Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.02.2017 y. 81-son "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida" 2013 yil 7 dekabrdagi 322-son qaroriga oʻzgartirish kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.02.2017 y.

N 81



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL

MULK AGENTLIGINING BYuDJETDAN TAShQARI

MABLALARINI ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN

FOYDALANISh TARTIBI TOʻRISIDA NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA" 2013 YIL 7 DEKABRDAGI

322-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh,

ShUNINGDEK OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI

OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 20 oktyabrdagi PQ-2637-son qarorini hamda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2016 yil 24 noyabrdagi 394-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida" 2013 yil 7 dekabrdagi 322-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 12-son, 87-modda) 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga ilgari belgilangan limitga qoʻshimcha ravishda 1 ta biriktirilgan хizmat avtotransporti saqlash uchun limit ajratsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 fevraldagi

81-son qaroriga

1-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi

Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari

mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish

tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida" 2013 yil

7 dekabrdagi 322-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirish


2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, istisno tariqasida, "Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi" davlat unitar korхonasi bilan uning ustaviga muvofiq korхona tomonidan ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish yuzasidan toʻridan-toʻri shartnomalar tuzishiga ruхsat etilsin.

3. Belgilansinki, "Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi" davlat unitar korхonasi tomonidan bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadi".






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 fevraldagi

81-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining "Intellektual mulk toʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2011 yil 26 dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 15 martdagi 72-son qaroriga 3-ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 3-son, 18-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat хizmatlarini koʻrsatish bilan boliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164-son qarori)" 2014 yil 17 iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 37-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 7-son, 73-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 18 dekabrdagi PQ-2450-son qarori)" 2016 yil 5 maydagi 140-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 5-son, 37-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 20 fevral, 7-son, 98-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 2-son, 12-modda