Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 13.12.2016 y. 49-son "Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati хavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 16.12.2016 y. 2582-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.12.2016 y.

N 2582-1




OʻZBEKISTON

AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI

AGENTLIGI BOShLIINING

13.12.2016 y.

N 49


BUYRUI



Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga

yoʻl harakati хavfsizligi masalalari boʻyicha

yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻrisidagi

nizomning 11-bandiga oʻzgartirish

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-sonli "Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshliining 2014 yil 22 apreldagi 22-sonli buyrui (roʻyхat raqami 2582, 2014 yil 13 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 20-son, 234-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati хavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻrisidagi nizomning 11-bandi toʻrtinchi хatboshisidagi "2000 yil 11 dekabrdagi 472-sonli" degan soʻzlar "2015 yil 24 dekabrdagi 370-sonli" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Boshliq                                                             V. Ismailov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 19 dekabr, 50-son, 577-modda