Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 12.08.2016 y. 208-mh-son "Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 12.08.2016 y. 2491-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.08.2016 y.

N 2491-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

12.08.2016 y.

N 208-mh


BUYRUI



Toshkent davlat yuridik universiteti

magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon

oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Mazkur Buyruq AV 05.10.2018 y. 2491-2-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining Buyruiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 iyuldagi 206-son "Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi hamda 2015 yil 4 sentyabrdagi 256-son "Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarorlariga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013 yil 26 iyuldagi 223-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2491, 2013 yil 26 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 30-son, 406-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (Sh. Saidov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                           M. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



Toshkent davlat yuridik universiteti

magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon

oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-banddagi "Mutaхassislik fani" degan soʻzlar "Mutaхassislik fanlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 5-banddagi "3 - 10" raqamlari "3 - 15" raqamlari bilan almashtirilsin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 15 avgust, 32-son, 395-modda