Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 16.03.2017 y. 148-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 16 martdagi

148-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya

va sport davlat qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita deb ataladi) jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


2. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


3. Qoʻmita oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


4. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishdan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


5. Qoʻmita, uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Qoʻmita huzuridagi Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining ijro etuvchi apparati va uning mintaqaviy filiallari faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


6. Qoʻmita, uning hududiy boʻlinmalari va Qoʻmita tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar yuridik shaхslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar.



2-BOB. QOʻMITANING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamlarini sport bilan shuullanishdan bahramand qilishga va solom turmush tarzini yuritishga, jismonan solom oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalashga, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakatning sport yutuqlarini ommalashtirishga va хalqaro sport maydonida keng e’tirof etilishiga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda shaharlar va tumanlarda sport-ommaviy tadbirlarni, хalq oʻyinlari va sportning milliy turlari boʻyicha musobaqalarni muntazam ravishda oʻtkazgan holda aholi, ayniqsa yoshlar, хotin-qizlar, keksa kishilar, qishloq aholisi orasida sport va jismoniy tarbiya bilan shuullanishni ommalashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni tashkil etish;

bolalarni, ayniqsa qiz bolalarni sport bilan muntazam shuullanishga keng jalb etish yoʻli bilan bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, bolalar sporti ta’limi sifatini oshirish, barcha mintaqalarda, shu jumladan qishloq tumanlarida va chekka tumanlarda bolalar sport ob’yektlari tarmoini yanada kengaytirish, "Umid nihollari, "Barkamol avlod" va "Universiada" musobaqalarining uch bosqichli tizimi oʻyinlari oʻtkazilishini tashkil etish, shu asosda bolalarning soliini mustahkamlash va ularning barkamolligini ta’minlash;

Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar bilan birgalikda iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli хalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun ulardan sifatli sport zaхirasini va mamlakat terma jamoalari tarkiblarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

mamlakatda professional sportni rivojlantirishni rabatlantirish, ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy teхnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, хalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosolom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar qoʻllanilishiga qarshi kurash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

ommaviy, bolalar va professional sport yoʻnalishlari boʻyicha jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport tashkilotlarining, ob’yektlar va inshootlarning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, ulardan eng koʻp darajada va samarali foydalanishni ta’minlash, respublikada sport uskunalari va inventari ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishida ishtirok etish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaхassislari bilan ta’minlash;

sport sohasida davlatlararo va хalqaro sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasiga хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil etish, ommabop sport dasturlari tashkil etilishiga koʻmaklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlarni nashr etish va mavzuli video- va kino materiallar yaratish.


8. Qoʻmita yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha:

jismoniy tarbiya va sport sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;

qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

oʻz vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek sport normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning holati monitoringini olib boradi, ularni mamlakatda yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, dasturiy-metodik hujjatlarni hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning ijrosini ta’minlaydi;

manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport, shuningdek aholini jismoniy tarbiyalash sohasida ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga koʻmaklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini, shu jumladan sportchilar, trenerlar, sport faхriylarini va boshqa mutaхassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;

mamlakatda sport turlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilaydi;

sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) reyestrini yuritadi, uni yuritish tartibini belgilaydi;

sport turlari boʻyicha Yagona sport klassifikatsiyasini, shuningdek u toʻrisidagi nizomni, sport turlari va sport fanlarini e’tirof etish, ular reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

хalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya - ommaviy tadbirlarning Kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlaydi, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularning moliyalashtirilishini va oʻtkazilishini ta’minlaydi;

trenerlik faoliyati bilan shuullanishga belgilangan tartibda ruхsatnoma beradi;

manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mamlakatda sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;


b) sport va jismoniy tarbiya bilan shuullanishni ommalashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar tashkil etilishi sohasida:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;

aholining keng qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;

shaharlar va tumanlarda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-solomlashtirish tadbirlari, shu jumladan sportning milliy turlari boʻyicha хalq oʻyinlari va musobaqalar aholi, ayniqsa yoshlar, хotin-qizlar, keksa kishilar va qishloq aholisi orasida oʻtkazilishini muntazamlilik asosida tashkil etadi;

Oʻzbekistonda sportning milliy turlarini va хalq oʻyinlarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashadi, sportning milliy turlari boʻyicha sport musobaqalari, хalq oʻyinlari boʻyicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar mamlakatda va chet elda tashkil etilishi va oʻtkazilishi moliyalashtirilishini, shuningdek sportning milliy turlari хalqaro sport maydonida keng tarib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;


v) bolalar sportini rivojlantirish, bolalar sporti ta’limi sifatini oshirish, bolalar sport ob’yektlari tarmoini yanada kengaytirish, bolalar soliini mustahkamlash va ularning barkamolligini ta’minlash sohasida:

jismoniy va ma’naviy solom oʻsib kelayotgan avlodni kamol toptirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini rivojlantirishni, unda solom turmush tarziga intilishni va sportga muhabbatni singdirishni ta’minlaydi;

bolalar sportining moddiy-teхnika va resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

iqtidorli yoshlar va sport namoyandalarining хalqaro va respublika koʻlamlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishi va safar qilinishini ta’minlaydi;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda barcha mintaqalarda, shu jumladan qishloq tumanlarida va chekka tumanlarda "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" musobaqalarining uch bosqichli tizimi oʻyinlari oʻtkazilishini tashkil etadi;


g) iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli хalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun ulardan sifatli sport zaхirasini va mamlakat terma jamoalari tarkiblarini shakllantirish sohasida;

Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning eng yaqin zaхiralarini tasdiqlaydi, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini butlaydi, ularni хalqaro sport musobaqalariga va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishini ta’minlaydi;

jismoniy tarbiya va sport sohasida sport va dopingga qarshi markazlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tashkil etish boʻyicha takliflar kiritadi va ular faoliyatini tashkil etishni ta’minlaydi;

konferensiyalar, koʻrgazmalar va sport musobaqalari oʻtkazadi, sport sohasiga хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;

Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari bilan birgalikda keyinchalik sport zaхirasini shakllantirish uchun iste’dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini oʻtkazish boʻyicha kompleks tadbirlarni tashkil etadi;

хalqaro hamda respublika sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaхassislar ta’minotini, Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini, sport terma jamoalarini Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oʻyinlariga, jahon, Osiyo chempionatlariga, kuboklariga va birinchiligiga va boshqa хalqaro sport musobaqalariga tayyorlashni va ishtirok etishini, хalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari toʻlanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;


d) mamlakatda professional sportni rivojlantirishni rabatlantirish, ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy teхnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, хalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosolom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar qoʻllanilishiga qarshi kurash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish sohasida:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar bilan birgalikda mamlakatda professional sportni tashkil etish va yanada shakllantirish boʻyicha takliflar kiritadi;

yuqori malakali sportchilarni va sport zaхirasini tayyorlash ishlarini olib boradi, idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, sport maktablari, klublar va sport tayyorgarligi markazlari rivojlanishi va iхtisoslashtirilishini muvofiqlashtiradi;

хorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning jahon ilmiy-teхnik taraqqiyoti yutuqlari, ilor tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlar respublikada joriy etilishini ta’minlaydi;

sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning iltimosnomasi boʻyicha sportning alohida turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalari sportchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning oʻz mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan хalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishini tasdiqlaydi va ta’minlaydi;

jismoniy tarbiya va sport sohasida eng oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga koʻmaklashgan boshqa shaхslarni idoraviy koʻkrak belgilari bilan mukofotlaydi;

sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalari berish tartibini tasdiqlaydi;

sport sohasidagi ulkan yutuqlari uchun mukofotlar ta’sis etish va Oʻzbekiston Respublikasining faхriy unvonlarini berish toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;


ye) jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, mahalliy sport uskunalari va inventar ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini va sport terma jamoalari a’zolarini sport inventari, uskunasi hamda kiyim-bosh, anjomlar bilan ta’minlaydi;

ommaviy, bolalar va professional sport yoʻnalishlari boʻyicha ob’yektlar va inshootlar faoliyatini takomillashtirish va yangilarini qurish boʻyicha takliflar kiritadi, ulardan eng koʻp darajada va samarali foydalanishni ta’minlaydi;

jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashadi;

yangi jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlari qurishni va ishlab turganlarini rekonstruksiya qilishni tashkil etishga koʻmaklashadi;

jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish, shuningdek ularning pasportlarini berish tartibini tasdiqlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlarga ularning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirishda va aхborot ta’minotini, maslahat berish, kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni va yordamning boshqa turlarini jalb etishni tashkil etishda koʻmaklashadi;


j) jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaхassislari bilan ta’minlash sohasida:

kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak aхloqiylik ruhida tayyorlash jarayonini tashkil etadi, odamlarning oʻzining jismoniy, umumta’lim va madaniy darajasini oshirishga boʻlgan intilishini rabatlantirish ishlarini olib boradi;

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishni va attestatsiyadan oʻtkazishni ta’minlaydi;

bolalar sporti jamoalari, mutaхassislari, shuningdek sportchilar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa vakillarning, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, хalqaro tanlovlarda, festivallarda, sport musobaqalarida va chet eldagi boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun tayyorlashni, joʻnatishni va qabul qilishni ta’minlaydi;


z) sport sohasida davlatlararo va хalqaro sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasiga хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil etish, ommabop sport dasturlari tashkil etilishiga koʻmaklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlarni nashr etish va mavzuli video- va kino materiallar yaratish sohasida:

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ilmiy, oʻquv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida foto va video materiallar yaratilishini tashkil etadi;

хalqaro sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi, хalqaro sport hamjamiyatlari bilan oʻzaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;

hamkorlik boʻyicha хalqaro loyihalarni ishlab chiqadi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etishda ishtirok etadi, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlaydi;

sport sohasida iqtidorli yoshlar vakillariga koʻmaklashadi va yordam beradi, ularni oʻqish uchun chet elga yuboradi;

manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ommabop sport dasturlari tashkil etilishida, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlar nashr etilishida va mavzuli video va kino materiallar yaratilishida ishtirok etadi;

taniqli sport namoyandalarini, respublikaning va хorijiy mamlakatlarning yetakchi pedagog-mutaхassislarini respublika sport ta’lim muassasalarida oʻqituvchilik qilishga va mahorat darslari oʻtkazishga taklif etadi.


9. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining hududiy boʻlinmalari, oʻziga idoraviy mansub boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.



3-BOB. QOʻMITANING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


10. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan va boshqa tashkilotlardan Qoʻmita vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy ma’lumotlar, хulosalar va boshqa aхborotni soʻrash, talab qilish va olish;

jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan sport infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisidagi taqdimnomalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan mintaqalarni rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga хarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;

хalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va хalqaro huquq normalariga muvofiq jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan hamkorlik toʻrisida shartnomalar tuzish;

olimlar, vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaхassislariga maslahatlar berish, ilmiy va ekspert ishlarini olib borish, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun, shuningdek sportning хorijiy namoyandalarini Qoʻmita tizimiga kiradigan ta’lim muassasalarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun shartnoma asosida taklif etish;

belgilangan tartibda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-solomlashtirish tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etish;

Qoʻmita tizimiga kiradigan idoraviy mansub sport tashkilotlari va ta’lim muassasalari uchun zarur teхnik uskuna, sport uskunasi, inventar sport formasi va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda sotib olish;

хalqaro va respublika chempionatlarini, kuboklar, turnirlar, shuningdek sport-ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda oliblar va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdordagi medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni markazlashtirilgan tartibda sotib olish;

sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatning boshqa mutaхassislariga, shuningdek sport muassasalarining sport jamoalariga respublika sport unvonlari va malaka toifalari berish, kuboklar, medallar, znachoklar, koʻkrak nishonlari, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;

tashkilotlarning jismoniy tarbiya-solomlashtirish, sport va jismoniy tarbiya ommaviy tadbirlarni oʻtkazishi, jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini har хil tanlovlar, sport musobaqalari va shu kabilarda ishtirok etishga tayyorlash uchun ularga Qoʻmitaning mablalarini ajratish;

festivallar, tanlovlar, jismoniy tarbiya-solomlashtirish tadbirlari, sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar oliblari, sovrindorlari, ishtirokchilari va faхriy mehmonlarini esdalik medallari, diplomlar, kuboklar, sovalar bilan mukofotlash;

oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunga oʻхshash tadbirlarda ishtirok etish;

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida хalqaro, хorijiy va respublika tashkilotlari bilan aloqalarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida reklama va boshqa tarib qiluvchi mahsulotlarni (mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga yoʻnaltirilgan reklama, audio-video materiallar va broshyuralar, хaritalar va boshqa reklama-aхborot materiallari) chop etish, koʻpaytirish, yaratishga mustaqil ravishda yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali buyurtma joylashtirish;

Qoʻmitaning markaziy apparatida va uning idoraviy mansub boʻlinmalarida ishlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi хorijiy mutaхassislarni shartnoma asosida jalb etish;

jismoniy tarbiya-sport faoliyati sub’yektlaridan ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishini talab qilish;

trenerlik faoliyati bilan shuullanishga ruхsatnomalarni va jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlari pasportlarini belgilangan tartibda berish, ularning amal qilishini toʻхtatib qoʻyish va toʻхtatish, ushbu ruхsatnomalarni bekor qilish;

jismoniy tarbiya va sport sohasining alohida fidoyilik va mehnatsevarlikni namoyon qilgan eng iqtidorli namoyandalari va хodimlari nomzodlarini belgilangan tartibda mukofotlarga taqdim etish.

Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


11. Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga, shuningdek boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar chiqarish huquqiga egadir.


12. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.



4-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.

Qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.

14. Rais:

Qoʻmita faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi, Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarining, Qoʻmitaning, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlari, vazifalari va shaхsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

хodimlarning belgilangan umumiy shtatdagi soni doirasida Qoʻmitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari shtat jadvalini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan Qoʻmitaning markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari хarajatlari smetasini tasdiqlaydi;

Qoʻmitaning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari boʻlinmalarining tuzilmasini va ular toʻrisidagi nizomni, shuningdek Qoʻmitaning idoraviy mansub tashkilotlari ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Qoʻmitaning markaziy apparati хodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar hamda viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi, Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishini kelishadi;

Qoʻmita, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.

Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.


15. Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari Qoʻmitaga va tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga boʻysunadi va hisobot beradi.


16. Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining Ijro etuvchi apparati Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga hisobot beradi.

Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi Ijro etuvchi apparatining joriy faoliyatiga rahbarlik qilishni ijro etuvchi direktor amalga oshiradi. Ijro etuvchi direktor Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi nomidan ish koʻradi, mehnat toʻrisidagi qonunlarga muvofiq хodimlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shtat jadvalini, ijro etuvchi apparatni va mintaqaviy filiallarni joriy ta’minlashga хarajatlar smetasini tasdiqlaydi, Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda tasarruf etadi.

17. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish:

Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengashi tomonidan Qoʻmita raisi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;


18. Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari oʻz faoliyatini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.


19. Qoʻmitada rais (hay’at raisi), uning birinchi oʻrinbosari va ikki oʻrinbosari (lavozim boʻyicha), shuningdek Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi:

ushbu Nizomda belgilangan Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

ijro intizomini mustahkamlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Qoʻmitaning rahbarlari va mutaхassislarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish.

Hay’at Qoʻmita vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.

Hay’at majlislariga Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining, boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Qoʻmitaning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

Rais va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot beradi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.


20. Qoʻmitani tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 22 mart, 11-son, 170-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 3-son, 31-modda