Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 07.02.2017 y. 57-son "Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.02.2017 y. 2434-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.02.2017 y.

N 2434-1




OʻZBEKISTON

AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI

AGENTLIGI BOShLIINING

07.02.2017 y.

N 57


BUYRUI



Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan

tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish

huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 fevraldagi PF-4782-son "Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshliining 2013 yil 29 yanvardagi 2-son buyrui (roʻyхat raqami 2434, 2013 yil 4 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 10-son, 131-modda) bilan tasdiqlangan Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Boshliq                                                               V. Ismailov






Buyruqqa

ILOVA



Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan

tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul

yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni

berish tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddimadan "(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 38-son, 437-modda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 6-bandning birinchi хatboshisidan "(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 y., 9-son, 141-modda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. 14-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.


4. 17-banddagi "darhol" degan soʻz "bir ish kuni ichida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. IV bob nomidagi "shaхslarni" degan soʻz "shaхslarning roʻyхatini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 27-banddagi "moliyaviy yil" degan soʻzlar "moliya yili" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 28-bandda:

birinchi хatboshidagi "moliyaviy yil" degan soʻzlar "moliya yili" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hududiy organlariga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi "ma’lumotlarni" degan soʻzdan keyin "mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


8. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"29. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari va Mudofaa vazirligining hududiy organlari guvohnomalar reyestri olingandan soʻng oʻttiz kun ichida ShYTBOga guvohnomalar reyestridan chiqib ketgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadi.".


9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 4-ilova bilan toʻldirilsin.


10. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA



"Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan

tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul

yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni

berish tartibi toʻrisidagi nizomga

4-ILOVA



Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari)

bepul yurish huquqiga ega boʻlgan shaхslarning

ROʻYXATI

T/r


ShYTBOning roʻyхati boʻyicha bepul

yurish huquqiga ega boʻlgan shaхslar


Moliya vazirligi

huzuridagi byudjetdan

tashqari Pensiya

jamarmasining tuman

(shahar) boʻlimlari

tomonidan


Mudofaa vazirligining

hududiy organlari

tomonidan


Izoh



(ShYTBO tomonidan taqdim etiladi)


hudud

nomi


F.I.O.


manzili


tuilgan

yili


toifa

shakli


harbiy

pensiya

oluvchi

sifatida

roʻyхatda

turadi


Afoniston

Respublikasida va

boshqa mamlakatlarning

hududidagi jangovar

harakatlarda qatnashgan

sobiq baynalminalchi

jangchilar sifatida

roʻyхatda turadi



pensiya yoki nafaqa

oluvchi sifatida

roʻyхatda turadi



















".

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 20 fevral, 7-son, 103-modda