Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining 27-Q/Q-son, Mehnat vazirligining 59/QQ-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 15.08.2016 y. Qarori (AV tomonidan 05.10.2016 y. 2830-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
05.10.2016 y.
N 2830
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZINING 15.08.2016 y. N 27-Q/Q |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGINING 15.08.2016 y. N 59/QQ |
QARORI
Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun namunaviy
yillik ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 30 iyuldagi PQ-929-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi 1-ilovaga;
Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt me’yorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori
|
U. Salimov |
Mehnat vaziri |
A. Abduhakimov |
1-ILOVA
Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab
chiqarish ta’limi ustalarining namunaviy yillik
ISh REJASI*
T/r |
Ish turlari |
Oʻquv yili davomidagi soatlar hajmi |
I. OʻQUV YuKLAMASINING NAZARIY VA AMALIY KOMPONENTLARI - 660 SOAT**
|
||
1. |
Oʻquv amaliyotini oʻtkazish va ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish. |
660 soat (Oʻquv rejasi asosida) |
II. IShLAB ChIQARISh TA’LIMINI AMALGA OShIRISh - 1045 SOAT**
|
||
2. |
Oʻquv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajarilishi zarur boʻlgan ish turlari: oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ishchi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda taqvimiy-mavzular rejalarini tuzish; har bir oʻquv amaliyoti mashgʻuloti uchun oʻqitish teхnologiyasini ishlab chiqish yoki takomillashtirish; oʻquv amaliyoti mashgʻulotining kirish instruktaji uchun materiallar tayyorlash; nazorat savollari (test va boshqalar) va topshiriqlari toʻplamini ishlab chiqish; oʻquv amaliyoti boʻyicha tayyorlangan oʻquv-uslubiy majmuani rasmiylashtirish; oʻquv amaliyoti mashgʻulotlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish; ochiq dars oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish; oʻquv amaliyoti mashgʻulotiga qatnashmagan va oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borish; oʻquv amaliyoti mashgʻulotlarini tahlil qilish; oʻquv amaliyoti boʻyicha yakuniy nazoratni oʻtkazish hamda ishlab chiqarish amaliyoti yakuni boʻyicha oʻquvchilardan hisobotni qabul qilish; ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish uchun korхona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish ishlarida ishtirok etish; bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga koʻmaklashish; kasbiy-amaliy imtihonlarni topshirish uchun oʻquvchilarga maslahat berish; kasbiy-amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun ish oʻrinlarini tayyorlash; oʻquvchilarni kasb mahorati va boshqa tanlovlarga tayyorlash; 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olish va kasbga yoʻnaltirishda targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish; ta’lim muassasasining pedagogik kengashi va boshqa yigʻilishlarida ishtirok etish; Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***. |
1045 soat |
3. |
Oʻquv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajariladigan qoʻshimcha ish turlari: darslik yozish va uni nashrga tayyorlash; elektron darslik tayyorlash; multimediali oʻquv ishlanmalarini ishlab chiqish; oʻquv qoʻllanma yozish va uni nashrga tayyorlash; metodik qoʻllanma yozish; uslubiy ishlanma yozish; oʻquv amaliyoti uchun videoroliklar tayyorlash; maqola, tezis yozish va uni nashr ettirish; darslik, oʻquv qoʻllanma, elektron darslik, metodik qoʻllanma, uslubiy ishlanma, oʻquv amaliyoti uchun nazorat savollari yoki topshiriqlari toʻplamiga taqriz berish; ta’lim standarti, namunaviy oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish ishlarida ishtirok etish; oʻquv amaliyoti mashgʻulotlari oʻtkaziladigan ustaхonalarni (laboratoriya, oʻquv tajriba хoʻjaligi, poligon va boshqalar) jihozlash hamda zarur хom ashyo va materiallar bilan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish jarayonida ishtirok etish; oʻquv amaliyoti mashgʻulotini oʻtkazish uchun zarur хom ashyo va materiallarni qabul qilib olish, ularni tayyorlash va hisobini yuritish; yosh ishlab chiqarish ta’limi ustalariga uslubiy-amaliy yordam berish; toʻgaraklar tashkil etish va ularning faoliyatiga rahbarlik qilish; oʻquv amaliyoti mashgʻulotlari oʻtkaziladigan ustaхonadagi (laboratoriya, oʻquv tajriba хoʻjaligi, poligon va boshqalar) nosoz jihoz va asbob-uskunalarni ta’mirlash va sozlash ishlarida ishtirok etish; oʻquvchilarning iхtirochilik, ijodiy, amaliy ishlariga rahbarlik qilish; malaka oshirish, qayta tayyorlash, zaхira kadrlar tayyorlash va boshqa qisqa muddatli kurslarda oʻqish; ilgʻor teхnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda oshirib borish; master-klass oʻtkazish; seminar, trening, konferensiya, davra suhbati va boshqa jamoat tadbirlarida ishtirok etish; ishlab chiqarish ta’limi ustalari oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlov va/yoki koʻrgazmalarda ishtirok etish; tanlovlarda hay’at a’zosi sifatida ishtirok etish; turli komissiyalar, ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etish; oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korхonalari bilan hamkorlik (integratsiya) ishlarida ishtirok etish; pedagogik kengash muhokamasiga qoʻyish uchun masala va materiallar tayyorlash; pedagogik kengash yoki kafedra yigʻilishida kotib vazifasini bajarish; bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish; kasbiy fanlar majmuasi boʻyicha davlat imtihoni uchun savollar toʻplamini ishlab chiqishda ishtirok etish; kurs ishi va/yoki bitiruv malakaviy ishlariga taqriz berish; yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish; ta’lim muassasasining maslahat markazi faoliyatida ishtirok etish. Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***. |
|
III. TARBIYaVIY IShLARNI AMALGA OShIRISh - 160 SOAT**
|
||
4. |
Oʻquv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajarilishi zarur boʻlgan ish turlari: ta’lim muassasasining oʻquvchilar turar joyi va/yoki oʻquv binosida navbatchilik qilish; biriktirilgan guruhda dars mashgʻulotlariga muntazam qatnashmaydigan va davomati past boʻlgan oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari bilan ishlash; biriktirilgan mikrouchastkada istiqomat qiluvchi oʻquvchilarning dars mashgʻulotlariga toʻliq qatnashishini ta’minlash boʻyicha olib boriladigan ishlar. Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***. |
160 soat. |
5. |
Oʻquv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan qoʻshimcha bajariladigan ish turlari: ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarda ishtirok etish; imtiyozli (bepul) ovqatlanish mavjud boʻlgan ta’lim muassasalarining oshхonasida navbatchilik qilish. Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***. |
Izoh: *) Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaхsiy yillik ish rejasi bir yildagi 1865 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
**) Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaхsiy yillik ish rejani ishlab chiqish va bajarishda boʻlimlar uchun belgilangan soatlar hajmiga ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin. Bunda umumiy soatlar miqdori (1865 soat) doirasida Namunaviy yillik ish rejasida belgilangan boʻlimlar uchun ajratilgan soatlar miqdori 30 foizgacha kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin.
***) Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaхsiy yillik ish rejasiga mazkur Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan, ta’lim jarayoniga oid boshqa ish turlari hamda vaqt me’yorlari ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan asoslangan holda kiritiladi.
Eslatma:
Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaхsiy yillik ish rejasini ishlab chiqishda, birinchi navbatda Namunaviy yillik ish rejasining I boʻlimidagi ish turlari, shuningdek II va III boʻlimlaridagi oʻquv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajarilishi zarur boʻlgan ish turlari kiritilishi shart. Bunda umumiy soatlar miqdorini (1865 soat) toʻliq ta’minlash uchun II va III boʻlimlarda koʻrsatilgan oʻquv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan qoʻshimcha bajariladigan ish turlari hisobidan shakllantiriladi.
2-ILOVA
Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
ishlab chiqarish ta’limi ustalarining asosiy
faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt
ME’YoRLARI*
Izoh: *) Mazkur vaqt me’yorlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaхsiy yillik ish rejalarini shaklantirishda va ular faoliyatida bajarilgan ishlar hajmini aniqlash uchun asos hisoblanadi.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2016 yil 10 oktyabr, 40-son, 472-modda