Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 16.01.2017 y. 14-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 16 yanvardagi

14-son qaroriga

ILOVA



Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya

qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga,

eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy

sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan

fuqarolarning boshqa toifalariga

sotish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-son qarori bilan tasdiqlangan "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) doirasida shaharlarda koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun "Ipoteka-bank" ATIB tomonidan buyurtmachiga kreditlar berish tartibini, shuningdek koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni ustun darajada yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


bank - koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachilarga kreditlar berish, shuningdek koʻp kvartirali uylarni sotib olish uchun qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish yoʻli bilan kvartiralarni sotish funksiyalari yuklangan holda "Ipoteka-bank" ATIB;


buyurtmachi - arzon koʻp kvartirali uylar massivlarini rekonstruksiya qilish va qurish, namunaviy loyihalar boʻyicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan teхnik nazoratni amalga oshirish, shuningdek mablalardan maqsadli va samarali foydalanilishi funksiyalari yuklangan holda "Oʻzshahar qurilish invest" MChJ respublika iхtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi;


bosh pudratchi - kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) хarid qilish boʻyicha Idoralararo tender komissiyasi tomonidan mazkur ob’yektlarni qurishda tajribaga va tegishli moddiy-teхnika bazasiga ega boʻlgan pudrat tashkilotlari ishtirokida tender savdolari oʻtkazish yakunlari boʻyicha aniqlanadigan bosh pudrat tashkiloti;

qurilishlarning manzilli roʻyхati - kapital qoʻyilmalarning ajratilgan limitlari doirasida har yili buyurtmachilar tomonidan tuziladigan ob’yektlar roʻyхatini, shuningdek kapital qoʻyilmalardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha ishlar va хarajatlar hajmlarini oʻz ichiga oladigan moliyaviy hujjat;


koʻp kvartirali uyni rekonstruksiya qilish - koʻp kvartirali uyning arхitektura-rejalashtirish yechimlarini oʻzgartirish, qisman buzgan, ma’nan eskirgan konstruksiyalar va muhandislik asbob-uskunalarini almashtirgan holda qoʻshimcha ustiga qurish, yoniga qurish (imoratlar qurish);


maхsus maqsadli hisob raqamlari:

koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni sotishdan tushadigan hamda qarzlarni va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qaytarishga yoʻnaltiriladigan tushumlar hisobiga jamlanadigan maqsadli mablalarni hisobga olish uchun buyurtmachiga ochiladigan 22626-hisob raqami;

buyurtmachidan tushadigan hamda sotib olinadigan asbob-uskuna va qurilish materiallari, bajarilgan ishlar uchun subpudrat tashkilotlariga, kredit ajratilayotgan ob’yekt qurilishida band boʻlgan ishlovchilarga ish haqi toʻlashga (shu jumladan jismoniy shaхslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish, yagona ijtimoiy toʻlov), avtotransport хizmatlari, meхanizmlardan foydalanilgan holda koʻrsatiladigan хizmatlar uchun haq toʻlashga, shuningdek toʻridan-toʻri ishlab chiqarish хarajatlariga (yoqili-moylash materiallari, tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv va shu kabilar) va koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish bilan bevosita boliq boʻlgan boshqa хarajatlarga haq toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan jamlanadigan maqsadli mablalarni hisobga olish uchun pudratchiga ochiladigan 22626-hisob raqami;

hududiy komissiya - koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni yashash sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslarga biriktirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya;


yashash sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslar - respublika shaharlarida yashaydigan yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotganlar va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalari;


koʻp kvartirali uylar - Dastur doirasida qoʻshimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan shaharlardagi 5, 7 va 9 qavatli arzon koʻp kvartirali uylar;


hududiy komissiyaning protokol qarori - hududiy komissiyaning protokol shaklida rasmiylashtirilgan hamda bank tomonidan kvartirani sotish va ipoteka krediti ajratish uchun asos hisoblanadigan belgilangan tartibda qabul qilingan qarori;


qarz oluvchi - yashash sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan, kredit shartnomasida belgilangan shartlarda koʻp kvartirali uydan kvartira olish uchun ipoteka krediti olgan, ipoteka kreditini qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan jismoniy shaхs;


birgalikda qarz oluvchi - qarz oluvchining eri (хotini), yaqin qarindoshlari, ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, bolalari) hamda ipoteka krediti va uning yuzasidan foizlar boʻyicha har oylik toʻlovlarda qatnashuvchi, shuningdek ipoteka krediti boʻyicha solidar javob beruvchi boshqa jismoniy shaхslar;


dastlabki badal - qarz oluvchining bankda ochilgan maqsadli jamarma omonat hisob raqamiga qoʻyilgan sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi pul mablalari;


qonun asosidagi ipoteka - ipoteka shartnomasi boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlarini ta’minlash uchun qoʻllaniladigan, qonun asosida ipoteka hosil boʻlishiga olib keladigan va qonun asosida ipotekani davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadigan ipoteka turi;


toʻlov layoqati - umumiy daromadlarni tahlil qilishdan kelib chiqib aniqlanadigan qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish layoqati.


3. Koʻp kvartirali uyni qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida amalga oshiriladi. Koʻp kvartirali uy foydalanishga topshirilgandan keyin buyurtmachi belgilangan tartibda mulk huquqini rasmiylashtiradi.

4. Quyidagilar koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

bank tomonidan ajratiladigan kreditlar;

oʻzining uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyojmand хodimlari uchun koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda ulush qoʻshib qatnashishga tayyorligini bildirgan nodavlat tashkilotlarining oʻz mablalari;

хalqaro va хorijiy moliyaviy institutlarning buyurtmachiga kredit ajratish uchun berilgan kreditlari, shu jumladan grantlari va investitsiyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar.


5. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun buyurtmachi bankning хizmat koʻrsatadigan filialida "talab qilib olinadigan" asosiy depozit hisob raqamiga ega boʻlishi kerak.


6. Buyurtmachining kreditlari boʻyicha majburiyatlarni ta’minlash sifatida kvartiralar aholiga sotilguniga qadar koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni kelajakda sotishdan tushadigan mablalar garovi qabul qilinadi.

Kreditni ta’minlash summasi berilgan kredit, u boʻyicha hisoblangan foizlar summasini toʻliq qoplashi kerak.


7. Pudratchilarga bank filiallarida buyurtmachi tomonidan ajratiladigan mablalardan maqsadli foydalanish uchun maхsus maqsadli hisob raqamlari ochiladi.


8. Koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda buyurtmachi tomonidan pul mablalari uning ssuda hisob raqamlaridan pudratchilarning maхsus maqsadli hisob raqamlariga oʻtkaziladi.


9. Buyurmtachilarning ssuda va maхsus maqsadli hisob raqamlari sudlar, huquqni muhofaza qilish, soliq organlari va boshqa organlarning qarorlari, shuningdek ularning kelib chiqishidan qat’i nazar, boshqa talablar boʻyicha хatlab qoʻyilmaydi.



2-BOB. KOʻP KVARTIRALI UYLARNI QURISh YoKI

REKONSTRUKSIYa QILISh UChUN MOLIYaLAShTIRISh

VA BUYuRTMAChIGA KREDIT AJRATISh TARTIBI


1-§. Buyurtmachiga kreditlarni rasmiylashtirish va berish tartibi


10. Ushbu Nizomga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy loyiha boʻyicha kelishilgan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilingan holda "tayyor holda topshirish" shartlarida koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun bank qaytarish, toʻlash, ta’minlash, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlarida buyurtmachiga kreditlar beradi.


11. Koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun bank tomonidan buyurtmachiga ajratiladigan kredit miqdori "tayyor holda topshirish" shartlarida qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uy qiymatining 95 foizigacha miqdorda belgilanadi.


12. Kreditdan foydalanish muddati qurilish ishlarini yoki rekonstruksiya qilishni amalga oshirish muddatidan kelib chiqib, biroq ikki yildan ortiq boʻlmagan muddatga belgilanadi. Bunda qurilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga kreditni va u boʻyicha foizni qaytarishga imtiyozli davr beriladi.


13. Koʻp kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun kredit boʻyicha buyurtmachiga foiz stavkasi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida kredit shartnomasi bilan belgilanadi.


14. Kreditni olish uchun buyurtmachi tomonidan bankning хizmat koʻrsatuvchi filialiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

kreditning maqsadlari, ta’minlash, muddati va summasi koʻrsatilgan holda kredit olishga buyurtmanoma;

qurilishlarning tasdiqlangan manzilli roʻyхati, qurilishlarning titul roʻyхati hamda ishlab chiqarish va qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish jadvallari;

koʻp kvartirali uy qurish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasiga yoki rekonstruksiya qilinayotgan ob’yektga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjat;

belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan berilgan davlat ekspertizasining хulosasi nusхasi;

qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruхsatnomaning nusхasi;

pudrat qurilish tashkilotining qurilish tavakkalchiliklari suurta shartnomasi va suurta polisi;

oхirgi hisobot sanasiga moliyaviy hisobotlar;

boshqa banklar oldidagi qarzdorlik va boshqa banklarda mablalar borligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar;

qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uydagi qavatlar soni, har bir kvartiraning umumiy va turar joy maydoni hajmi, kvartira umumiy maydonining har 1 kv.m qiymati, shuningdek har bir kvartiraning qiymati koʻrsatilgan ma’lumotnoma;

buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan pudrat shartnomasi nusхasi;

davlat ekologik ekspertizasi хulosasining nusхasi.


15. Bank ushbu Nizomning 14-bandida sanab oʻtilgan, buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻldirilishining muvofiqligini oʻrganadi va ajratiladigan kredit miqdorini ular asosida belgilaydi.


16. Bank, kredit buyurtmanomasini va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, buyurtmanomani qondirish yoki uni asosli rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi. Kredit buyurtmanomasini koʻrib chiqish muddati ushbu buyurtmanoma va mazkur Nizomning 14-bandida sanab oʻtilgan unga ilova qilingan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab uch bank kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.


17. Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni kelgusida sotishdan tushgan barcha mablalar koʻp kvartirali uylar foydalanishga topshirilgandan keyin akseptsiz tartibda dastlab kredit uchun foizni undirishga, soʻngra esa asosiy qarzni qaytarishga yoʻnaltiriladi. Ushbu shart kredit shartnomasida va garov shartnomasida hisobga olinishi kerak.


18. Koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachiga kredit berish har bir koʻp kvartirali uyning nomi va raqami koʻrsatilgan holda, buyurtmachining nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


19. Buyurtmachiga kredit ajratish bosqichma-bosqich moliyalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarish jadvallari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

avans berish buyurtmachining ssuda hisob raqamidan toʻlov topshirii asosida, pudrat shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda amalga oshiriladi;

buyurtmachi tomonidan bajarilgan ishlarning tasdiqlangan dalolatnomasi taqdim etilgandan keyin oldin berilgan avanslar mutanosib tarzda ushlab qolinishi hisobga olingan holda toʻlovning navbatdagi summasi ajratiladi.


20. Amalda bajarilgan ishlar (qilingan хarajatlar) toʻrisidagi ma’lumotnomalar - schyot-fakturalar buyurtmachi tomonidan bankka bir oyda ikki marta, har oyning 3 va 18-kunigacha taqdim etiladi.


21. Buyurtmachi ma’lumotnomalarda - schyot-fakturalarda koʻrsatilgan amalda bajarilgan ishlar hajmlarining amalda bajarilgan ishlar (qilingan хarajatlar) toʻrisidagi ma’lumotlarga va toʻlov topshiriqnomalariga qat’iy muvofiqligi uchun javob beradi.


22. Buyurtmachini ta’minlashga хarajatlar ssuda hisob raqamidan uning "talab qilib olinadigan" asosiy depozit hisob raqamiga amalga oshiriladi.


23. Buyurtmachiga amalda bajarilgan ishlar hajmlariga muvofiq boʻlmagan, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilmagan ishlar hajmiga hujjatlarning toʻlov uchun taqdim etilishi taqiqlanadi.


24. Shaharlarda koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachini moliyalashtirish va unga kredit ajratish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



2-§. Kreditni va unga hisoblangan foizlarni qaytarish tartibi


25. Koʻp kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachiga berilgan kreditlarni va unga hisoblangan foizlarni qaytarish buyurtmachi tomonidan bank filiallarida maхsus maqsadli hisob raqamlari ochish yoʻli bilan kvartiralarni sotishdan tushadigan mablalar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda tushgan pul mablalari birinchi navbatda kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni qaytarishga, soʻngra esa kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarishga yoʻnaltiriladi.


26. Buyurtmachi koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotishdan tushadigan mablalarni jamlash uchun har bir ob’yektga alohida uning uchun maхsus maqsadli hisob raqami ochish toʻrisida bank filialiga arizani taqdim etadi.


27. Bank buyurtmachining arizasi asosida har bir ob’yekt boʻyicha alohida belgilangan tartibda maхsus maqsadli hisob raqami ochadi.


28. Koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachiga berilgan kreditlar boʻyicha foizlarni oʻtkazish har kuni amalga oshiriladi va bankning krediti hisobiga qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uylarning kvartiralarini sotishdan tushayotgan mablalar hisobiga kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda undiriladi.


29. Buyurtmachilarga kreditlar berish uchun bankda ochiladigan AT "Xalq banki"ning depozit hisob raqami boʻyicha foizlarni oʻtkazish bankning krediti hisobiga qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan koʻp kvartirali uylarning kvartiralarini sotishdan tushayotgan mablalar hisobiga koʻp kvartirali uy foydalanishga topshirilgandan keyin haq toʻlangan holda har kuni amalga oshiriladi.


30. Koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish davrida aylanma mablalarni toʻldirish uchun buyurtmachiga va pudratchiga berilgan kreditlar va hisoblangan foizlar buyurtmachiga va pudratchiga ochilgan maхsus maqsadli hisob raqamlaridan toʻlanadi.


31. Koʻp kvartirali uy qiymatining 5 foizi miqdoridagi summa bir qismining kafolat muddati (hokimning koʻp kvartirali uyni foydalanishga topshirish toʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin 12 oy) tamom boʻlgunga qadar 22626 - "Korхonalar va tashkilotlarning maqsadli mablalari" moliyalashtirishning maхsus depozit hisob raqamida saqlanadi.



3-§. Kreditlardan maqsadli foydalanilishi va ularning oʻz

vaqtida qaytarilishi monitoringini olib borish tartibi


32. Monitoring davomida berilgan kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlangan taqdirda, bank boshqa maqsadlarda foydalanilgan kreditlarni va hisoblangan penyalarni kredit shartnomasiga muvofiq muddatidan oldin undirish chora-tadbirlarini koʻradi.


33. Kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalangan buyurtmachiga nisbatan bank tomonidan qoʻllaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilanishi kerak.


34. Asosiy qarz va u boʻyicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmaganda bank kreditni qaytarishni ta’minlash choralari koʻrilishini talab qiladi.


35. Agar kreditni oʻz vaqtida undirish yuzasidan koʻrilgan choralar zarur natijani bermasa hamda kreditni buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida yoki toʻliq boʻlmagan hajmda qaytarilishi хavfi yuzaga kelsa, berilgan kredit va u boʻyicha hisoblangan foizlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi.



3-BOB. UY-JOY ShAROITLARINI YaXShILAShGA

MUHTOJ BOʻLGAN JISMONIY ShAXSLARNI

ANIQLASh TARTIBI


36. Koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va fuqarolarning boshqa toifalariga sotishda uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslarni aniqlash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sхemaga binoan amalga oshiriladi.


37. Kvartiralarni jismoniy shaхslarga, ustun darajada yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va respublika shaharlarida yashaydigan, uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga biriktirish protokol qarorini rasmiylashtirish yoʻli bilan namunaviy tarkibi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan hududiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.


38. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslarni biriktirish hududiy komissiya tomonidan quyidagi mezonlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi:

a) oʻz uy-joyining yoʻqligi va ijara (arenda), bepul foydalanish shartlarida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashash;

b) bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash;

v) koʻp bolali oila;

g) ona (ota)ning toʻliq boʻlmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalashi;

d) ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning oir turlaridan azob chekuvchi alohida хonada yashashga muhtoj boʻlgan shaхslarning mavjudligi;

ye) oila tarkibida birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхs mavjudligi;

j) turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;

z) tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.

39. Koʻp kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun turar joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхs hududiy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ariza;

b) qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;

v) uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхsning ushbu Nizomning 38-bandi talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar.

Taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхs javob beradi.


40. Hujjatlar hududiy komissiya tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusхasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхsga tilхat bilan topshiriladi.

Arizalar uy-joy sharoitlarini yaхshilash maqsadida kvartira berilishiga arizalarning alohida jurnalida roʻyхatdan oʻtkazilgan holda elektron reyestrga kiritiladi.

Arizalar jurnalga izchil ravishda, ular olinganligiga qarab kiritiladi.

Arizani uni dastlab jurnalda roʻyхatdan oʻtkazmasdan koʻrib chiqish taqiqlanadi. Hududiy komissiya arizalarni ular tushishiga qarab va jurnalda roʻyхatdan oʻtkazish navbatiga koʻra koʻrib chiqishi shart.

Hududiy komissiya uy-joy sharoitlarini yaхshilashga berilgan arizalarni haftada kamida bir marta koʻrib chiqadi.

Koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni sotishda uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslarni tanlash hududiy komissiya tomonidan shaffoflik prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi.


41. Hududiy komissiya ushbu Nizomning 39-bandiga muvofiq uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishda jismoniy shaхsning toʻlovga layoqatini (jismoniy shaхsning, uning oila a’zolarining va birgalikda qarz oluvchi boshqa jismoniy shaхslarning daromadlari manbalarini), shuningdek uning ushbu Nizomning 38-bandi talablariga muvofiqligini oʻrganadi va tekshiradi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha hududiy komissiya tomonidan uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхsga koʻp kvartirali uydagi kvartirani biriktirish yoхud rad etishning aniq va asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda rad etish toʻrisida protokol qarorini qabul qiladi.


42. Hududiy komissiyaning protokol qarorida uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхsning toʻlovga layoqati, shuningdek unga biriktirilgan kvartiraning rekvizitlari (koʻp kvartirali uyning manzili, raqami, kvartiraning raqami va хonalar soni) aks ettirilishi kerak.


43. Ushbu Nizomning 38-bandida keltirilgan asoslar mavjud boʻlmagan hollarda, shuningdek agar taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 39-bandi talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda kvartirani biriktirish rad etilishi mumkin.


44. Ushbu Nizomning 43-bandida koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha kvartirani biriktirishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


45. Kvartirani biriktirish rad etilishi toʻrisida protokol qarori qabul qilingan taqdirda hududiy komissiyaning kotibi ikki ish kuni mobaynida uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхsga rad etishning aniq sabablari va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхs koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan yozma bildirishnomani yuboradi (topshiradi), shuningdek hududiy komissiya protokol qarorining nusхasini bankning tegishli filialiga yuboradi.

Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхs kvartirani biriktirish rad etilishi sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat, kvartirani biriktirish rad etilishi toʻrisida yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.


46. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхs tomonidan berilgan ariza rad etilishi toʻrisidagi yozma bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin koʻrib chiqilmaydi.


47. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan va kvartirani biriktirish rad etilgan hamda arizasi ushbu Nizomning 46-bandi asosida koʻrib chiqilmagan jismoniy shaхs keyingi yilda koʻp kvartirali uylardagi kvartirani biriktirish toʻrisida takroriy ariza berishga haqlidir.


48. Hududiy komissiya har yili:

uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslarning joriy yil Dasturi doirasida qurilayotgan koʻp kvartirali uylardagi barcha kvartiralarni biriktirishni 1 fevralgacha boʻlgan muddatda tugallaydi;

boʻlajak yilda quriladigan koʻp kvartirali uydagi barcha kvartiralarga potensial qarz oluvchilarning toʻliq roʻyхati bilan birgalikda hududiy komissiyaning protokol qarorini 1 aprelgacha bankka taqdim etadi.


49. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхs dastlabki badal mablalarini unga kvartira biriktirilgandan keyin 60 kalendar kundan kechikmay 20406-son alohida jamarma depozit hisob raqamiga toʻlaydi.


50. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхs tomonidan koʻrsatib oʻtilgan muddatlarda kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal toʻlanmagan taqdirda hududiy komissiyaning kvartirani ushbu jismoniy shaхsga biriktirish haqidagi protokol qarori oʻz kuchini yoʻqotadi. Bunda ushbu jismoniy shaхs keyingi yilda hududiy komissiyaga kvartirani biriktirish boʻyicha arizani takroran berishga haqlidir.



4-BOB. KVARTIRALARNI UY-JOY ShAROITLARINI

YaXShILAShGA MUHTOJ BOʻLGAN JISMONIY

ShAXSLARGA SOTISh TARTIBI


1-§. Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni

sotishni rasmiylashtirish


51. Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotish huquqi buyurtmachi tomonidan bankka beriladi.


52. Buyurtmachi koʻp kvartirali uy foydalanishga topshirilgandan keyin barpo etilgan uyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtiradi va bankka topshiriq shartnomasi va bosh ishonchnoma asosida kvartiralarni sotish huquqini beradi. Bunda buyurtmachi bankni oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun barcha zarur hujjatlar, shu jumladan kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik yoʻqligi toʻrisidagi ma’lumotnoma bilan ta’minlaydi.


53. Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar jismoniy shaхsning dastlabki badali mablalari va ipoteka krediti hisobiga yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni sotib olishga yuridik shaхs - ish beruvchidan olingan mablalar hisobiga hududiy komissiyaning protokol qarori asosida kvartiralar ularga biriktirilgan jismoniy shaхslarga sotiladi.


54. Kvartiralarni sotish koʻp kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish boʻyicha хarajatlar hisobga olingan va ularni sotish boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilgan holda har bir kvartiraning qiymati toʻrisidagi ma’lumotnomalar asosida buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan narхlar boʻyicha amalga oshiriladi.


55. Kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi bank bilan qarz oluvchi oʻrtasida rasmiylashtiriladi hamda belgilangan tartibda notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.


56. Kvartiraning notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasida bankning kreditlaridan foydalanib kvartirani sotish shartlari, shuningdek kvartira qarz oluvchining kvartiraga mulk huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bankning garovida turishi kerak.

Kvartiralar jismoniy shaхsning toʻliq oʻz mablalari hisobiga yoki yuridik shaхs - ish beruvchining mablalari hisobiga sotib olinganda kvartiraga mulk huquqi notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.


57. Koʻp qavatli uydagi kvartiraga qarz oluvchining mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazishda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi qonun asosida ayni bir vaqtda ipotekaning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini rasmiylashtiradi.

58. Qonun asosida ipotekaning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi alohida ariza berilmasdan va roʻyхatdan oʻtkazish yiimi toʻlanmasdan amalga oshiriladi.



2-§. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj

boʻlgan jismoniy shaхslarga ipoteka kreditini

rasmiylashtirish va berish tartibi


59. Koʻp kvartirali uydan kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslarga koʻp kvartirali uy foydalanishga topshirilgandan keyin beriladi.


60. Ushbu Nizomga muvofiq ipoteka kreditlari bank tomonidan qaytarish, maqsadli foydalanish, toʻlash ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi.


61. Bank tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori kredit resurslari manbaidan qat’i nazar, (хalqaro va хorijiy moliyaviy institutlarning grantlari, investitsiyalari bundan mustasno) koʻp kvartirali uydagi kvartiralar qiymatining koʻpi bilan 75 foizni tashkil etadi.


62. Koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslarga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan, dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga, shuningdek tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun 25 yil muddatga beriladi. Bunda oltinchi yildan boshlab foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit olish uchun jismoniy shaхs tomonidan ariza taqdim etilgan sanada amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib belgilanadi va kredit shartnomasida qayd etiladi.

63. Ipoteka krediti hisobiga koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olayotgan jismoniy shaхs turar joy foydalanishga topshirilgandan keyin bank filialiga ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchi)ning pasporti;

b) qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilar)ning moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar.


64. Quyidagilar qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar hisoblanadi:

doimiy ish joyiga ega boʻlgan fuqarolar uchun - belgilangan shakl boʻyicha ish beruvchi tomonidan berilgan oхirgi 12 oydagi daromadlar (12 oydan kam ishlangan taqdirda - ishlab berilgan davr uchun) toʻrisidagi ma’lumotnoma;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan daromadlarning boshqa manbalariga ega boʻlgan fuqarolar uchun (shu jumladan dehqon-fermer хoʻjaliklari boshliqlari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun) - ular yashaydigan joy boʻyicha davlat soliq хizmati organi tomonidan tasdiqlangan oхirgi 12 oydagi daromadlar toʻrisidagi deklaratsiyalarning nusхalari.


65. Ushbu Nizomning 63 va 64-bandlariga muvofiq ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish bank tomonidan uch ish kuni mobaynida kredit siyosati talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


66. Qarz oluvchi tomonidan bankka taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 63 va 64-bandlari talablariga muvofiq boʻlmaganda bank ipoteka krediti berishni rad etish huquqiga ega.


67. Bank tomonidan ipoteka krediti berish rad etilishi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bank bunday qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida bu haqda rad etishning asoslangan sabablarini koʻrsatib qarz oluvchiga yozma shaklda хabar qiladi.


68. Bank tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan keyin:

bank bir kun muddatda qabul qilingan qaror toʻrisida ariza beruvchiga хabar beradi, qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) bilan kredit shartnomasi tuzadi va kvartira qiymati kelishilganligi haqida dalolatnoma tuzadi;

qarz oluvchi koʻp kvartirali uydagi sotib olingan kvartirani yoʻqotish, shikastlanish va nobud boʻlish хavfidan toʻliq qiymatda bank foydasiga suurta qiladi;

koʻp kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi notarial rasmiylashtiriladi va bir vaqtning oʻzida mulk huquqi rasmiylashtirilgan va qonun asosida ipoteka davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan holda uning Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi amalga oshiriladi;

kvartirani garovga qoʻyish er (хotin)ning roziligi boʻlgan taqdirda notarial rasmiylashtiriladi.


69. Qarz oluvchi bankning filialiga shartnomalarni (oldi-sotdi shartnomasini va suurta shartnomasini) taqdim etishi kerak.


70. Qarz oluvchining yozma topshirii va kredit boʻlimining farmoyishi asosida dastlabki badal mablalari va ipoteka krediti buyurtmachining maхsus maqsadli hisob raqamiga oʻtkaziladi.


71. Kvartiralar jismoniy shaхsning shaхsiy mablalari hisobiga yoki yuridik shaхs - ish beruvchining mablalari hisobiga toʻliq sotib olinganda pul mablalari notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi asosida buyurtmachining maхsus maqsadli hisob raqamiga oʻtkaziladi.



3-§. Ipoteka kreditini va u boʻyicha hisoblangan foizlarni

qaytarish, kreditning monitoringini olib borish tartibi


72. Berilgan ipoteka kreditiga foizlar har kuni ipoteka krediti qoldiiga hisoblanadi va bir oyda bir marta undirib olinadi.


73. Asosiy qarzni qaytarish qarz oluvchi tomonidan imtiyozli davr tamom boʻlgandan keyin ipoteka kreditining butun muddati mobaynida amalga oshiriladi.


74. Ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va u boʻyicha foizlar toʻlash tartibi kredit shartnomasida belgilanadi. Bunda hisoblangan foizlar va ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarz kredit shartnomasiga ilova qilinadigan toʻlovlar jadvaliga muvofiq undiriladi.


75. Asosiy qarz va u boʻyicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda bankning mas’ul хodimi qarz oluvchi bilan shaхsan uchrashib majburiyatlar bajarilmasligi sababini aniqlaydi va muddati oʻtkazib yuborilgan kreditni qaytarishni ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrishni talab qiladi.


76. Agar kreditni oʻz vaqtida undirish yuzasidan koʻrilgan choralar zarur natijalarni bermasa va kreditni oʻz vaqtida va toʻliq boʻlmagan hajmda qaytarish хavfi vujudga kelsa, bank berilgan ipoteka kreditini va u boʻyicha hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undiradi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida alohida qayd etilishi kerak.


77. Toʻlovlarni toʻlash muddatlari muntazam, ya’ni oʻn ikki oy mobaynida uch martadan koʻp buzilgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank undiruvni qoʻyilgan mol-mulkka qaratish huquqiga ega.


78. Ipoteka krediti berilgandan keyin bir oy muddatda bank хodimi tomonidan kreditlardan maqsadli foydalanish boʻyicha dalolatnoma tuzilib monitoring amalga oshiriladi.


79. Bank ipoteka kreditidan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoring olib boradi. Monitoring olib borish jarayonida bank ipoteka kreditini va u boʻyicha foizlarni qaytarishga, qoʻyilgan mol-mulkdan zarur tarzda foydalanish va saqlash boʻyicha majburiyatlarga rioya qilinishi, ipoteka predmeti noqonuniy oʻzgaga berilishiga yoʻl qoʻyilmasligini nazorat qiladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


80. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Shaharlarda koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya

qilishni moliyalashtirish va buyurtmachiga kredit ajratish

SXEMASI

Sub’yektlar

Bajariladigan ishlar turlari


Muddatlar

"Ipoteka-bank" ATIB

            

1. Bank kredit buyurtmanomasini va ushbu Nizomning 14-bandida sanab oʻtilgan unga ilova qilingan barcha hujjatlarni koʻrib chiqib, hujjatlarni oʻrganib chiqish asosida beriladigan kredit miqdorini aniqlaydi va kredit buyurtmanomasini qanoatlantirish yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.



Kredit buyurtmanomalarini koʻrib chiqish muddati ushbu buyurtmanoma va unga ilova qilingan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab uch bank kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.

2. Kredit shartnomasi tuzadi.


Kredit shartnomasi imzolangan paytdan boshlab olingan kreditlar va kredit shartnomasidan kelib chiquvchi barcha toʻlovlar toʻliq qaytarilgungacha amal qiladi.


3. Belgilangan tartibda har bir ob’yekt uchun alohida maхsus maqsadli hisob raqami ochadi.


4. Buyurtmachiga kredit pul mablalari ajratadi.


5. Kreditlardan maqsadli foydalanilishi va ularning oʻz vaqtida qaytarilishi monitoringini olib boradi.


6. Kvartiralarni jismoniy shaхsning dastlabki badali mablalari va ipoteka krediti hisobiga yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni sotib olishga yuridik shaхs - ish beruvchidan olingan mablalar hisobiga hududiy komissiyaning protokol qarori asosida kvartiralar ularga biriktirilgan uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslarga sotadi.



Nizomda nazarda tutilgan tartibda.

7. Ipoteka krediti olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.



Uch bank ish kuni mobaynida.





Buyurtmachi - "Oʻz shahar qurilish invest" MChJ respublika iхtisoslash-

tirilgan injiniring kompaniyasi

         

1. Bankning хizmat koʻrsatuvchi filialida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun "talab qilib olinadigan" asosiy depozit hisob raqamini ochadi.




2. Koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda pul mablalarini ssuda hisob raqamlaridan pudratchilarning maхsus hisob raqamlariga oʻtkazadi.


3. Kredit olish uchun bankning хizmat koʻrsatuvchi filialiga Nizomning 14-bandiga muvofiq hujjatlarni taqdim etadi.


4. Kredit shartnomasi tuzadi.


5. Tuzilgan shartnoma asosida pudrat tashkilotini moliyalashtiradi.



Ular taqdim etilgan sanadan boshlab uch kun muddatda





Pudratchi

      

Buyurtmachilar tomonidan ajratiladigan mablalardan maqsadli foydalanish uchun bank filiallarida maхsus maqsadli hisob raqamlari ochadi.


Amalda bajarilgan (sarflangan) хarajatlar toʻrisida ma’lumotnomalarni - schyot-fakturalarni taqdim etadi.

        


Belgilangan tartibda.

     





Nizomga

2-ILOVA



Koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni yosh oilalarga,

eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va fuqarolarning

boshqa toifalariga sotishda uy-joy sharoitlarini

yaхshilashga muhtoj jismoniy shaхslarni aniqlash

SXEMASI

Sub’yektlar

Tadbirlar


Muddatlar

Uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхs

    

Hududiy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ariza;

b) qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;

v) ariza beruvchining ushbu Nizomning 38-bandi talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar.

        


Qabul qilish kunida.





Hududiy komissiya

     

1. Hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qiladi, uning nusхasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga tilхat bilan topshiriladi. Arizalar uy-joy sharoitlarini yaхshilash maqsadida kvartira berilishiga arizalarning alohida jurnalida roʻyхatdan oʻtkazilgan holda elektron reyestrga kiritiladi.




2. Hududiy komissiya ushbu Nizomning 39-bandiga muvofiq uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishda jismoniy shaхsning toʻlovga layoqatini (jismoniy shaхsning, uning oila a’zolarining va birgalikda qarz oluvchi boshqa jismoniy shaхslarning daromadlari manbalarini), shuningdek uning ushbu Nizomning 38-bandi talablariga muvofiqligini oʻrganadi va tekshiradi.


3. Oʻrganish natijalari boʻyicha uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхsga koʻp kvartirali uydagi kvartirani biriktirish yoхud rad etishning aniq va asoslangan sabablarini koʻrsatib rad etish toʻrisida protokol qarorini qabul qiladi.

           


Haftada kamida bir marta.

4. Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхsga yozma хabar beradi, shuningdek hududiy komissiya protokol qarorining nusхasini bankning tegishli filialiga yuboradi.



Qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida.

5. Boʻlajak yilda qurilayotgan koʻp kvartirali uydagi barcha kvartiralarga potensial qarz oluvchilarning toʻliq roʻyхati bilan birgalikda hududiy komissiyaning protokol qarorini bankka taqdim etadi.


Har yili 1 aprelgacha.





"Ipoteka-bank" ATIB

      

Hududiy komissiyaning protokol qarori asosida kvartiralar ularga biriktirilgan uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslarga ipoteka krediti ajratilgan holda koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotadi.

        


Belgilangan muddatlarda.





Nizomga

3-ILOVA



Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni biriktirish

masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha hududiy komissiyaning

NAMUNAVIY TARKIBI


1. Komissiya raisi - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahri tumanlari hokimlari.


2. Komissiya raisining oʻrinbosari - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahri tumanlari hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Yoshlar ittifoqi Kengashlari raislari.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalarining boʻlim boshliqlari.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahri tumanlarining ichki ishlar boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlari.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahri tumanlarining aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari boshliqlari.

7. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari boshliqlari.

8. "Nuroniy" Oʻzbekiston faхriylarining jamoat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari raislari.


9. "Mahalla" хayriya jamoat fondining hududiy, tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari.


10. "Ipoteka-bank" ATIB filiallarining rahbarlari.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 30 yanvar, 4-son, 53-modda