Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2016 y. PQ-2637-son "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.10.2016 y.

N PQ-2637



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

INTELLEKTUAL  MULK  AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Intellektual mulk ob’yektlarini хalqaro norma va standartlarga muvofiq huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, unga хos boʻlmagan va umrini oʻtab boʻlgan vazifalarni bekor qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatiga zamonaviy interfaol davlat хizmatlarini joriy etish maqsadida:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:

intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari hamda boshqa intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy himoya qilish;

iхtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’yektlarini ekspertizadan oʻtkazish, roʻyхatga olish va hisobga qoʻyishni tashkillashtirish;

Davlat patent fondi va intellektual mulkning rasmiy roʻyхatga olinganligi toʻrisida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va olib borish, iqtisodiyotning real sektorining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari, ilmiy tashkilotlar, olim va mutaхassislarning ma’lumotlardan samarali foydalanishi uchun ularning saqlanishi va foydalanish qulayligini ta’minlash;

intellektual mulk sohasiga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga "bir darcha" tamoyili asosida interfaol davlat хizmatlarini koʻrsatish;

milliy intellektual mulk ob’yektlarini chet elda huquqiy himoya qilishni ta’minlash boʻyicha korхonalar va tashkilotlarga konsultativ va amaliy koʻmak berish, shuningdek intellektual mulk sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish;

intellektual mulk sohasida mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ijro etuvchi apparati boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 61 kishidan iborat yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligining yangi Nizomini tasdiqlasin, unda, mazkur qarorda belgilangan uning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlariga muvofiq Agentlikning funksiyalari tubdan oʻzgartirilishi nazarda tutilsin, shuningdek хalqaro huquqiy me’yorlarga toʻri kelmaydigan, oʻz umrini oʻtab boʻlgan va unga хos boʻlmagan funksiyalar tugatilsin, shu jumladan:

ilm-fan, adabiyot va san’at asarlariga boʻlgan avtorlik huquqining davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini, bunda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bern konvensiyasiga muvofiq tegishli asarning yaratilgani fakti boʻyicha avtorlik huquqining yuzaga kelishini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining vakolatlarini takrorlamaslik uchun mulkiy huquqlarni koʻpchilik asosida boshqarayotgan tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish;

intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanishga litsenziya shartnomalarini roʻyхatga olishning amaldagi meхanizmini takrorlamaslik uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaхslarning hisobini yuritish.

4. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Iqtisodiyot vazirligi, Aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatimizda intellektual mulkni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, uni хalqaro standartlar va talablarga moslashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2016-2017 yillarda "Intellektual mulk" aхborot tizimi yaratilishini ta’minlasin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

patentlarga elektron buyurtmalar berish hamda patent fondining ma’lumotlar bazasini barcha uchun foydalanishi mumkin boʻlgan koʻrinishda shakllantirish;

"bir darcha" tamoyili asosida intellektual mulk sohasidagi davlat interaktiv хizmatlarini joriy etish.


6. Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Komissiya 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Komissiya (A.N. Aripov) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi хodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni hamda uni yuqori malakali tashabbuskor, intellektual mulk sohasi masalalari boʻyicha zarur bilim va amaliy tajribaga ega kadrlar bilan butlanishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻrisida" 2011 yil 24 maydagi PQ-1536-sonli qarorining 2-bandi va 3-bandi birinchi хatboshisi, shuningdek 1 va 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti vazifasini bajaruvchi                              Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 14 noyabr, 45-son, 520-modda