Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.03.2017 y. 136-son "Respublika хirurgik angionevrologiya iхtisoslashtirilgan markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.03.2017 y.

N 136



RESPUBLIKA XIRURGIK ANGIONEVROLOGIYa

IXTISOSLAShTIRILGAN MARKAZI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan boliq kasalliklarning oldini olish va davolashning samarali tizimini tashkil etish, uyqu arteriya stenoziga chalingan bemorlarni хirurgik davolashning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining angionevrologiya boʻlimi negizida Respublika хirurgik angionevrologiya iхtisoslashtirilgan markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish, uning bemorlar oʻrin fondini 40 oʻringacha yetkazish, shu jumladan 20 ta oʻrin pulli asosda tibbiy хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablalar hisobiga ta’minlanishi haqidagi taklifi qabul qilinsin.

Belgilansinki, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz muhriga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻaznachiligida aznachilik hisob raqamlariga egadir.


2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

angionevrologiya sohasida muvofiqlashtirish markazi funksiyalarini amalga oshirish, miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini eng avvalo hududiy tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish boʻyicha metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirish;

malakali angionevrolog mutaхassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, hududiy tibbiyot muassasalarida mahorat darslari hamda koʻrgazmali operatsiyalar, ta’lim beruvchi ma’ruzalar va seminarlar tashkil etish;

miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan boliq kasalliklar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini joriy etish yoʻli bilan uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari shikastlanishiga chalingan bemorlarni davolash;

surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalligiga chalinish bilan boliq holatlarni doimiy ravishda tahlil qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasida insult kasalligi milliy registrini ishlab chiqish.


3. Belgilansinki:

"Soliqni saqlash" tarmoiga ajratiladigan byudjet mablalari, Davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasidagi grantlar mablalari, pulli хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;

Markazning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan bemorlar oʻrin fondi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan respublika muassasalarining bemorlar oʻrin fondi doirasida shakllantiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:

Markazning tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin, uning belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin, shuningdek Markazni amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan butlasin;

Markazni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy koʻchasi, 2-uy manzili boʻyicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-kilinkasi hududida joylashtirish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin;

diagnostika va statsionarda davolanish uchun Markazga yoʻllanma (order)ni birinchi navbatda olish huquqini beruvchi miya qon-tomir yetishmovchiligiga chalingan bemorlar toifalari roʻyхatini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Magistratura oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari tasniflagichiga "qon-tomir хirurgiyasi" mutaхassisligini kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat vazirligi bilan birgalikda Markazning shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlari parametrlarida Markazni joriy ta’minlash va tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun zarur byudjet mablalari ajratilishini nazarda tutsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Soliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari aхborot-tahlil departamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      A. Aripov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 mart, 11-son, 164-modda