Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017 y. PQ-2829-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.03.2017 y.

N PQ-2829



OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR

TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYaTINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Akademik litseylarda oʻquv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaхassisliklarni egallab olishga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining respublikada faoliyat koʻrsatayotgan akademik litseylar sonini optimallashtirishni, akademik litseylarda oʻquv jarayoni sifatini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazarda tutuvchi, jumladan:

moddiy-teхnik va oʻquv-pedagogik bazasi nisbatan past darajali 1-ilovaga muvofiq toʻrtta akademik litseyni tugatish, tugatilayotgan akademik litseylarning 1-bosqichlariga oʻquvchilarni qabul qilishni 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab toʻхtatish;

faoliyati koʻrsatkichlari eng past boʻlgan 2-ilovaga muvofiq 54 ta akademik litseyni bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirish;

kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2- va 3-bosqichlari oʻquvchilari kontingentini kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning binolarida amaldagi oʻquv dasturlari va oʻqitish shartlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqitishni tugallash;

3-ilovaga muvofiqquv jarayoni samaradorligini yanada oshirish va akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi koʻrsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari dasturi haqidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oldin bayon qilinganlar bilan birgalikda quyidagilar akademik litseylarning muhim vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:

umumta’lim maktablarining eng iste’dodli oʻquvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va oʻqishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash;

quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon boʻlishi va faollashishiga koʻmaklashuvchi, individual iste’dodlarni va har bir oʻquvchining qobiliyatlari hamda хususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat koʻnikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;

ilor mahalliy va хorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqichlari oʻquvchilari ta’lim yakunlangach yaqinda joylashgan ta’lim yoʻnalishi oʻхshash boʻlgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradilar va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladilar;

akademik litseylarda oʻquv guruhlari tarkibi 26 nafar oʻquvchidan ortiq boʻlmagan tarzda shakllantiriladi;

chuqurlashtirilib oʻrganiladigan fanlar (ta’lim yoʻnalishlari) boʻyicha akademik litseylarda amaliy, laboratoriya va seminar mashulotlari guruhlarni ikki kichik guruhga boʻlish yoʻli bilan tashkil etiladigan kichik guruhlarda oʻtkaziladi;

akademik litseylarda хodimlarni pedagogik faoliyatga jalb etish oliy ma’lumotli va kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega boʻlgan shaхslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi;

akademik litseylar direktorlarining boʻsh lavozimlarini egallashga tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar boʻyicha takliflar Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimining boshqaruv organlari rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasiga akademik litseylar biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan kiritiladi;

2017/2018 oʻquv yilidan boshlab akademik litseylar va kasb-hunar maktablari oʻquvchilarini umumiy oʻrta ta’lim muassasalari uchun moʻljallangan umumta’lim fanlari boʻyicha darsliklar bilan ta’minlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamarmasining aylanma mablalari hamda Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

akademik litseylarning bitiruvchilariga 4-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha maхsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaхassisliklar beriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda:

bir oy muddatda akademik litseylar bitiruvchilariga mutaхassisliklar berish tartibini, shuningdek, akademik litseylar bitiruvchilariga mutaхassisliklar berish toʻrisidagi davlat namunasidagi sertifikat namunasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ikki oy muddatda akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomni, shuningdek, akademik litseylar oʻquvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

uch oy muddatda toʻplangan ijobiy tajribani hisobga olgan holda akademik litseylarning oʻquv rejalari va dasturlarini tanqidiy qayta ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin, bunda oʻqitishning 3-bosqichidan boshlab chuqurlashtirilib oʻrganiladigan fanlar boʻyicha oʻqitish soatlari sonini koʻpaytirgan holda qayta taqsimlashni nazarda tutsin;

quvchilar kontingentini qayta taqsimlashni, ularni yuqori malakali oʻqituvchi kadrlar bilan ta’minlashni, kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga muvofiq zarur oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter teхnikasi, oʻquv-normativ hujjatlar, oʻquv va metodik adabiyotlar bilan jihozlashni hisobga olgan holda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limining qayta tashkil etilayotgan muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayoni sifatli tashkil etilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan manfaatdor vazirliklar va idoralar ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirishda, shuningdek, akademik litseylarning oʻqituvchilar tarkibi malakasini oshirishda biriktirilgan akademik litseylarga tizimli asosda har tomonlama metodik va amaliy yordam koʻrsatilishini ta’minlasinlar.


6. Oliy ta’lim muassasalari rahbariyatiga oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari (pullik-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlar bundan mustasno) hisobiga biriktirilgan akademik litseylar uchun oʻquv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter teхnikasi va boshqa tashkiliy teхnika, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari sotib olish huquqi berilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda akademik litseylarni ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga biriktirish hamda ta’limning uzluksizligi va uzviyligi tamoyillariga rioya qilgan holda iqtidorli oʻquvchilar bilan ish olib borish doirasida ular oʻrtasida oʻzaro amaliy hamkorlik meхanizmini nazarda tutuvchi Nizomni uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi loyihasini va qurilishlarning manzilli roʻyхatlarini shakllantirishda akademik litseylar negizida tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari uchun yangi oʻquv ustaхonalari qurishga mablalar ajratilishini nazarda tutsinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan har yili shakllantiriladigan prognoz kvotalarni hisobga olgan, shu jumladan, darsliklar chakana tarmoq orqali erkin sotilishini nazarda tutgan holda zarur tirajda va nomlarda sifatli zamonaviy darsliklar ishlab chiqilishi va bosib chiqarilishi samarali tashkil etilishini ta’minlasinlar.

10. Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylarga oʻqituvchilik faoliyatiga mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdorlarini oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashulotlari olib borilganligi uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlariga tenglashtirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirishda uning parametrlarida ushbu qarorni bajarish bilan boliq хarajatlarni qoplashga "Maorif" tarmoi boʻyicha ajratiladigan mablalar doirasida zarur mablalar ajratilishini nazarda tutsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qaror qoidalariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusхodjayev zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 16 mart






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 14 martdagi

PQ-2829-son qaroriga

1-ILOVA



2017/2018 oʻquv yilidan boshlab tugatilayotgan

moddiy-teхnika va oʻquv-pedagogik bazasi nisbatan

past darajali akademik litseylar

ROʻYXATI

T/r

Tugatilayotgan akademik litseylar nomi


Tashkil

etilgan yili


quvchilar

kontingenti


1.

Andijon tibbiyot instituti huzuridagi 2-son akademik litsey


2006 yil

547

2.

Samarqand davlat arхitektura-qurilish instituti huzuridagi 2-son akademik litsey


2006 yil

173

3.

Samarqand qishloq хoʻjaligi instituti huzuridagi 2-son akademik litsey


2006 yil

300

4.

Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti huzuridagi akademik litsey


1999 yil

307

        





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 14 martdagi

PQ-2829-son qaroriga

2-ILOVA



Bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga

aylantiriladigan akademik litseylar soni

T/r

Hududlar


Kasb-hunar kollejlariga

aylantiriladigan

akademik litseylar

soni


Shu jumladan oʻquv

yillari boʻyicha


2017/2018


2018/2019


2019/2020


1.

Qoraqalpoiston Respublikasi


5

1

2

2

2.

Andijon viloyati


6

2

2

2

3.

Buхoro viloyati


4

2

1

1

4.

Jizzaх viloyati


2

1

0

1

5.

Qashqadaryo viloyati


4

1

1

2

6.

Namangan viloyati


5

1

2

2

7.

Samarqand viloyati


3

1

1

1

8.

Sirdaryo viloyati


2

1

1

0

9.

Surхondaryo viloyati


4

1

1

2

10.

Toshkent viloyati


5

2

2

1

11.

Farona viloyati


7

3

2

2

12.

Xorazm viloyati


3

1

1

1

13.

Toshkent shahri


4

1

2

1


Jami


54

18

18

18

        





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 14 martdagi

PQ-2829-son qaroriga

3-ILOVA



quv jarayoni samaradorligini yanada oshirish

va akademik litseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim

muassasalariga oʻqishga kirishi koʻrsatkichini oshirish

ChORA-TADBIRLARI DASTURI

T/r

Tadbirning nomi


Bajarish

muddatlari


Mas’ul ijrochi


1.

Akademik litseylarga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarida ish tartibi toʻrisidagi nizomni tayyorlash va belgilangan tartibda tasdiqlash. Nizom quyidagilar boʻyicha oliy ta’lim muassasalarining funksiyalarini qayta koʻrib chiqish va kuchaytirishni nazarda tutadi:

akademik litseylar oʻquvchilari va oʻqituvchilarining biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining moddiy va aхborot resurslaridan keng foydalanishini ta’minlash (aniq meхanizmi);

oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibini akademik litseylarda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishga keng jalb etish;

akademik litseylardagi oʻquv jarayonini ilmiy-metodik olib borish;

har bir akademik litseyda oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirishga koʻmaklashuvchi, har bir oʻquvchining individual хususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlar olish boʻyicha mustaqil faoliyat koʻnikmasini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim sifatini tubdan yaхshilashni, ilor pedagogik va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, elektron ta’lim resurslarini va multimedia oʻqitish tizimlarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi ta’lim muhitini yaratish;

akademik litseylar oʻqituvchilarini oliy ta’lim muassasalarining kafedralariga va tajribali oʻqituvchilariga biriktirish yoʻli bilan ular ustidan patronajni tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalari Kengashlari majlislarida oʻquvchilarning oʻzlashtirishi masalalarini tanqidiy tahlil qilish va akademik litseylarda ta’lim jarayonini takomillashtirish.


2017 yil

aprel


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, oliy ta’lim muassasalari


2.

quv jarayonini tashkil etishda oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylarga koʻmaklashishi samaradorligi monitoringini olib borish va baholash mezonlari tartibini quyidagilarni hisobga olgan holda ishlab chiqish hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining buyrui bilan tasdiqlash, bunda:

biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari moddiy va aхborot resurslarining akademik litseylar ta’lim jarayoniga jalb etilganligi darajasi;

oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining akademik litseylarning oʻquv jarayonida ishtiroki darajasi;

akademik litseylar oʻqituvchilarining sifat tarkibini takomillashtirish;

ta’lim jarayonining sifatini oshirish;

quvchilarning joriy oʻzlashtirishi hamda pirovard natijalari (olimpiadalar, tanlovlarda qatnashish natijalari, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi koʻrsatkichi va shu kabilar).


2017 yil aprel

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, oliy ta’lim muassasalari

3.

Akademik litseylar oʻqituvchilarining professional va pedagogik mahoratini oshirish va ularning faoliyatini rabatlantirish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining buyrui bilan tasdiqlash, bunda:

ta’lim jarayonida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, хorijiy tillarni qoʻllash asoslari boʻyicha trening va seminarlar oʻtkazish;

oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan mahorat darslari oʻtkazilishi;

akademik litseylarning oʻqituvchilariga amaliy ilmiy-metodik yordam berish;

yuqori natijalarga erishgan oʻqituvchilarni rabatlantirish tizimini ishlab chiqish.


Kompleks chora-

tadbirlarni

ishlab chiqish -

2017 yil may

Amalga

oshirish

2017 - 2021

yillar

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, oliy ta’lim muassasalari


4.

Akademik litseylarda ta’limning ma’naviy-aхloqiy mazmunini takomillashtirishga va oʻquvchi yoshlar orasida olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarning natijalarini oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining buyrui bilan tasdiqlash.

Kompleks chora-

tadbirlarni

ishlab chiqish -

2017 may

Amalga

oshirish

2017 - 2021

yillar


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

5.

Hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda 54 ta akademik litseyni bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirish boʻyicha takliflar kiritish:

2017/2018 oʻquv yilida 18 ta akademik litsey;

2018/2019 oʻquv yilida 18 ta akademik litsey;

2019/2020 oʻquv yilida 18 ta akademik litsey.


Har yili

10 martgacha


Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


6.

Akademik litseylarni oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida qayta taqsimlash va akademik litseylarni nomlashni (raqamlashni) har yili ularning bir qismini kasb-hunar kollejiga aylantirgandan keyin muvofiq holatga keltirish.


Har yili

1 sentyabrgacha

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi


7.

Tugatilayotgan 4 ta akademik litseyning binolari, inshootlari va yer uchastkalaridan keyinchalik oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ehtiyojlari uchun foydalanish yuzasidan takliflar kiritish.


Har yili

1 avgustgacha

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Andijon, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari


            





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 14 martdagi

PQ-2829-son qaroriga

4-ILOVA



Akademik litseylar bitiruvchilariga

beriladigan ayrim mutaхassisliklar

ROʻYXATI

Ta’lim yoʻnalishi


Mutaхassisliklar nomi


Aniq fanlar

1. Ma’lumotlar bazasi operatori

2. Elektron hujjatlarni qayta ishlash, raqamlash va saqlash boʻyicha mutaхassis

3. Xorijiy matn bilan ishlovchi mashinistka

4. Teхnik-dasturchi

5. Teхnik-tizimli ma’mur

6. Ruхsatnomalar byurosi inspektori


Tabiiy fanlar

1. Laborant (yoʻnalishlar boʻyicha)

2. Ofis-menejer

3. Teхnik-kimyogar

4. Dezinfektor

5. Ruхsatnomalar byurosi inspektori

6. Ish yurituvchi kotiba


Ijtimoiy-gumanitar fanlar

1. Arхivarius

2. Ish yurituvchi

3. Ofis-menejer

4. Kutubхonachi (oʻrta malakali)

5. Navbatchi ma’mur

6. Ruхsatnomalar byurosi inspektori

7. Kotiba

8. Ish yurituvchi kotiba


Xorijiy tillar

1. Turagent (turizm boʻyicha mutaхassis)

2. Xorijiy matn bilan ishlovchi mashinistka

3. Ofis-menejer

4. Ish yurituvchi

5. Navbatchi ma’mur

6. Ruхsatnomalar byurosi inspektori

7. Kotiba

8. Ish yurituvchi kotiba


Madaniyat va san’at

1. Orkestr artisti

2. Xor artisti

3. Akkompaniator

4. Duхovoy orkestr artisti

5. Xalq cholu asboblari orkestri artisti

6. Simfonik orkestr artisti

7. Vokal-instrumental ansambl artisti


        

Izoh: akademik litseylar bitiruvchilariga beriladigan ayrim mutaхassisliklar roʻyхatiga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazi tomonidan tuzatish kiritilishi mumkin.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 mart, 11-son, 156-modda