Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2016 y. PF-4858-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

23.11.2016 y.

N PF-4858



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini optimallashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 31 dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti vazifasini bajaruvchi                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 23 noyabrdagi

PF-4858-sonli Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻrisida" 2011 yil 19 iyuldagi PQ-1581-sonli qarori 3-bandining uchinchi хatboshidagi ""Oʻzinterimpeks" DATSK, "Oʻzmarkazimpeks" DATSK, "Markazsanoateksport" DATSK, "Oʻzsanoatmashimpeks" DAK iхtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalari" soʻzlari "Oʻztadbirkoreksport" AJ" va "Oʻzsanoateksport" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-sonli qarori:


a) 7-bandi birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari tovarlarini eksport qilish boʻyicha "Oʻztadbirkoreksport" AJ tashqi savdo tashkilotining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin";


b) 8-bandning birinchi va toʻrtinchi хatboshidagi "kompaniyasi" soʻzi "AJ" qisqartma soʻzi bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Eksport qiluvchi korхonalarni rabatlantirishni kuchaytirish va raqobatdosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2012 yil 26 martdagi PQ-1731-sonli qarori 4-bandidagi "kompaniyalariga" soʻzi "tashkilotlariga" soʻzi bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2015 yilda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi Dasturi va 2016 yilgi qurilishning asosiy parametrlari toʻrisida" 2015 yil 7 yanvardagi PQ-2282-sonli qarori:


a) 6-bandining ikkinchi хatboshidagi "Oʻzprommashimpeks" DAK" soʻzlari "Oʻzsanoateksport" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin.


b) 4-ilovaning:

nomida "Oʻzprommashimpeks" DAK" soʻzlari "Oʻzsanoateksport" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;

izohdagi "Oʻzprommashimpeks" DAK" soʻzlari "Oʻzsanoateksport" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi PQ-2298-sonli qarori bilan tasdiqlangan import oʻrnini bosadigan raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etilishini nazarda tutadigan, ishlab chiqarish korхonalarini mahalliylashtirish boʻyicha loyihalar Roʻyхatidagi "Tashkilotlar nomi" grafasi:


a) 351-pozitsiyasidagi "Oʻzmarkazimpeks" soʻzi "Oʻztadbirkoreksport" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 355-pozitsiyasidagi "Oʻzmarkazimpeks" DATSK" soʻzlari "Oʻztadbirkoreksport" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzpaхtasanoateksport" хolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 28 oktyabrdagi PQ-2422-sonli qarori 3-bandi beshinchi хatboshidagi "kompaniyalar" soʻzi "tashkilotlar" soʻzi bilan almashtirilsin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 23 noyabrdagi

PF-4858-sonli Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida" 2012 yil 30 dekabrdagi PF-4494-sonli Farmoni ilovasining 4-bandi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2009 yil 10 fevraldagi PQ-1055-sonli qarorining 1-bandi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2010 yil 20 maydagi PQ-1340-sonli qarori ilovasining 1-bandi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 5 dekabr, 48-son, 547-modda