Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.02.2017 y. PQ-2779-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.02.2017 y.

N PQ-2779



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JISMONIY TARBIYa VA SPORT

DAVLAT QOʻMITASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 15 fevraldagi PF-4956-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi markaziy apparatining boshqaruv хodimlari cheklangan umumiy soni 37 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari 3 - 5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisiga, zarur hollarda, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi markaziy apparatining, Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tasdiqlangan tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga birlashtirish yoʻli bilan uni qayta tashkil etish, mazkur markazlarning shtatlar sonini optimallashtirish hamda birkitib qoʻyilgan binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklarni ularda saqlab qolish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi uchun oʻrnatilgan aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalarining sportga taalluqli qismini Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasida saqlab qolsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini moliyalashtirish manbai etib belgilansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi bir oy muddatda oʻzining hududiy boshqarmalari toʻrisidagi namunaviy nizomlar belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish va optimallashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini;

jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 fevral, 8-son, 115-modda