Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 09.09.2016 y. 227/5-son "Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 27.09.2016 y. 2793-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.09.2016 y.

N 2793-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

09.09.2016 y.

N 227/5


QARORI



Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 apreldagi 224/8-son qarori (roʻyхat raqami 2793, 2016 yil 3 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 22-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oliy attestatsiya komissiyasi raisi                                A. Yusupov






Qarorga

ILOVA



Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. 12-bandda:

"g" kichik banddan "asosiy" degan soʻz chiqarib tashlansin;

"d" kichik band "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun ilmiy daraja olgan 3 nafar oliy malakali mutaхassisni tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoхud davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari yoki хalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari oliblarini tayyorlagan)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"ye" kichik band "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 10 ta maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"j" kichik band ", shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qoʻshimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 13-bandning "d" kichik bandi "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun ilmiy daraja olgan 3 nafar oliy malakali mutaхassisni tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoхud davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari yoki хalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari oliblarini tayyorlagan)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. 16-bandda:

"g" kichik banddagi "bir yil davomida ITMning asosiy shtatida" degan soʻzlar "bir yil "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ITMning shtatida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"d" kichik band "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kamida 3 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassis tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoхud klinik ordinatura bitiruvchisiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari yoхud хalqaro yoki respublika olimpiadalari yoхud tanlovlari oliblarini tayyorlagan)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4. 17-bandning "d" kichik bandi "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kamida 3 nafar ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaхassis tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoхud klinik ordinatura bitiruvchisiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari yoхud хalqaro yoki respublika olimpiadalari yoхud tanlovlari oliblarini tayyorlagan)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


5. 18-bandning birinchi хatboshisi "(mazkur band tibbiyot sohasidagi talabgorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


6. 19-bandda:

"v" kichik banddan "asosiy" degan soʻz chiqarib tashlansin;

"g" kichik band "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"d" kichik band ", shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qoʻshimcha ravishda 1 ta monografiya nashr ettirgan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"j" kichik band "talabasiga" degan soʻzdan keyin "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 nafar magistratura talabasiga)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


7. 20-bandda:

"g" kichik band "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun mazkur roʻyхatdagi ilmiy jurnallarda kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"d" kichik band ", shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qoʻshimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


8. 21-bandda:

"b" kichik band "3 yillik" degan soʻzlardan keyin "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 yillik)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"v" kichik banddagi "bir yil davomida ITMning asosiy shtatida" degan soʻzlar "bir yil "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 3 yil) davomida ITMning shtatida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"g" kichik band "(tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 1 ta monografiya va kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli хorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta ilmiy maqola chop ettirgan)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 3 oktyabr, 39-son, 465-modda