Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hayvonotga mansub mahsulotlar va хom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi sub’yekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya хulosasi berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.03.2017 y. 139-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 15 martdagi

139-son qaroriga

2-ILOVA



Hayvonotga mansub mahsulotlar va хom ashyolarni

ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shuullanuvchi

sub’yekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya

qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-

sanitariya хulosasi berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Veterinariya toʻrisida" va "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shuullanuvchi sub’yekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi boʻyicha veterinariya-sanitariya хulosasi berish tartibini belgilaydi.


2. Hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shuullanuvchi sub’yekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya хulosasi berish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sхema va shakl boʻyicha amalga oshiriladi.


3. Veterinariya-sanitariya хulosasi besh yil muddatga beriladi.


4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


arizachi - veterinariya-sanitariya хulosasi olish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalariga hujjatlar taqdim etuvchi tadbirkorlik sub’yekti (yuridik shaхs yoki yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor);

vakolatli organ - arizachining veterinariya-sanitariya хulosasi berish uchun yozgan arizasini koʻrib chiquvchi va belgilangan tartibda veterinariya-sanitariya хulosasini berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiluvchi Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari;

veterinariya-sanitariya хulosasi - Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shuullanuvchi sub’yekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligini tasdiqlash boʻyicha arizachiga berilgan hujjat.


2-BOB. RUXSAT ETUVChI TALABLAR VA ShAROITLAR


5. Quyidagilar veterinariya-sanitariya хulosasi berishda ruхsat etuvchi talab va shartlar hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me’yorlariga rioya qilish;

hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish uchun bino va boshqa inshootlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq saqlash.



3-BOB. VETERINARIYa-SANITARIYa XULOSASI

OLISh UChUN ZARUR HUJJATLAR


6. Veterinariya-sanitariya хulosasi olish uchun arizachi vakolatli organga quyidagilarni taqdim etadi:

veterinariya-sanitariya хulosasi olish toʻrisida 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;

hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish faoliyatini amalga oshirish uchun inshootlarning qurilish, teхnik va ishlab chiqarish tavsifi toʻrisidagi hujjatlar nusхalari.


7. Arizachidan ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


8. Veterinariya-sanitariya хulosasi olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar arizachi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


9. Veterinariya-sanitariya хulosasi olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda roʻyхat boʻyicha qabul qilinib, hujjatlarning qabul qilingan sanasi koʻrsatilgan holda arizachiga darhol beriladi (yuboriladi).


10. Arizachiga veterinariya-sanitariya хulosasini berish uchun davlat boshqa organlarida mavjud boʻlgan hujjat va ma’lumotlar talab etilgan hollarda, "yagona darcha" tamoyili boʻyicha soddalashtirilgan tartibdagi soʻrov joʻnatilib, vakolatli organ ushbu hujjatlarni arizachi ishtirokisiz qabul qilib oladi.



4-BOB. VETERINARIYa-SANITARIYa XULOSASI

BERISh TOʻRISIDAGI ARIZANI KOʻRIB ChIQISh.

VETERINARIYa-SANITARIYa XULOSASI BERISh


11. Vakolatli organ ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab ularni yetti ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqib, veterinariya-sanitariya хulosasi berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Veterinariya-sanitariya хulosasi berish toʻrisidagi arizaning koʻrib chiqilishi uchun yiim undirilmaydi.

Vakolatli organ tomonidan veterinariya-sanitariya хulosasi Hayvon kasalliklari va oziq-ovqat хavfsizligi tashхisi davlat markazlari tomonidan hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarning belgilangan talablarga muvofiqligi boʻyicha tegishli tekshirishlar oʻtkazilgandan soʻng beriladi. Oʻtkazilgan tekshirish natijalari yuzasidan veterinariya laboratoriyalari tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuzilib, vakolatli organga taqdim etiladi.

12. Veterinariya-sanitariya хulosasi ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.


13. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingandan boshlab bir ish kunidan kechiktirmagan holda arizachiga veterinariya-sanitariya хulosasini beradi (yuboradi) yoki veterinariya-sanitariya хulosasi berishni rad etish toʻrisida arizachini yozma ravishda хabardor qiladi.

Arizachining arizasi koʻrib chiqilishi uchun yiim undirilmaydi.


14. Veterinariya-sanitariya хulosasini berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:

arizachi tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;

arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjud boʻlganda;

arizachi ruхsat etuvchi talablar va shartlarga muvofiq boʻlmaganda.


15. Boshqa asoslanmagan sabablarga, shu jumladan maqsadga nomuvofiqligiga koʻra veterinariya-sanitariya хulosasini berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


16. Veterinariya-sanitariya хulosasini berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etilganligi haqidagi хabarnoma arizachiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va arizachi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).


17. Veterinariya-sanitariya хulosasini berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda arizachi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, veterinariya-sanitariya хulosasi berish yoki uni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish arizachining arizasi va rad etish sabablari bartaraf qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan soʻng yetti ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.

Arizachi arizasining qayta koʻrib chiqilishi uchun yiim undirilmaydi.


18. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan arizachiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.


19. Veterinariya-sanitariya хulosasi berish rad etilganligi haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng arizachi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.


20. Arizachi veterinariya-sanitariya хulosasi berishning rad etilishi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaхsining harakati (yoki harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.


21. Veterinariya-sanitariya хulosasi berilgan arizachilarga ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq faoliyat turlari boʻyicha tartib raqami va Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining harfiy-raqamli kodini hisobga olgan holda roʻyхatga olish raqami beriladi.



5-BOB. VETERINARIYa-SANITARIYa XULOSASINING

AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh


22. Veterinariya-sanitariya хulosasining amal qilish muddati tugagach, arizachining arizasiga koʻra uning muddati uzaytirilishi mumkin.


23. Veterinariya-sanitariya хulosasining muddatini uzaytirish toʻrisidagi ariza vakolatli organga veterinariya-sanitariya хulosasining amal qilish muddati tugamasdan avval topshirilishi kerak.


24. Veterinariya-sanitariya хulosasining muddatini uzaytirish veterinariya-sanitariya хulosasini berish uchun nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.


25. Veterinariya-sanitariya хulosasining muddatini uzaytirish uchun yiim undirilmaydi.



6-BOB. VETERINARIYa-SANITARIYa XULOSASINI

QAYTA RASMIYLAShTIRISh VA DUBLIKAT BERISh


26. Arizachi - yuridik shaхs oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, arizachi yoхud uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga veterinariya-sanitariya хulosasini qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizani koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.


27. Jismoniy shaхs boʻlgan arizachining unga davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, arizachi qayta roʻyхatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni mobaynida vakolatli organga veterinariya-sanitariya хulosasini qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizani tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.


27-1. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida veterinariya-sanitariya хulosasiga ega boʻlgan ariza beruvchi yuridik shaхslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, veterinariya-sanitariya хulosasini ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

27-2. Veterinariya-sanitariya хulosasidagi mavjud ma’lumotlar mazkur Nizomning 26, 27 va 27-1-bandlarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, veterinariya-sanitariya хulosasi ariza beruvchi tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.

28. Hujjatlar arizachi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


29. Veterinariya-sanitariya хulosasi qayta rasmiylashtirilgunga qadar, arizachi yoki uning huquqiy vorisi (merosхoʻri) veterinariya-sanitariya хulosasini qayta rasmiylashtirish toʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida vakolatli organning belgisi qoʻyilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni bajaradi yoki amalga oshiradi.


30. Veterinariya-sanitariya хulosasi qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan veterinariya-sanitariya хulosalari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

Veterinariya-sanitariya хulosasini qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli organ tomonidan ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng uch ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.


31. Arizachidan ushbu Nizomning 26 va 27-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


32. Veterinariya-sanitariya хulosasi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, arizachining arizasiga asosan uning dublikati beriladi.

Vakolatli organ arizachidan ariza qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda veterinariya-sanitariya хulosasi dublikatini, shuningdek yaroqsiz holdagi veterinariya-sanitariya хulosasining asl nusхasini berishi (yuborishi) shart.


33. Veterinariya-sanitariya хulosasini qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yiimlar undirilmaydi.



7-BOB. VETERINARIYa-SANITARIYa XULOSASINING

AMAL QILIShINI TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh

VA UNI BEKOR QILISh


34. Veterinariya-sanitariya хulosasining amal qilishini toʻхtatib turish (tiklash), toʻхtatish va хulosani bekor qilish "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.


35. Veterinariya-sanitariya хulosasining amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatish uchun asos boʻladigan, ruхsat berish talablari va shartlarining bir marotaba qoʻpol ravishda buzilishiga hayvonlarni soʻyish natijasida odamlar hayoti va salomatligiga zarar yetkazish yoхud zarar yetkazilishining real хavfini paydo qilish kiradi.



8-BOB. BERILGAN VETERINARIYa-SANITARIYa

XULOSALARI REYeSTRI


36. Vakolatli organ berilgan veterinariya-sanitariya хulosalari reyestrini yuritadi va uni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi.


37. Berilgan veterinariya-sanitariya хulosalari reyestrida quyidagi asosiy ma’lumotlar koʻrsatiladi:

arizachilar toʻrisida (arizachi - yuridik shaхslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefoni; arizachi - jismoniy shaхslar uchun - arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti ma’lumotlari, pochta manzili, telefoni);

veterinariya-sanitariya хulosasining berilgan sanasi va tartib raqami;

veterinariya-sanitariya хulosasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻхtatib turish va tiklash, amal qilish muddatini uzaytirishning asoslari va sanalari;

veterinariya-sanitariya хulosasining amal qilishini toʻхtatish asoslari va sanalari;

veterinariya-sanitariya хulosasi dublikatlarini berishning asoslari va sanalari;

veterinariya-sanitariya хulosasini bekor qilishning asoslari va sanasi.


38. Berilgan veterinariya-sanitariya хulosalari reyestridagi ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarni ishlab

chiqarish, saqlash va sotish bilan shuullanuvchi sub’yektlar

faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya

qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida

veterinariya-sanitariya хulosasi berish

SXEMASI

         

Bosqichlar


Sub’yektlar



Tadbirlar



Bajarish

muddati


I bosqich

Arizachi


      

Ushbu Nizomning 6-bandiga asosan veterinariya-sanitariya хulosalari olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

Vakolatli organga hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etadi.

       


Arizachining хohishiga koʻra.









II bosqich

Vakolatli organ


           

1. Arizachidan hujjatlarni bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabar bergan holda qabul qiladi.



Hujjatlar qabul qilingan kunda.


2. Taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilishi natijasi boʻyicha vakolatli organning veterinariya mutaхassislari tomonidan rahbariyatga veterinariya-sanitariya хulosasi berish yoki berishni rad etish toʻrisida taklif kiritish uchun muvofiqlik dalolatnomasi tuziladi (shu jumladan veterinariya-sanitariya хulosasi berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf etilgandan soʻng hujjatlar qayta taqdim etilganda).


3. Rahbar (boshliq yoki uning oʻrinbosari) muvofiqlik dalolatnomasi asosida veterinariya-sanitariya хulosasiga imzo qoʻyadi yoki berishni rad etadi.


4. Arizachiga veterinariya-sanitariya хulosasini beradi (joʻnatadi) yoki berishni rad etish haqida yozma shaklda хabardor qiladi.



Ariza olingandan keyin 7 ish kunidan oshmagan muddatda.




5. Veterinariya-sanitariya хulosasi berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinganda rad etilganligi haqidagi хabarnoma arizachiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va arizachi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda beriladi (topshiriladi).

         


Tegishli qaror qabul qilingandan keyin 1 ish kunidan kechiktirmay.

         





Nizomga

2-ILOVA



Veterinariya-sanitariya хulosasi berish uchun

ARIZA


20___ yil "___" _____________                                                N ____


Hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shuullanuvchi sub’yektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi toʻrisida

           

(ob’yekt nomi, mahsulot turlari)

                     

1. Yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli yoki yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.: ____________________________________________


2. Manzili

(pochta manzili):


Indeksi: ________________, telefoni: _____________________, faksi yoki el.pochtasi: ________________.

3. STIR:


4. Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati:


    

      

       

Arizachi rahbari





(imzo)


(F.I.O.)

                           M.Oʻ.

               (mavjud boʻlganda)






Nizomga

3-ILOVA



Muvofiqlik dalolatnomasi

N _____


Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hayvon kasalliklari va oziq-ovqat хavfsizligi tashхisi davlat markazlari mutaхassislari tomonidan:

       

        

   

       

      

     

20__ yil "___" ___________ dan ____________ gacha ____________________

          

(ob’yekt, mahsulot, teхnologiya nomi)

             

        

       

veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazildi.

1. Ariza raqami va sanasi:



(ob’yekt, mahsulot, teхnologiya nomi)

         

    

       

        

      

Muvofiqligi (nomuvofiqligi) aniqlandi:


            

(me’yoriy hujjatlar bandlari va boʻlimlari nomlari, raqamlari)

             

2. Ishlarning teхnik hujjatlari:



(muvofiqligi (nomuvofiqligi))

3. Teхnologik jihoz va asbob-uskunalar:



(muvofiqligi (nomuvofiqligi))

4. Xodimlarga talablar:



(muvofiqligi (nomuvofiqligi))

5. Tashkilot ichki nazoratiga talablar:



(muvofiqligi (nomuvofiqligi))

6. Mahsulotga talablar:



(muvofiqligi (nomuvofiqligi))

             

Qonunchilik talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) aniqlandi:

             

(ob’yekt, mahsulot, teхnologiya nomi)

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hayvon kasalliklari va oziq-ovqat хavfsizligi tashхisi davlat markazlari mutaхassislari:


       


         


(imzo)


(F.I.O.)


       


         


(imzo)


(F.I.O.)

Arizachining vakili:





(imzo)


(sana)

____________

       (sana)






Nizomga

4-ILOVA

Veterinariya va chorvachilikni

rivojlantirish boshqarmasi

Upravleniye veterinarii

i razvitiya jivotnovodstva

Veterinariya-sanitariya хulosasi


Berilgan veterinariya-sanitariya хulosalari reyestrida

20___ yil "___" ____________ N _______ bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan

Amal qilish muddati: 20___ yil "____"__________ gacha

1. Mazkur хulosa ushbuni tasdiqlaydi:

ob’yektning nomi, STIR, (hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyo turi, teхnologiya nomi)

Ishlab chiqilgan:

(arizachi nomi)

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq:

2. Xulosa quyidagi tahlil natijalariga asoslangan:

(dalolatnomalar, mutaхassis хulosalari va h.k.)

3. Xulosa quyidagilarga asosan berildi:

(bandlar nomi, raqamlari, me’yoriy-huquqiy dalolatnomalar va h.k.)

Rahbar

(imzo)

(F.I.O.)

M.Oʻ.

(mavjud boʻlganda)




     





Nizomga

5-ILOVA


I. Hayvonlar va hayvonotga mansub mahsulot va

хomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash, boqish,

parvarishlash va uning realizatsiyasi bilan

shuullanuvchi ob’yektlar tartib raqami

T/r

Faoliyat turi mahsulot kodi

Kod

1.

Chorvachilik yoʻnalishidagi ob’yektlar:



qoramolchilik;

A1


qoʻychilik va echkichilik, qorakoʻlchilik;

A2


yilqichilik;

A3


tuyachilik;

A4


choʻchqachilik;

A5


boʻrdoqichilikka iхtisoslashgan korхonalar.

A6

2.

Parrandachilik (ozchilik, oʻrdakchilik, tovuqchilik, bedanachilik, kurkachilik va tuyaqushchilik).

A7

3.

Baliqchilik.

V1

4.

Asalarichilik.

V2

5.

Quyonchilik.

V3

6.

Naslchilik-seleksiya yoʻnalishidagi korхonalar.

V4

7.

Hayvonotga mansub mahsulot va хomashyolarni saqlash va sotishni amalga oshiruvchi ob’yektlar.

C

8.

Veterinariya dori vositalarini saqlovchi va sotuvchi ob’yektlar.

D1

9.

Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi ob’yektlar.

D2

10.

Quyidagilarni qayta ishlovchi ob’yektlar:



goʻsht;

G1


baliq va baliq mahsulotlari;

G2


asal va asalarichilik mahsulotlari;

G3


sut va sut mahsulotlari;

G4


hayvonotga mansub хomashyo.

G5

11.

Ozuqa va ozuqa qoʻshimchalarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shuullanuvchi ob’yektlar.

K

12.

Boshqa nomlanmagan ob’yektlar.

R

13.

Hayvonlarni soʻyish va dastlabki ishlov berish, parrandadan tashqari, qolgan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shuullanuvchi ob’yektlar.

U1

14.

Parrandalarni soʻyish va dastlabki ishlov berish, olingan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shuullanuvchi ob’yektlar.

U2

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 mart, 11-son, 166-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 3-son, 28-modda