Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2016 y. PQ-2582-son "Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.09.2016 y.

N PQ-2582



QURBON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi oʻrni, mohiyati va ahamiyatini, хalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va barikenglik ramzi ekanini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ululash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Diniy bayram - Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida"gi 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 12 sentyabr dushanba kuniga toʻri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2016 yil 12 sentyabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilansin va bayram sifatida keng nishonlansin.


2. Respublika "Nuroniy", "Mahalla" jamarmalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.



Oʻzbekistan Respublikasi

Prezidenti vazifasini bajaruvchi                       Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2016 yil 10 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2016 yil, 9-son, 297-modda