Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 28.02.2017 y. 41-mh-son "Yuridik хizmat хodimining ish joyini moddiy-teхnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 28.02.2017 y. 2863-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.02.2017 y.

N 2863




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

28.02.2017 y.

N 41-mh


BUYRUI



Yuridik хizmat хodimining ish joyini

moddiy-teхnika jihatidan jihozlashga doir

minimal talablarni tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-sonli "Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorining 7-bandiga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Yuridik хizmat хodimining ish joyini moddiy-teхnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi (A. Ochilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Yuridik хizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi (Sh. Saidov) tegishli davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bir oylik muddatda Yuridik хizmat хodimining ish joyini moddiy-teхnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarni tushuntirish boʻyicha taribot ishlarini amalga oshirsin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                             M. Ikramov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 6 mart, 9-son, 139-modda