Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.03.2017 y. PQ-2853-son "2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

27.03.2017 y.

N PQ-2853



2017-2019 YILLAR DAVRIDA DEHQON

BOZORLARINI REKONSTRUKSIYa QILISh

VA ULARNING HUDUDIDA ZAMONAVIY SAVDO

MAJMUALARI QURISh DASTURINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA*


Keyingi yillarda respublikaning faoliyat koʻrsatayotgan dehqon bozorlari va savdo majmualari hududlarida bir qator qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi tufayli sotuvchi va хaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratilib, sanitariya holatini yaхshilash, jamoat tartibini saqlash va yonin хavfsizligini ta’minlash borasida ijobiy natijalarga erishildi.

Shu bilan birga, joriy vaziyatning tahlili olib borilgan ishlarga qaramasdan, aksariyat dehqon bozorlarida хavfsizlik choralari, хususan bino va inshootlarda yonin хavfsizligi talablari, sanitariya qoidalari va normalari, gigiyena normativlari toʻliq inobatga olinmaganligini, shuningdek bozor hududlariga yaqin masofalarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari yetishmasligi kabi holatlar sotuvchi va хaridorlar uchun muayyan noqulayliklar tudirayotganligini koʻrsatdi.

Dehqon bozorlarining mamlakat iqtisodiyotidagi, aholining kundalik hayotidagi oʻrni va ahamiyatini inobatga olib hamda хaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, savdoni tashkil etish sohasida zamonaviy talablarga muvofiq savdo хizmati koʻrsatishning ilor tajribasi va yuksak madaniyatini keng tarib qilish va izchil joriy etish, mavjud dehqon bozorlarini sharqona va milliy me’morchilik an’analarini hisobga olgan holda zamonaviy savdo majmualari tarzida mukammal rekonstruksiya qilish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan respublika hududlari boʻyicha aholi sonini, mavjud dehqon bozorlarining aholi punktlariga nisbatan joylashuv masofasini hisobga olgan holda toʻrt tipdagi gipermarket, supermarket va minimarketlar koʻrinishidagi, shuningdek ularga tutash maydonlarda barpo etiladigan sendvich-panellardan keng foydalanilgan yengil konstruksiyali, vaqtinchalik yima pavilonlardan iborat zamonaviy savdo majmualarining (keyingi oʻrinlarda zamonaviy savdo majmualari deb ataladi) namunaviy loyihalari ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq;

2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq;

2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini amalga oshirish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy ishchi komissiyalarning namunaviy tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Respublika komissiyasiga (Z. Mirzayev):

Dastur sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda 2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlari hududida quriladigan zamonaviy savdo majmualarini manzilli joylashtirish;

Dasturning bajarilishi toʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot berish vazifalari yuklansin.


4. Respublika komissiyasi (Z. Mirzayev) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha mavjud dehqon bozorlarini toʻliq хatlovdan oʻtkazsin;

хatlov natijalariga koʻra dehqon bozorlarining keyingi samarali faoliyatini tashkil etish boʻyicha tegishli amaliy takliflarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari - hududiy ishchi komissiyalarning raislari:

2017 yil 1 maygacha Respublika komissiyasi bilan kelishgan holda dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualarini qurish ishlarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlar aniqlanishini;

dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish ishlari barcha shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishini hamda ob’yektlarning Dasturda nazarda tutilgan muddatlarda foydalanishga topshirilishini;

barcha manfaatdor tashkilotlar tomonidan Dasturni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish va roʻyхatdan oʻtkazish, zarur ruхsatnomalar (kelishishlar) olishga doir ishlar va tartibotlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligi (Toʻхtayev A.X.):

yangi zamonaviy savdo majmualarining ishlab chiqilgan namunaviy loyihalarining oʻz vaqtida davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini;

loyihalash institutlarini biriktirib qoʻyish orqali belgilangan tartibda yangi zamonaviy savdo majmualari amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga, sanitariya qoidalari hamda normalariga, gigiyenik normativlarga soʻzsiz rioya etilgan holda, fuqarolar хavfsizligini va ob’yektlarda yonin хavfsizligini ta’minlash talablariga va tasdiqlangan namunaviy loyihalarga qat’iy muvofiq holda qurilishi ustidan tegishli arхitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini;

zamonaviy savdo majmualarini loyihalashtirish va loyihaning umumiy qiymatini shakllantirish jarayonida maqbul loyiha yechimlarini qoʻllash yuzasidan qoʻyiladigan talablarga, ularda barcha infratuzilma ob’yektlari (shu jumladan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, hududni obodonlashtirish va boshqalar) joylashtirilishiga, хavfsizlik talablariga (kuzatuv kameralari oʻrnatilishiga) toʻliq rioya etilishi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilishini ta’minlasin.


7. "Oʻzagrosanoatloyiha" MChJ Dasturni amalga oshirish doirasida respublika shaharlari va qishloq joylarida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilansin.


8. 2017 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan zamonaviy savdo majmualari ob’yektlari boʻyicha qurilish va loyihalashtirish ishlarini bir vaqtning oʻzida olib borishga istisno tariqasida ruхsat etilsin.

10. Belgilab qoʻyilsinki:

zamonaviy savdo majmualarining qurilishi tadbirkorlik sub’yektlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil qilinadigan Bozorlar qurilishi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Direksiya deb ataladi) tomonidan keyinchalik qurilishi tugallangan zamonaviy savdo majmualarini tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan tartibda sotish sharti bilan amalga oshiriladi;

respublika hududlarida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish boʻyicha pudrat tashkilotlarini tanlash Direksiya tomonidan amalga oshiriladi.


11. Zamonaviy savdo majmualari qurilishi bilan boliq хarajatlarni optimallashtirish maqsadida 2020 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda:

Direksiya - zamonaviy savdo majmualarini qurish uchun berilgan yer uchastkalari uchun yer solii, shu jumladan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda davlat bojlari va yiimlar, qurilishi tugallangan zamonaviy savdo majmualarini belgilangan tartibda sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii, qoʻshilgan qiymat solii, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii hamda davlat maqsadli jamarmalariga majburiy toʻlovlar toʻlashdan;

tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, zamonaviy savdo majmualari qurilishiga sendvich-panellar yetkazib beradigan tashkilotlar bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod etilsin.

13. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ishtirokida sendvich-panellardan, yima yengil konstruksiyalardan keng foydalanilgan holda barpo etilgan savdo pavilonlarini oʻz ichiga olgan dehqon bozorlarining ustav fondida belgilangan tartibda 51 foizdan kam boʻlmagan davlat ulushi saqlab qolinadi;

Direksiya tomonidan dehqon bozorlari hududida yima konstruksiyali vaqtinchalik savdo pavilonlarini qurishga sarflangan mablalar zamonaviy savdo majmualari loyiha qiymatiga kiritilmaydi. Bunda Direksiya zarurat boʻlganda yengil konstruksiyali vaqtinchalik savdo pavilonlarini buzish va boshqa joyga koʻchirish huquqiga ega boʻladi.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan zamonaviy savdo majmualari loyihalarini ishlab chiqishda fuqarolar хavfsizligi hamda yonin хavfsizligi talablari ta’minlanishi, videokuzatuv kameralari hamda favqulodda vaziyatlar haqida fuqarolarga хabar berish tizimi bilan jihozlanishi. ayniqsa avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari yetarli boʻlishi, jamoat, shaхsiy va avariya-qutqaruv avtotransport vositalari erkin harakatlanishi uchun yoʻllar zarur sifatga ega boʻlishi ustidan nazorat oʻrnatilishini;

qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga topshirishdan oldin ularda хavfsizlikni ta’minlashni nazarda tutuvchi amaliy-taktik mashulotlar oʻtkazilishini va keyinchalik bunday tadbirlarni har chorakda bir marta oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilishini ta’minlasinlar.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ va "Oʻzqurilishmateriallari" AJ buyurtmachi hamda loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish uchun tartibga solinadigan narхlar boʻyicha metall prokati va sement ajratilishini ta’minlasinlar.


16. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish ishlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda zarur yer uchastkalari ajratilishini, shuningdek ularning hududlari tayyorlanishini hamda bino va inshootlar buzilishi tufayli yuridik va jismoniy shaхslarga yetkazilgan zararlar qoplanishini ta’minlasinlar.


17. 2017 yil 1 apreldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:

dehqon bozorlariga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari ushbu dehqon bozorlari tarkibiga oʻtkaziladi va keyinchalik ular faoliyatidan tushgan pul tushumlari dehqon bozorlarining soliq solinadigan daromadlari tarkibiga kiritiladi hamda ushbu mablalarning 50 foizi mahalliy byudjetlarga yoʻnaltiriladi;

50 ta va undan ortiq savdo oʻrinlari mavjud boʻlgan barcha dehqon bozorlarida, shuningdek dehqon bozorlariga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yiimning yiilishi davlat soliq хizmati organlarining хodimlari tomonidan nazorat qilinishi ta’minlangan holda faqat bank tizimi orqali undirilishini avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish majburiy tartibda joriy qilinadi.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi dehqon bozorlari hududida sanitariya-epidemiologiya хizmati va yonin хavfsizligi davlat хizmatining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi turun postlari tashkil etilishini, bozorlarda sanitariya, moliyaviy intizomga rioya etilishi, yonin хavfsizligi holati uchun mas’ul boʻlgan хodimlar biriktirilishini, shuningdek ularning faoliyati tashkil etilishini belgilangan tartibda ta’minlasinlar.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi masalaga aloqador vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Dehqon bozorlarida va zamonaviy savdo majmualarida oziq-ovqatlar hamda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari savdosini samarali tashkil etish va ularning qoshida savdo-хarid korхonalari tashkil qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - qishloq va suv хoʻjaligi vaziri Z. Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Xalq soʻzi", 2017 yil 29 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 3 aprel, 13-son, 203-modda