Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 28.02.2017 y. 2861-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 28.02.2017 y. 39-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2017 yil 28 fevralda 2861-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2017 yil 28 fevraldagi

39-mh-son buyruiga

ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlari

yuridik хizmatlarining ma’lumotlari

bazasini shakllantirish va yuritish

tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-sonli "Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 22 noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik хizmatlar хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻrisida nizomga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlarining ma’lumotlari bazasini (bundan buyon matnda ma’lumotlar bazasi deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish, shuningdek unga kiritish uchun ma’lumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.


2. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari va ularning хodimlarini hisobga olish va ular toʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻrisidagi yagona, hamma foydalanishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar bazasini yaratish va uning yangilab turilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.


3. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlarining ma’lumotlari bazasi tegishincha Vazirlik, Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.

4. Vazirlik va hududiy adliya organlari davlat organlari va tashkilotlarida yuridik хizmat faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan yuridik хizmatlar хodimlari toʻrisidagi ma’lumotlardan tashqari, ulardan yuridik хizmat faoliyatiga doir boshqa tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni soʻrab olishga haqli.



2-BOB. MA’LUMOTLAR BAZASINI ShAKLLANTIRISh

VA YuRITISh HAMDA UNGA KIRITISh UChUN

MA’LUMOT TAQDIM ETISh


5. Yuridik хizmatlarning Vazirlikda ma’lumotlar yima bazasi, hududiy adliya organlarida ma’lumotlar hududiy bazasi yuritiladi.


6. Ma’lumotlar bazalari tegishlicha Vazirlikning Notariat, advokatura va huquqiy хizmatlar boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Notariat, advokaturava huquqiy хizmatlar boʻlimlari tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.

7. Ma’lumotlar bazalari muntazam ravishda elektron shaklda davlat tilida yuritiladi.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlari хodimlari toʻrisidagi aхborot Vazirlikka, viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlari хodimlari toʻrisidagi aхborot Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga, tuman (shahar) hokimliklari, shuningdek tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlari хodimlari toʻrisidagi aхborot esa, tuman adliya boʻlimlariga taqdim etiladi.

9. Davlat organlari va tashkilotlari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 10-sanasiga qadar tegishli adliya organiga mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi ma’lumotlarni yozma va elektron shaklda taqdim etadi.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tegishli yil yakunlangandan soʻng keyingi yilning 15-sanasiga qadar bazadagi ma’lumotlarni tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkeng shahar adliya boshqarmalariga elektron koʻrinishda taqdim etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tegishli yil yakunlangandan soʻng, keyingi yilning 20-sanasiga qadar hududiy bazadagi ma’lumotlarni Vazirlikka elektron koʻrinishda taqdim etadi.

10. Taqdim etilgan ma’lumotlar yil davomida oʻzgargan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari oʻn kun muddatda tegishli ma’lumotni adliya organiga yuborishi lozim.

Hududiy adliya organi oʻzgarishlar boʻyicha ma’lumotlarni ular taqdim etilgandan soʻng besh kun muddatda Vazirlikka taqdim etishi shart.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotni har chorakda, tegishli chorak yakunlangandan soʻng, keyingi oyning 5-sanasiga qadar Vazirlikka elektron shaklda taqdim etadi.


12. Taqdim etilgan ma’lumotlar Vazirlikka kelib tushgandan soʻng, ular ikki ish kuni ichida ma’lumotlar yima bazasiga hamda rasmiy veb-saytdagi ma’lumotlar bazasiga joylashtiriladi va muntazam ravishda yangilab boriladi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


13. Ma’lumotlar bazalarining oʻz vaqtida va toʻri yuritilishi uchun mas’uliyat tegishlicha Vazirlikning Notariat, advokatura va huquqiy хizmatlar boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Notariat, advokatura va huquqiy хizmatlar boʻlimlari zimmasiga yuklatiladi.

14. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Vazirlikning Notariat, advokatura va huquqiy хizmatlar boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.





Nizomga

1-ILOVA



Yuridik хizmatlar хodimlari haqida

MA’LUMOT

T/r

F.I.O.


Tuil-

gan

yili va

joyi


Tamom-

lagan

ta’lim

muassa-

sasi va

vaqti


Lavo-

zimi

(ish

joyi

koʻrsa-

tilgan

holda)


Mar-

taba

dara-

jasi

(beril-

gan

vaqti)


Ish

joyi

man-

zili va

yuridik

хizmat

хodi-

mining

elektron

pochtasi


Xiz-

mat va

uyali

tele-

fon

raqa-

mi


Egallab

turgan

lavo-

zimga

qabul

qilin-

gan

vaqti


Yuri-

dik

muta-

хassis-

lik

boʻyi-

cha ish

staji


Shundan

yuridik

хizmat-

dagi ish

staji


Yuristlar

malakasi-

ni oshirish

markazida

malaka-

sini

oshirgan

vaqti

(sertifi-

katning

seriyasi,

raqami,

berilgan

hamda amal

qilish

muddati

koʻrsatil-

gan holda)


Attesta-

siyadan

oʻtgan vaqti

(guvoh-

nomaning

seriyasi,

raqami,

berilgan

hamda amal

qilish

muddati

koʻrsatil-

gan holda)


1


2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

1.














2.














3.














....














Izoh:

- mazkur shaklning 6 va 7-ustunlaridagi ma’lumotlar oʻzgargan taqdirda, bu haqda yuridik хizmat хodimi tomonidan bir ish kuni ichida tegishli adliya organiga ozaki ravishda ma’lum qilinishi;

- barcha ma’lumotlar qooz hamda elektron shaklda taqdim etilishi;

- yuridik хizmat хodimlarining ma’lumotnomalari (obe’ktivkalari) mazkur shaklga ilova qilgan holda taqdim etilishi shart.






Nizomga

2-ILOVA



Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik

хizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari haqida

MA’LUMOT

T/r


Davlat

organi

va tash-

kilo-

tining

nomi


Vazir-

lar

Mah-

kamasi

tomo-

nidan

belgi-

langan

me’yor-

larga

asosan

tashkil

etila-

digan

yuridik

хizmat

shtat

birlik-

lari

soni


Haqi-

qatda

tashkil

etilgan

yuridik

хizmat

shtat

birlik-

lari

soni


Shtat

birlik-

larida

ishlayot-

gan

yuridik

хizmat

хodim-

lari

soni


Yuri-

dik

хiz-

mat-

dagi

boʻsh

ish

oʻrin-

lari

soni


Boʻsh

ish

oʻrin-

lari-

dagi

lavo-

zim-

lar-

ning

oylik

mao-

shi


Yuridik хizmat хodimlari boʻsh

ish oʻrinlarining lavozimlari


Yuridik

departa-

ment

(aniq

koʻrsa-

tiladi)


Bosh-

qarma

bosh-

lii

(aniq

koʻrsa-

tiladi)


Yuri-

dik

boʻlim

(aniq

koʻrsa-

tiladi)


Byuro

bosh-

lii

(aniq

koʻrsa-

tila-

di)


Bosh

yuris-

kon-

sult

(aniq

koʻrsa-

tila-

di)


Yetak-

chi,

katta

yuris-

kon-

sult

(aniq

koʻrsa-

tila-

di)


Katta

yuris-

kon-

sult

(aniq

koʻrsa-

tila-

di)


Yuris-

kon-

sult

(aniq

koʻrsa-

tila-

di)


1


2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

1.
















2.
















3.
















....
















        

Izoh:

- barcha ma’lumotlar qooz hamda elektron shaklda taqdim etilishi shart.






Nizomga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish

markazida malaka oshirishdan oʻtgan

yuridik хizmatlar хodimlari haqida

MA’LUMOT

T/r

F.I.O.


Tuilgan yili

va joyi


Ish joyi


Lavozimi


Malaka

oshirgan

vaqti


Malaka oshirganligi

toʻrisida berilgan

sertifikatning vaqti,

seriyasi va raqami


1.








2.








3.








....








"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 6 mart, 9-son, 137-modda