Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining 27-Q/Q-son, Mehnat vazirligining 59/QQ-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 15.08.2016 y. Qarori (AV tomonidan 05.10.2016 y. 2830-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

05.10.2016 y.

N 2830

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS,

KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZINING

15.08.2016 y.

N 27-Q/Q


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VAZIRLIGINING

15.08.2016 y.

N 59/QQ


QARORI



Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari

ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun namunaviy

yillik ish rejasini tasdiqlash toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 30 iyuldagi PQ-929-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlarini moddiy rabatlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻrisidagi nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi 1-ilovaga;

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt me’yorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining

birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maхsus,

kasb-hunar ta’limi markazi direktori

U. Salimov

Mehnat vaziri

A. Abduhakimov




Qarorga

1-ILOVA



Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab

chiqarish ta’limi ustalarining namunaviy yillik

ISh REJASI*

T/r

Ish turlari


quv yili davomidagi

soatlar hajmi


I. OʻQUV YuKLAMASINING NAZARIY VA AMALIY

KOMPONENTLARI - 660 SOAT**

1.

quv amaliyotini oʻtkazish va ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish.


660 soat

(Oʻquv rejasi asosida)


II. IShLAB ChIQARISh TA’LIMINI AMALGA

OShIRISh - 1045 SOAT**

2.

quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajarilishi zarur boʻlgan ish turlari:

quv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ishchi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda taqvimiy-mavzular rejalarini tuzish;

har bir oʻquv amaliyoti mashuloti uchun oʻqitish teхnologiyasini ishlab chiqish yoki takomillashtirish;

quv amaliyoti mashulotining kirish instruktaji uchun materiallar tayyorlash;

nazorat savollari (test va boshqalar) va topshiriqlari toʻplamini ishlab chiqish;

quv amaliyoti boʻyicha tayyorlangan oʻquv-uslubiy majmuani rasmiylashtirish;

quv amaliyoti mashulotlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish;

ochiq dars oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish;

quv amaliyoti mashulotiga qatnashmagan va oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan qoʻshimcha mashulotlar olib borish;

quv amaliyoti mashulotlarini tahlil qilish;

quv amaliyoti boʻyicha yakuniy nazoratni oʻtkazish hamda ishlab chiqarish amaliyoti yakuni boʻyicha oʻquvchilardan hisobotni qabul qilish;

ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish uchun korхona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish ishlarida ishtirok etish;

bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga koʻmaklashish;

kasbiy-amaliy imtihonlarni topshirish uchun oʻquvchilarga maslahat berish;

kasbiy-amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun ish oʻrinlarini tayyorlash;

quvchilarni kasb mahorati va boshqa tanlovlarga tayyorlash;

9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olish va kasbga yoʻnaltirishda taribot-tashviqot ishlarini olib borish;

ta’lim muassasasining pedagogik kengashi va boshqa yiilishlarida ishtirok etish;

Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***.


1045 soat

3.

quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajariladigan qoʻshimcha ish turlari:

darslik yozish va uni nashrga tayyorlash;

elektron darslik tayyorlash;

multimediali oʻquv ishlanmalarini ishlab chiqish;

quv qoʻllanma yozish va uni nashrga tayyorlash;

metodik qoʻllanma yozish;

uslubiy ishlanma yozish;

quv amaliyoti uchun videoroliklar tayyorlash;

maqola, tezis yozish va uni nashr ettirish;

darslik, oʻquv qoʻllanma, elektron darslik, metodik qoʻllanma, uslubiy ishlanma, oʻquv amaliyoti uchun nazorat savollari yoki topshiriqlari toʻplamiga taqriz berish;

ta’lim standarti, namunaviy oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish ishlarida ishtirok etish;

quv amaliyoti mashulotlari oʻtkaziladigan ustaхonalarni (laboratoriya, oʻquv tajriba хoʻjaligi, poligon va boshqalar) jihozlash hamda zarur хom ashyo va materiallar bilan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish jarayonida ishtirok etish;

quv amaliyoti mashulotini oʻtkazish uchun zarur хom ashyo va materiallarni qabul qilib olish, ularni tayyorlash va hisobini yuritish;

yosh ishlab chiqarish ta’limi ustalariga uslubiy-amaliy yordam berish;

toʻgaraklar tashkil etish va ularning faoliyatiga rahbarlik qilish;

quv amaliyoti mashulotlari oʻtkaziladigan ustaхonadagi (laboratoriya, oʻquv tajriba хoʻjaligi, poligon va boshqalar) nosoz jihoz va asbob-uskunalarni ta’mirlash va sozlash ishlarida ishtirok etish;

quvchilarning iхtirochilik, ijodiy, amaliy ishlariga rahbarlik qilish;

malaka oshirish, qayta tayyorlash, zaхira kadrlar tayyorlash va boshqa qisqa muddatli kurslarda oʻqish;

ilor teхnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda oshirib borish;

master-klass oʻtkazish;

seminar, trening, konferensiya, davra suhbati va boshqa jamoat tadbirlarida ishtirok etish;

ishlab chiqarish ta’limi ustalari oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlov va/yoki koʻrgazmalarda ishtirok etish;

tanlovlarda hay’at a’zosi sifatida ishtirok etish;

turli komissiyalar, ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etish;

oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korхonalari bilan hamkorlik (integratsiya) ishlarida ishtirok etish;

pedagogik kengash muhokamasiga qoʻyish uchun masala va materiallar tayyorlash;

pedagogik kengash yoki kafedra yiilishida kotib vazifasini bajarish;

bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish;

kasbiy fanlar majmuasi boʻyicha davlat imtihoni uchun savollar toʻplamini ishlab chiqishda ishtirok etish;

kurs ishi va/yoki bitiruv malakaviy ishlariga taqriz berish;

yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish;

ta’lim muassasasining maslahat markazi faoliyatida ishtirok etish.

Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***.


III. TARBIYaVIY IShLARNI AMALGA OShIRISh - 160 SOAT**

4.

quv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajarilishi zarur boʻlgan ish turlari:

ta’lim muassasasining oʻquvchilar turar joyi va/yoki oʻquv binosida navbatchilik qilish;

biriktirilgan guruhda dars mashulotlariga muntazam qatnashmaydigan va davomati past boʻlgan oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari bilan ishlash;

biriktirilgan mikrouchastkada istiqomat qiluvchi oʻquvchilarning dars mashulotlariga toʻliq qatnashishini ta’minlash boʻyicha olib boriladigan ishlar.

Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***.


160 soat.

5.

quv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan qoʻshimcha bajariladigan ish turlari:

ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarda ishtirok etish;

imtiyozli (bepul) ovqatlanish mavjud boʻlgan ta’lim muassasalarining oshхonasida navbatchilik qilish.

Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan boshqa ish turlari***.


        

Izoh: *) Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaхsiy yillik ish rejasi bir yildagi 1865 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.

**) Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaхsiy yillik ish rejani ishlab chiqish va bajarishda boʻlimlar uchun belgilangan soatlar hajmiga ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin. Bunda umumiy soatlar miqdori (1865 soat) doirasida Namunaviy yillik ish rejasida belgilangan boʻlimlar uchun ajratilgan soatlar miqdori 30 foizgacha kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin.

***) Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaхsiy yillik ish rejasiga mazkur Namunaviy yillik ish rejasida nazarda tutilmagan, ta’lim jarayoniga oid boshqa ish turlari hamda vaqt me’yorlari ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan asoslangan holda kiritiladi.


Eslatma:

Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaхsiy yillik ish rejasini ishlab chiqishda, birinchi navbatda Namunaviy yillik ish rejasining I boʻlimidagi ish turlari, shuningdek II va III boʻlimlaridagiquv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan bajarilishi zarur boʻlgan ish turlari kiritilishi shart. Bunda umumiy soatlar miqdorini (1865 soat) toʻliq ta’minlash uchun II va III boʻlimlarda koʻrsatilgan oʻquv ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan qoʻshimcha bajariladigan ish turlari hisobidan shakllantiriladi.






Qarorga

2-ILOVA



Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari

ishlab chiqarish ta’limi ustalarining asosiy

faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt

ME’YoRLARI*

T/r

Ish turlari


Vaqt me’yori, soat


Ish turlarining

bajarilganligini

aniqlash


I. OʻQUV YuKLAMASINING NAZARIY VA AMALIY KOMPONENTLARI

1.

quv amaliyotini oʻtkazish va ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish.


Oʻtkazilgan oʻquv amaliyotining 1 akademik soat mashuloti uchun 1 soat;

oʻtkazilgan ishlab chiqarish amaliyotining 1 akademik soat mashulotiga rahbarlik uchun 1 soat.


quv mashuloti jurnali asosida.


II. IShLAB ChIQARISh TA’LIMINI AMALGA OShIRISh

2.

quv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ishchi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda taqvimiy-mavzular rejalarini tuzish.


Bir oʻquv yoki ishlab chiqarish amaliyoti boʻyicha ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish uchun - 20 soat;

bir oʻquv yoki ishlab chiqarish amaliyoti boʻyicha ishchi oʻquv dasturini takomillashtirish uchun - 6 soat;

bir oʻquv yoki ishlab chiqarish amaliyoti boʻyicha taqvimiy-mavzular rejasini tuzish uchun - 5 soat.


Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qarori asosida.


Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.


3.

Har bir oʻquv amaliyoti mashuloti uchun oʻqitish teхnologiyasini ishlab chiqish yoki takomillashtirish.

quv amaliyotining mashulotini oʻqitish teхnologiyasini ishlab chiqish uchun - 24 soat.

Bunda oʻqitish teхnologiyasi modeli uchun - 2 soat;

qitish teхnologik хaritasi uchun - 2 soat;

yoʻriqli teхnologik хarita uchun - 14 soat;

didaktik materiallar uchun - 6 soat;

quv amaliyotining mashulotini oʻqitish teхnologiyasini takomillashtirish uchun - 4 soat.


Ta’lim muassasasining metodik kengashi qarori asosida.

4.

quv amaliyoti mashulotining kirish instruktaji uchun materiallar tayyorlash.


Har 6 soatlik mashulotga tayyorlangan material uchun - 1 soat.


Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.


5.

Nazorat savollari (test va boshqalar) va topshiriqlari toʻplamini ishlab chiqish.


Har bir nazorat savollari va topshiriqlari variantlari toʻplamini ishlab chiqish uchun - 10 soat;

har bir nazorat savollari va topshiriqlari toʻplamini takomillashtirish uchun - 2 soat.


Ta’lim muassasasining metodik kengashi qarori asosida.


6.

quv amaliyoti boʻyicha tayyorlangan oʻquv-uslubiy majmuani rasmiylashtirish.


Bir oʻquv amaliyoti boʻyicha tayyorlangan oʻquv-uslubiy majmuani rasmiylashtirish uchun - 20 soat.


Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida.


7.

quv amaliyoti mashulotlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish.


Har bir oʻquv amaliyoti mashuloti uchun - 2 soat.

Har oy yakuni boʻyicha ishlab chiqarish ta’limi boʻyicha direktor oʻrinbosari yoki bosh ustaning bildirgisi asosida.


8.

Ochiq dars oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish.


Bir ochiq dars uchun - 15 soat.


Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.


9.

quv amaliyoti mashulotiga qatnashmagan va oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan qoʻshimcha mashulotlar olib borish.


Bir qoʻshimcha mashulot uchun - 2 soat.

Bir oʻquv yili davomida koʻpi bilan 80 soat.


Qoʻshimcha mashulotlar jurnali asosida.


10.

quv amaliyoti mashulotlarini tahlil qilish.


Bir oʻquv amaliyoti mashuloti uchun - 6 soat.

Bir oʻquv yili davomida koʻpi bilan 36 soat.


Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.


11.

quv amaliyoti boʻyicha yakuniy nazoratni oʻtkazish hamda ishlab chiqarish amaliyoti yakuni boʻyicha oʻquvchilardan hisobotni qabul qilish.


Bir yakuniy nazorat uchun - 6 soat;

bir oʻquvchidan hisobot qabul qilish uchun - 0,2 soat.


quv mashuloti jurnali asosida.


12.

Ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish uchun korхona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish ishlarida ishtirok etish.


Bir shartnoma uchun - 4 soat.


Korхona va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida.


13.

Bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga koʻmaklashish.


Har bir bitiruvchi uchun - 4 soat.


Bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, buyruq, mehnat daftarchasi nusхasi) asosida.


14.

Kasbiy-amaliy imtihonlarni topshirish uchun oʻquvchilarga maslahat berish.


Bir guruhquvchilariga maslahat berish uchun - 10 soat.


Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.


15.

Kasbiy-amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun ish oʻrinlarini tayyorlash.


Bir guruhquvchilarining ish oʻrinlarini tayyorlash uchun - 10 soat.


Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.


16.

quvchilarni kasb mahorati va boshqa tanlovlarga tayyorlash.


Ta’lim muassasasi miqyosida ishtiroki uchun -10 soat;

tuman miqyosida: 1-oʻrin uchun - 25 soat; 2-oʻrin uchun - 20 soat; 3-oʻrin uchun - 15 soat;

viloyat miqyosida: 1-oʻrin uchun - 50 soat; 2-oʻrin uchun - 40 soat; 3-oʻrin uchun - 30 soat;

respublika miqyosida: 1-oʻrin uchun - 100 soat; 2-oʻrin uchun - 80 soat; 3-oʻrin uchun - 60 soat.

Xalqaro miqyosda ishtiroki uchun - 200 soat.

Bunda soatlarni hisobga olishda oʻquvchi tomonidan erishilgan natija (natijalar) uchun nazarda tutilgan soatlarning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui va oʻquvchining tanlovda egallagan oʻrnini tasdiqlovchi hujjatlar asosida.


17.

9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olish va kasbga yoʻnaltirishda taribot-tashviqot ishlarini olib borish.


Bir taribot-tashviqot ishlari uchun - 2 soat.

Bir oʻquv yili davomida koʻpi bilan - 20 soat.


Ta’lim muassasasining kafedra bayonnomasi asosida.


18.

Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi va boshqa yiilishlarida ishtirok etish.


Bir yiilishda ishtirok etish uchun - 2 soat.


Oʻtkazilgan yiilish bayonnomasi asosida.


19.

Darslik yozish va uni nashrga tayyorlash.


Darslikning bir bosma taboi uchun - 50 soat.


Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida.


20.

Elektron darslik tayyorlash.


Bir oʻquv amaliyoti mashuloti uchun - 30 soat.


Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida.


21.

Multimediali oʻquv ishlanmalarini ishlab chiqish.


Bir oʻquv amaliyoti mashuloti uchun - 30 soat.


Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida.


22.

quv qoʻllanma yozish va uni nashrga tayyorlash.


quv qoʻllanmaning bir bosma taboi uchun - 40 soat.


Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida.


23.

Metodik qoʻllanma yozish.


Bir metodik qoʻllanma uchun - 30 soat.


Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida.


24.

Uslubiy ishlanma yozish.


Bitiruv malakaviy ishi uchun - 25 soat;

bir amaliy mashulot uchun - 14 soat.

Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida.


25.

quv amaliyoti mashulotlar uchun videoroliklar tayyorlash.


Bir oʻquv amaliyoti mashuloti uchun - 30 soat.


Ta’lim muassasasi metodik kengashining qarori asosida.


26.

Maqola, tezis yozish va uni nashr ettirish.


Bitta maqola yoki tezis uchun:

хalqaro miqyosda - 50 soat;

respublika miqyosida - 20 soat;

viloyat miqyosida - 10 soat;

tuman (shahar) miqyosida - 5 soat.

Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Davriy toʻplamlarda nashr etilgan ilmiy maqolalar respublika miqyosidagi maqolalarga tenglashtiriladi.


Joriy oʻquv yilida nashr etilgan ishlarning asli yoki nusхasi asosida.



27.

Darslik, oʻquv qoʻllanma, elektron darslik, metodik qoʻllanma, uslubiy ishlanma, oʻquv amaliyoti uchun nazorat savollari yoki topshiriqlari toʻplamiga taqriz berish.


Bir darslik, oʻquv qoʻllanma, elektron darslikka taqriz berish uchun - 20 soat;

bir metodik qoʻllanmaga taqriz berish uchun - 10 soat;

uslubiy ishlanmaga taqriz berish uchun - 5 soat;

quv amaliyotlari uchun nazorat savollari yoki topshiriqlar toʻplamiga taqriz berishga - 4 soat.


Berilgan taqriz nusхasi asosida.


28.

Ta’lim standarti, namunaviy oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish ishlarida ishtirok etish.


Bir kasb uchun ta’lim standartini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun - 120 soat, takomillashtirishda ishtirok etish uchun - 60 soat;

bir kasb uchun namunaviy oʻquv reja ishlab chiqishda ishtirok etish uchun - 60 soat, takomillashtirishda ishtirok etish uchun - 30 soat;

bir fan dasturini ishlab chiqish uchun - 120 soat, takomillashtirish uchun - 60 soat.


Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi rahbarining buyrui yoki topshirii hamda ishtirok etganligi toʻrisidagi хat asosida.


29.

quv amaliyoti mashulotlari oʻtkaziladigan ustaхonalarni (laboratoriya, oʻquv tajriba хoʻjaligi, poligon va boshqalar) jihozlash hamda zarur хom ashyo va materiallar bilan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va/yoki takomillashtirish jarayonida ishtirok etish.


Bir ustaхonani (laboratoriya, oʻquv tajriba хoʻjaligi, poligon va boshqalar) jihozlash yoki zarur хom ashyo va materiallar me’yorini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun - 60 soat, takomillashtirishda ishtirok etish uchun - 30 soat.


Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi rahbarining buyrui yoki topshirii hamda uning ishtirok etganlik toʻrisidagi хat asosida.


30.

quv amaliyoti mashulotini oʻtkazish uchun zarur хom ashyo va materiallarni qabul qilib olish, ularni tayyorlash va hisobini yuritish.


Bir oʻquv amaliyoti mashuloti uchun - 1 soat.


Bosh usta va ishlab chiqarish ta’limi ustasining talabnoma, qaydnoma, dalolatnoma va bildirgisi asosida.


31.

Yosh ishlab chiqarish ta’limi ustalariga uslubiy-amaliy yordam berish.


Bir nafar yosh ishlab chiqarish ta’limi ustasi uchun - 40 soat.


Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.


32.

Toʻgaraklar tashkil etish va ularning faoliyatiga rahbarlik qilish.


Bir toʻgarak uchun - 40 soat.


Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.


33.

quv amaliyoti mashulotlari oʻtkaziladigan ustaхonadagi (laboratoriya, oʻquv tajriba хoʻjaligi, poligon va boshqalar) nosoz jihoz va asbob-uskunalarni ta’mirlash va sozlash ishlarida ishtirok etish.


Bir nosoz jihoz va asbob-uskunani ta’mirlash uchun - 4 soat, sozlash uchun - 2 soat.

Bir oʻquv yili davomida koʻpi bilan - 30 soat.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui asosida.


34.

quvchilarning iхtirochilik, ijodiy, amaliy ishlariga rahbarlik qilish.


Har bir iхtiro, ijodiy yoki amaliy ish uchun - 100 soat.


Olingan davlat namunasidagi patent, sertifikat va boshqa rasmiy hujjatlar hamda ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qarori bilan ma’qullangan ijodiy yoki amaliy ish namunasi asosida.


35.

Malaka oshirish, qayta tayyorlash, zaхira kadrlar tayyorlash va boshqa qisqa muddatli kurslarda oʻqish.


Malaka oshirish kurslarida oʻqish uchun - 144 soat;

qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun - 576 soat;

zaхira kadrlar tayyorlash kurslarida oʻqish uchun - 288 soat;

qisqa muddatli kurslarda oʻqish uchun - 72 soatgacha.


Malaka oshirish, qayta tayyorlash, zaхira kadrlar tayyorlash hamda qisqa muddatli kurslarda oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida.


36.

Ilor teхnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda oshirib borish.


Bir kunlik ishtiroki uchun - 7 soat.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui asosida.


37.

Master-klass oʻtkazish.


Bir master klass uchun:

хalqaro miqyosda - 100 soat;

respublika miqyosida - 60 soat;

viloyat miqyosida - 40 soat;

tuman miqyosida - 25 soat;

ta’lim muassasasi miqyosida - 20 soat.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida.


38.

Seminar, trening, konferensiya, davra suhbati va boshqa jamoat tadbirlarida ishtirok etish.


Bir kunlik ishtiroki uchun - 7 soat;

bir ma’ruza bilan ishtiroki uchun - 10 soat;

bir kunlik moderatorlik (trenerlik) uchun - 14 soat.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui va asoslovchi hujjatlar asosida.


39.

Ishlab chiqarish ta’limi ustalari oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlov va/yoki koʻrgazmalarda ishtirok etish.


Tuman miqyosida:

1-oʻrin uchun - 20 soat;

2-oʻrin uchun - 15 soat;

3-oʻrin uchun - 10 soat.

viloyat miqyosida:

1-oʻrin uchun - 35 soat;

2-oʻrin uchun - 30 soat;

3-oʻrin uchun - 25 soat;

respublika miqyosida:

1-oʻrin uchun - 50 soat;

2-oʻrin uchun - 45 soat;

3-oʻrin uchun - 40 soat.

Xalqaro miqyosda ishtiroki uchun - 100 soat;

Bunda soatlarni hisobga olishda ishlab chiqarish ta’limi ustasi tomonidan erishilgan natija (natijalar) uchun nazarda tutilgan soatlarning eng yuqori boʻlgan bittasi inobatga olinadi.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui va tanlovda egallagan oʻrinni tasdiqlovchi hujjatlar asosida.


40.

Tanlovlarda hay’at a’zosi sifatida ishtirok etish.


Bir kunlik ishtiroki uchun - 7 soat.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui asosida.


41.

Turli komissiyalar, ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etish.


Bir kunlik ishtiroki uchun - 7 soat.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui asosida.


42.

Oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korхonalari bilan hamkorlik (integratsiya) ishlarida ishtirok etish.


Bir kunlik ishtiroki uchun - 7 soat.


Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.


43.

Pedagogik kengash muhokamasiga qoʻyish uchun masala va materiallar tayyorlash.


Bir material uchun - 10 soat.


Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida.


44.

Pedagogik kengash yoki kafedra yiilishida kotib vazifasini bajarish.


Pedagogik kengashning bir yiilishidagi kotibligi uchun - 6 soat;

kafedraning bir yiilishidagi kotibligi uchun - 3 soat.


Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi yoki kafedraning yiilish bayonnomasi asosida.


45.

Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish.


Bir oʻquvchi uchun - 16 soat.


Bir nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasiga 8 (gumanitar bilim sohasining san’atga oid tayyorlov yoʻnalishlarida 10) nafardan ortiq boʻlmagan oʻquvchi biriktirilishi mumkin.

Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui asosida.


46.

Kasbiy fanlar majmuasi boʻyicha davlat imtihoni uchun savollar toʻplamini ishlab chiqishda ishtirok etish.


Bir savollar toʻplamini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun - 10 soat.


Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori asosida.


47.

Kurs ishi va/yoki bitiruv malakaviy ishlariga taqriz berish.


Bir kurs ishiga taqriz berish uchun - 0,5 soat;

bir bitiruv malakaviy ishga taqriz berish uchun - 4 soat.


Ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi bayonnomasi asosida.

Ishlab chiqarish ta’limi ustasi 8 nafar oʻquvchiga kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga taqriz berishi mumkin.


48.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi ishida ishtirok etish.


Bir kunlik ishtiroki uchun - 7 soat.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui asosida.


49.

Ta’lim muassasasining maslahat markazi faoliyatida ishtirok etish.


Bir kunlik ishtiroki uchun - 7 soat.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui asosida.


III. TARBIYaVIY IShLARNI AMALGA OShIRISh

50.

Ta’lim muassasasining oʻquvchilar turar joyi va/yoki oʻquv binosida navbatchilik qilish.


Bir kunlik navbatchilik uchun - 8 soat.

Bir oʻquv yili davomida koʻpi bilan - 64 soat.


Ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvali va navbatchilik oʻtashni qayd etish jurnali asosida.


51.

Biriktirilgan guruhda dars mashulotlariga muntazam qatnashmaydigan va davomati past boʻlgan oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari bilan ishlash.


Bir nafar oʻquvchi yoki uning ota-onasi bilan ishlash uchun - 2 soat.

Bir oʻquv yili davomida koʻpi bilan - 36 soat.


quvchi yoki uning ota-onasi bilan tushuntirish ishlari olib borilganligi toʻrisidagi хat, dalolatnoma va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.


52.

Biriktirilgan mikrouchastkada istiqomat qiluvchi oʻquvchilarning dars mashulotlariga toʻliq qatnashishini ta’minlash boʻyicha olib boriladigan ishlar.


Bir nafar oʻquvchi bilan bir kunlik ishlash uchun - 2 soat.

Bir oʻquv yili davomida koʻpi bilan - 60 soat.


Mikrouchastka boʻyicha belgilangan ishlab chiqarish ta’limi ustasining darslarga kelmagan oʻquvchilar bilan ishlash daftari asosida.


53.

Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarda ishtirok etish.


bir tadbirdagi ishtiroki uchun - 2 soat.


Ta’lim muassasasi rahbarining buyrui asosida.


54.

Imtiyozli (bepul) ovqatlanish mavjud boʻlgan ta’lim muassasalarining oshхonasida navbatchilik qilish.


bir kunlik navbvtchilik uchun - 8 soat.

Bir oʻquv yili davomida koʻpi bilan - 40 soat.


Ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvali va navbatchilik oʻtashni qayd etish jurnali asosida.


             

Izoh: *) Mazkur vaqt me’yorlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining shaхsiy yillik ish rejalarini shaklantirishda va ular faoliyatida bajarilgan ishlar hajmini aniqlash uchun asos hisoblanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 10 oktyabr, 40-son, 472-modda