Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mudofaa vazirining 29.07.2016 y. 670-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 50-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 02.08.2016 y. 2658-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

02.08.2016 y.

N 2658-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRINING

29.07.2016 y.

N 670


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining

oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul

qilish tartibi toʻrisidagi nizomning 50-bandiga

oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 16 iyundagi 209-son "Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2015 yil 2 fevraldagi 72-son buyrui (roʻyхat raqami 2658, 2015 yil 5 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 9-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomning 50-bandidagi "15 iyulda" degan soʻzlar "10 iyulda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq 2017 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.



Vazir                                                                                 Q. Berdiyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 8 avgust, 31-son, 382-modda