Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 54-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 75-son, Ichki ishlar vazirligining 1-son "Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 03.01.2017 y. Qarori (AV tomonidan 10.01.2017 y. 2560-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.01.2017 y.

N 2560-1

OʻZBEKISTON

AVTOMOBIL VA DARYo

TRANSPORTI AGENTLIGINING

03.01.2017 y.

N 54


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING

03.01.2017 y.

N 75


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

03.01.2017 y.

N 1


QARORI



Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport

vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish hamda

yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga

oshiradigan   haydovchilarni   tibbiy   koʻrikdan

oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son "Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2014 yil 17 yanvardagi 22, 1 va 1-son qarori (roʻyхat raqami 2560, 2014 yil 19 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 8-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston avtomobil va daryo

transporti agentligi boshlii

V. Ismailov

Soliqni saqlash vaziri

A. Ikramov

Ichki ishlar vaziri

A. Aхmedbayev

    





Qarorga

ILOVA



Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport

vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish hamda

yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga

oshiradigan   haydovchilarni   tibbiy   koʻrikdan

oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddimadan "(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 15-son, 197-modda)" va "(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 46-son, 604-modda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 11-bandda:

"2000 yil 11 dekabrdagi 472" degan soʻzlar "2015 yil 24 dekabrdagi 370" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

"(Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000 y., 12-son, 75-modda)" va "(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 26-27-son, 298-modda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 16 yanvar, 2-son, 34-modda