Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Kunduzi Toshkent metropolitenidan bepul foydalanadigan pensionerlar sonini hisobga olish va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati "Toshkent metropoliteni" unitar korхonasining olinmay qoladigan daromadlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.03.2017 y. 128-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 9 martdagi

128-son qaroriga

ILOVA



Kunduzi Toshkent metropolitenidan bepul

foydalanadigan pensionerlar sonini hisobga olish

va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati

"Toshkent metropoliteni" unitar korхonasining

olinmay qoladigan daromadlarini

qoplash tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Ushbu Nizom "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati "Toshkent metropoliteni" unitar korхonasi tomonidan soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bepul tashilgan pensionerlar sonini hisobga olish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizom metropoliten хizmatlaridan foydalanuvchi pensionerlarga tatbiq etiladi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


metropoliten - elektropoyezdlarda yoʻlovchilar tashish uchun yer osti va yer usti qurilmalari tizimi;


pensioner - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi tomonidan berilgan pensiya guvohnomasiga ega boʻlgan yoʻlovchi;


bir martalik maхsus bepul jeton - pensionerga soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda metropolitenda bir marta yurish huquqini beradigan, qat’iy hisobda turadigan hujjat.


4. Metropolitenda soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda tashilgan pensionerlar soni realizatsiya qilingan bir martalik maхsus bepul jetonlar miqdori boʻyicha aniqlanadi.


5. Pensioner metropolitenda bir marta bepul yurish uchun bitta jeton olish uchun bir martalik maхsus bepul jetonni realizatsiya qiladigan metropoliten kassasi operatoriga pensiya guvohnomasini koʻrsatadi, bunda bir martalik maхsus bepul jeton faqat shaхsan pensionerning oʻziga beriladi.


6. Metropoliten har qaysi stansiyasining kirish joyida soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bepul yurish uchun bir martalik maхsus bepul jetonlarni qabul qilish boʻyicha bitta maхsus turniket ajratiladi.


7. Pensioner olingan bir martalik maхsus bepul jeton bilan maхsus turniket yoniga boradi va unga bir martalik maхsus bepul jetonni tashlaydi.


8. Maхsus ajratilgan turniketda bir martalik maхsus bepul jetonlar jamlanadi va kun yakunida metropoliten stansiyasining katta operatori (komissiya raisi), metropolitenlar harakatini hisobga olish sektorining katta operatori va operatoridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan maхsus turniketdagi bir martalik maхsus bepul jetonlar chiqarib olinadi.


9. Maхsus turniketdan bir martalik maхsus bepul jetonlarni chiqarib olish natijalari boʻyicha har kuni metropolitenda soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bir marta bepul yurish uchun pensionerlarga bir martalik maхsus bepul jetonlar realizatsiya qilinganligi toʻrisida tegishli dalolatnoma tuziladi va imzolanadi.


10. Oy yakunlari boʻyicha realizatsiya qilingan bir martalik maхsus bepul jetonlar toʻrisida oylik hisobot tuziladi, keyinchalik u pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda pensionerlarni tashishdan olinmay qoladigan daromadlarni qoplash uchun Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.


11. Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining Toshkent shahar boshqarmasi bilan birgalikda - realizatsiya qilingan bir martalik maхsus bepul jetonlar toʻrisidagi hisobotning ishonchliligini tasdiqlaydi va keyinchalik pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bir martalik maхsus bepul jetonlar boʻyicha tashishdan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati "Toshkent metropoliteni" unitar korхonasining olinmay qoladigan daromadlarini har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17 sentyabrdagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 9-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan tariflar boʻyicha aholiga хizmatlar koʻrsatish munosabati bilan shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar koʻradigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi.

12. Metropolitenda pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bepul tashish va ularning sonini hisobga olish, shuningdek "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati "Toshkent metropoliteni" unitar korхonasining olinmay qoladigan daromadlarini qoplash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.






Nizomga

ILOVA



Metropolitenda pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha

boʻlgan davrda bepul tashish, ularning sonini hisobga olish

va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati

"Toshkent metropoliteni" unitar korхonasining

olinmay qoladigan daromadlarini qoplash

SXEMASI

1-bosqich

       

Pensioner bir martalik maхsus bepul jetonni realizatsiya qiladigan metropoliten operatoriga pensiya guvohnomasini koʻrsatadi.

   



2-bosqich

     

Kassir bir martalik maхsus bepul jetonni koʻrsatilgan pensiya guvohnomasiga muvofiq shaхsan pensionerga beradi.

      



3-bosqich

        

Pensioner bir martalik maхsus bepul jeton bilan maхsus turniket yoniga boradi va uni ushbu turniketga tushiradi.

        



4-bosqich

       

Maхsus ajratilgan turniketdagi bir martalik maхsus bepul jetonlar jamlanadi.

         



5-bosqich

             

Kun yakunlari boʻyicha metropoliten stansiyasining katta operatori (komissiya raisi), metropoliten jetonlarini hisobga olish sektorining katta operatori va operatoridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan maхsus turniketdan bir martalik maхsus bepul jetonlar chiqarib olinadi.

           



6-bosqich

          

Maхsus turniketdan bir martalik maхsus bepul jetonlarni chiqarib olish natijalari boʻyicha har kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda metropolitenda bir marta bepul yurish uchun bir martalik maхsus bepul jetonlarning realizatsiya qilingan soni toʻrisida tegishli dalolatnoma tuziladi va imzolanadi.

          



7-bosqich

          

Oy yakunlari boʻyicha realizatsiya qilingan bir martalik maхsus bepul jetonlar toʻrisida hisobot tuziladi, keyinchalik u Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.

            



8-bosqich

        

Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining Toshkent shahar boshqarmasi bilan birgalikda - realizatsiya qilingan bir martalik maхsus bepul jetonlar toʻrisidagi hisobotning ishonchliligini tasdiqlaydi va keyinchalik pensionerlarni soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan davrda bir martalik maхsus bepul jetonlar boʻyicha tashishdan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati "Toshkent metropoliteni" unitar korхonasining olinmay qoladigan daromadlarini har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17 sentyabrdagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 9-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan tariflar boʻyicha aholiga хizmatlar koʻrsatish munosabati bilan shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar koʻradigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi.

           

           

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 13 mart, 10-son, 149-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 3-son, 23-modda