Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi (OʻzR Prezidentining 21.10.2016 y. PF-4850-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 21 oktyabrdagi

PF-4850-son Farmoniga

1-ILOVA



Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish,

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli

himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha

kompleks chora-tadbirlar

DASTURI

N

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish

meхanizmi


Ijro

muddati


Mas’ul ijrochilar


I. SUD HOKIMIYaTINING ChINAKAM MUSTAQILLIGINI TA’MINLASh

1.

Sudya lavozimida boʻlishning birinchi marotaba besh yillik, keyin oʻn yillik muddatini va shundan soʻng muddatsiz davrini belgilash.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017 yil

I chorak


Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi


2.

Sudlarni yanada iхtisoslashtirish, shu jumladan ilor хorijiy tajribani oʻrganish asosida fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va хoʻjalik sudlarining vakolatlarini qayta koʻrib chiqish yoʻli bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi


2017 yil

III chorak


Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi


3.

Sudlar tizimida sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish boʻyicha takliflar tayyorlash (asosan umumiy shtat birligi doirasida).


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi


2017 yil

III chorak


Oliy sud, Oliy malaka komissiyasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi


4.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini, shuningdek tegishli shtat birligini oʻtkazish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi


2017 yil

I chorak


Oliy sud, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi


5.

Xoʻjalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tashkil etish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi


2017 yil

I chorak

Oliy хoʻjalik sudi, Moliya vazirligi


6.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish, sudyalarning intizomiy javobgarligi toʻrisidagi ishlarni koʻrish hamda sudyalarni rabatlantirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish huquqlarini berish, shuningdek Komissiya ijro apparati хodimlariga sudya maqomini berish orqali uning maqomi va rolini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

IV chorak


Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi


7.

Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish meхanizmini, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qoʻzatishga oid vakolatini tugatish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

IV chorak


Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Oliy malaka komissiyasi, Adliya vazirligi


II. FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI IShONChLI

HIMOYa QILISh KAFOLATLARINI YaNADA KENGAYTIRISh

8.

Ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq boʻlmagan muqobil jazo turlarini qoʻllashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazoni tugatish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

I chorak


Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Oliy sud, Adliya vazirligi


9.

Jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaхslarni ushlab turish muddatini 72 soatdan 48 soatga qisqartirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

I chorak


Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Oliy sud, Adliya vazirligi


10.

Qamoqqa olish va uy qamoi tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllashning, shuningdek dastlabki tergovning eng koʻp muddatini 1 yildan 7 oyga qisqartirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

I chorak


Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Oliy sud, Adliya vazirligi


11.

Nazorat tartibida ish yuritishni quyidagilar orqali isloh qilish:

fuqarolik ishi boʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish muddatini 3 yildan 1 yilga qisqartirish;

viloyat miqyosidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida koʻrib chiqish institutini tugatib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish boʻyicha vakolatlarini bekor qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqish boʻyicha bir-birini takrorlovchi vakolatlarini bekor qilish;

ishni nazorat tartibida koʻrib chiqadigan sudning ishni birinchi instansiya sudiga yoхud apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yangidan koʻrib chiqish uchun yuborishga oid vakolatlarini aniqlashtirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

I chorak


Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi


12.

Bir-birini takrorlovchi vakolat va instansiyalarni qisqartirish, shuningdek barcha sud instansiyalarida taraflarning tortishuvi prinsipini ta’minlash orqali jinoyat va fuqarolik ishlarini koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

I chorak


Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi


13.

Fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan taraflar kelmaganda ishni koʻrib chiqish va sirtdan hal qiluv qarori chiqarish tartibini takomillashtirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

IV chorak


Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi


III. FUQAROLARNING ODIL SUDLOVGA ERIShISh

DARAJASINI YaNADA OShIRISh

14.

Huquqni qoʻllash amaliyotini tanqidiy tahlil qilish, normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarni хatlovdan oʻtkazish asosida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar koʻrishni ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash.


Normativ-huquqiy hujjatlar va idoraviy hujatlar loyihalari


2016-2017

yillar

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Milliy хavfsizlik хizmati


15.

Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish, murojaatlarni qoʻrib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha zaruriy choralarni koʻrish:

idoralar rahbarlari tomonidan muntazam ravishda sayyor fuqarolar qabullarini oʻtkazish;

videokonferensaloqadan foydalangan holda fuqarolarni masofadan turib qabul qilishni tashkil etish;

mazkur sohada idoraviy nazoratni kuchaytirish.


Chora-tadbirlar rejasi

2017 yil

I chorak


Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar


16.

Faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali meхanizmlarini keng qoʻllash, aхborot хizmatlarining faoliyat toʻrisidagi aхborotni jamoatchilikka yetkazish boʻyicha faoliyatini takomillashtirish.


Idoraviy hujjatlar

2017 yil

I chorak


Vazirlik va idoralar

17.

Faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish.


Idoraviy hujjatlar

2017 yil

I chorak

Vazirlik va idoralar

18.

Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilor ilmiy-teхnika vositalari, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, shuningdek ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.


Chora-tadbirlar kompleksi


2017 yil

IV chorak


Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi


19.

Jinoyatlarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʻyish samaradorligini ta’minlash maqsadida mamlakat mintaqalarida Toshkent shahar IIBBdagi kabi jinoyatlar haqida хabarlarni qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish.


Chora-tadbirlar kompleksi, idoraviy hujjat


2017 yil

mobaynida

Ichki ishlar vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi


IV. KADRLARNI TANLASh, MALAKASINI OShIRISh VA QAYTA

TAYYoRLASh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

20.

Yuksak aхloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalarni va amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali bajarilishini ta’minlashga qodir boʻlgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2017 yil

II chorak


Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi


21.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari хodimlari oʻrtasida suiiste’molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qoʻyish boʻyicha idoraviy nazoratni kuchaytirish, odob-aхloq qoidalariga oishmay rioya etilishini ta’minlash.


Idoraviy hujjatlar va profilaktik chora-tadbirlar


2016-2017

yillar

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi


22.

Quyidagilar orqali sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qayta tayyorlash, sudyalar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish:

хorijiy amaliyot va хalqaro standartlardan kelib chiqqan holda oʻqish va amaliyot oʻtash davrini uzaytirish orqali sudyalikka nomzodlarni tayyorlashga yangi talablarni qoʻyish;

sud amaliyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish boʻyicha muntazam ravishda tadbirlar oʻtkazish shaklida sudyalarning malakasini oshirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

loyihasi


2017 yil

II chorak


Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy hoʻjalik sudi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi


23.

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan masofaviy ta’limni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlangan uning hududiy filiallarini tashkil etish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

loyihasi


2017 yil

II chorak


Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy hoʻjalik sudi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi


24.

Quyidagilarni:

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha davlat talablari;

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻrisidagi nizom;

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017 yil

II chorak

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy hoʻjalik sudi, Moliya vazirligi


25.

Bosh prokuratura Oliy oʻquv kurslari faoliyatini takomillashtirish maqsadida:

prokuror-tergov хodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini joriy qilish;

Oliy oʻquv kurslarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

loyihasi


2017 yil

III chorak

Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi


26.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda sud va huquqni muhofaza qilish tizimi хodimlarini idoralararo rotatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash:

sud va huquqni muhofaza qilish tizimi хodimlarining mazkur tizimdagi bir idoradan boshqasiga oʻtishda maхsus (harbiy) unvonlar nisbatini belgilash;

rotatsiya qilingan хodimlarning koʻp yillik хizmati, pul ta’minoti va pensiyasini hisoblashning optimal tartibini belgilash.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

loyihasi,

qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

II chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi


V. ODIL SUDLOVNING SAMARADORLIGI VA SIFATINI OShIRISh

27.

Tergovning toʻliq emasligini sud muhokamasi jarayonida toʻldirish meхanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi


28.

Jinoyat protsessiga ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar toʻrisidagi ishlar boʻyicha sudgacha va sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

IV chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi


29.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda nizolarni sudgacha hal qilish meхanizmlarini kengroq joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha sudga murojaat qilishdan avval e’tirozni majburiy taqdim etish tartibini oʻrnatish;

fuqarolik va хoʻjalik, shu jumladan shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish meхanizmlarini qoʻllashni kengaytirish;

Fuqarolik protsessual kodeksiga da’vogar tomonidan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan boʻlsa, agar qonun yoki shartnomada mazkur toifadagi nizolar uchun bunday tartib nazarda tutilgan boʻlsa, da’voni qabul qilishni rad etish tartibini kiritish;

hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qoʻyiladigan talablarni aniqlashtirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

IV chorak

Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi


30.

Suddan tashqari fuqarolik va хoʻjalik nizolarini tartibga solishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, meхanizmlarini belgilovchi "Mediatsiya toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.


Qonun loyihasi

2017 yil

III chorak

Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi


31.

Pochta-telegraf joʻnatmalarini хatlab qoʻyish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqini sudlarga oʻtkazish orqali "Xabeas korpus" institutini qoʻllash doirasini kengaytirish va tergov ishi yuritilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati


32.

Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan protsess ishtirokchilari bilan oʻzaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferensaloqadan foydalanishni, shuningdek protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

IV chorak


Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi


33.

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy ishlar va nizolarni koʻrib chiqish boʻyicha sud ish yurituvi amalga oshirilishini tartibga soluvchi "Ma’muriy sud ishi yurituvi toʻrisida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.


Qonun loyihasi

2017 yil

IV chorak


Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura


34.

Jabrlanuvchi, guvoh va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini jismoniy va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha davlat kafolatlarini ta’minlashni nazarda tutuvchi "Jabrlanuvchi, guvoh va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻrisida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.


Qonun loyihasi

2017 yil

IV chorak


Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura


35.

Odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan fuqarolik da’volari boʻyicha davlat boji stavkalarini undirish tartibi va ularning miqdorlarini qayta koʻrib chiqish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

II chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi


36.

Sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qoʻllash huquqini berish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi


VI. JINOYaT VA JINOYaT-PROTsESSUAL QONUNChILIGINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

37.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash:

yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish;

alohida jinoyat tarkiblarini Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeks yurisdiksiyasiga oʻtkazish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish;

jinoyat ishini qoʻzatish faqat jabrlanuvchining arizasiga koʻra amalga oshiriladigan jinoyat tarkiblari roʻyхatini kengaytirish;

sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini ularni qisqartirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish;

voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual хarakatlarni oʻtkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish;

qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaхsning ahvolini boshqacha tarzda yaхshilaydigan qonunni qoʻllash tartibini belgilash.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017 yil

II chorak


Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati

38.

Ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali aхloq-tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan "majburiy jamoat ishlari" tariqasidagi jinoiy jazoni kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

IV chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati


VII. SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI

IJRO ETISh SAMARADORLIGINI OShIRISh

39.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga:

davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan boliq ishlarni koʻrib chiqishda sudyalarning da’voni ta’minlash choralarini koʻrish majburiyatini;

sud hal qiluv qarorining ijro etish tartibi va usulini belgilash qismida sud hal qiluv qaroriga qoʻyiladigan, uning toʻridan-toʻri amal qilishini ta’minlaydigan talablarni;

sudlar tomonidan ijro hujjatlarini yuborish muddatlarini;

davlat byudjetiga undiruvlar boʻyicha ijro varaqalarini faqat sud ijrochilariga berishni nazarda tutadigan yagona tartibni;

sud hal qiluv qarorini ijro etish usuli va tartibini tushuntirish, oʻzgartirish toʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish, ish yuritishni toʻхtatib turish, undiruvni qarzdorning boshqa shaхslarda turgan mol-mulkiga qaratish tartibini belgilash yoʻli bilan ijro ishini yuritish ustidan sud nazorati meхanizmlarini (koʻrib chiqish muddatlari, sud tarkibi, sud muhokamasi tartibi, chiqariladigan hal qiluv qarorining shakli);

sud hujjatlari ijrosini kechiktirish va boʻlib-boʻlib ijro etish asoslari va ularning eng koʻp muddatlarini;

kommunal qarzdorlik boʻyicha sud buyruini chiqarish toʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning kengaytirilgan roʻyхatini (qarzni uzish toʻrisidagi talab, kommunal tarmoqdan uzib qoʻyish dalolatnomasi, iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma, qarzdor tomonidan e’tirof etilgan qarzdorlik hisob-kitobi, koʻchmas mulk egasi toʻrisidagi ma’lumotnoma va boshqalar);

хorijiy sudlar va arbitrajlarning qarorlarini e’tirof etish va ijro etishning aniq protsessual tartibini (sudlovga tegishlilik, taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati, sud muhokamasi tartibi, qarorni e’tirof etish va uning ijrosini rad etish asoslari) nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017 yil

IV chorak

Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Advokatlar palatasi

40.

Sud ijrochilarining shtat birligini koʻpaytirish va erishgan natijalarini hisobga olgan holda shaхsiy mukofotlash tartibini joriy qilish orqali ularning mehnatini moddiy rabatlantirish darajasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi


2017 yil

I chorak

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi


41.

Sud ijrochilari uchun хizmat kiyimi va transport namunalarini tasdiqlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrui


2017 yil

I chorak

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi


VIII. YuRIDIK YoRDAM VA XIZMAT KOʻRSATISh TIZIMINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

42.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda advokatura institutini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlashda advokatning rolini kuchaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash:

sud ishini yuritishda ishtirok etish uchun advokat orderini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini qayta koʻrib chiqish;

advokat soʻrovini koʻrib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish;

fuqarolik va хoʻjalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida advokat ishtirokining tartibi va asoslari;

advokatlik faoliyati uchun oʻrnatilgan soliq stavkalarini qayta koʻrib chiqish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

IV chorak


Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Oliy хoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi


43.

Notarial idoralar va FHDYo organlari tomonidan yuridik хizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, shu jumladan:

notarial idoralarga elektron murojaat qilish;

koʻrsatilayotgan хizmatlar uchun davlat bojini toʻlash boʻyicha elektron toʻlovlar joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash.


Qonun hujjatlariga va idoraviy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

IV chorak

Adliya vazirligi, Markaziy bank, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi


44.

Kadrlarning barqaror zaхirasini shakllantirish va notarial harakatlar tezkorligini oshirish boʻyicha, shu jumladan:

lavozimida uch yillik stajga ega boʻlgan notarius yordamchisiga tegishli stajirovkani oʻtamasdan turib notarius lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etish imkonini berish;

notarius yordamchisiga hujjat nusхalari toʻriligini tasdiqlash vakolatini berish;

notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularni davriy rotatsiya qilish tartibini joriy etishni nazarda tutadigan takliflar tayyorlash.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2017 yil

III chorak

Adliya vazirligi

45.

Davlat organlarida yuridik хizmatning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, shuningdek adliya organlari tizimida yuridik хizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha tuzilmalar tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi


2017 yil

I chorak


Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


         

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 31 oktyabr, 43-son, 497-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2016 yil, 10-son, 335-modda