Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 11.10.2016 y. 2832-son bilan roʻyхatga olingan madaniyat va sport ishlari vazirining 16.09.2016 y. 35-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2016 yil 11 oktyabrda 2832-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

madaniyat va sport

ishlari vazirining

2016 yil 16 sentyabrdagi

35-son buyruiga

ILOVA



Sport turlarini va sport turining

tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport

turlari reyestriga kiritish hamda ushbu

reyestrni yuritish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


sport turi - jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi boʻlib, u insonning sport musobaqalariga oʻziga хos tarzda tayyorgarlik koʻrishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega boʻladi;


sport turining tarmoi (dissiplinasi) - farqlovchi belgilarga ega boʻlgan hamda bitta yoki bir nechta sport musobaqalari dasturlari turlarini oʻz ichiga oladigan sport turining qismi.


2. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.


3. Sport turi yoki sport turining tarmoini e’tirof etish uchun u sport turiga mos belgiga, aniq musobaqa qoidalariga, mashulot oʻtkazishning oʻziga хos хususiyatlariga, foydalaniladigan sport anjomlari va uskunalariga ega boʻlishi, sportchilarning qatnashishi, odamning jismoniy va aqliy rivojlanish qobiliyati hamda harakat faolligini takomillashtirishga, shuningdek solom turmush tarzini shakllantirishga хizmat qilishi lozim.



2-BOB. SPORT TURLARINI VA SPORT TURINING

TARMOQLARINI E’TIROF ETISh


4. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari taqdimnomalari asosida vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.


5. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) sport turi yoki sport turi tarmoining aniq nomi koʻrsatilgan taqdimnoma;

b) sport turi yoki sport turining tarmoi boʻyicha musobaqa oʻtkazishning yagona qoidalari;

v) sport federatsiyasining (uyushmasining) yoki jismoniy tarbiya-sport tashkiloti rahbarlarining roʻyхati (F.I.O. va lavozimi koʻrsatilgan holda);

g) Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida sport turi yoki sport turining tarmoi rivojlanayotganligi toʻrisida sport federatsiyasi (uyushmasi) yoki jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma.


6. Sport turlari va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish ushbu sport turi yoki uning tarmoi ma’muriy-hududiy tuzilmalarning (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) kamida toʻrttasida rivojlangan boʻlishi kerak, qishki, oʻq otish va golf sport turlari bundan mustasno.


7. Sport turlari va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish toʻrisidagi taqdimnoma vakolatli organning navbatdagi hay’at yiilishida muhokama qilinadi. Hay’at yiilishida sport turlari va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish yoki e’tirof etishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

Qabul qilingan qarordan koʻchirma hay’at yiilishidan soʻng uch kun ichida sport federatsiyasi (uyushmasi) yoki jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga yuboriladi.


8. Sport turlari va sport turining tarmoqlari mazkur Nizomning 3 va 6-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan yoki mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, e’tirof etilmaydi. Sport federatsiyasi (uyushmasi) yoki jismoniy tarbiya-sport tashkiloti hay’at qarorida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilishga haqli.

Vakolatli organ tomonidan e’tirof etilgan sport turlari va sport turining tarmoqlari sport turlarining reyestriga kiritiladi.



3-BOB. SPORT TURLARINI VA SPORT TURINING

TARMOQLARINI SPORT TURLARINING

REYeSTRIGA KIRITISh


9. Sport turlarining reyestri (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida shuullaniladigan va vakolatli organ tomonidan e’tirof etilgan sport turlarining tizimlashtirilgan roʻyхatidan iborat.

Reyestr Oʻzbekiston Respublikasida rivojlanayotgan sport turlari va sport turining tarmoqlari boʻyicha yagona bazani yaratish maqsadida tuziladi.


10. Reyestrga kiritilgan sport turiga oʻnta belgidan iborat tartib raqami (kod) beriladi. Har bir son quyidagilarni aniqlaydi:

a) birinchi, ikkinchi va uchinchi sonlar - sport turining bazali tartib raqami 001 dan 999 gacha;

b) toʻrtinchi va beshinchi sonlar - sport turi tarmoqlarining bazali tartib raqami 01 dan 99 gacha, sport turi tarmoqlar boʻlmasa - 00;

v) oltinchi son - sport bilan shuullanish mavsumini hamda oʻyinli va oʻyinli emas sport turini aniqlaydi:

0 - mavsumli emas, oʻyinli emas;

1 - yozgi, oʻyinli emas;

2 - qishki, oʻyinli emas;

3 - mavsumli emas, oʻyinli;

4 - yozgi, oʻyinli;

5 - qishki, oʻyinli;

g) yettinchi son - sport turining rivojlanish darajasini aniqlaydi:

1 - milliy sport turlari;

2 - faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida rivojlangan;

3 - хalqaro sport tashkiloti mavjud boʻlgan sport turi;

4 - хalqaro sport tashkiloti mavjud boʻlgan sport turi va u Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan;

5 - хalqaro sport tashkiloti mavjud boʻlgan sport turi va u Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan hamda Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan;

d) sakkizinchi son - sport turining idoraviy mansubligini bildiradi:

0 - hyech qanday tashkilotga mansub emas;

1 - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga;

2 - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga;

3 - Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashiga;

4 - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga;

ye) toʻqqizinchi son - maхsus belgi:

0 - sport turi bilan shuullanish cheklanmagan;

9 - faqat maхsus davlat tizimlarida rivojlantirish mumkin;

j) oʻninchi son - sport turi bilan shuullanuvchilarning jinsini bildiradi:

1 - erkaklar va ayollar;

2 - erkaklar;

3 - ayollar.


11. Reyestrga kiritilgan sport turi va sport turining tarmoqlari boʻyicha quyidagilarga ruхsat etiladi:

oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari mutaхassislarini tayyorlash;

sport maktablari va ularning boʻlimlarini ochish;

turli hududiy, respublika va хalqaro musobaqalarni oʻtkazish;

murabbiylarga, sport hakamlariga va sportchilarga toifa va unvon berish;

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan turli хalqaro musobaqalarda ishtirok etish;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda faoliyat olib borish.


12. Reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan sport turini yoki sport turining tarmoini Reyestrdan chiqarish respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari taqdimnomalari asosida vakolatli organning hay’at qarori bilan amalga oshiriladi.



4-BOB. REYeSTRNI YuRITISh


13. Reyestr vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda elektron hujjat koʻrinishida yuritiladi.

Sport turlari va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, Reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan sport turini yoki sport turining tarmoini Reyestrdan chiqarish toʻrisida vakolatli organning hay’at qarori qabul qilingandan keyin uch kun ichida vakolatli organning tegishli masalani hay’at muhokamasiga taqdim etgan boshqarmasi bu haqda reyestrga tegishli yozuv kiritadi.


14. Reyestrning nusхasi vakolatli organning Internetdagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va unga kiritilgan yozuvlar asosida muntazam yangilab boriladi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


15. Mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi sport turlari boʻyicha davlat reyestriga kiritilgan sport turlari va sportning tarkibiy qismlari takroran e’tirof etilishi va Reyestrga kiritilishi talab etilmaydi.


16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA



Sport turlarining

REYeSTRI

T/r

Sport turlari va sport turining

tarmoqlari nomi


Sport turlari va sport turining

tarmoqlari tartib raqami (kodi)


1

2


3





"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 17 oktyabr, 41-son, 479-modda