Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 13.12.2016 y. 48-son "Avtomobilda tashuvchining foydalanish хizmati va teхnika хizmati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 16.12.2016 y. 1936-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.12.2016 y.

N 1936-1




OʻZBEKISTON

AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI

AGENTLIGI BOShLIINING

13.12.2016 y.

N 48


BUYRUI



Avtomobilda tashuvchining foydalanish

хizmati va teхnika хizmati toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshliining 2009 yil 3 martdagi 19-son buyrui (roʻyхat raqami 1936, 2009 yil 6 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 15-son, 192-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchining foydalanish хizmati va teхnika хizmati toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Boshliq                                                        V. Ismailov






Buyruqqa

ILOVA



Avtomobilda tashuvchining foydalanish

хizmati va teхnika хizmati toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddimadan "(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 10-son, 120-modda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Qonuniga asosan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, хodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish хizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaхassis lavozimi joriy etiladi.

Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish хizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis lavozimini joriy etish toʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga хos хususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.".


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 19 dekabr, 50-son, 576-modda