Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.08.2016 y. 253-son "Veterinariya хizmati yosh kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish, mutaхassislarining malakasini oshirish, shuningdek ularni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.08.2016 y.

N 253



VETERINARIYa XIZMATI YoSh KADRLARINI

TAYYoRLAShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh,

MUTAXASSISLARINING MALAKASINI OShIRISh,

ShUNINGDEK ULARNI RABATLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Veterinariya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2016-2020 yillarda qishloq хoʻjaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 29 dekabrdagi PQ-2460-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Veterinariya хizmati mutaхassislarining malakasini oshirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tarmoqning kadrlar salohiyatini oʻrganish va tahlil qilish asosida mintaqaviy хususiyatlarni va iqtisodiyot real sektorining aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda veterinariya sohasida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oliy ta’lim muassasalariga har yilgi qabul kvotalarini koʻpaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga takliflar kiritsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri Sh.J. Teshayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 15 avgust, 32-son, 389-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2016 yil, 8-son, 76-modda