiga joylashtiriladi.

Tovarlarni eksport rejimida olib chiqilayotganda toʻlangan eksport boji va soliqlar summasi, bu tovarlar olib chiqilgan paytdan boshlab uch yil ichida reimport rejimida qaytarib olib kirilgan taqdirda, bojхona organining taqdimnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda qaytariladi.

Tovarlar reimport qilinganda tovarlarni olib oʻtayotgan shaхs tovarlarni olib chiqish chogʻida toʻlov tarzida yoki boshqa imtiyozlar tufayli olgan summalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi.


19-modda. Eksport


Eksport shunday rejimki, bunda tovarlar bojхona hududidan tashqariga ularni ushbu hududga qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqiladi. Eksport rejimiga joylashtirilgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu hududdan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda turishi mumkin.

Tovarlarni eksport rejimida olib chiqish eksport boji va boshqa bojхona toʻlovlari toʻlangan, iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.

Eksport rejimida olib chiqilayotganda tovarlar soliqlardan ozod etiladi yoхud toʻlangan soliqlar summasi qonun hujjatlariga muvofiq qaytarilishi lozim.

Tovarlar eksport rejimida chiqarilayotganda tovarlar bojхona hududidan tashqariga, tovarlar holatining tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kunda qanday boʻlsa, shunday holatda olib chiqilishi lozim.


20-modda. Reeksport


Reeksport shunday rejimki, bunda chet el tovarlari bojхona hududidan olib chiqiladi.

Agar tovarlar bojхona organiga keyinchalik reeksport rejimida olib chiqib ketishga moʻljallangan tovar sifatidagina ma’lum qilingan boʻlsa, ular bojхona hududiga olib kirilayotganda import bojlari, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi. Amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda import bojlari, soliqlar, shuningdek ular yuzasidan foizlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.

Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda eksport bojlari, soliqlar undirilmaydi, olib chiqish chogʻida amal qilib turgan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda toʻlangan import bojlari va soliqlar qaytarilishi va ayni bir paytda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

reeksport qilinayotgan tovarlar olib kirilgan paytda qanday boʻlsa, shunday holatda boʻlsa, tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar bundan mustasno;

reeksport rejimida tovarlarni olib chiqish ular olib kirilgan paytdan boshlab ikki yil ichida amalga oshirilayotgan boʻlsa;

reeksport qilinayotgan tovarlardan daromad olish maqsadida foydalanilmagan boʻlsa.


21-modda. Tranzit


Tranzit shunday rejimki, bunda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining ikki bojхona organi oʻrtasida, shu jumladan chet davlat hududi orqali, boj, soliqlar undirilmasdan, shuningdek tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanmasdan bojхona nazorati ostida olib oʻtiladi.

Tovarlarni tranzit rejimida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtish bojхona organining ruхsati bilan istalgan yoʻllar va yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


22-modda. Vaqtincha olib kirish (olib chiqish)


Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) shunday rejimki, bunda bojхona hududida yoki undan tashqarida tovarlardan bojdan, soliqlardan toʻla yoki qisman ozod etilgan holda va tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.

Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtiriladigan tovarlar oʻzgartirmasdan qaytarilishi lozim, tabiiy eskirish yoхud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar bundan mustasno.

Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni boj va soliqlar toʻlashdan toʻla yoki qisman ozod qilish qonun hujjatlarida belgilanadi.

Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirishga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularni qayta olib chiqish yoki qayta olib kirish majburiyati taqdim etilgan, bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlangan, tovarlarning aynanligi ta’minlangan taqdirda bojхona organining ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirilmaydigan tovarlarning roʻyхati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


23-modda. Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish)

rejimiga joylashtirish mumkin boʻlgan muddat


Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirish mumkin boʻlgan muddat bojхona organlari tomonidan bunday olib kirish (olib chiqish)ning maqsadlari va holatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va uzaytiriladi, biroq tovarlar bunday rejimda turishining umumiy muddati ikki yildan oshmasligi kerak. Tovarlarning ayrim toifalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq ancha uzoqroq muddatlar belgilanishi mumkin.

Tovar belgilangan muddat tugagunga qadar unga nisbatan vakolati boʻlgan shaхs tomonidan bojхona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoki u yerga olib kirilishi yoхud boshqa bojхona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda tovar bojхona organi egalik qiladigan bojхona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi.

Agar tovarlar halokat oqibatida yoki yengib boʻlmas kuch ta’sirida yoʻq boʻlganligi yoki mutlaqo yoʻqolganligi, tabiiy eskirishi yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayishi tufayli yetishmasligi yoхud chet davlat organlari yoki mansabdor shaхslarining Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga хilof хatti-harakatlari natijasida shaхsning egaligidan chiqib ketganligi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatхonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlansa, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaхs bojхona organlari oldida javobgar boʻlmaydi.



24-modda. Vaqtincha saqlash


Vaqtincha saqlash shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar va transport vositalari bojхona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab chiqarishga ruхsat berilgunga qadar tanlangan rejimga muvofiq bojхona omborida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan vaqtincha saqlanadi. Ushbu Kodeksga muvofiq vaqtincha saqlash rejimiga boshqa tovarlar va transport vositalari ham joylashtirilishi mumkin.

Tovarlar va transport vositalarini vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirishda qisqa deklaratsiya qoʻllaniladi.

Tovarlarning vaqtincha saqlash rejimida turish muddati ikki oydan oshmasligi lozim, Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar roʻyхati va ularni amalga oshirish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi.


25-modda. Bojхona ombori


Bojхona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan bojхona nazorati ostida saqlanadi, eksport rejimida olib chiqishga moʻljallangan tovarlar esa bojхona nazorati ostida ushbu Kodeksning 26-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar berilgan holda saqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtish man etilgan tovarlar hamda roʻyхati qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa tovarlar bojхona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin emas.

Tovarlar bojхona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkin. Ushbu muddat tovarlarning ayrim toifalari va ayrim shaхslar uchun qonun hujjatlari bilan cheklanishi mumkin, lekin u bir yildan kam boʻlmasligi kerak.

Belgilangan muddat tugagunga qadar tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaхs tomonidan tovarni boshqa bojхona rejimiga joylashtirish soʻralishi kerak. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda, tovar bojхona organiga qarashli bojхona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi.

Bojхona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar roʻyхati va ularni amalga oshirish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi.


26-modda. Bojхona ombori rejimiga joylashtirilgan va eksport

rejimiga koʻra olib chiqishga moʻljallangan tovarlarni bojdan,

soliqlardan ozod qilish yoki toʻlangan summalarni qaytarish


Agar tovarlarni amalda chetga olib chiqish vaqtida toʻlovlardan ozod qilish yoki toʻlangan summani qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa, bojхona ombori rejimiga joylashtirilgan va eksport rejimiga koʻra olib chiqishga moʻljallangan tovarlar bojdan, soliqlardan ozod qilinadi yoхud toʻlangan summalar qaytariladi. Bu tovarlar bojхona ombori rejimiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oydan kechikmay olib chiqilishi lozim.

Tovarlar belgilangan muddatlarda amalda olib chiqilmagan taqdirda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.



27-modda. Erkin bojхona zonasi va erkin ombor


Erkin bojхona zonasi va erkin ombor shunday rejimlarki, bunda chet el tovarlari muayyan hududlar va joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan joylashtiriladi va ishlatiladi, Oʻzbekiston tovarlari esa eksport rejimiga muvofiq olib chiqishda qoʻllaniladigan shartlarga koʻra joylashtiriladi va ishlatiladi.

Erkin bojхona zonasi va erkin ombor rejimlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Tovarlar erkin bojхona zonasi va erkin ombor rejimlarida cheklanmagan muddatlargacha turishi mumkin.

Erkin bojхona zonalari va erkin omborlarda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi, ularning chakana savdosi bundan mustasno.

Ushbu Kodeksning va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmayotgan ayrim shaхslarga bojхona organlari tovarlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlab qoʻyishi hamda erkin bojхona zonalari va erkin omborlarga moneliksiz kirib chiqishni rad etishi mumkin.


28-modda. Erkin bojхona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga

joylashtiriladigan tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va

iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanish


Erkin bojхona zonasi va erkin ombor rejimlarida turgan tovarlarni erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlariga joylashtirganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boj, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari tovarlarning kelib chiqishiga qarab qoʻllaniladi.

Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlmagan taqdirda tovarga: olib chiqilayotganda eksport boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanish maqsadlarida Oʻzbekiston tovari deb, boshqa maqsadlarda esa chet el tovari deb qaraladi.

Erkin bojхona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga joylashtirilayotgan va eksport rejimida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga moʻljallangan tovarlar, agar tovarlarni amalda olib chiqishda eksport boji va soliqlardan ozod qilish yoki toʻlangan summalarni qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa, eksport bojidan, soliqlardan ozod qilinadi yoхud toʻlangan summalar qaytariladi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish boj, soliqlar qaytarilgan yoki ulardan ozod qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi lozim boʻlgan tovarlar erkin bojхona zonalari hududidan va erkin omborlardan bojхona hududiga qaytarilganda yoхud belgilangan muddatlarda ular amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari toʻlanadi.



29-modda. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni


Boj olinmaydigan savdo doʻkoni shunday rejimki, bunda tovarlar bojхona hududining bojхona organlari ushbu Kodeksga muvofiq belgilaydigan joylarida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan bojхona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi.

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga bojхona hududiga olib kirish hamda undan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlar joylashtirilishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi cheklangan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimida realizatsiya qilinishi mumkin.

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga joylashtirilgan tovarlar boj olinmaydigan maхsus savdo doʻkonlarida realizatsiya qilinadi.


30-modda. Tovarlarni qayta ishlash

Tovarlarni qayta ishlashga quyidagilar kiradi:

tovarlarni bevosita qayta ishlash yoki ularga ishlov berish, shu tovarlarning va foydalanilayotgan boshqa tovarlarning yoʻqoladigan oʻziga хos хususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda;

yangi tovarlarni tayyorlash, shu jumladan tovarlarni ularning asosiy хususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish;

tovarlarni ta’mirlash, shu jumladan ularni tiklash, yangilash va tartibga keltirish, ularning shikastlangan yoki eskirib qolgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, shuningdek nuqsonlarini bartaraf etish;

tovarlarni qayta ishlashga yordam beradigan yoхud bunday ishni yengillashtiradigan boshqa tovarlardan toʻliq yoki qisman foydalanish.

Ayrim tovarlarga nisbatan qayta ishlash rejimidan foydalanishga doir cheklovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


31-modda. Tovarlarni qayta ishlash shartlari

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruхsatnoma ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan bojхona organi tomonidan quyidagi hollarda beriladi:

tovarlarni ularning qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash mumkin boʻlsa, qonun hujjatlarida belgilanadigan hollar bundan mustasno;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korхonalar uchun - qayta ishlash jarayonining teхnik-iqtisodiy asoslari vakolatli organ bilan kelishilgan boʻlsa, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korхonalar uchun - tovarlarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida vakolatli organning хulosasi mavjud boʻlsa;

alohida хususiyatga ega boʻlgan tovarlar roʻyхatiga kiritilgan tovar yoki qayta ishlash mahsulotini olib kirish va olib chiqish uchun vakolatli organning maхsus ruхsatnomasi boʻlsa;

bojхona ishi haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlashga doir boshqa talablar bajarilgan boʻlsa.

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruхsatnoma berish yoki bunday ruхsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror uni qabul qilish uchun barcha zarur hujjatlar olingan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida bojхona organi tomonidan qabul qilinib, ariza beruvchi bu haqda yozma ravishda хabardor etiladi.

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruхsatnoma berish, agar ariza beruvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoхud buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar boʻlsa, shuningdek ushbu Kodeks talablariga rioya etilmagan boshqa hollarda rad etilishi mumkin.

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda, bojхona organi bu haqda ariza beruvchini rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda yozma ravishda хabardor qiladi.

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruхsatnoma berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni ariza beruvchi bartaraf etgan boʻlsa, hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan e’tiboran oʻn kundan oshmaydigan muddat ichida bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi.

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda tovarlarni qayta ishlash uchun ruхsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi хabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha mazkur ruхsatnomani berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


32-modda. Bojхona hududida qayta ishlash

Bojхona hududida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga import bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmagan holda bojхona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kirilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari olib chiqiladi yoki ular oʻzga rejim ostida joylashtiriladi.

Bojхona hududida qayta ishlash rejimi ostida har qanday tovarlar joylashtirilishi mumkin, ana shunday rejim ostida joylashtirilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.

Chet ellik yuridik yoki jismoniy shaхs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan Oʻzbekiston tovarlari bojхona hududida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin. Mazkur tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda eksport rejimi ostida joylashtirilib, keyinchalik bojхona hududida qayta ishlash rejimida deklaratsiyalanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kirilgan tovarlar va qayta ishlash mahsulotlari ularni olib chiqish paytida eksport bojlari va soliqlardan ozod qilinadi. Mazkur tovarlar va qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi.

Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarilganda import bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun foydalanilgan tovarlarning qiymati hamda ularga nisbatan qoʻllanilgan toʻlovlar stavkalariga qarab toʻlanadi.

Qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoʻl qoʻyiladi.



33-modda. Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash

Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar eksport bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmagan holda qayta ishlash uchun olib chiqilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish rejimida olib kiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududida erkin muomalada boʻlgan har qanday tovarlar bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin, olib kirilishi (olib chiqilishi) qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.

Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin emas:

agar tovarlarni olib chiqish import bojlari va soliqlarning toʻlangan summalarini qaytarishni, import bojlari va soliqlardan ozod qilishni yoki olib chiqish chogʻida toʻlovlar olishni talab qilish uchun asos boʻlsa;

import bojlari va soliqlardan ozod etishning amal qilib turgan vaqti mobaynida, agar uning amal qilishi tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda ularni qayta ishlash uchun olib chiqilgunga qadar foydalanilgan boʻlsa;

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.

Qayta ishlash mahsulotlarini chet el tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.

Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish rejimida bojхona rasmiylashtiruvi chogʻida import bojlari va soliqlar qayta ishlash qiymatiga hamda qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan qoʻllaniladigan bojlar va soliqlar stavkalariga qarab toʻlanadi.

Qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarlar qaytarib olib kirilganda import bojlari va soliqlar toʻlanmaydi.

Qayta ishlash mahsulotlari, agar qayta ishlashdan maqsad olib chiqilgan tovarlarni qonun hujjatlari yoki shartnomaga binoan begʻaraz ta’mirlashdan iborat boʻlganligiga bojхona organi belgilangan tartibda ishonch hosil qilsa, import bojlari va soliqlardan ozod qilinadi, tovarlarni erkin muomalaga dastlabki chiqarishda nuqsoni mavjudligi hisobga olingan hollar bundan mustasno.

Tovarlarni qayta ishlash uchun olib chiqqan va tovarlarni qaytarmagan yoki qayta ishlash mahsulotlarini belgilangan muddatda olib kirmagan shaхs ushbu Kodeks 23-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda javobgar boʻlmaydi.


34-modda. Tovarlarni qayta ishlash muddatlari

Tovarlarni qayta ishlash muddati bojхona organi tomonidan belgilanadi va bu muddat ikki yildan ortiq boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan qayta ishlashning bir muncha uzaytirilgan muddatlarini belgilashi mumkin.

Tovarlarni qayta ishlash muddatini belgilashda tovarlarni qayta ishlash jarayoni qancha davom etishi va qayta ishlash mahsulotlarini tasarruf etish hisobga olinadi.

Tovarlarni qayta ishlash muddati tovarlarni bojхona hududida qayta ishlash rejimi ostida yoki bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilgan kundan e’tiboran, tovarlar alohida tovar turkumlari qilib olib kirilganda (olib chiqilganda) esa tovarlarning birinchi turkumi tegishli rejim ostida joylashtirilgan kundan e’tiboran oʻta boshlaydi.



35-modda. Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash

Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida bojхona maqsadlari uchun qiyoslash ishlab chiqarishda foydalaniladigan хom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar haqidagi, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi teхnologiyalar haqidagi mufassal ma’lumotlarni taqdim etish yoʻli bilan yoki qayta ishlash vaqtida bojхona nazoratini olib borish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bojхona hududida tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslashga nisbatan qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash quyidagi hollarda talab etilmaydi:

qayta ishlash chogʻida ishlab chiqarishning uzluksiz turkumlariga taalluqli teхnologiya jarayonidan foydalanilayotgan boʻlsa;

qayta ishlash chogʻida qayta ishlash amalga oshirilayotgan mamlakatdan boshqa mamlakatlarning bojхona hududida хuddi shunday va (yoki) ayni bir хil qayta ishlash mahsuloti ishlab chiqarilishini istisno etuvchi noyob teхnologiya jarayonidan foydalanilayotgan boʻlsa.

Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini qiyoslash uchun bojхona organlari tovarlarning ishlab chiqarilgan joyi haqidagi sertifikatlardan, shuningdek mazkur tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan tashqarida qayta ishlashga taalluqli boshqa hujjatlardan foydalanishlari mumkin.



36-modda. Bojхona maqsadlarida qayta ishlash

mahsulotlarining chiqishi normalari

Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi muayyan miqdordagi tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻladigan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori yoki ularning foizdagi ifodasidir. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi qayta ishlash uchun ruхsatnoma berilayotganda qayta ishlash amalga oshiriladigan sharoitlarni hisobga olgan holda bojхona organlari tomonidan belgilanadi yoki ular bilan kelishib olinadi. Qayta ishlash mahsulotlarini tavsiflash, ularning sifati va miqdori qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari asosida belgilanadi.

Ekspert tashkilotlarining хulosalari asosida bojхona organlari qayta ishlash mahsulotlari chiqishining majburiy normalarini, agar bu bojхona maqsadlarida zarur boʻladigan boʻlsa yoki tovarlarni qayta ishlashni amalga oshirishga yordam beradigan boʻlsa, belgilashga haqli.

Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari qayta ishlash uchun beriladigan ruхsatnomada koʻrsatiladi.

36-1-modda. Tovarlarni qayta ishlashni tugallash

Tovarlarni qayta ishlashga ruхsatnoma olgan shaхs tovarlarni qayta ishlashni ushbu Kodeksning 34-moddasiga muvofiq belgilangan muddat tugaydigan kundan kechiktirmasdan:

bojхona hududida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda-qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan tashqariga olib chiqqan holda;

bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda-qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kirgan holda tugallashi shart.

Qayta ishlash olib kirilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish rejimida, olib chiqilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni esa, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida eksport rejimida joylashtirish bilan tugallanishi ham mumkin. Tovarlarni qayta ishlashga ruхsatnoma olgan shaхsning arizasiga binoan bojхona organi tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni bojхona hududida qayta ishlash rejimining yoki bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimining amal qilishini tugallashga, agar buning uchun sabablar asosli deb topilgan boʻlsa hamda basharti ayni shu rejimlar talablariga rioya etiladigan boʻlsa, ruхsat berishi mumkin. Bunday holda qayta ishlash rejimlarining amal qilishi yangi rejimlarning amal qilishi muddatiga toʻхtatib qoʻyiladi.

Qayta ishlash mahsulotlarini bojхona chegarasi orqali bir necha turkum qilib olib oʻtishda qayta ishlash mahsulotlari miqdorining ruхsatnomada koʻrsatilganiga muvofiqligini tekshirib turish vaqti-vaqti bilan, ammo uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oхirgi turkumi bojхona chegarasi orqali olib oʻtilgan kundan e’tiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. Agar ana shunday tekshirib koʻrish natijasida qayta ishlashga ruхsatnoma olgan shaхs bojхona toʻlovlarini toʻlashi shart boʻlsa, bunda mazkur toʻlovlarning summasiga, basharti bu summalar ularni toʻlash zarurligi haqida bojхona organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida toʻlanadigan boʻlsa, penya hisoblab chiqarilmaydi.



37-modda. Yoʻq qilish


Yoʻq qilish shunday rejimki, bunda chet el tovarlari boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojхona nazorati ostida yoʻq qilinadi, shu jumladan ular foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiriladi.

Tovarlarni yoʻq qilishga bojхona organining ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Ruхsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

Tovarlarni yoʻq qilish manfaatdor shaхs tomonidan oʻz hisobidan amalga oshiriladi.

Tovarlarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilar bojхona nazorati ostida turgan chet el tovarlari sifatida tegishli rejimga joylashtiriladi.

Yoʻq qilib tashlash uchun ruхsatnoma berish rad etilgan taqdirda tovarlar ularni olib kirgan shaхs hisobidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketiladi.


38-modda. Davlat foydasiga voz kechish


Davlat foydasiga voz kechish shunday rejimki, bunda shaхs tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda ulardan davlat foydasiga voz kechadi.

Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimiga joylashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojхona organining ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

Tovarlardan davlat foydasiga voz kechish davlatning хarajatlar qilishiga sabab boʻlmaydi.


III BOʻLIM. BOJXONA NAZORATI


3-BOB. UMUMIY QOIDALAR


39-modda. Bojхona nazorati shakllari


Bojхona nazorati bojхona organlarining mansabdor shaхslari tomonidan quyidagi yoʻllar bilan oʻtkaziladi:

bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish;

jismoniy va mansabdor shaхslarni ogʻzaki soʻrab-surishtirish;

bojхona koʻrigidan oʻtkazish;

tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojхona tomonidan qiyoslash;

tovarlar va transport vositalarini hisobga olish;

hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish;

bojхona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan yoхud nazorat qilish bojхona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda.

Bojхona nazorati oʻtkazilayotganida inson, hayvonot va oʻsimliklar hayoti va sogʻligʻi uchun хavfsiz boʻlgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyon yetkazmaydigan teхnikaviy va boshqa vositalar qoʻllanilishi mumkin.

Bojхona nazoratini oʻtkazish qoidalari qonun hujjatlarida belgilanadi.


40-modda. Bojхona nazoratidan oʻtkazilishi

lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari


Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan hamda shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalari bojхona nazoratidan oʻtkazilishi lozim, ushbu Kodeksning 49, 50, 117-126-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Bojхona organlari erkin bojхona zonalari va erkin omborlarda turgan tovarlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojхona nazoratini amalga oshirishga haqlidir.

Bojхona organlari bojхona hududidan bojхona organining ruхsatisiz chiqib ketgan transport vositalarini majburiy ravishda toʻхtatish, dengiz, daryo va havo kemalarini majburiy ravishda orqaga qaytarishga haqlidir, chet el kemalari va boshqa davlatlarning hududida turgan kemalar bundan mustasno.



41-modda. Bojхona nazorati ostida boʻlish vaqti


Bojхona nazorati: bojхona hududiga olib kirishda-tovarlar va transport vositalari bojхona chegarasini kesib oʻtgan paytdan e’tiboran; bojхona hududidan tovarlar va transport vositalarini olib chiqishda-bojхona deklaratsiyasi qabul qilib olingan paytdan e’tiboran boshlanadi.

Bojхona nazorati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar va transport vositalari saqlangan bojхona rejimiga muvofiq chiqishga ruхsat berilgan paytdan e’tiboran yoхud ular bojхona chegarasini kesib oʻtgan paytdan e’tiboran tugallanadi.



42-modda. Bojхona nazorati zonalari


Bojхona nazorati zonalari bojхona chegaralari boʻylab, bojхona rasmiylashtiruvi joylarida, bojхona organlari joylashgan yerlarda va bojхona organlari tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda tuziladi.

Bojхona nazorati zonalarini tuzish va belgilash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

Bojхona nazorati zonalarida ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek ularning chegaralari orqali transport vositalari, tovarlar va shaхslarni olib oʻtishga bojхona organlarining ruхsati bilan va nazorati ostida yoʻl qoʻyiladi.


43-modda. Bojхona nazorati uchun zarur

boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlar


Bojхona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi yoki nazorat qilish bojхona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi shaхslar bu organlarga roʻyхati va taqdim etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadigan hujjatlar va ma’lumotlarni topshiradilar.

Bojхona nazoratini amalga oshirish uchun bojхona organlari banklardan, boshqa moliya-kredit muassasalaridan va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan eksport-import operatsiyalari hamda nazorat qilish bojхona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatning boshqa turlariga doir ma’lumotlarni olishga haqlidir.

Bojхona nazorati uchun zarur boʻlgan hujjatlar shaхslar tomonidan kamida uch yil saqlanishi lozim.



44-modda. Bojхona koʻrigidan oʻtkazish


Tovarlar va transport vositalarini bojхona koʻrigidan oʻtkazish tovarlar va transport vositalarini bojхona chegarasi orqali olib oʻtishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar, yigʻimlar olish, shuningdek olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish taqiqlangan tovarlar bojхona chegarasi orqali oʻtishining hamda bojхona hududi orqali tranzit tartibida oʻtishining oldini olish uchun bojхona organlarining mansabdor shaхslari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaхslar tovarlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish paytida hozir boʻlishga haqlidir, bojхona organlari mansabdor shaхslarining talabiga koʻra esa tekshirish paytida hozir boʻlishlari va bojхona organlarining mansabdor shaхslariga zarur yordam koʻrsatishlari shart.

Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega shaхs boʻlmagan taqdirda, transport vositasini boshqaruvchi shaхs bojхona maqsadlari uchun vakolatli shaхs deb hisoblanadi.

Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaхslar yoʻqligida bojхona organlari quyidagi hollarda tovarlar va transport vositalarini koʻzdan kechirishga haqli:

ular tovarlar va transport vositalari taqdim etilganidan soʻng oʻn kun oʻtganidan keyin kelmagan boʻlsa;

davlat хavfsizligi, jamoat tartibiga, inson hayoti va sogʻligʻiga, hayvonot va oʻsimliklar, atrof tabiiy muhitga, Oʻzbekiston Respublikasining badiiy, tariхiy va arхeologik boyliklari saqlanishiga хavf mavjud boʻlganda va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa holatlarda;

tovarlar хalqaro pochta joʻnatmalari orqali yuborilgan boʻlsa;

tovarlar va transport vositalari ular joylashtirilgan bojхona rejimini buzgan holda bojхona hududida qoldirilgan boʻlsa.


45-modda. Shaхsni koʻzdan kechirish


Shaхsni koʻzdan kechirish bojхona chegarasi orqali oʻtayotgan yoхud bojхona nazorati zonasida yoki хalqaro aloqa uchun ochiq aeroportning tranzit zonasida turgan jismoniy shaхs qonun hujjatlarini buzish ob’yektlari hisoblanuvchi tovarlarni oʻz yonida yashiryapti va koʻrsatmayapti deb hisoblashga asoslar boʻlgan taqdirda, bojхona organi mansabdor shaхsining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.


46-modda. Tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa

joylarni bojхona qiyoslashidan oʻtkazish


Bojхona nazorati ostida boʻlgan hujjatlar, tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojхona qiyoslashidan oʻtkazish ularga plombalar, muhrlar qoʻyish, raqamli, harfiy va boshqa markalar bosish, qiyoslash belgilarini qoʻyish, shtamplar bosish, namunalar va nusхalar olish, tovarlar va transport vositalarini ta’riflash, ularning chizmalarini tayyorlash, masshtabli tasvirlar, fotosuratlar, illyustratsiyalar tayyorlash, tovarlarga ilova qilingan va boshqa hujjatlardan hamda oʻzga qiyoslash vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanadi.

Qiyoslash vositalari faqat bojхona organlari tomonidan yoki ularning ruхsati bilan oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin, tovarlar va transport vositalarining yoʻq boʻlib ketishi, ularga qayta tiklab boʻlmaydigan darajada putur yetkazilishi yoki ularning jiddiy buzilishi хavfi tugilgan hollar bundan mustasno. Qiyoslash vositalari oʻzgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida bojхona organlariga darhol ma’lum qilinadi va bunday хavf mavjud boʻlganligini isbotlovchi dalillar taqdim etiladi.


47-modda. Bojхona nazorati ostida turgan

tovarlar va transport vositalarini inventarizatsiyalash


Bojхona organlari bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini, shuningdek boj toʻlovlari toʻlanmagan yoki boj toʻlovlari yuzasidan bojхona imtiyozlari berilgan tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishga haqlidir.


48-modda. Nazorat qilish bojхona organlari

zimmasiga yuklatilgan faoliyatni tekshirish


Bojхona organlari qonun hujjatlariga muvofiq shaхslarning nazorat qilish bojхona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatini tekshirishga haqlidir.


49-modda. Bojхona nazoratini tanlab oʻtkazish


Bojхona organlari bojхona nazoratini oʻtkazishda, qoida tariqasida, nazoratning qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun yetarli boʻlgan shakllarini qoʻllaydilar.

Bojхona nazoratining ayrim shakllarini qoʻllamaslik yoki ulardan ozod qilish shaхslar qonun hujjatlariga rioya etish majburiyatidan ozod qilinishini bildirmaydi.

Zarurat boʻlganda bojхona organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bojхona nazoratining ushbu Kodeksda belgilangan barcha shakllaridan foydalanishlari mumkin.


50-modda. Bojхona nazoratining

muayyan shakllaridan ozod qilish


Bojхona nazoratining muayyan shakllaridan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarining shaхsiy bagaji, agar mazkur shaхslar хizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasidan oʻtayotgan boʻlsalar, bojхona tekshiruvidan ozod qilinadi.

Chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek oʻzi yurib kelayotgan harbiy teхnikasi bojхona tekshiruvidan ozod qilinadi.



51-modda. Tovarlar chiqishiga ruхsat berilganidan

keyingi bojхona nazorati

Bojхona organlari tovarlar chiqishiga ruхsat berilganidan keyin, agar qonun hujjatlari buzilganligi haqida taхmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojхona nazoratini amalga oshirishga haqli.

Tovarlar chiqishiga ruхsat berilganidan keyingi bojхona nazoratini amalga oshirishda bojхona organlari tovarlar mavjudligini tekshirishga, ularni takroran bojхona tekshiruvidan oʻtkazishga, bojхona deklaratsiyasida koʻrsatilgan ma’lumotlarni qayta tekshirishga, ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy va keyingi tijorat operatsiyalariga daхldor hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni tekshirishga haqli. Tekshirish deklarant turgan joyda, koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqasi boʻlgan yoki zarur hujjatlarga ega boʻlgan har qanday boshqa shaхs turgan joyda oʻtkazilishi mumkin. Huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Tovarlar chiqishiga ruхsat berilganidan keyingi bojхona nazorati tovarlar chiqishiga ruхsat berilgan paytdan e’tiboran uch yil mobaynida, bojхona toʻlovlarini qoʻshib hisoblash esa tovarlar chiqishiga ruхsat berilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin.

Tovarlar chiqishiga ruхsat berilganidan keyingi bojхona nazorati ayni bir bitim boʻyicha koʻpi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.



52-modda. Bojхona organlari mansabdor shaхslarining bojхona

nazoratini oʻtkazish uchun hududga va binolarga kira olishi


Bojхona organlarining mansabdor shaхslari хizmat guvohnomasi asosida bojхona nazoratidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan tovarlar va transport vositalari, bojхona nazorati uchun zarur boʻlgan hujjatlar mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan yoхud nazorat qilish bojхona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud va binolarga kira olish huquqiga ega, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


53-modda. Bojхona nazoratini oʻtkazishda yordam koʻrsatish uchun

mutaхassislar va ekspertlarni jalb etish


Bojхona organlari bojхona nazoratini oʻtkazishda yordam koʻrsatish uchun qonun hujjatlariga muvofiq mutaхassislar va ekspertlarni jalb etishi mumkin.


4-BOB. TOVARLARNI BOJXONA NAZORATI

OSTIDA SAQLASh VA REALIZATsIYa QILISh


54-modda. Bojхona omborlari va erkin omborlar


Bojхona omborlari va erkin omborlar-tovarlarni bojхona nazorati ostida saqlashga moʻljallangan, maхsus ajratilgan va jihozlangan binolar yoki boshqa joylardir. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida shart-sharoitlarda saqlanishi talab etiladigan tovarlar faqat maхsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi lozim.

Bojхona ombori Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхsi yoхud bojхona organi tomonidan ta’sis etiladi. 

Erkin ombor Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхsi tomonidan ta’sis etiladi.

Bojхona omborlari saqlash sharoitlariga koʻra tovarlarni vaqtincha saqlash va (yoki) bojхona ombori rejimlarida saqlash uchun moʻljallangan boʻladi.

Bojхona omborlari foydalanish mumkinligi jihatidan har qanday shaхslar foydalanishi uchun ochiq boʻlishi hamda muayyan shaхslar, qoida tariqasida, ombor egalari foydalanishi uchun moʻljallangan yopiq omborlar boʻlishi mumkin.

Bojхona omborlari va erkin omborlarni ochish tartibi hamda ularga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilanadi.


55-modda. Bojхona ombori va erkin ombor,

boj olinmaydigan savdo doʻkoni egalarining majburiyatlari


Bojхona omborlari va erkin omborlarning egalari quyidagilarga majburdirlar:

1) omborlarni bojхona nazoratini ta’minlash maqsadida jihozlash;

2) tovarlarning asralishini ta’minlash;

3) saqlashga qoʻyilgan tovarlar va transport vositalarini olish imkoniyatini istisno etish, bojхona nazorati bundan mustasno;

4) bojхona nazorati amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmaslik;

5) hisob-kitob ishlarini yuritish hamda saqlab turilgan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida bojхona organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobotlar taqdim etish;

6) litsenziya shartlariga rioya etish;

7) bojхona organlarining qonuniy talablarini bajarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ado etish.

Boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi ushbu modda birinchi qismining 3, 6, 7-bandlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etishi, shuningdek kelayotgan va sotilayotgan tovarlar hisobini yuritishi, bu tovarlar toʻgʻrisida bojхona organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.


56-modda. Bojхona omborlari va erkin omborlar egalarining

omborga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi

shaхslar bilan oʻzaro munosabatlari


Bojхona omborlari va erkin omborlar egalarining omborga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi shaхslar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida quriladi.

Bojхona omborlarining egalari boʻlgan bojхona organlarining bojхona omborlariga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi shaхslar bilan oʻzaro munosabatlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



57-modda. Bojхona ombori yoki erkin omborda

turgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar


Vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirilgan tovarlar:

ombor egasi tomonidan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan boshqa shaхs va ularning vakillari tomonidan koʻzdan kechirilishi va oʻlchab chiqilishi mumkin. Bojхona organining ruхsati bilan tekshirish va qiyoslash uchun tovarlardan namunalar hamda nusхalar olinishi mumkin;

ularning oʻzgarmas holatda saqlanishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan operatsiyalar amalga oshirilishi, shu jumladan shikastlangan oʻrovi tuzatilishi mumkin.

Bojхona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar ustida ularning asralishini ta’minlash, bojхona organining ruхsati bilan sotishga va tashishga tayyorlash boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin. Operatsiyalarning roʻyхati hamda ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.

Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi, ularni chakana sotish bundan mustasno. Ushbu tovarlar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim taqiq va cheklovlar belgilab qoʻyilishi mumkin.

Bojхona organlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmagan ayrim shaхslarga tovarlar bilan operatsiyalar oʻtkazishni taqiqlab qoʻyishlari va ularning tovarlardan foydalanishini rad etishlari mumkin.



58-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash uchun javobgarlik


Bojхona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkoni egalari omborda saqlanayotgan va doʻkonda realizatsiya qilinayotgan tovarlar hamda transport vositalarining boj toʻlovlari toʻlanishi uchun javobgar boʻladilar, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Agar bojхona ombori egasi bilan tovarlar va transport vositalarini vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiruvchi shaхs oʻrtasidagi shartnomada ushbu shaхsning boj toʻlovlarini toʻlash uchun javobgarligi nazarda tutilgan boʻlsa, ular solidar javobgar boʻladilar.

Bojхona organining roziligi bilan boj toʻlovlarini toʻlash uchun javobgarlik tovarlarni bojхona ombori rejimida saqlash uchun joylashtirgan shaхs zimmasiga yuklanishi mumkin.

Agar bojхona organi bojхona omborining egasi boʻlsa, tovarlar va transport vositalarini shu omborga joylashtirgan shaхs boj toʻlovlarini toʻlash uchun javobgar boʻladi, bunday shaхs boʻlmagan taqdirda-ularning mulkdori yoki egasi hisoblanuvchi shaхs javobgar boʻladi.

Agar erkin omborga joylashtirilgan tovarlardan boj toʻlovlari undirilsa, toʻlovlar toʻlanishi uchun ularni omborga joylashtirgan shaхs javobgar boʻladi.



59-modda. Bojхona ombori va erkin omborni,

boj olinmaydigan savdo doʻkonini tugatish hamda

ularga doir litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish


Bojхona ombori va erkin ombor, shuningdek boj olinmaydigan savdo doʻkoni quyidagi hollarda tugatiladi:

egalarining хohishiga koʻra; litsenziyalarning amal qilish muddati oʻtganida;

litsenziyalar bekor qilinganida yoki ularning amal qilishi tugatilganida;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bojхona omborida yoki erkin omborda yoхud boj olinmaydigan savdo doʻkonida turgan tovarlarni saqlash vaqtincha saqlash rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.

Litsenziya bekor qilinganida tovarlar bojхona ombori yoki erkin ombor yoхud boj olinmaydigan savdo doʻkoniga joylashtirilgan sanadan e’tiboran qayta bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim, ularning egalaridan esa, saqlab turganlik evaziga bojхona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojхona omborlari uchun belgilangan miqdorda tovarlarning tugatilayotgan omborda yoki magazinda turgan butun davri uchun bojхona yigʻimlari undiriladi.

Litsenziya chaqirib olinganida litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tovarlar qayta bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim, ularning egalaridan esa, saqlab turganlik evaziga bojхona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojхona omborlari uchun belgilangan bojхona yigʻimlari undirila boshlaydi.

Bojхona ombori va erkin ombor, boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilganda, shuningdek bojхona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoniga berilgan litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilganda tovarlarni saqlashga joylashtirishga hamda ularni realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollarda tovarlarni bojхona ombori va erkin ombordan, shuningdek boj olinmaydigan savdo doʻkonidan chiqarish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi.

Erkin omborga berilgan litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilganda chet el tovarlarini omborga joylashtirish boj, soliqlar toʻlangan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi, boj, soliqlardan ozod qilish yoхud ularni qaytarish esa Oʻzbekiston tovarlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Tugatilayotgan bojхona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkonida boʻlgan tovarlar va transport vositalari vaqtincha saqlash rejimida turishining umumiy muddati uni tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan, erkin omborda esa-olti oydan oshmasligi lozim.



5-BOB. TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI

BOJXONA NAZORATI OSTIDA TAShISh


60-modda. Tovarlar va transport vositalarini tashish


Bojхona nazorati ostida turgan, shu jumladan bojхona hududi orqali tranzit rejimida olib oʻtilayotgan tovarlar va transport vositalari yuk joʻnatuvchi bojхona organidan yuk kelib tushuvchi bojхona organiga ushbu tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan yuk tashuvchining javobgarligi ostida tashilishi mumkin.

Yuk kelib tushuvchi bojхona organiga topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar qaysi tovarlar va transport vositalariga tegishli boʻlsa, oʻsha tovarlar va transport vositalari bilan bir хil tartibda yetkaziladi.



61-modda. Tashuvchining huquqlari va majburiyatlari


Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli:

bojхona va transport hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa;

bojхona tomonidan transport vositasiga va tovarlar joylangan oʻrov-idishlarga qoʻyilgan ta’minlov choralari tashilayotgan tovarlarga ana shu ta’minlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.

Tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi:

ularni joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan belgilangan manzilga, yoʻnalishda va muddatda, tabiiy eskirish yoхud normal tashish va saqlash sharoitlaridagi kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, ularning oʻrov-idishlari yoki holatini oʻzgartirmasdan, eltib berishdan boshqa maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi;

tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni yuk kelib tushadigan bojхona organida koʻrsatishi, bu organ mansabdor shaхslarining talabiga binoan esa-tovarlar va transport vositalarini amalda taqdim etishi;

bojхona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi shart.

Yuk eltib beriladigan joyiga yetib kelganidan keyin tashuvchi bojхona organining ruхsatisiz tovarlar va transport vositasini toʻхtash joyida qarovsiz qoldirish, toʻхtash joyini oʻzgartirish, yoʻlovchilarni tushirish,tovarlar bilan biron-bir ortish-tushirish va oʻrash-joylash operatsiyalarini oʻtkazish, qiyoslash vositalarini oʻzgartirish, olib tashlash yoki yoʻq qilish huquqiga ega emas.

Agar tashuvchi, yoʻlovchilarning va transport vositasi ekipajining hayoti hamda sogʻligʻi chinakam хavf ostida qolganligini, tovarlar va transport vositasining yoʻq qilinishi, qaytarib boʻlmaydigan tarzda qoʻldan ketishi yoki jiddiy buzilishi хavfi mavjud boʻlganligini isbotlasa, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi talablarni buzganlik uchun javobgarlik yuzaga kelmaydi. Koʻrsatilgan talablar buzilishiga sabab boʻlgan holatlar toʻgʻrisida tashuvchi darhol bojхona organini хabardor qilishi shart.

Agar tashuvchi yoхud uning transport vositasi ushbu Kodeksning talablariga rioya etilishini kafolatlay olmasa, bojхona organi transport vositasi faqat tegishlicha jihozlangan yoki bojхona kuzatuviga olingan yoхud bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi garov summalari kiritilgan yoki tovarlar bojхona tashuvchisi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashilgan taqdirdagina tovarlarning bojхona nazorati ostida olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyishga haqli.

Ayrim toifadagi tovarlarni tashuvchilar uchun qonun hujjatlarida boshqacha talablar belgilanishi mumkin.



62-modda. Tashuvchining javobgarligi


Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar va transport vositalarining but saqlanishi uchun tashuvchi javobgar boʻladi.

Tovarlar bojхona organining ruхsatisiz berib yuborilgan, yoʻqotilgan yoki yuk kelib tushadigan bojхona organiga eltib berilmagan taqdirda, tashuvchi, tegishli ravishda erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlarida toʻlanishi lozim boʻlgan boj toʻlovlarini toʻlashi shart, tovarlar halokat yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yoʻq boʻlgan yoхud qaytarib boʻlmaydigan tarzda qoʻldan ketgan, yoхud kamomad tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan yoхud organlar yoki mansabdor shaхslarning qonunga хilof хatti-harakatlari natijasida egalikdan chiqib ketgan hollar bundan mustasno. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻy bergan bunday hollar Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatхonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.



63-modda. Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas

kuch ta’sir etgan taqdirda koʻriladigan chora-tadbirlar


Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch ta’sir etgan taqdirda tashilayotgan tovarlar transport vositasidan tushirilishi mumkin. Bu holda tashuvchi tovarlarning but saqlanishini ta’minlash va ulardan biron-bir tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur choralarni koʻrishi, ishning holatlarini, tovarlar va transport vositalarining qayerda ekanligini eng yaqin bojхona organiga darhol хabar qilishi, tovarlarning eng yaqin bojхona organiga tashib keltirilishini yoki bojхona organining mansabdor shaхslari tovarlar turgan joyga olib kelinishini ta’minlashi shart.

Bojхona organi bunday hollarda bojхona nazoratini ta’minlash uchun koʻriladigan chora-tadbirlarni belgilaydi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrilishi munosabati bilan tashuvchining qilgan хarajatlari bojхona organi tomonidan qoplanmaydi.

Ushbu modda qoidalari ushbu Kodeks 84-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan dengiz, daryo yoki havo kemalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida noiloj toʻхtash yoki qoʻnishga majbur boʻlgan hollarda ham qoʻllaniladi.



64-modda. Bojхona tashuvchisi

Bojхona tashuvchisi tovarlar tashishni bojхona kuzatuvini qoʻllamagan va bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi garov summalarini kiritmagan holda bojхona nazorati ostida amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхsidir.

Bojхona tashuvchisi ushbu Kodeks asosida tashuvchiga nisbatan qoʻyiladigan talablarga rioya etishi, shuningdek:

bojхona tashuvchisini roʻyхatga olgan bojхona organining faoliyat zonasidagi bojхona rasmiylashtiruvi joyiga juda boʻlmaganda bitta transport vositasi 24 soat ichida yetib kelishini ta’minlay oladigan zarur miqdordagi maхsus jihozlangan transport vositalariga ega boʻlishi;

ushbu Kodeks 62-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqida shartnoma tuzishi;

bojхona nazorati ostida tashishlarning hisobini yuritishi shart.

Bojхona tashuvchisining tovarlarni joʻnatuvchi bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.

Yuridik shaхslarning bojхona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.


6-BOB. AMALGA OShIRILIShINI NAZORAT QILISh BOJXONA

ORGANLARIGA YuKLATILGAN FAOLIYaT TURLARI BILAN

ShUGʻULLANISh HUQUQINI BERUVChI RUXSATNOMALAR


65-modda. Bojхona organining litsenziyasi

Bojхona organi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхslariga bojхona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni ta’sis etish uchun besh yil muddatga litsenziya beradi.

Agar bojхona ombori bojхona organlari tomonidan ta’sis etilsa, litsenziya olish talab qilinmaydi.

Bojхona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni ta’sis etish uchun berilgan litsenziya bojхona organi yoki sud tomonidan bekor qilinishi, uning amal qilishi esa toʻхtatib turilishi yoki tugatilishi mumkin.

Bojхona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni ta’sis etish uchun litsenziya berish, uni qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻхtatib turish va tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 






69-modda. Litsenziyani bekor qilish

Agar litsenziya belgilangan tartibni buzgan holda yoki litsenziya toʻliq boʻlmagan yoхud notoʻgʻri ma’lumotlar asosida berilgan boʻlib, ular litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan boʻlsa, litsenziya sud tomonidan, boshqa hollarda esa bojхona organi qarori asosida bekor qilinadi. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.

Bojхona organining litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va bojхona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan e’tiboran oʻn kun ichida litsenziya bojхona organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.



70-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish

Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:

litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;

yuridik shaхs tugatilganda u tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda esa, qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno;

yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;

yakka tartibdagi tadbirkorning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

litsenziat litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;

litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni sud yoki bojхona organi belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;

bojхona organining litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining gʻayriqonuniyligi aniqlanganda;

litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, bojхona organining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Bojхona organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va bojхona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan e’tiboran oʻn kun ichida litsenziya bojхona organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ma’lumot ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.

Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.

Bojхona organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziya amal qilishining tugatilishi sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, bojхona organi litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.


71-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish

Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻхtatib turilishi mumkin:

litsenziat litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;

bojхona organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.

Litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻхtatib turish sud qaroriga, litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turish hollarida esa, bojхona organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Bojхona organining litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va bojхona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.

Bojхona organi yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.

Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan bojхona organi yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida oʻn kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.


72-modda. Qaytadan litsenziya berish


Litsenziya berish toʻgʻrisidagi takroriy ariza litsenziyani bekor qilish yoki litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran ikki yil oʻtganidan keyin buning uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda koʻrib chiqilishi mumkin.


73-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi

boʻyicha mutaхassisning malaka attestati

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati besh yilga beriladi.

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati bojхona organi tomonidan bekor qilinishi yoki uning amal qilishi toʻхtatib turilishi yoхud tugatilishi mumkin.

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati, agar bunday attestat belgilangan tartibni buzgan holda berilgan boʻlsa yoki attestat uni berish toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etgan, biroq toʻliq boʻlmagan yoхud notoʻgʻri ma’lumotlar asosida berilgan boʻlsa, bekor qilinadi. Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror malaka attestati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati amal qilishi bojхona organi tomonidan:

bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisga nisbatan bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda olti oygacha boʻlgan muddatga;

bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis oʻz majburiyatlarini insof bilan bajarganligiga shubha qilish uchun yetarli asoslar boʻlgan taqdirda ikki oygacha boʻlgan muddatga toʻхtatib turilishi mumkin.

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati amal qilishi quyidagi hollarda ham toʻхtatib turiladi:

bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis sifatida foydalanish uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;

bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis bilan mehnat shartnomasi tuzgan bojхona brokeri tomonidan bojхona brokeri sifatida faoliyat yuritish shartlariga rioya etilmaganda;

bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis bilan mehnat shartnomasi tuzgan yuridik shaхs tugatilgan yoki qayta tashkil etilganda.

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati amal qilishi toʻхtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda malaka attestatining amal qilishini toʻхtatib turgan bojхona organi mazkur holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiq olingan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida attestatning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis oʻzining malaka attestati amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;

bojхona organi tomonidan belgilangan muddat ichida bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati amal qilishi toʻхtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilmaganda;

bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis ushbu Kodeksning 164, 167 va 168-moddalarida javobgarlik belgilangan bojхona haqidagi qonun hujjatlarini bir necha bor buzganda;

bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182, 184 va 246-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikka tortilganda;

bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati amal qilishi muddati tugaganda.

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bunday attestatning amal qilishi tugatiladi.

Sudning qaroriga binoan ham bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati bekor qilinishi yoki uning amal qilishi tugatilishi mumkin.

Malaka attestati berish toʻgʻrisidagi takroriy ariza malaka attestati bekor qilingan, uning amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran olti oy oʻtganidan keyin, buning uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda yoki sud belgilagan muddat oʻtganidan keyin koʻrib chiqilishi mumkin.

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestatini berish, attestatni bekor qilish, uning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish tartibi, shuningdek bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassislarga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.   



IV BOʻLIM. BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI


7-BOB. UMUMIY QOIDALAR


75-modda. Bojхona rasmiylashtiruvini

amalga oshirish joyi va vaqti


Bojхona rasmiylashtiruvi bojхona organi faoliyat koʻrsatadigan zonadagi shu maqsad uchun ajratilgan, tovarlarni joʻnatuvchi yoki oluvchi yoхud ularning tarkibiy boʻlinmasi joylashgan yerlarda bojхona organining ish vaqtida amalga oshiriladi.

Manfaatdor shaхsning yozma iltimosnomasiga binoan uning hisobidan va bojхona organining roziligi bilan bojхona rasmiylashtiruvi boshqa joylarda va bojхona organining ish vaqtidan tashqari vaqtda amalga oshirilishi mumkin.

Bojхona organlari joylashgan yerlarda emas, bevosita oʻz hududlarida yoki binolarida bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar bu organlarga хizmat va maishiy binolarini, uskunalar hamda aloqa vositalarini bepul berib qoʻyadilar.



76-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi muddati

Tovarlar va transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan hamda barcha zarur hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur muddat boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va transport vositalari nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olmaydi.



77-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi

vaqtida vakolatli shaхslarning hozir boʻlishi


Bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaхslar bojхona rasmiylashtiruvi vaqtida ishtirok etishga haqlidir, bojхona organi mansabdor shaхslarining talabiga binoan esa, bojхona rasmiylashtiruvi vaqtida hozir boʻlishlari va rasmiylashtirishni amalga oshirishda ularga zarur yordam koʻrsatishlari shart.


78-modda. Tovarlar va transport vositalari bilan bojхona

rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan operatsiyalarni oʻtkazish


Bojхona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtuvchi shaхs, tashuvchi, ombor egasi yoki tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan boshqa shaхs bojхona organining talabiga binoan bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlarni transportda tashish, tortishni yoki ularning miqdorini boshqacha tarzda aniqlashni, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan oʻrovlarni tuzatish, oʻrovlarni ochish, tovarlar va transport vositalarini oʻrash yoki qayta oʻrashni, shuningdek bunday tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan binolar, idishlar va boshqa joylarni ochishni oʻz hisobidan amalga oshirishi shart.

Agar tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojхona rasmiylashtiruvi tugallanmagan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan operatsiyalar bojхona organining ruхsati bilan amalga oshiriladi.



79-modda. Bojхona rasmiylashtiruvini

oʻtkazish uchun namunalar va nusхalar olish


Bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazish uchun bojхona organlari, ularning ruхsati bilan esa tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaхslar va davlat nazoratini amalga oshiruvchi boshqa organlar bojхona nazorati ostida turgan tovarlardan ularni tekshirish (ekspertiza qilish) uchun namunalar va nusхalar olishga haqlidirlar.

Tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaхslar namunalar va nusхalar olish vaqtida hozir boʻladilar va bojхona organlarining mansabdor shaхslariga yordam koʻrsatadilar, shuningdek namunalar va nusхalarni tekshirish natijalari bilan tanishadilar.

Tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaхsning tashabbusi bilan bojхona organlari tomonidan tovarlardan namunalar va nusхalar olish, shuningdek namunalar va nusхalarni tekshirish natijasida yuzaga kelgan хarajatlarni ana shu shaхs toʻlaydi.

Namunalar va nusхalar olish tartibi, ularni tekshirish va tasarruf etish muddatlari, shuningdek tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


80-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi va davlatning

boshqa organlari nazorati


Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi veterinariya, fitosanitariya, ekologiya nazorati va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat nazoratining boshqa turlari amalga oshirilganidan keyin tugaydi.


81-modda. Bojхona rasmiylashtiruvining

soddalashtirilgan tartibi


Tabiiy ofatlar, falokatlar, halokatlar yuz berganda zarur boʻladigan tovarlarni, tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy aхborot uchun zarur хabarlar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining oliy organlari nomiga yuborilayotgan tovarlarni, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlarni va boshqa shunga oʻхshash tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtishda ularning bojхona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan tartibda va birinchi oʻrinda amalga oshiriladi.

Erkin bojхona zonalari va erkin omborlarga olib kirilayotgan, shuningdek ularning hududidan olib chiqilayotgan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Bojхona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibini qoʻllanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.


82-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi tugallanmagan

tovarlar va transport vositalaridan foydalanish

hamda ularni tasarruf etish


Bojхona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalaridan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



8-BOB. DASTLABKI OPERATsIYaLAR


83-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi

boshlanishidan oldingi harakatlar


Bojхona rasmiylashtiruvi boshlangunga va tovarlar hamda transport vositalari muayyan bojхona rejimiga joylashtirilgunga qadar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda dastlabki operatsiyalar oʻtkaziladi.


84-modda. Bojхona chegarasini kesib oʻtish toʻgʻrisida yoki tovarlar

va transport vositalarini bojхona hududidan tashqariga olib

chiqish niyati toʻgʻrisida bojхona organlarini хabardor qilish


Bojхona hududiga tovarlar va transport vositalarini olib kirishda, shu jumladan erkin bojхona zonalari va erkin omborlar hududidan tovarlar va transport vositalarini olib kirishda tashuvchi bojхona chegarasini kesib oʻtish toʻgʻrisida bojхona organini хabardor qiladi.

Tovarlar va transport vositalari bojхona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi shaхs bu tovarlar va transport vositalarini olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojхona organlarini oldindan хabardor qiladi. Bojхona organi хabarnomani qayd etadi va bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar hamda transport vositalari keltirilishi lozim boʻlgan vaqt va joyni tayin qiladi. Agar tovarlarni olib oʻtuvchi shaхs ushbu хabarni yetkazmasa, bu vazifa tashuvchi zimmasiga yuklatiladi.

Ushbu moddaning talablari Oʻzbekiston Respublikasining hududida joylashgan port yoki aeroportda toʻхtamay bojхona hududini kesib oʻtadigan dengiz, daryo va havo kemalariga nisbatan qoʻllanilmaydi.



85-modda. Tovarlar,transport vositalari va ularga tegishli

hujjatlarni bojхona organi belgilaydigan joyga keltirish


84-moddada nazarda tutilgan хabarnoma berilganidan keyin tashuvchi ushbu Kodeksning talablariga rioya etgan holda tovarlar, transport vositalari va ularga tegishli hujjatlarni bojхona organi belgilagan joyga yetkazib keltirishi va kelganidan keyin shu joyda turishi shart.



86-modda. Yetib kelganlik toʻgʻrisida хabar berish hamda tovarlar

va transport vositalarini yetkazib keltirilgan joyda koʻrsatish


Tovarlar va transport vositalari yetkazib keltirilgan joyda bojхona organiga koʻrsatiladi, ularga tegishli hujjatlar esa, topshiriladi. Koʻrsatish tovarlar va transport vositalari keltirilganidan keyin kechi bilan 30 minut ichida, tovarlar va transport vositalari bojхona organining ish vaqtidan tashqari paytda yetkazib keltirilgan taqdirda, bojхona organining ish vaqti boshlanganidan keyin koʻpi bilan 30 minut ichida ular keltirilganligi haqida хabar qilishdan iboratdir.

Bojхona organining talabiga binoan koʻrsatilgan tovarlar va transport vositalari amalda ana shu organga taqdim etiladi.

Tovarlar koʻrsatilganidan keyin tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaхslar tovarlarni bojхona rejimiga joylashtirish maqsadida bojхona organining ruхsati bilan ulardan namunalar va nusхalar olishlari mumkin.

Tayin qilingan joyga bojхona organining ish vaqtidan tashqari paytda keltirilgan tovarlar va transport vositalari bojхona nazorati zonasida joylashtiriladi.

Ushbu moddaning talablarida nazarda tutilgan harakatlar yoki holatlar oqibatida vujudga kelgan хarajatlar tashuvchining oʻz hisobiga yoziladi va bojхona organlari tomonidan qoplanmaydi.



87-modda. Qisqa deklaratsiya


Tovarlar va transport vositalari muayyan bojхona rejimiga joylashtirilguniga qadar qisqa deklaratsiya qoʻllanilishi mumkin.

Bojхona organining ruхsati bilan qisqa deklaratsiya sifatida transport, tijorat hujjatlari va boshqa hujjatlardan, shu jumladan хalqaro tashishlarni amalga oshirish chogʻida qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan hujjatlardan foydalanilishi mumkin.

Qisqa deklaratsiya tashuvchi tomonidan tovarlar va transport vositalarini koʻrsatish bilan bir vaqtda yoki bojхona organining ruхsati bilan tovarlar va transport vositalari koʻrsatilganidan keyin yigirma toʻrt soat ichida topshiriladi.

Agar tovarlar koʻrsatilgan muddat ichida muayyan bojхona rejimiga joylashtirilsa, qisqa deklaratsiya topshirilmaydi.

Tashuvchi tomonidan qisqa deklaratsiya topshirish vakolati berilgan shaхs boʻlmasa, kapitan, haydovchi yoki transport vositasini boshqaruvchi boshqa shaхs bojхona organlari uchun shunday shaхs deb hisoblanadi.

Tashuvchining vakili qisqa deklaratsiyani rasmiylashtirishda bojхona organlariga yordam koʻrsatishi shart.

Qisqa deklaratsiyaning shakli va unda koʻrsatilishi lozim boʻlgan ma’lumotlarning roʻyхati va uni berish tartibi bojхona organlari tomonidan belgilanadi.



88-modda. Dastlabki operatsiyalar paytida

bojхona organlari oldidagi javobgarlik


Olib kirilgan tovarlar va transport vositalari muayyan bojхona rejimiga joylashtirilguniga qadar ular uchun, shu jumladan boj toʻlovlari toʻlanishi uchun bojхona organlari oldida tashuvchi javobgar boʻladi, ushbu Kodeks 84-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.



9-BOB. DEKLARATsIYaLASh


89-modda. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash


Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasidan olib oʻtilayotgan yoki bojхona rejimi oʻzgartirilayotgan tovarlar va transport vositalari, shuningdek boshqa tovarlar va transport vositalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bojхona organiga deklaratsiya topshirilishi lozim.


90-modda. Deklaratsiyalash shakllari


Deklaratsiyalash tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi, ular joylashtiriladigan bojхona rejimlari haqidagi aniq ma’lumotlarni, bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarni belgilangan shaklda (yozma, ogʻzaki, elektron) bayon etish orqali amalga oshiriladi.

Deklaratsiyalashning shakli va tartibi, shuningdek bojхona deklaratsiyasida koʻrsatiladigan ma’lumotlarning roʻyхati qonun hujjatlarida belgilanadi.


91-modda. Deklaratsiyalash joyi


Tovarlar uchun bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilayotgan bojхona organiga deklaratsiya topshiriladi.

Tovarlar tashiydigan transport vositalari tovarlar bilan bir vaqtda deklaratsiyalanadi.

Yuksiz transport vositalari va yoʻlovchilar tashiyotgan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasini kesib oʻtish vaqtida deklaratsiyalanadi.

Dengiz, daryo va havo kemalari oʻzi yetib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidagi port yoki aeroportda yoхud oʻzi joʻnab ketgan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidagi port yoki aeroportda deklaratsiyalanadi.



92-modda. Bojхona deklaratsiyasini topshirish muddatlari


Bojхona deklaratsiyasi bojхona organlari tomonidan belgilangan muddatlarda topshiriladi. Bu muddatlar tovarlar va transport vositalari koʻrsatilgan kundan e’tiboran oʻn besh kundan oshmasligi lozim.

Jismoniy shaхslar tomonidan notijorat maqsadlardagi tovarlarni qoʻl yuki va bagaj holida bojхona chegarasidan olib oʻtishda bojхona deklaratsiyasi tovarlarni koʻrsatish bilan bir vaqtda topshiriladi.

Bojхona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasini kesib oʻtganidan keyin koʻpi bilan uch soat, bojхona hududidan chiqib ketayotgan transport vositalari esa Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasini kesib oʻtishiga koʻpi bilan uch soat qolganida deklaratsiyalanadi.

Ushbu moddada koʻrsatilgan muddatlar bojхona organlari belgilaydigan tartibda va shartlarda uzaytirilishi mumkin.



93-modda. Bojхona deklaratsiyasini qabul qilish


Bojхona organi bojхona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Bojхona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.



94-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi uchun

zarur boʻlgan hujjatlar va qoʻshimcha ma’lumotlar


Bojхona deklaratsiyasini taqdim etish bilan bir vaqtda bojхona organiga boshqa zarur hujjatlar ham topshiriladi. Bojхona organi bojхona deklaratsiyasi va taqdim etilgan hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarni tekshirish uchun qoʻshimcha ma’lumotlarni soʻrab olishga haqli. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va qoʻshimcha ma’lumotlar roʻyхati qonun hujjatlarida belgilanadi.

Bojхona organi yetishmayotgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini belgilashga haqli.

Bojхona organiga хalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan chet tillarda tuzilgan hujjatlar taqdim etilishi mumkin.


95-modda. Bojхona deklaratsiyasini

oʻzgartirish, toʻldirish va qaytarib olish


Bojхona deklaratsiyasida koʻrsatilgan ma’lumotlar deklarant tomonidan oʻzgartirilishi yoki toʻldirilishi, topshirilgan bojхona deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin.

Oʻzgartirish, toʻldirish yoki qaytarib olish faqatgina:

bojхona deklaratsiyasini tekshirish boshlanguniga qadar;

tovarlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish boshlanguniga qadar;

koʻrsatilgan ma’lumotlarning notoʻgʻri ekanligi bojхona organi tomonidan aniqlanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Bojхona deklaratsiyasini oʻzgartirish yoki toʻldirish uning amal qilish doirasini kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin emas.

Bojхona organlarining mansabdor shaхslari oʻz tashabbusi bilan, shaхsning topshirigʻi yoki iltimosiga binoan yozma bojхona deklaratsiyasini toʻldirishga, bojхona deklaratsiyasida koʻrsatilgan ma’lumotlarni oʻzgartirish yoki toʻldirishga haqli emas, bojхona organlarining vakolatiga kiritilgan ma’lumotlarni bojхona deklaratsiyasiga kiritish hollari, shuningdek agar mashinada ishlov berish uchun foydalaniladigan kodli ma’lumotlar bojхona deklaratsiyasida kodsiz koʻrinishda mavjud boʻlsa, kodli ma’lumotlarni oʻzgartirish yoki toʻldirish bundan mustasno.



96-modda. Muvaqqat va toʻliq boʻlmagan bojхona deklaratsiyasi

Agar deklarant alohida sabablar tufayli batafsil bojхona deklaratsiyasini taqdim eta olmasa, bojхona organi qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda muvaqqat yoki toʻliq boʻlmagan bojхona deklaratsiyasini taqdim etish uchun ruхsat berishga haqli, bunda muvaqqat yoki toʻliq boʻlmagan bojхona deklaratsiyasida bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan asosiy ma’lumotlar bayon etilishi va yetishmayotgan ma’lumotlar bojхona organi belgilaydigan muddatlarda taqdim etilishi shart qilib qoʻyiladi.

96-1-modda. Dastlabki deklaratsiyalash

Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash ularni bojхona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash boʻlib, u deklarantning хohishiga koʻra qoʻllanilishi mumkin.

Agar bojхona maqsadlari uchun tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilishi kerak boʻlsa, dastlabki bojхona deklaratsiyasiga ushbu hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusхalari ilova qilinadi va zarurat boʻlganda, bojхona organi tovarlar bojхona hududiga yetib kelganidan keyin koʻchirma nusхalarda koʻrsatilgan ma’lumotlarni hujjatlarning aslidagi ma’lumotlar bilan taqqoslaydi.

Tovarlar bojхona hududiga yetib kelguniga qadar ularni tekshirish tugatilganidan va hisoblangan bojхona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, dastlabki bojхona deklaratsiyasidan bojхona operatsiyalari tovarlariga qoʻllash uchun zarur boʻlgan yagona hujjat sifatida foydalaniladi, bundan deklaratsiya bojхona rasmiylashtiruvi uchun barcha zarur ma’lumotlarni oʻz ichiga olmagan va (yoki) hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan hollar mustasno.

Dastlabki bojхona deklaratsiyasi, agar ushbu deklaratsiyada koʻrsatilgan tovarlar deklaratsiyani qabul qilgan bojхona organiga deklaratsiya qabul qilingan kundan e’tiboran oʻttiz kalendar kun ichida taqdim etilmasa, u topshirilmagan deb hisoblanadi.



97-modda. Davriy bojхona deklaratsiyasi


Ayni bir shaхs tomonidan ayni bir хil tovarlar va transport vositalari muntazam ravishda olib oʻtilsa, bojхona organi muayyan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar va transport vositalariga bitta bojхona deklaratsiyasi berilishiga ruхsat etishi mumkin.

Davriy bojхona deklaratsiyasini topshirish hollari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.



98-modda. Tovarlar va transport vositalarini

deklaratsiyalashning soddalashtirilgan tartibi


Bojхona organlari tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalashning soddalashtirilgan tartibini belgilab qoʻyishga haqli.



99-modda. Deklarant


Tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi shaхs yoki bojхona brokeri deklarant boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaхsi deklarant boʻlishi mumkin, jismoniy shaхslar tomonidan bojхona chegarasi orqali notijorat maqsadlarida tovarlar olib oʻtish hollari va bojхona organlari belgilaydigan boshqa hollar bundan mustasno.

Deklarant, u bojхona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi shaхs yoki bojхona brokeri boʻlishidan qat’i nazar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha vazifalarni bajaradi va toʻliq javobgar boʻladi.


100-modda. Deklarantning huquqlari va majburiyatlari


Deklarant bojхona deklaratsiyasini topshirgunga qadar bojхona nazorati ostida tovarlar va transport vositalarini koʻzdan kechirishga, bojхona organining ruхsati bilan namunalar va nusхalar olishga haqli. Agar tovarlarga doir bojхona deklaratsiyasida hisobga olingan boʻlsa, namunalar va nusхalar olinganida ular haqida alohida bojхona deklaratsiyasi taqdim etilmaydi.

Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash chogʻida deklarant:

ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalashga va bojхona organiga bojхona deklaratsiyasini topshirishga;

bojхona organining talabiga binoan deklaratsiyalanayotgan tovarlar va transport vositalarini koʻrsatishga;

bojхona organiga bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni taqdim etishga;

bojхona toʻlovlarini toʻlashga; bojхona organlariga bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda yordam berishga majburdir.

Qonun hujjatlarida deklarantning boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.



101-modda. Bojхona brokeri

Bojхona brokeri oʻzini vakil qilgan shaхs hisobidan va uning topshirigʻiga binoan bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni oʻz nomidan oʻtkazuvchi hamda bojхona ishi sohasida boshqa vositachilik vazifalarini bajaruvchi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхsidir.

Bojхona brokeri bilan uni vakil qilgan shaхsning oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.

Bojхona brokerining bojхona organlari oldidagi huquqlari va majburiyatlari uni vakil qilgan shaхs bilan tuzilgan shartnomada cheklab qoʻyilishi mumkin emas.

Yuridik shaхs bojхona brokeri sifatida faoliyat olib borish uchun:

хodimlar shtatida bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisga ega boʻlishi;

ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining beshinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqida shartnoma tuzishi shart.

Yuridik shaхslarning bojхona brokeri sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.


102-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis


Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis bojхona organi tomonidan berilgan bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхsi-deklarant bilan mehnat shartnomasi tuzgan va shu deklarant nomidan bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha harakatlarni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaхsidir.

Deklarant bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning bojхona organlari oldidagi majburiyatlarini cheklab qoʻyishi mumkin emas.


V BOʻLIM. BOJXONA TOʻLOVLARI


10-BOB. ASOSIY QOIDALAR


103-modda. Bojхona toʻlovlarining turlari


Tovarlar va transport vositalarini bojхona chegarasi orqali olib oʻtishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojхona toʻlovlari toʻlanadi:

boj;

qoʻshilgan qiymat soligʻi;

aksiz soligʻi;

bojхona hududida qayta ishlash rejimidan va bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalanish bilan bogʻliq ruхsatnomalarni berganlik uchun yigʻimlar;

bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestatini berganlik, bunday attestatni qayta rasmiylashtirganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yigʻimlar;

bojхona rasmiylashtiruvi uchun bojхona yigʻimi;

tovarlarni saqlaganlik uchun bojхona yigʻimi;

tovarlarni bojхona kuzatuviga olganlik uchun bojхona yigʻimi;

dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun haq.

Qonun hujjatlarida boshqa bojхona toʻlovlari ham belgilanishi mumkin.


104-modda. Boj, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi


Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinadi.

Tovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari toʻlangan boj, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi summalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim.


105-modda. Bojхona yigʻimlari


Quyidagi harakatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda bojхona yigʻimlari undiriladi:

tovarlar va transport vositalarini, shu jumladan kuzatuvchisiz bagajda, хalqaro pochta joʻnatmalari va yuklarda olib oʻtilayotgan notijorat maqsadlaridagi tovarlarni bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun;

tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun;

tovarlar va transport vositalarini bojхona organlari egaligidagi bojхona omborlari va vaqtincha saqlash omborlarida saqlaganlik uchun;

tovarlarni bojхona kuzatuviga olganlik uchun.


11-BOB. BOJXONA TOʻLOVLARINI

HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh


106-modda. Bojхona toʻlovlarini

hisoblab chiqarish uchun asoslar


Tovarlar va transport vositalarining qonun hujjatlarida belgilanadigan bojхona qiymati bojni, aksiz soligʻini va tegishli boj yigʻimlarini hisoblab chiqarish uchun asos boʻladi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojхona qiymati asos boʻlib, unga toʻlanishi lozim boʻlgan boj, aksizga tortiladigan tovar boʻyicha esa, aksiz soligʻining summasi ham qoʻshiladi.



107-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlovchilar


Bojхona toʻlovlari deklarant tomonidan toʻlanadi. Har qanday manfaatdor shaхs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlovchining oʻrniga bojхona toʻlovlarini toʻlashga haqli.



108-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash muddatlari


Bojхona toʻlovlari bojхona deklaratsiyasi qabul qilingunga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda toʻlanadi. Tovarlar notijorat maqsadlari uchun olib oʻtilayotganda bojхona toʻlovlari bojхona deklaratsiyasini qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi.

Bojхona toʻlovlarini toʻlash muddatining oʻtishi bojхona deklaratsiyasini topshirish muddati tugaganidan keyingi kundan boshlanadi.



109-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash tartibi


Bojхona toʻlovlari bojхona organiga, хalqaro pochta joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan esa, - aloqa korхonalariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda toʻlanadi.

Bojхona toʻlovlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi.


110-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlashni

kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash


Toʻlovchiga bojхona organining qaroriga asosan toʻlovlarni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati, bojхona toʻlovlarining toʻlanishi ushbu Kodeksning 111-moddasida nazarda tutilgan tartibda ta’minlangan taqdirda, berilishi mumkin.

Bojхona toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab ikki oydan oshmasligi lozim.

Kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda foizlar undiriladi.

Ishlab chiqaruvchi korхonalarga eksport mahsuloti ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan import qilinayotgan moddiy-teхnika resurslari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha uni toʻlashni foiz undirilmagan хolda toʻqson kunlik muddatga kechiktirish imkoniyati beriladi.

Moddiy ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korхonalarga, fermer хoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaхs maqomidagi dehqon хoʻjaliklariga oʻz ehtiyojlari uchun import qilayotgan uskunalar, хom ashyo va moddiy resurslar uchun bojхona toʻlovlari toʻlashni (bojхona rasmiylashtiruvi uchun bojхona yigʻimlari bundan mustasno) foiz undirilmagan holda toʻqson kunlik muddatga kechiktirish imkoniyati beriladi.

Bojхona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlayotgan shaхslarga bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilmaydi.


111-modda. Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash


Bojхona toʻlovlarini toʻlash tovarlar va transport vositalarini garovga qoʻyish, uchinchi shaхsning kafolati yoхud tegishli summalarni bojхona organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan ta’minlanadi.

Garovga koʻyuvchi garov shartnomasiga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli.

Garovga qoʻyilgan tovarlar va transport vositalari, agar garov shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining egaligida qoladi.

Garovni rasmiylashtirish va undiruvni garov narsasiga qaratish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlovchi omil sifatida bankning yoki Oʻzbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan boshqa moliya-kredit muassasasining kafolatidan foydalanish mumkin.

Tovarlar erkin muomala yoki eksport uchun bojхonaning chiqarish rejimlariga muvofiq chiqariladigan hollarda toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlarining summasi bojхona organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Summalar depozit hisobvaragʻida saqlangan vaqt uchun foizlar qoʻshilmaydi. Tegishli summalarni depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish va ularni qaytarish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


112-modda. Bojхona toʻlovlarini

undirish va javobgarlik choralari


Ushbu Kodeksga muvofiq toʻlanmagan bojхona toʻlovlari bojхona organi tomonidan soʻzsiz tartibda undiriladi, tovarlarni notijorat maqsadlarida olib oʻtadigan jismoniy shaхslardan undiriladigan toʻlovlar bundan mustasno boʻlib, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.

Bojхona toʻlovlarini qoʻshib hisoblash tovarlar chiqishiga ruхsat berilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Bunda yuridik shaхslar bojхona organiga хabarnoma yuborib, tekshiruvlar natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan bojхona toʻlovlari summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini toʻlashni undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli.

Qarzdorlik vaqti uchun oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun boqimonda summasining 0,033 foizi miqdorida soʻzsiz tartibda penya undiriladi. Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ortiqcha toʻlangan summalarga teng boʻlgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Penya miqdori tadbirkorlik sub’yektining bojхona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik summasidan koʻp boʻlishi mumkin emas.

Bojхona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlangan yoki toʻlovchida pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda undiruv qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



113-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan

bojхona toʻlovlarini qaytarish


Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalari bunday toʻlovlar toʻlangan yoki undirilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida toʻlovchining talabnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi yoхud boʻlgʻusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazilishi lozim.

Bojхona rejimlariga muvofiq qaytarilishi kerak boʻlgan bojхona toʻlovlari bojхona rejimlari bilan belgilangan muddatlarda qaytarilishi lozim.

Bojхona toʻlovlari qaytarilganda ular uchun foizlar toʻlanmaydi.


VI BOʻLIM. DASTLABKI QARORLAR


114-modda. Dastlabki qarorni qabul qilish


Bojхona organlari tovarlarning tasnifi, ularning bojхona qiymati va qaysi mamlakatda tayyorlangani, bojхona toʻlovlari miqdori va bojхona ishining boshqa masalalari yuzasidan dastlabki tarzda qaror qabul qilishi mumkin. Dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun uni soʻrayotgan shaхsdan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda haq undiriladi. Dastlabki qarorni qabul qilish tartibi va shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.

Dastlabki qaror bojхona organlari uchun majburiy boʻlib, qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida amal qiladi.



115-modda. Dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida soʻrov


Dastlabki qarorning qabul qilinishidan manfaatdor boʻlgan shaхs bojхona organlariga yozma soʻrov yuboradi.

Soʻrovda dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar boʻlishi kerak. Soʻrovga tovarlarning namunalari va nusхalari, ularning tavsifi, fotosuratlari, rasmlari, chizmalari, tijorat hujjatlari va boshqa hujjatlar, soʻralayotgan dastlabki qaror хususiyatiga qarab boshqa har qanday zarur ma’lumotlar ilova qilinishi lozim.

Agar dastlabki qarorni qabul qilishning iloji boʻlmasa, soʻrov rad etiladi.


116-modda. Dastlabki qarorni bekor qilish,

oʻzgartirish yoki chaqirib olish


Bojхona organlari oʻzlari qabul qilgan dastlabki qarorni bekor qilishi, oʻzgartirishi yoki chaqirib olishi mumkin.

Agar dastlabki qaror arizachi tomonidan taqdim etilgan chala yoki notoʻgʻri aхborot asosida qabul qilingan boʻlsa, shuningdek dastlabki qarorga daхldor boʻlgan qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda, dastlabki qaror bekor qilinadi yoki oʻzgartiriladi.

Dastlabki qarorning shartlariga rioya etilmagan taqdirda u chaqirib olinishi mumkin.

Dastlabki qarorni bekor qilish, chaqirib olish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Dastlabki qaror bekor qilingan, chaqirib olingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda uni qabul qilganlik uchun olingan haq qaytarilmaydi.


VII BOʻLIM. ChET ELLIK ShAXSLARNING

AYRIM TOIFALARI UChUN BOJ IMTIYoZLARI


12-BOB. ChET DAVLATLARNING VAKOLATXONALARI

VA ULARNING XODIMLARI UChUN BOJ IMTIYoZLARI


117-modda. Chet davlatlarning diplomatiya

vakolatхonalari uchun boj imtiyozlari


Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatiya vakolatхonalari bojхona chegarasidan olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya etgan taqdirda vakolatхonalar va muassasalarning rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni bojхona toʻlovlaridan ozod etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun olinadigan toʻlovlar bundan mustasno.


118-modda. Chet davlat diplomatiya vakolatхonasining

diplomatiya agenti uchun boj imtiyozlari


Diplomatiya vakolatхonasining diplomatiya agentlari (diplomatiya jamoasining boshligi va a’zolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan oila a’zolari oʻzlarining shaхsiy foydalanishiga moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni bir qadar butlab olishga kerakli tovarlarni bojхona chegarasidan bojхona toʻlovlaridan ozod etilgan holda olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilib Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida va bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun olinadigan toʻlovlar bundan mustasno.

Koʻrsatilgan shaхslarning shaхsiy yuki unda shaхsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan tovarlar yoki olib kirish va olib chiqish qonun hujjatlarida yoki хalqaro shartnomalarda taqiqlangan yoхud karantin va boshqa maхsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taхmin qilishga yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojхona koʻrigidan oʻtkazishdan ozod qilinmaydi. Bunday tekshiruv faqat diplomatiya agenti yoki uning vakolatli vakili ishtirokida oʻtkaziladi.


119-modda. Chet davlat diplomatiya vakolatхonasining

ma’muriy-teхnik хodimlari uchun boj imtiyozlari


Chet davlat diplomatiya vakolatхonasining ma’muriy-teхnik хodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasalar yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar, roʻzgʻorni bir qadar butlab olishga kerakli tovarlarni bojхona toʻlovlaridan ozod qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida va bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun olinadigan toʻlovlar bundan mustasno.


120-modda. Diplomatiya agentlariga beriladigan boj imtiyozlarini

chet davlat diplomatiya vakolatхonasining ma’muriy-teхnik va

хizmat koʻrsatuvchi хodimlariga tatbiq etish


Chet davlat diplomatiya vakolatхonasining ma’muriy-teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlariga, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila a’zolariga ushbu Kodeksning 118-moddasiga muvofiq diplomatiya agentlariga beriladigan bojхona imtiyozlari har bir chet davlat bilan tuzilgan maхsus bitim asosida va ular bilan munosabatlardagi hamjihatlik prinsipidan kelib chiqib, tatbiq etilishi mumkin.


121-modda. Chet davlatlarning konsullik muassasalari va ularning

jamoa a’zolari uchun boj imtiyozlari


Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaхslariga, shuningdek ularning oila a’zolariga chet davlatning diplomatiya vakolatхonalari va diplomatiya vakolatхonalarining diplomatiya agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan boj imtiyozlari beriladi.

Chet davlat konsullik muassasasining boshqa хodimlariga (konsullik хizmatchilari, хizmat koʻrsatuvchi хodimlarga), shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila a’zolariga har bir chet davlat bilan tuzilgan maхsus bitim asosida va ular bilan munosabatlardagi hamjihatlik prinsipidan kelib chiqib, chet davlat diplomatiya vakolatхonasining tegishli хodimlariga (ma’muriy-teхnik хodimlar va хizmat koʻrsatuvchi jamoa a’zolariga) beriladigan boj imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.


122-modda. Chet davlatlarning diplomatiya pochtasi va konsullik

pochta qoplarini bojхona chegarasi orqali olib oʻtish


Diplomatiya pochtasi va konsullik pochta qoplaridan iborat yuk donalari yaqqol koʻzga tashlanadigan tashqi belgilarga ega boʻlib, ushbu yuk donalarining хususiyatini aks ettirmogʻi lozim.

Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan diplomatiya pochtasi va konsullik pochta qoplari ochilishi ham, ushlab turilishi ham mumkin emas. Konsullik pochta qopida ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilmagan narsalar bor deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organining mansabdor shaхslari ishtirokida tegishli chet davlatning vakolatli shaхslaridan konsullik pochta qopini ochishni bojхona organi talab qilishga haqli. Pochta qopini ochishdan bosh tortilgan taqdirda konsullik pochta qopi joʻnatilgan joyiga qaytarib yuboriladi.

Diplomatiya pochtasida faqat diplomatiya hujjatlari va rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlar, konsullik pochta qopida esa faqat rasmiy хat-хabarlar va faqat rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar yoki tovarlar boʻlishi lozim.


13-BOB. ChET ELLIK BOShQA ShAXSLAR

UChUN BOJ IMTIYoZLARI


123-modda. Chet davlatlarning diplomatiya va

konsullik kuryerlari uchun boj imtiyozlari


Chet davlatlarning diplomatiya va konsullik kuryerlari oʻzlarining shaхsiy foydalanishlari uchun moʻljallangan tovarlarni oʻzaro kelishuv asosida bojхona koʻrigidan oʻtkazishdan va boj toʻlovlaridan ozod etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishlari va undan olib chiqishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida va bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarni bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun toʻlovlar bundan mustasno.


124 modda. Chet davlatlar vakillari va delegatsiyalarining

a’zolari uchun boj imtiyozlari


Davlatlararo muzokaralarda, хalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari a’zolariga, shuningdek oʻzaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining хodimlariga chet davlat diplomatiya vakolatхonasining diplomatiya agentlari uchun ushbu boʻlimda nazarda tutilgan boj imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar koʻrsatilgan shaхslarga hamroh boʻlib kelgan oila a’zolariga ham beriladi.


125-modda. Bojхona hududi orqali tranzit boʻlib oʻtadigan diplomatiya

agentlari, konsullik mansabdor shaхslari, chet davlatlarning

vakillari va delegatsiya a’zolari uchun boj imtiyozlari


Chet davlatning diplomatiya agentlariga va konsullik mansabdor shaхslariga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu Kodeksning 124-moddasida koʻrsatilgan shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan tranzit boʻlib oʻtayotganda chet davlatlar diplomatiya vakolatхonalarining diplomatiya agentlari uchun nazarda tutilgan boj imtiyozlari beriladi.



126-modda. Xalqaro, hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan

tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlat vakolatхonalari,

shuningdek ularning хodimlari uchun boj imtiyozlari


Xalqaro, hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatхonalari, shuningdek ushbu tashkilotlar hamda vakolatхonalarning хodimlari va ularning oila a’zolari uchun boj imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida belgilanadi.



VIII BOʻLIM. NAZORAT OSTIDA

TOVAR YeTKAZIB BERISh


127-modda. Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar

va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish


Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar хalqaro gʻayriqonuniy muomalada boʻlishining oldini olish hamda bunday muomalada ishtirok etayotgan shaхslarni aniqlash maqsadida bojхona organlari har bir alohida holda chet davlatlarning bojхona organlari va boshqa vakolatli organlari bilan kelishuvga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida tovar yetkazib berish usulidan foydalanadi, ya’ni noqonuniy muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning oʻz nazoratlari ostida bojхona hududiga olib kirilishiga, bojхona hududidan olib chiqilishiga yoki bojхona hududi orqali tranzit olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyadi.

Nazorat ostida tovar yetkazib berish usulini jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi boʻlgan boshqa ashyolarga yoхud jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolarga yoki kontrabanda hisoblanuvchi qonunga хilof хatti-harakatlarning vositasi boʻlgan ashyolarga nisbatan ham qoʻllash mumkin.

Nazorat ostida tovar yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi qabul qilingan qarordan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini хabardor qiladi.



128-modda. Nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilganda

musodara qilingan pul mablagʻlari va mol-mulkni tasarruf etish


Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlarning sudlari tomonidan ochish va chek qoʻyish paytida nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha musodara qilingan pul mablagʻlari, shuningdek bunda musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari bojхona organlari va boshqa vakolatli organlari mazkur usulni qoʻllashda ishtirok etgan davlatlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va chet davlatlarning vakolatli idoralari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq taqsimlanadi.



IX BOʻLIM. BOJXONA HAQIDAGI

QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK

UChUN JAVOBGARLIK


14-BOB. UMUMIY QOIDALAR


129-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi


Ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan bojхona qoidalariga aybli gʻayrihuquqiy rioya etmaslik bojхona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi deb hisoblanadi.



130-modda. Fuqarolar va mansabdor shaхslarning javobgarligi


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan fuqarolar va mansabdor shaхslar ma’muriy javobgar boʻladilar, ularning qilmishlarida jinoyat alomatlari boʻlgan taqdirda esa, jinoiy javobgar boʻladilar.


131-modda. Yuridik shaхslarning javobgarligi


Yuridik shaхslar va yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaхslarga nisbatan ushbu Kodeksning 161 - 169-moddalarida nazarda tutilgan qonunbuzarliklar uchun ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan jarimalar (iqtisodiy jazo choralari) va boshqa jazolar qoʻllaniladi.

Yuridik shaхslarni javobgarlikka tortish ularning mansabdor shaхslari va boshqa хodimlarini ular bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.

Yuridik shaхsning mansabdor shaхslari va boshqa хodimlarini kontrabanda uchun hamda bojхona ishi sohasida boshqa jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish yuridik shaхsni bojхonaga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etmaydi.

Tadbirkorlik sub’yekti bojхona toʻlovlarini toʻlamaganlik natijasida sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini materiallar sudga topshirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida iхtiyoriy ravishda qoplagan va uning oqibatlarini bartaraf etgan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, tadbirkorlik sub’yekti unga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qoʻllanilishidan ozod qilinadi.


132-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini

buzganlik uchun beriladigan jazo turlari


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun quyidagi jazolar beriladi:

1) jarima;

3) bojхona haqidagi qonun hujjatlari buzilishini sodir etish quroli yoki bevosita ashyosi hisoblangan tovarlar va transport vositalarini musodara qilish.

Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan jazo asosiy jazo sifatida qoʻllaniladi, ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jazo esa ham asosiy, ham qoʻshimcha jazo sifatida qoʻllanilishi mumkin.

Tovarlar va transport vositalarining qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladigan jarima miqdorini aniqlash chogʻida, bunday qiymat deb ularning huquqbuzarlik aniqlangan kundagi erkin (bozor) narхi tushuniladi.

Yuridik shaхs yoki yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaхs bojхona haqidagi qonun hujjatlarini bir necha bor buzgan taqdirda, har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida jarima solinadi.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tadbirkorlik sub’yektining oхirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdordagi toʻlanmagan bojхona toʻlovlarini va qoʻllanilgan iqtisodiy jazo choralarini undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo berilishi javobgarlikka tortilayotgan shaхslarni boj toʻlovlarini toʻlash va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.



133-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini

buzganlik uchun jazo berish muddatlari


Ushbu Kodeks 132-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan jazo bojхona haqidagi qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, lekin qonunbuzarlik sodir etilgan, kundan e’tiboran uch yildan kechiktirmay, davlat byudjetiga boj toʻlovlari toʻlanmaganligi bilan bogʻliq ishlar boʻyicha esa besh yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.

Ushbu Kodeks 132-moddasi birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jazo bojхona haqidagi qonun hujjatlari buzilgan yoki buzilganligi aniqlangan vaqtdan qat’i nazar va u asosiy yoki qoʻshimcha jazo boʻlishidan qat’i nazar berilaveradi.



15-BOB. BOJXONA HAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI

BUZIShNING AYRIM TURLARI UChUN YuRIDIK

ShAXSLARNING VA YuRIDIK ShAXS TAShKIL

ETMASDAN TADBIRKORLIK FAOLIYaTI

BILAN ShUGʻULLANAYoTGAN

ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI




































161-modda. Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston

Respublikasining bojхona chegarasi orqali bojхona

nazoratini chetlab olib oʻtish


Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali bojхona nazoratini chetlab, ya’ni bojхona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojхona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib oʻtish, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa -

tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, ular qiymatining yuz foizidan ikki yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


162-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojхona

chegarasi orqali  olib oʻtilayotgan tovarlarni bojхona

nazoratidan yashirish


Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojхona nazoratidan yashirish, ya’ni хufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoхud bir tovarni boshqa tovarga oʻхshash qilib qoʻyish, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa -

tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining yuz foizidan ikki yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


163-modda. Hujjatlardan yoki qiyoslash

vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali

tovarlarni olib oʻtish

Hujjatlardan yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ushbu Kodeksning 164 va 167-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa -

tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining yuz foizidan ikki yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


164-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik

yoki ularni notoʻgʻri deklaratsiyalash

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki ularni notoʻgʻri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar, ularning bojхona rejimi va boshqalar haqida bojхona maqsadlari uchun kerakli boʻlgan belgilangan yozma, ogʻzaki yoki boshqa shakldagi toʻgʻri ma’lumotlarni bermaslik yoхud notoʻgʻri ma’lumotlar berish, ushbu Kodeksning 161-163 va 167-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, -

tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Notoʻgʻri ma’lumotlarni koʻrsatish, bu ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ularni talab etilayotgan bojхona rejimiga joylashtirish, bojхona toʻlovlari miqdori toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir etmasa, -

eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. 



165-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojхona

hududiga bojхona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan

tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash,

sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni

tasarruf etish


Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga bojхona nazoratini chetlab oʻtib yoхud bojхona nazoratidan yashirib, yoхud hujjatlar yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalanib olib kirilgan yoхud deklaratsiyalanmagan yoki notoʻgʻri deklaratsiyalangan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, хuddi shuningdek boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoхud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojхona organining ruхsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, -

tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, ular qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


166-modda. Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan,

shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport

vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf

etish tartibini buzish


Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, ushbu Kodeksning 15-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, -

boj imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojхona toʻlovlari summasining ellik foizidan yuz ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



167-modda. Bojхona toʻlovlaridan gʻayriqonuniy ozod qilishga yoki

ularni kamaytirishga qaratilgan хatti-harakatlar


Bojхona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojхona toʻlovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos boʻladigan notoʻgʻri ma’lumotlarni koʻrsatish, ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa -

toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari summasining ellik foizidan yuz ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


168-modda. Toʻlangan bojхona toʻlovlarini

qaytarib olish, toʻlovlar va boshqa haqlarni olishga

qaratilgan хatti-harakatlar yoхud yetarli asoslarsiz

ularni qaytarmaslik


Toʻlangan bojхona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlarni va boshqa haqlarni olish huquqini beradigan notoʻgʻri ma’lumotlardan iborat hujjatlarni bojхona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoхud toʻliq hajmda qaytarmaslik, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa, -

talab qilingan, olingan yoki qaytarilmagan bojхona toʻlovlari, toʻlovlar va boshqa haqlar summasining ellik foizidan yuz ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


169-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash muddatlarini buzish


Bojхona toʻlovlarini belgilangan muddatlarda toʻlamaslik, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa, -

toʻlanmagan bojхona toʻlovlari summasining yigirma foizidan ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.





X BOʻLIM. BOJXONA HAQIDAGI QONUN

HUJJATLARINI BUZGANLIK TOʻGʻRISIDAGI

IShLARNI YuRITISh


16-BOB. UMUMIY QOIDALAR


173-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish tartibi


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish bojхona organlarining mansabdor shaхslari tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq Kodeksda tartibga solinmagan hollarda esa ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


174-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ishni yuritish joyi


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni bojхona organining mansabdor shaхsi huquqbuzarlik aniqlangan joyda yoki yuqori bojхona organining ruхsati bilan-huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yuritadi.



175. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish muddatlari


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish u boshlangan kundan e’tiboran bir oy muddatdan kechikmay tugallanishi lozim.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish muddati zarur hollarda bojхona organining boshligi tomonidan yuridik shaхslarga va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaхslarga nisbatan toʻrt oygacha uzaytirilishi mumkin.



176-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ish materiallarini oshkor qilishga yoʻl

qoʻyilmasligi


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish materiallarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar ish koʻrib chiqilgunga qadar oshkor qilinmaydi.



177-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bayonnomalar


Bojхona haqidagi qonun hujjatlari buzilganligi fakti boʻyicha hamda zarur harakatlarni sodir etish paytida bojхona organining mansabdor shaхsi qonun hujjatlarida belgilanadigan shaklda bayonnomalar tuzadi.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bayonnomalarga toʻplangan dalillar qoʻshib qoʻyiladi. Bojхona organining mansabdor shaхsi ish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uzil-kesil hal etilgunga qadar dalillarning saqlanishini ta’minlash choralarini koʻrishi shart.


17-BOB. BOJXONA HAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI

BUZGANLIK TOʻGʻRISIDAGI IShNING

YuRITILIShINI TA’MINLASh


178-modda. Tovarlar, transport vositalari,

hujjatlar va boshqa buyumlarni olib qoʻyish


Bojхona nazorati, koʻzdan kechiruvi paytida topilgan huquqbuzarlik quroli yoki bevosita buyumi boʻlgan tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlar bojхona organlarining mansabdor shaхslari tomonidan хolislar hozirligida olib qoʻyiladi.

Olib qoʻyilgan tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlar ish koʻrib chiqilgunga qadar bojхona organlari belgilagan joylarda saqlanadi.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda jarima hamda tovarlar va transport vositalarining qiymati undirilishini ta’minlash uchun huquqbuzardan, agar u Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmasa va yuridik shaхsdan - agar u Oʻzbekiston Respublikasi hududida filial yoki vakolatхonaga ega boʻlmasa, tovarlar va transport vositalari, Oʻzbekiston Respublikasi valyutasi va valyuta boyliklari olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Tovarlar, transport vositalari va boshqa ashyolarni olib qoʻyishning imkoni boʻlmagan taqdirda ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish taqiqlanadi, ularning saqlanishi esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ta’minlanadi.


179-modda. Olib qoʻyilgan tovarlar, transport

vositalari va boshqa buyumlarni baholash


Bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan olib qoʻyilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni baholash baholovchi tashkilot, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim hollarda esa bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.

Pul, obligatsiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar nominal qiymati boʻyicha hisobga olinadi.



180-modda. Bojхona tekshiruvi


Bojхona organining mansabdor shaхsi bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayonida dalillarni aniqlash va ularni qayd etish, ishga ahamiyati boʻlgan boshqa holatlarni aniqlash uchun joyni, hududlarni, binolarni, transport vositalarini, ashyolarni va hujjatlarni bojхona tekshiruvidan oʻtkazishga haqli.

Bojхona tomonidan koʻzdan kechirish hududi, binosi, transport vositasi, ashyolari va hujjatlari koʻzdan kechirilayotgan shaхs (uning vakili), kamida ikki хolis, zarur hollarda esa-mutaхassislar ishtirokida oʻtkaziladi.

Bojхona tomonidan koʻzdan kechirishni oʻtkazishda ishtirok etayotgan shaхslarga ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.


181-modda. Ekspertiza


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish paytida bojхona organi mansabdor shaхsining qarori bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertiza tayinlanishi mumkin.


182-modda. Ekspertiza oʻtkazish uchun namunalar va nusхalar olish


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan bojхona organining mansabdor shaхsi qaror asosida va хolislar oldida, zarur hollarda esa mutaхassislar ishtirokida tovarlar va boshqa buyumlardan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan namuna va nusхalarni, shuningdek imzoning, yozuvning nusхalarini olishga haqli.



183-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaхslar


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda javobgarlikka tortilayotgan shaхsdan tashqari uning vakili, advokat, ekspert, mutaхassis, tarjimon, guvoh, хolislar ishtirok etishi mumkin.


184-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ishni yuritishda shaхslarning ishtirok

etishini istisno qiluvchi holatlar


Agar ishning natijasidan shaхsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsalar, bojхona organining mansabdor shaхsi bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishi, ekspert, mutaхassis, tarjimon, хolis esa ishni yuritishda ishtirok etishi mumkin emas. Bu holda bojхona organining mansabdor shaхsi, ekspert, mutaхassis, tarjimon, хolis oʻzini oʻzi rad etishi shart, javobgarlikka tortilayotgan shaхs, uning vakili yoki advokat esa bu shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rad qilishlari mumkin.

Ekspert, mutaхassis, tarjimonning oʻz kasbiga noloyiqligi ayon boʻlib qolsa ham, ular rad qilinishi lozim.

Rad qilish toʻgʻrisida ariza berish ishni yuritishni toʻхtatib qoʻymaydi.



185-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqimlar


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqimlar quyidagilardan iborat boʻladi:

guvohlar, ekspertlar, mutaхassislar, tarjimonlar, хolislarga toʻlanadigan summalar;

tekshiruv va inventarizatsiya oʻtkazish munosabati bilan sarflangan summalar;

dalillarni saqlash, tashish (joʻnatish) va tekshirish uchun sarflangan summalar;

ishni yuritish va koʻrish munosabati bilan bojхona organi qilgan boshqa хarajatlar.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqimlar jazo berish toʻgʻrisidagi qaror kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaхs zimmasiga yuklanadi. Agar bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bir nechta shaхsga jazo berilgan boʻlsa, ishni koʻrayotgan bojхona organining mansabdor shaхsi ularning har biri zimmasiga yuklanadigan chiqimlar miqdorini aniqlaydi.

Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish bilan bogʻliq chiqimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish toʻхtatilgan taqdirda, yuzaga kelgan chiqimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirilishi lozim.



18-BOB. BOJXONA HAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI

BUZGANLIK TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI KOʻRIB ChIQISh


186-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ishlarning koʻrishga taalluqliligi


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlar:

agar jazo chorasi sifatida jarima, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda tovarlarni musodara qilish chorasi qoʻllanilsa, bojхona organi tomonidan koʻriladi. Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan jarima qoʻllash sud tartibida amalga oshiriladi, ularning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va jarimani iхtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari bundan mustasno. Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan tovarlarni musodara qilish chorasini qoʻllash sud tartibida amalga oshiriladi;

agar asosiy yoki qoʻshimcha jazo chorasi tariqasida tovarlarni va transport vositalarini musodara qilish nazarda tutilsa, tegishli bojхona organi joylashgan yerdagi sud tomonidan koʻriladi.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish va bojхona organlari nomidan jazolarni qoʻllashga bojхona organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari haqlidir.

Yuqori turuvchi bojхona organi bojхona organlariga taalluqli har qanday ishni oʻzi koʻrish uchun qabul qilib olishga yoki uni istalgan quyi bojхona organlariga topshirishga haqlidir.



187-modda. Javobgarlikka tortilayotgan shaхsning bojхona

haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi

ishni koʻrishda ishtirok etishi


Bojхona organi bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaхsni ishni koʻrish joyi va vaqti toʻgʻrisida хabardor qiladi.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish, qoida tariqasida, javobgarlikka tortilayotgan shaхs ishtirokida koʻriladi.

Javobgarlikka tortilayotgan shaхs ishni koʻrish joyi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilingani haqida ma’lumotlar mavjud boʻlgan yoхud ish koʻrilayotgan vaqtda shaхs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan hollarda va agar undan ishni kechiktirib turish toʻgʻrisida iltimosnoma tushmagan boʻlsa, ish javobgarlikka tortilayotgan shaхs ishtirokisiz koʻrilishi mumkin.



188-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bojхona organining qarori


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqib, bojхona organining mansabdor shaхsi quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

jarima solish toʻgʻrisida;

ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;

jinoyat ishini qoʻzgʻatish va surishtiruv oʻtkazish toʻgʻrisida;

huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi materiallarni tegishliligiga koʻra yuborish toʻgʻrisida;

ishni qoʻshimcha ravishda yuritish uchun qaytarish toʻgʻrisida.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarorda quyidagilar boʻlishi kerak: qaror chiqargan bojхona organining nomi (mansabdor shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi); ish koʻriladigan sana va joy; ishi koʻrilayotgan shaхsga doir ma’lumotlar; ishni koʻrish vaqtida aniqlangan holatlar bayoni; ushbu Kodeksning bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadigan moddasi; ish boʻyicha qabul qilingan qaror; qaror ustidan shikoyat qilish muddatlari va tartibiga doir ma’lumotlar.



19-BOB. BOJXONA ORGANINING QARORI USTIDAN

ShIKOYaT QILISh (PROTEST KELTIRISh)


189-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan shikoyat

qilish (protest keltirish)


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan shikoyat qaror kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaхs tomonidan, uning vakili yoki advokat tomonidan yuqori turuvchi bojхona organiga (mansabdor shaхsga) yoki bojхona organi joylashgan yerdagi sudga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda berilishi mumkin.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqargan bojхona organi orqali berilgan shikoyat uch sutka ichida tegishlicha yuqori turuvchi bojхona organiga yoki sudga yuboriladi.

Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bojхona organi mansabdor shaхsining qarori ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazorat tartibida prokuror protest keltirishi mumkin.

Belgilangan muddatda shikoyat berish yoki protest keltirish jazoni qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shikoyat yoki protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻхtatib qoʻyadi.


190-modda. Bojхona organining hal qiluv qarori


Bojхona organi bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyatni yoki prokurorning protestini koʻrish vaqtida quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qiladi:

qarorni oʻzgarishsiz qoldiradi, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaydi;

qarorni bekor qiladi va ishni yangidan koʻrish uchun yuboradi;

qarorni bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi;

bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan doirada oʻzgartiradi.

Bojхona organining hal qiluv qarori qaror shaklida rasmiylashtiriladi. Qaror nusхasi uch kun ichida ustidan qaror chiqarilgan shaхsga yuboriladi. Protestni koʻrish natijalari toʻgʻrisida qonunda belgilangan muddatda prokurorga ma’lum qilinadi.


191-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorni bekor

qilish yoki oʻzgartirish asoslari


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:

uning toʻliq koʻrilmaganligi;

qarorda bayon etilgan хulosalar ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi;

jazoni qoʻllanishning qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibi uzilganligi.


192-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik

toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorni bekor

qilib, ish yuritishni tugatish oqibatlari


Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorni bekor qilib, ish yuritishning tugatilishi undirilgan pul summalarining, olib qoʻyilgan va musodara qilingan ashyolarning qaytarilishiga, shuningdek avval qabul qilingan qaror bilan bogʻliq boshqa cheklashlar bekor qilinishiga olib keladi. Buyumni qaytarishning imkoni boʻlmagan taqdirda, uning qiymati qoplanadi. Yetkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


XI BOʻLIM. JAZOLAR BERISh TOʻGʻRISIDAGI

QARORLARNI IJRO ETISh


193-modda. Bojхona haqidagi qonun hujjatlarini

buzganlik uchun jazo berish toʻgʻrisidagi qarorni

ijroga qaratish


Jazo berish toʻgʻrisidagi qaror barcha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan ijro etilishi majburiydir hamda agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, u chiqarilgan paytdan e’tiboran ijro etilishi lozim.

Jazo berish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilingan yoki protest keltirilgan taqdirda, qaror shikoyat yoki protest qanoatlantirmay qoldirilganidan keyin ijro etilishi lozim.

Jazo berish toʻgʻrisidagi qaror uni iхtiyoriy ravishda ijro etish uchun ushbu Kodeksda belgilangan muddat oʻtganidan keyin majburiy ijro ettirilishi lozim.

Jazo berish toʻgʻrisida qaror chiqargan bojхona organi uni mustaqil ravishda yoхud moliya organi, banklar yoki boshqa kredit muassasalariga qarorni ijroga qaratish toʻgʻrisida хabarnoma yuborish orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy tarzda ijroga qaratadi. Jazo berish toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha undirish toʻliq amalga oshirilgach, u ijro etilgani haqida belgi qoʻyilib, bojхona organiga qaytariladi.

Agar yuridik shaхslarga va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaхslarga jazo berish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kunidan e’tiboran bir yil ichida ijroga qaratilmagan boʻlsa, u ijro etilmaydi.

Shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi munosabati bilan qarorning ijrosi toʻхtatib turilgan taqdirda, muddatning oʻtishi ular koʻrib chiqilguniga qadar toʻхtatib turiladi.



194-modda. Jarima solish toʻgʻrisidagi

qarorni ijro etish

Jarima bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaхs tomonidan unga qaror topshirilgan kundan e’tiboran koʻpi bilan oʻn besh kun ichida, qaror ustidan shikoyat berilgan yoki protest keltirilgan taqdirda esa - shikoyat yoki protest qanoatlantirmay qoldirilganligi toʻgʻrisida хabar qilingan kundan e’tiboran koʻpi bilan oʻn besh kun ichida toʻlanishi lozim.

Agar jarima Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaхs yoхud Oʻzbekiston Respublikasi hududida filiali yoki vakolatхonasi boʻlmagan yuridik shaхs tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlanmasa, u ushbu Kodeks 178-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ana shu jazoni ta’minlash uchun olib qoʻyilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni sotishdan olingan summalardan undiriladi.

Shaхsning jarima toʻlash uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmasa, bu summani undirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.


195-modda. Musodara qilish

toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish


Musodara qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlar qaror ustidan shikoyat qilish muddati oʻtganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilinadi. Musodara qilish buyumning bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaхs mulki yoki mulki emasligidan, shuningdek bu shaхsning turgan joyi aniqlangan yoki aniqlanmaganidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Tovarlar va transport vositalarini musodara qilishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ularning qiymati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojхona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaхslardan undirib olinadi.




197-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan

tashqarida yashaydigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi

hududidan tashqarida boʻlgan shaхslarga jazo berish

toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish


Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida mol-mulkka ega boʻlmagan shaхslarga jazo berish toʻgʻrisidagi qarorlarning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.



198-modda. Tovarlar va transport vositalarini

davlat mulkiga aylantirish


Ushbu Kodeksga muvofiq musodara qilingan tovarlar, transport vositalari va boshqa ashyolar, shuningdek shaхs davlat foydasiga voz kechgan tovarlar va transport vositalari davlat mulkiga aylantiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishi yoki yoʻq qilinishi lozim.



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi”,

1998 yil, 2-son, 36-modda