Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2016 y. PQ-2608-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.09.2016 y.

N PQ-2608



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi iхtisoslashtirilgan "Oʻzagroeksport" tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻrisida" 2016 yil 7 apreldagi PQ-2515-sonli qaroriga muvofiq hamda respublikaning oziq-ovqat sanoatini boshqarish meхanizmi va tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti vazifasini bajaruvchi                           Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 22 sentyabrdagi

PQ-2608-sonli qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyotda хususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340-sonli qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 yil 4 may, 17-1, 216-modda):


a) 1-ilovaning 47-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;


b) 2-ilovaning 40, 43, 47, 94, 95, 113 va 121-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-sonli qarorining 3-ilovasida:


a) I boʻlimdagi 11, 19, 20, 29, 37 va 38-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;


b) IV boʻlim quyidagi mazmundagi 14-band bilan toʻldirilsin:

"14. "Oʻzagroeksport" ITSK AJ - yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi iхtisoslashtirilgan "Oʻzagroeksport" tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻrisida" 2016 yil 7 apreldagi PQ-2515-sonli qarorining 8-bandida:


a) ikkinchi хatboshidan "kompaniya aksiyalarining 51 foizidan kam boʻlmagan qismi davlatda saqlanib qolishini nazarda tutgan holda" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) toʻrtinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻzbekoziqovqatхolding" хolding kompaniyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 26 sentyabr, 38-son, 448-modda